Bosh sahifa Blog Sahifa 77

Telegram birinchi yarim yillikda sof foydasini $335 mlngacha oshirdi

0

Qayd etilishicha, ushbu davrda daromad $525 mlnga yetgan va o‘tgan yilga nisbatan 190%ga o‘sgan.

“Telegram” investorlarga Pavel Durovning hibsga olinishi kompaniya faoliyatiga ta’sir qilmaganini ma’lum qildi. “Financial Times” nashrida mavjud 2024-yilning birinchi yarmidagi moliyaviy natijalar kompaniyaning o‘sishini tasdiqlaydi.

Qayd etilishicha, Durov bilan bog‘liq holat “Telegram ishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmagani»ni — unga tegishli kripto-aktivlarning o‘sib borayotgan qiymati uni qo‘llab-quvvatlamoqda

2024-yilning birinchi yarmida kripto-aktivlarning qiymati 2023-yil oxiridagi $400 mlndan $1,3 mlrdgacha ko‘tarildi. Ushbu o‘sish, shuningdek, “Toncoin” sotuvidan kelgan mablag‘lar “moliyaviy zaxira” yaratish imkonini berdi. 2024-yilning birinchi yarmida “Telegram” $335 mln sof foyda oldi, bu butun 2023-yildagi $173 mln zarardan keskin farq qiladi. Ushbu davrda daromad 190%ga o‘sdi va $525 mlnni tashkil etdi.

Mablag‘larning deyarli yarmi — $225 mlni noma’lum kompaniya bilan tuzilgan bitimga to‘g‘ri keldi. Uning natijalariga ko‘ra, “Telegram” “Toncoin” reklamani sotib olishning eksklyuziv usuliga aylanishi evaziga “mukofot” oldi. Shartnoma 2024-yil 1-oktabrda bekor qilindi.

Reklama daromadi yildan yilga ikki baravar ko‘payib, $120 mlnni tashkil etdi, “Premium” obunasi daromadi $32 mlndan $119 mlnga ko‘tarildi.

Shuningdek, “Telegram” hisobotida “Toncoin»ning katta hajmiga ega ekanligi va uning qiymati o‘zgarishi ehtimoli borligi” eslatib o‘tiladi.

2025-yildan Toshkent jamoat transportida yo‘lkira narxini oshirish rejalashtirilmoqda

0

Bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tarif 3 ming so‘m etib belgilanadi. Agar to‘lov onlayn amalga oshirilsa, bu 1 700 so‘mni tashkil etadi.

2025-yildan Toshkent shahrining jamoat transportida (avtobus va metropoliten) yo‘lkira haqining cheklangan tariflarini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu bo‘yicha poytaxt hokimining qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Bunda bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tarif 3 ming so‘mni tashkil etadi. Agar bir martalik to‘lov elektron amalga oshirilsa, 1 700 so‘m yechiladi.

Bir yo‘lovchining bagajini tashish bo‘yicha xizmat uchun 4 ming so‘m undiriladi. Qatnovlar soniga bog‘liq holda belgilangan tarif rejalarini hisoblash uchun cheklangan tarif esa 1 600 so‘mni tashkil etadi.

Qatnovlar soniga bog‘liq holda belgilangan transport kartalarining va ular orqali bir soat ichida bir yo‘nalishdan boshqasiga o‘tishda, qatnov soni asosidagi imtiyozli va bepul tariflarning narxlari o‘zgarishsiz qoldiriladi. Toshkent shahri yo‘nalishlaridagi barcha avtobuslar salonida yo‘lkira haqini naqd pulda olish amaliyotidan voz kechiladi va to‘lovlar faqat elektron qabul qilinadi.

Elektron to‘lovlarni amalga oshirishda kunlik va oylik tariflarga qo‘shimcha ravishda qatnovlar sonidan kelib chiqib, ko‘p martali tarif rejalari ishlab chiqiladi. Tarif rejalarini quyidagicha belgilash rejalashtirilmoqda:

avtobus, jamoat transporti, naqd pul, qonun loyihasi, qonunchilik, tariflar, toshkent shahriQaror loyihasi bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin. Fikr-mulohazalar 10-dekabrgacha qabul qilinadi.

Profi University asoschisi Bektosh Hatamov tavsiya qilgan 5ta kitob

0

Tadbirkor muvaffaqiyatga erishish, biznesni tizimlashtirish va yaxshi odatlarni shakllantirishga yordam beruvchi kitoblar haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.

Bektosh Hatamov Samarqandda tavallud topgan. O‘z faoliyatini 2006-yilda repetitorlikdan boshlagan tadbirkor “Profi” xususiy ta’lim muassasalari (“Profi Education”, “Profi School”, “Profi University” hamda “New Era Kids”) tarmog‘iga asos solgan.

Kitob mutolaasi tadbirkorning bolalikdan hobbisi hisoblanadi — har kuni kamida 20−30 varaq kitob o‘qigan. Hatamov kitob o‘qish tadbirkorlik faoliyatida ham, shaxsiy hayotda ham muhim ahamiyat ega ekanligini ta’kidlaydi. “Kitob o‘qishdan oldin uni tanlayman, bu jarayonning o‘zi esa qiziq. Oldin internetdan izlab, kitobni o‘qigan insonlar u haqida qanday fikrlar qoldirganliklariga e’tibor qarataman, chunki menga keraksiz yoki qiziq bo‘lmagan asar uchun vaqt sarflashni xohlamayman” — deydi u.

Bektosh Hatamov muvaffaqiyatga erishish, biznesni boshqarish va yaxshi odatlarni shakllantirishga yordam beradigan kitoblari haqidagi firklarini “Spot” bilan bo‘lishdi.

Bu kitob o‘z nomidan ma’lum bo‘lganidek, insoniyatning qisqacha tarixiga bag‘ishlangan bo‘lib, insoniyatning 2,5 mln yil davomida qanday rivojlangani va bugungi zamonga qanday yetib kelgani o‘rganilgan. Mutolaa davomida kitobxon fikr-u hayolida “Nega?” degan savol aylanadi.

Xarari asarda biologiya, antropologiya, tarix va psixologiya fanlaridan foydalanib, insoniyatning qanday evolyutsion jarayonlardan o‘tganini va qanday omillar odamlarni boshqalardan ajratib turishini tadqiq qiladi. Bundan tashqari, muallif murakkab savollarni, jumladan, kelajakda texnologik taraqqiyot va genetika yordamida insoniyatni qanday o‘zgarishlar kutayotganiga oid savollarni ham o‘rtaga tashlagan.

Kitobni istalgan odam o‘qishi mumkin, biroq uning mag‘zini chaqib, tafakkur qilish biroz mushkul nazarimda. Asar dunyoqarashni kengaytiradi, insoniyat tarixidagi muvaffaqiyat va xatolarni chuqurroq anglashga yordam beradi. Bu orqali o‘quvchi o‘z hayoti va jamiyat rivoji uchun foydali bo‘lgan xulosalarni chiqara olishi mumkin.

bektosh hatamov, kitoblar tavsiyasi, profi“Odatning kuchi”, Charlz Dyuhig

Kitob qanday qilib yomon odatlar girdobidan chiqib ketish va yaxshi odatlarni shakllantirish to‘g‘risida. Xususan, odatlarning qanday paydo bo‘lishi, ularni boshqarish orqali qanday muvaffaqiyatga erishish mumkinligi va kollektiv odatlarning jamiyatga ta’siri, shuningdek, ularni o‘zgartirish yo‘llari yoritilgan. Har qanday odatning asosi uch bosqichli jarayon: turtki, harakat va mukofotdan iborat. Bu jarayonni tushunib yetish orqali zararli odatlarni foydali odatlarga aylantirish mumkin, deyiladi kitobda.

Muallif hayot, sport va biznes sohasidan olingan misollar yordamida odatlarning muvaffaqiyatga qanday ta’sir qilishini ko‘rsatib beradi. Unda hayot sifatini yaxshilash uchun sodda va samarali maslahatlar ham taqdim etilgan.

Kitobning asosiy xulosasi shuki, “O‘zgartiriladigan odatlar — o‘zgaradigan hayotning kalitidir”. Ya’ni, inson o‘z odatlarini o‘zgartirish orqali hayotini va faoliyatini yaxshilashi mumkin.

Birgina odatni o‘zgarishi butun hayotni o‘zgarishi bo‘lishi mumkin, bu so‘zga aynan shu kitobni o‘qiganimda yana bir bor amin bo‘lganman. Shu sabab ham kitob har bir odamga o‘z maqsadlariga erishishda foydali bo‘lishi mumkin.

“Sistemologiya”, Devid Jenins

Kitob biznes tizimlarini yaratish, jarayonlarni samarali boshqarish va tashkilot ichidagi muammolarni hal qilish usullari haqida bo‘lib, bu orqali barqarorlikka erishish, vaqt va resurslarni tejash imkoniyatini beradi.

Jenins biznes jarayonlarini tahlil qilish, ularni soddalashtirish va tizimga solish bo‘yicha qadam-baqadam yondashuvni tushuntiradi. Bu jarayon xodimlarni o‘rgatish va ular o‘zlariga topshirilgan vazifalarni aniq bajarishlariga yordam beradi.

Kitob muallif tomonidan ishlab chiqilgan “Sistemologiya” usulini tushuntirib, u yetti bosqichli jarayon orqali tizimlarni aniqlash, yaratish va amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Jenins yondashuvi, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes uchun foydali bo‘lib, ularga oddiy va samarali tizimlarni yaratishni o‘rgatadi. U tartib o‘rnatishga, xaosni kamaytirishga va muhim xodimlarga qaramlikni kamaytirishga yordam beradi.

O‘quvchilar kundalik ishlarni avtomatlashtirish, boshqaruvni yaxshilash hamda o‘sish va rivojlanish uchun vaqtni qanday ajratishni o‘rganadilar.

bektosh hatamov, kitoblar tavsiyasi, profi“Hokimiyatning 48 qoidasi”, Robert Grin

Tavsiya qilmoqchi bo‘lgan to‘rtinchi kitobim hokimiyat, strategiya va insonlararo munosabatlar haqidagi universal tushunchalarni o‘rganishga qaratilgan. Unda qadimgi tarix, falsafa va zamonaviy hayotdan olingan hikoyalar va misollarga asoslangan holda hokimiyatga erishish va uni saqlab qolish usullarini o‘rgatiladi.

48ta qoidaning har biri tarix, siyosat va mashhur shaxslar hayotidan olingan misollar bilan yoritilgan. Kitob o‘quvchiga muvaffaqiyatga erishish, xatolardan saqlanish va o‘zgalarning ta’siridan himoyalanishni o‘rgatadi.

“Hokimiyatning 48 qoidasi” yetakchilar, strateglar va insonlararo munosabatlarni yaxshiroq tushunishni va har qanday sohada o‘z mavqeini mustahkamlashni istaganlar uchun foydali bo‘ladi.

“Hech qachon taslim bo‘lmang”, Donald Tramp

Eng so‘ngi o‘qilishi lozim deb bilgan kitobim bu Donald Trampning “Hech qachon taslim bo‘lma” kitobi.

Kitobda Tramp qanday qilib hayotda qiyinchiliklarga duch kelgan paytida motivatsiya topgani, qat’iyat bilan oldinga intilgani va o‘ziga ishongan holda harakat qilgani haqida maslahatlar bor. Asarda har qanday qiyin vaziyatdan yangi imkoniyatlarni yaratish uchun foydalanish, muammolarni yengib o‘tish uchun qat’iyatli bo‘lish, risklarni boshqarish va shaxsiy yutuqlarga erishish uchun doimiy o‘rganish va o‘z ustida ishlash to‘g‘risidagi fikrlari bilan bo‘lishgan.

Shu bilan birga, muallif kuchli irodaga ega bo‘lish va taslim bo‘lmaslik kerakligini uqtiradi. Asar to‘siqlarga qaramay o‘z maqsadlariga erishish uchun ishonch, qat’iyat va qobiliyatni rivojlantirishni istaganlar uchun foydali bo‘ladi.

bektosh hatamov, kitoblar tavsiyasi, profi

Qarshi shahrida «BIZNES MARAFON — 5.0» bo’lib o’tdi

0

Tadbirkorlar va yoshlar uchrashuvi Qarshi shahridagi Mulla To‘ychi Toshmuhamedov nomidagi Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida boʻlib oʻtdi.

Yoshlar tomonidan loyiha juda ham ko‘tarinki ruhda kutib olindi. Jarayon qizg‘in davom edi. Mamlakatimizning faol tadbirkorlari tomonidan yoshlarga biznes rejalarni tayyorlash hamda tadbirkorlikni boshlash uchun nimalar qilish kerakligi haqida tushunchalar berildi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi

0

25 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston MOQning Bosh assambleyasida prezident Shavkat Mirziyoyev Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi. MOQ raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Otabek Umarov, rais o‘rinbosari lavozimiga Sherzod Tashmatov, qo‘mita bosh kotibi lavozimiga Oybek Qosimov saylandi.

Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

«Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surildi va bir ovozdan saylandi.

Shuningdek, Bosh assambleya MOQ raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Otabek Umarovni, rais o‘rinbosari lavozimiga Sherzod Tashmatovni, qo‘mita bosh kotibi lavozimiga Oybek Qosimovni sayladi», — deyiladi xabarda.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Prezident Administratsiyasi departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, sport vaziri Adham Ikramov, Bosh assambleya a’zolari, shuningdek, federatsiya va assotsiatsiyalarning mas’ullari ham qatnashdi.

Tadbirkorlar faoliyati tekshirilganda Biznes-ombudsman xabardor etiladi

0

Shuningdek, jismoniy shaxsning YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan tadbirkorlik qilganlik uchun jarima bekor qilinadi.

Prezidentning tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2025-yildan:

  • jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarima bekor qilinadi
  • “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi joriy etiladi.

Elektron tizimda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past, o‘rta va yuqori darajalarga tasniflanadi.

Xavf darajasi past bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilmaydi.

2025-yildan quyidagilar uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilinadi:

  • fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzish;
  • majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan tovarlarni (mahsulotlarni) identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish;
  • xodimlar sonini yashirish.
  • 2025-yil 1-martdan boshlab sudda ish yuritish taraflar kelishuv bitimi tuzganligi sababli tugatilganda, davlat boji birinchi instansiya sudida — 70%i, apellyatsiya va kassatsiyada — 30%i qaytarib beriladi.

Farmon bilan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibi joriy etiladi.

Bunda tekshiriladigan tadbirkorlik subyekti aniq bo‘lmagan holatlarda, tekshiruv boshlangandan so‘ng 24 soat ichida Biznes-ombudsman xabardor etiladi.