Bosh sahifa Blog Sahifa 76

Kelasi yildan O‘zbekistonda ishlab chiqaruvchilar ekotizimi joriy qilinadi

0

Ayrim tadbirkorlarga onlayn davlat xaridlarida ishtirok etishda vositachilik yig‘imiga chegirma berilib, qo‘shimcha zakalat kiritilmaydi.

3-dekabr kuni “Davlat xaridlarida ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga keng imkoniyatlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan 2025-yildan ochiq va shaffof Ishlab chiqaruvchilar ekotizimi joriy etiladi. Bu tadbirkorlarga o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni taklif etish imkonini beradi.

Ekotizim quyidagi yo‘nalishlarini nazarda tutadi:

  • hududlar va tovarlar kesimida ishlab chiqaruvchilar to‘g‘risidagi sanoat xaritasini ishlab chiqish;
  • davlat buyurtmachilari va ishlab chiqaruvchilar, ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida o‘zaro kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish va ofteyk shartnomalar tuzish;
  • “B2B” va “B2C” formatida “marketpleys” shaklidagi erkin savdo maydonchasini tashkil etish.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur ekotizimning to‘liq joriy etilishi va uning barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash uchun mas’ul bo‘ladi.

Shuningdek, “davlat xaridlari — biznesga ko‘mak” tamoyili asosida “tadbirkorbay” ishlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Ayrim tadbirkor ishlab chiqaruvchilarga barcha elektron tizimlardagi davlat xaridlarida ishtirok etish uchun vositachilik yig‘imi miqdoriga nisbatan 50% chegirma beriladi.

Ularga xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishda qo‘shimcha zakalat kiritilmaydi.

Avvalroq tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha prezident farmoni qabul qilingani haqida xabar berilgandi.

2025-yildan tadbirkorlar faoliyatida barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olinib, Biznes-ombudsmanni xabardor etish orqali o‘tkaziladi.

O‘zbekistonlik tikuvchi BBCning 2024-yilgi “100 nafar ayol” ro‘yxatiga kirdi

0

Dilorom Yo‘ldosheva 40 nafar ayolga tikuvchilikni o‘rgatib, ishchi va maktab o‘quvchilari uchun kiyim-kechak tikishni yo‘lga qo‘ygan.

O‘zbekistonlik tikuvchi va tadbirkor Dilorom Yo‘ldosheva 2024-yilgi dunyoning ilhomlantiruvchi va nufuzli ayollarini o‘z ichiga olgan “BBC 100 Women” ro‘yxatiga kiritildi.

Ikki yil oldin Dilorom o‘rim-yig‘im vaqtida baxtsiz hodisa sabab ikkita oyog‘idan ayrilgan. Shunga qaramay, u o‘zining tikuvchilik biznesini ochib, tadbirkorlik va resurslarni boshqarish asoslarini o‘zlashtirib olgan

Qisqa vaqt ichida Yo‘ldosheva 40dan ortiq ayolga tikuvchilikni o‘rgatdi, ishchi va maktab o‘quvchilari uchun kiyim-kechak ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalar tuzdi. Bugungi kunda Dilorom tomonidan yo‘lga qo‘yilgan biznes uning o‘zi uchun ham, u yangi kasbni egallashga yordam bergan o‘nlab ayollar uchun ham daromad keltiradi.

Ro‘yxatga aktrisa Sheron Stoun, vizajist oliviya Makvey, reproduktiv huquqlar himoyachisi Amanda Zurovski, Britaniyaning konservativ partiyasi yetakchisi Kemi Badenok va boshqa ko‘plab soha vakillari ham kiritilgan. To‘liq ro‘yxat bilan havola orqali tanishish mumkin.

Oktabrda aholi valyuta xaridi va sotuvi o‘rtasidagi farq $600 mlnni tashkil etdi — Markaziy bank

0

Yil boshidan beri aholi banklarga $13,2 mlrd miqdorida xorijiy valyuta sotgan, ulardan esa $7,72 mlrd miqdorida sotib olgan.

Oktabr oyida aholining chet el valyutasini sotish va xarid qilish o‘rtasidagi ijobiy tafovut $600 mlndan oshdi. Bu haqda Markaziy bankning jismoniy shaxslarning valyuta operatsiyalariga oid qisqacha sharhida keltirilgan.

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida banklar hamda jismoniy shaxslar o‘rtasidagi chet el valyutasi xaridi va sotuvi bo‘yicha operatsiyalar aylanmasi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19%ga oshib, $20,91 mlrdga yetdi. Bu davrda aholi $13,2 mlrd (+32%) miqdorida xorijiy valyuta sotgan, $7,72 (+2) mlrd miqdorida sotib olgan. Natijada, o‘zbekistonliklar banklarga sotib olganidan $5,46 mlrdga ko‘p valyuta sotdi. Regulyatorning qayd etishicha, bu ichki valyuta bozorida qo‘shimcha taklif manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.

valyuta bozori, markaziy bank, banklar, valyuta

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitalga investitsiyalar 31%ga oshdi. Asosiy o‘sish markazlashmagan investitsiyalarga to‘g‘ri kelib, ularning jami hajmdagi ulushi 89%ni tashkil etdi. To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 1,6 barobarga ko‘payib, $8 mlrdga yetdi.

11 oy yakunlariga ko‘ra, o‘zbek so‘mi dollarga nisbatan atigi 4,26%ga qadrsizlandi, bu iste’mol narxlari o‘sishidan ikki baravar pastdir. Kuchli milliy valyuta sharoitida import arzonlashadi, eksport jozibadorligi esa pasayadi.

 

Endi o‘zbekistonliklar Xitoyga vizasiz borishlari mumkin bo‘ladi

0

Endi o‘zbekistonliklar Xitoyda 30 kun davomida vizasiz bo‘lishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.

1-dekabr kuni O‘zbekiston va Xitoy rahbarlari o‘rtasidagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari tomonidan bitim imzolandi. Hujjat har ikki mamlakat fuqarolariga har bir tomonga 30 kun davomida vizasiz sayohat qilish imkonini beradi.

“Bu hujjat aloqalarimizni yanada faollashtirish, savdo aylanmasini oshirish va xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir”, — deya yozadi vazir.

visa, viza, vizasiz rejim, xitoy2023-yilning may oyida Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi davomida Si Szinpin bilan ikki tomonlama muzokaralarda turli sohalar qatorida turizmda ham hamkorlikni faollashtirish zarurligi ta’kidlangandi.

Muzokaralar yakunida 2023−2024 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bilan Xitoy Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida hamkorlik dasturi imzolandi.

Buxoro shahrida «BIZNES MARAFON — 5.0» bo’lib o’tdi

0

Tadbirkorlar va yoshlar uchrashuvi Romitan tumanidagi “Varnet” agro kompleksida boʻlib oʻtdi.

Yoshlar tomonidan loyiha juda ham ko‘tarinki ruhda kutib olindi. Jarayon qizg‘in davom edi. Mamlakatimizning faol tadbirkorlari tomonidan yoshlarga biznes rejalarni tayyorlash hamda tadbirkorlikni boshlash uchun nimalar qilish kerakligi haqida tushunchalar berildi.

Venkon kompaniyasi asoschisi o‘zi bilan nimalar olib yuradi?

0

Mazkur materialda Askar Ismailov ish stolida foydalanadigan va ryukzagida olib yuradigan narsalari haqida ma’lumot berdi.

“Spot” tadbirkorlar va top-menejerlar ish faoliyatlari davomida nimalardan foydalanishlari haqida so‘zlab beruvchi “Ryukzakda nima bor?” nomli loyihani davom ettiradi. Bu safargi materialda “Venkon Group” kompaniyasi va “Didox” loyihasi asoschisi Askar Ismailov bilan suhbatlashdik.

U ish faoliyati davomida asosan nimalardan foydalanishi haqidagi savollarga javob berdi.

Tanishtiruvni ish stolimdan boshlayman. Menda ikkita ish stoli bor, sababi harakatsiz ishlayman va hamma ish asosan kompyuterda bajariladi. Shu sababli, bel charchaydi va bir soat o‘tirib ishlasam, bir soat turib ishlayman.

Asosiy ish stolimda monitor va kompyuter bor. Ba’zi ishlarni qilish uchun ikkita monitor ishlatishga to‘g‘ri keladi, shu sababli qo‘shimcha monitor mavjud. Har doim yonimda “chernovik” turadi, qanaqadir fikrlar kelganda tez yozish uchun yoki qo‘ng‘iroq bo‘lganda kerakli narsani yozib olish uchun kompyuterga yozgandan ko‘ra, qog‘ozda yozganim qulayroq. Shunga o‘xshash yozuvlar uchun “chernovik»lar to‘plami bor.

Kimgadir biror narsani tushuntirish kerak bo‘lganda, mana shu qog‘ozni olib, bir tomoni ishlatilganidan foydalanib, ikkinchi tarafini ham qilib ishlatamiz. Aslida stolimda bo‘sh turishiga harakat qilaman. Sababi, xayolni chalg‘itadi. Shuning uchun stolda ortiqcha narsa bo‘lmasligiga harakat qilaman.

Har doim turadigan narsalar bu: qalam ruchka, suv chashkasi bilan, quloqchin kompyuterda “Zoom” o‘tkazish uchun. Boshqa narsa ish stolda turmaydi.

Ikkinchi stolim balandligi o‘zgaradigan maxsus stol. Belim og‘risa, shu stolda tik turib ishlayman. Bu stolning ustida kitoblar, kalkulyator, organayzer, konditsioner pulti va boshqa zarur buyumlar joylashgan. Men asosan elektron kitob o‘qishni qulay ko‘raman, lekin ba’zida menga qog‘oz kitoblar sovg‘a qilishadi. Mana shu oxirgi sovg‘a qilingan kitob — Adib Xolidning “O‘zbekiston tavalludi” nomli kitobi. Hali buni o‘qishga ulgurmadim.

askar ismailov, didox, ryukzagda nima bor, venkonBitta ryukzak va bitta kichik sumka ishlataman. Toshkentda vaqtimda olib yuradigan sumkachamda quloqchin, qo‘l kremi, ko‘z uchun tomchi dori, bloknot, ruchka, pasport, salfetka va bosh og‘riq dorisi kabi zarur narsalar saqlanadi.

Yana bir ryukzakim esa komandirovkalarga mo‘ljallangan. Unda kompyuter, xalqaro prava, xorijga chiqish pasporti, power bank, hamyon, zaryadkalar va dorilar to‘plami joylashgan.

Shuningdek, komandirovkada ishlatiladigan dorilar to‘plami va zaryadka uskunalari bor.

Mana shu mening ish joyim va o‘zim bilan olib yuradigan kerakli narsalar.