Bosh sahifa Blog Sahifa 7

O‘zbekistondagi 20 ayol tadbirkor haqidagi ilhomlantiruvchi hikoyalar

0

Spot turli sohalarda faoliyat yuritayotgan ayollar hikoyalarini jamladi. Unda kitob do‘koni asoschilari, biznes yuritayotgan, formula poygalarida qatnashayotganlar hamda dasturlashda muvaffaqiyat qozongan ayollar haqida so‘z yuritiladi.

Biznes g‘oya: kitob do‘konini qanday ochish va bu biznes qancha daromad keltirishi haqida

Sohibjamol Kattayeva Spot’ga 500 mln so‘mga tushgan loyihasi, nashriyot ochish va yuritishdagi qiyinchiliklar, kitob do‘konini ochishga qancha mablag‘ ketishi haqida so‘zlab berdi.

ayol tadbirkorlar


Muvaffaqiyatsizlik qiymati: Nargis Mirzaahmedova $1 mlndan ortiq yo‘qotishlar va quruvchilardan ko‘rilgan zarar haqida

Bolalar va kattalar uchun ta’lim muassasalari, Karyera, Beshikdan karyera markazlari va Happy Time bolalar bog‘chasi hamda maktabining asoschisi va rahbari Nargis Mirzaahmedova o‘zining muvaffaqiyatsizliklari haqida ochiqchasiga so‘zladi.

ayol tadbirkorlar


AutoLady: matematika o‘qituvchisi qanday qilib Toshkentda ayollar uchun avtomaktab ochdi?

Durdona Muhiddinova ayollar uchun avtomaktab ochish g‘oyasi qanday paydo bo‘lgani, bir yil ichida o‘z aylanmasini qanday qilib uch barobarga oshirgani hamda nima uchun bu biznesda moslashuvchanlik muhimligi haqida so‘zlab berdi.

ayol tadbirkorlar


O‘zbekistonda pastilalar va mevali chipslar ishlab chiqarishni qanday yo‘lga qo‘yish va undan qancha daromad olish mumkin?

LOVECO asoschilari Marina Pak va Yekaterina Kim Spot’ga biznesni yo‘lga qo‘yish uchun qancha sarmoya kiritganliklari, uskunalar qanchalik tez o‘zini qoplagani va ekobiznesdan qancha daromad olish mumkinligi haqida so‘zlab berishdi.

ayol tadbirkorlar


MAlin: 25 mln so‘m bilan sumka biznesini qanday yo‘lga qo‘yish mumkin?

MAlin hammuassislari Spot’ga brendning yaratilishi, ishlab chiqarishni qanday yo‘lga qo‘yishgani hamda bu jarayonda duch kelgan muammolari haqida gapirib berishdi.

ayol tadbirkorlar


Fotima Ziyodillayeva Buxoroda poyafzal ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun kredit oldi, lekin nima uchun ishi yurishmadi?

Buxorodagi ikkita korxona asoschisi Fotima Ziyodillayeva biznes yuritishda qanday qiyinchiliklarga duch kelgani va nima uchun biznesda ayollarni erkaklarga qaraganda ancha kuchliroq deb hisoblashi to‘g‘risida hikoya qiladi.

ayol tadbirkorlar


Xorazmdan Fransiyagacha: Navbahor Boudot qanday qilib Lion shahrida o‘z brendiga asos soldi?

Nafaqat mamlakat ichida, balki xorijda ham biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgan o‘zbek xotin-qizlari soni ortib bormoqda. Fransiyada Bahor brendiga asos solgan, Xivada esa restoran faoliyatini yo‘lga qo‘ygan Navbahor Baudotni ham omadli tadbirkor ayollardan biri deyish mumkin. U Toshkentga safari chog‘ida Spot’ga intervyu berdi.

ayol tadbirkorlar


Signora by Shateni: Toshkentda $100 bilan qanday qilib brend yaratish mumkin?

Brend asoschisi Farangiz (Shateni) qanday qilib $100 bilan biznes boshlagani, bu sohasga otasi qarshilik qilgani, mijozlar bilan ishlashda qiyin vaziyatga tushgani va biznesni huquqiy himoya qilish yo‘llari haqida Spot’ga so‘zlab berdi.

ayol tadbirkorlar


Kreativ iqtisodiyot: Lola Sayfining Human House’ni saqlab qolishi, $200 minglik qayta qurish hamda hunarmandlarning muammolari haqida

Spot Human House asoschisi Lola Sayfi bilan loyihani qanday boshlagani, uning yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida qolgani, shuningdek, O‘zbekistonda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishga qanday tizimli muammolar to‘sqinlik qilayotgani haqida suhbatlashdi.

ayol tadbirkorlar


Masterskaya: qanday qilib kichik bir makon 8 yil ichida to‘laqonli biznesga aylandi?

Loyiha hammuassisi Delya Haydarova Spot’ga mahorat darslari to‘xtatilishi sabablari va O‘zbekistonda san’at bozoridagi hozirgi holat haqida so‘zlab berdi.

ayol tadbirkorlar


Manikyur biznesi: Nailsworkshop qanday ochilgan va sohada yondashuvni nega o‘zgartirmoqda?

Zamira Qurbonova Spot’ga o‘z biznesining ichki jarayonlari, O‘zbekistonda byuti-bozor qanday muammolarga uchrayotgani va nega bugungi kunda mijozlar salomatligi muhim omilga aylangani haqida so‘zlab berdi.

ayol tadbirkorlar


Madina Umurzoqova qanday qilib $100 bilan Toshkentda event-agentligini tashkil etgan?

Madina Wedding asoschisi cho‘ntagidagi $100 bilan o‘z biznesini qanday ochgani, biznes-reja namunasi qanday ko‘rinishda bo‘lishi va sohada faoliyat boshlash istagida bo‘lganlar uchun o‘z maslahatlarini Spot bilan o‘rtoqlashdi.

ayol tadbirkorlar


Ayol tadbirkorlar: Yuliya Zatulovskaya nega dizaynni tashlab biznesga qadam qo‘ydi?

Spot Golden Minds marketing agentligi asoschisi Yuliya Zatulovskaya bilan tadbirkorlikka qanday kirib kelgani, biznesda ayollar duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolar hamda nega Amerikaga ko‘chib ketgani haqida suhbatlashdi.

ayol tadbirkorlar


O‘zbekistonda blogerlar faoliyati: reklamalar narxi, soliqlar to‘lovi va kompaniyalar bilan qanday hamkorlik qilinishi haqida

PR-menejer, FACES agentligining asoschisi Sabina Bakiyeva mamlakatdagi inflyuens-marketing, kelgusi yillardagi trendlar, blogerlarning reklama beruvchilar bilan ishlash sharoitlari, narxlar va muammolar haqida so‘zlab berdi.

ayol tadbirkorlar


O‘zbekistonda PR: bu qanday soha va kompaniyalarga nega kerak?

PR-mutaxassisi Madina Ruzmatova soha, uning qanday ishlashi, kompaniyadagi o‘rni, nima uchun kadrlar yetishmasligi hamda nomzodlarning intervyu jarayonida yo‘l qo‘yadigan xatolari haqida Spot’ga so‘zlab berdi.

ayol tadbirkorlar


“O‘zbekistonning xorijlik mutaxassislardan ko‘ngli qoldi” — Alyona Vladimirskaya mehnat bozoridagi tendensiyalar haqida

HR-mutaxassisi mehnat bozoridagi ishlar qanday kechayotgani, qaysi xorijliklar jalb qilingani, nima uchun ularga ko‘proq maosh to‘langani hamda so‘nggi bir yilda bu tendensiya qanday o‘zgargani haqida Spot’ga so‘zlab berdi.

ayol tadbirkorlar


Formula 1 dagi o‘zbek marshal ayoli: trassadagi hayot, tezlik va O‘zbekistondagi poygalar haqida

Spot Formula 1 poygalarida ko‘ngilli marshal sifatida faoliyat yuritayotgan Dilfuza Matkarimova bilan musobaqalarning ichki jarayonlari, marshalning asosiy vazifalari, treklarda yuz beradigan favqulodda holatlar hamda O‘zbekistonda avtosport rivoji haqida suhbatlashdi.

ayol tadbirkorlar


IT-sohasida o‘zbekistonlik qizlar — Sevinch Najmitdinova hikoyasi

U Spot bilan suhbatda faoliyati, IT-sohasida qizlar qanday ishlay olishi va bu sohani o‘rganmoqchi bo‘layotganlar nima qilishi kerakligi haqida so‘zlab berdi.

ayol tadbirkorlar


IT-sohasida o‘zbekistonlik qizlar — Irlandiyadagi Workday dasturchisi Muhayyo Tashpulatova hikoyasi

Muhayyo xorij kompaniyasiga ishga joylashgani, “Amazon»da amaliyot o‘tagani hamda jamoa bilan ishlash tajribalari haqida Spot’ga so‘zlab berdi.

ayol tadbirkorlar


Mahsulot menejeri kim va u nima ish qiladi? Mutaxassis fikri

Uzum’ning IT mahsulot menejeri Dilnoza Nasriyeva Spot’ga mahsulot menejerining asosiy vazifalari, sohadagi stereotiplar hamda IT’da ayollarning o‘rni haqida so‘zlab berdi.

ayol tadbirkorlar

Top 300 oliygohlarga kirganlarga 20 ming dollargacha ta’lim krediti beriladi

0

Hukumatning 2026-yil 2-martdagi qarori bilan “Xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish istagidagi yoshlar va pedagog xodimlarga ta’lim kreditini ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda huquqiy axborot kanallarida ma’lum qilindi.

Mazkur nizomga ko‘ra, imtiyozli ta’lim kreditlari Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratiladi. Hujjatda kredit ajratish hamda uni qaytarish tartiblari belgilangan.

Qarorga muvofiq, ta’lim krediti QS (Quacquarelli Symonds) yoki THE (The Times Higher Education) reytinglari bo‘yicha top 300 talikka kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan yoshlar va pedagog xodimlarga beriladi. Bunda kredit oluvchilar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lishi hamda yoshlar 30 yoshdan oshmagan bo‘lishi kerak.

Ta’lim krediti bakalavriat va magistratura dasturlarida o‘qish uchun ajratiladi. Uning miqdori bir o‘quv yili uchun 20 ming AQSH dollarigacha ekvivalentda milliy valyutada belgilanadi.

Hujjatga ko‘ra, kreditning asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugaganidan so‘ng yettinchi oydan boshlab yetti yil davomida qaytariladi. Kredit bo‘yicha foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi.

Ta’lim kreditini olish uchun ariza beruvchi bankka ariza, shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi, birinchi kurs uchun taklifnoma-xat, ikkinchi kursdan boshlab akademik o‘zlashtirish natijalari, to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha shartnoma hamda oliy ta’lim tashkilotining bank rekvizitlari ko‘rsatilgan invoysni taqdim etishi kerak.

Shuningdek, birgalikda qarz oluvchilarning oxirgi 12 oylik daromadlari haqida ma’lumot va 30 yoshdan oshgan pedagoglar uchun mehnat daftarchasidan ko‘chirma ham talab etiladi.

O‘zbekistonda 21 yoshdan so‘ng nikoh tuzgan yosh oilalarga imtiyozlar beriladi

0

2027-yildan boshlab har ikki tomon kamida 21 yoshga to‘lib birinchi marta nikohdan o‘tgan yosh oilalarga davlat tomonidan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etiladi. Bu haqda prezident farmonida belgilandi.

Hujjatga ko‘ra, bunday oilalar Ijtimoiy reyestrga kiritilgan taqdirda, ularga ajratiladigan subsidiya, ssuda va grantlar amaldagi miqdorlarga nisbatan 1,5 baravar oshiriladi. Mazkur moliyaviy ko‘maklar oila a’zolarining daromadini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish yoki murakkab ijtimoiy vaziyatdan chiqishiga ko‘maklashishga qaratiladi.

Shuningdek, nikoh shartnomasini tuzgan nikohlanuvchilar uchun ham rag‘bat mexanizmi joriy etiladi. Ular nikohni qayd etishda to‘lanadigan davlat bojidan ozod qilinadi. Bu orqali oilaviy munosabatlarda huquqiy madaniyatni oshirish va mas’uliyatni kuchaytirish maqsad qilingan.

Farmonda erta nikohlarning oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha choralar ham nazarda tutilgan. Jumladan, nikoh yoshi va nikoh tuzish tartibini buzganlik uchun jarimalarning bir qismi bunday holat haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi. 2026-yil 1-sentabrdan boshlab undirilgan jarimaning 15 foizi xabar beruvchilarga beriladi.

Bundan tashqari, homilador talaba-qizlar yoki 3 yoshgacha farzandi bor talabalarga oliy ta’limni davom ettirish uchun “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi. 2026—2027-o‘quv yilidan boshlab ular fanlar farqini topshirish sharti bilan o‘qishni tiklashi, shuningdek, akademik ta’til davrida masofaviy ta’lim shaklida o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

Hujjat bilan yoshlarning ongli ravishda oila qurishini qo‘llab-quvvatlash, erta nikohlarning oldini olish hamda barqaror va mustahkam oila institutini shakllantirish ustuvor yo‘nalish etib belgilandi. Farmon ijrosi yuzasidan mas’ul idoralarga aniq muddat va vazifalar yuklatildi.

Prezident qarori bilan bir guruh iqtidorli qizlar Zulfiya mukofoti bilan taqdirlandi

0

Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan qaror bilan mamlakatda xotin-qizlarni e’zozlash, ularning ezgu orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o‘zgarishlar jarayonida faol ishtirok etayotgan iqtidorli qizlarni rag‘batlantirish choralari belgilandi.

Qarorga ko‘ra, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan tavsiya etilgan iqtidorli qizlarni mukofotlash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi. Ular a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, shuningdek, ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari hamda jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlari uchun mukofot bilan taqdirlanadi.

Hujjatda mukofot sohibalariga 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirlarida diplom va ko‘krak nishonlari topshirilishi belgilangan. Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga har bir sovrindorga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida (20 mln 600 so‘m) pul mukofoti berilishini ta’minlash vazifasi yuklatildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mukofot sohibalarining ibratli faoliyati, noyob iste’dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etildi. Qaror ijrosini nazorat qilish bosh vazir Abdulla Aripov hamda prezident maslahatchisi Gʻofurjon Mirzayev zimmasiga yuklatildi.

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar:

  • Satniyazova Indira Qaniyaz qizi — Qoraqalpoq davlat universitetining 3-bosqich talabasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
  • Erimbatova Dilnoza Nurulla qizi — Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich magistranti (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
  • Umurzoqova Moxlaroy Muxtorjon qizi — Andijon davlat pedagogika institutining 1-bosqich magistranti (Andijon viloyati)
  • Abduqaxorova Muslimaxon Mirzabaxrom qizi — Andijon davlat pedagogika institutining 1-bosqich magistranti (Andijon viloyati)
  • Ergashova Mehriniso Husniddin qizi — Buxoro davlat pedagogika institutining 1-bosqich magistranti (Buxoro viloyati)
  • Fayzullayeva Vazira Xamidovna — Buxoro davlat tibbiyot institutining 1-bosqich magistranti (Buxoro viloyati)
  • Tursunova Visola Behzodovna — Jizzax davlat pedagogika universitetining 2-bosqich talabasi (Jizzax viloyati)
  • Jo‘raboyeva Muhsina Orif qizi — O‘zbekiston Milliy universitetining tabiiy geografiya kafedrasi kabinet mudiri (Jizzax viloyati)
  • Murodova Marjona Shuxrat qizi — Bojxona institutining xalqaro hamkorlik bo‘limi inspektori (Qashqadaryo viloyati)
  • Amirova Latofat Bahrom qizi — Erkin ijodkor, shoira (Qashqadaryo viloyati)
  • Qudratova Mashxura Fazliddin qizi — Navoiy shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Navoiy viloyati)
  • Haydarova Laziza Nabijon qizi — Navoiy davlat universitetining 2-bosqich talabasi (Navoiy viloyati)
  • Ergashova Xushnozaoy Toxirjon qizi — M.Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli balet artisti (Namangan viloyati)
  • Ismoilova Gulshanoy Shuhrat qizi — O‘zbekiston Milliy universitetining 1-bosqich talabasi (Namangan viloyati)
  • Mamedova Amaliya Parvizovna — Samarqand shahridagi 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Samarqand viloyati)
  • Tohirova Mohigul Umir qizi — Samarqand davlat universitetining amaliy psixologiya kafedrasi assistenti (Samarqand viloyati)
  • Mingboyeva Zulxayo Ulug‘bek qizi — Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Sirdaryo viloyati)
  • Maxmudova Olimaxon Yusufjon qizi — O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Sirdaryo viloyati bo‘limi sozandasi (Sirdaryo viloyati)
  • Ibrogimova Nodira Jurabekovna — Toshkent shahridagi “Shkola 21” nodavlat ta’lim muassasasi loyiha rahbari (Surxondaryo viloyati)
  • Shokirova Gulhayyo O‘ktam qizi — Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining 1-bosqich magistranti (Surxondaryo viloyati)
  • Uralova Gulhayo Baxodir qizi — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining o‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti 2-bosqich tayanch doktoranti (Toshkent viloyati)
  • Xolmuxamedova Parizod Jasurbek qizi — Yuqori Chirchiq tumanidagi 24-bolalar musiqa va san’at maktabining badiiy kashtachilik o‘qituvchisi (Toshkent viloyati)
  • Jo‘raboyeva Dilafruzxon Sardorjon qizi — Xalqaro frilanserlik platformalari frilanseri (Farg‘ona viloyati)
  • Sobirova Dilafruzxon Salohiddin qizi — Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Farg‘ona viloyati)
  • Quronboyeva Moxinur Odilbek qizi — Urganch davlat tibbiyot institutining katta o‘qituvchisi (Xorazm viloyati)
  • Do‘smetova Shahzoda Do‘smet qizi — O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Xorazm viloyati bo‘limi maqom xonandasi (Xorazm viloyati)
  • Saranseva Anastasiya Olegovna — Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 208-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Toshkent shahri)
  • Mavlonova Sevinch Sanjar qizi — “Yangi O‘zbekiston” universitetining 2-bosqich talabasi (Toshkent shahri)

Prezident bir guruh xotin-qizlarni davlat mukofotlari bilan taqdirladi

0

Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayoniga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh xotin-qizlar mukofotlandi.

Qayd etilishicha, o‘zining samarali mehnati, boy bilim va tajribasi bilan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida faol qatnashib, xalq farovonligini yuksaltirish yo‘lida alohida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, yoshlarni vatanga muhabbat hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qo‘shayotgan xotin-qizlarni munosib taqdirlash maqsadida quyidagilar mukofotlandi:

“O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri” faxriy unvoni bilan

Bobomurodova Xosiyat — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

  • Kariyeva Bernara Raximovna — O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya kafedrasi professori
  • Toshova Moyra Nabiyevna — Buxoro shahridagi “Shayxul Olam” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Buxoro viloyati
  • Toshpulatova Klara Bekpulatovna — Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining texnik bo‘limi standartlash bo‘yicha yetakchi muhandis-texnologi, Qashqadaryo viloyati
  • Xalikova Mukaddas Shamaksudovna — O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori

“Do‘stlik” ordeni bilan

  • Abdrasuliyeva Juzimgul Matekovna — Chimboy tumanidagi “Gujimli” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Aliyeva Zafara Jumabayevna — O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining amaliy san’at ashyolari bo‘yicha eksperti
  • Axmedjanova Nasiba Muratovna — “O‘zbekiston temiryo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” aksiyadorlik jamiyati elektr mashina sexi izolyatsiya ustasi
  • Axmedova Zarifa Nishonovna — Sharof Rashidov tumanidagi “Zomin asali” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati
  • Bakiyeva Narziniso Mirzoyevna — Bekobod tumanidagi “Boqiyeva Nazira” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati
  • Berdiyeva Barno Saitnazarovna — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi a’zosi
  • Bobanazarova Jamila Xolmurodovna — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator
  • Bryuxovetskaya Nadejda Vasilevna — Uzbekistan Airways aksiyadorlik jamiyatining texnologik bo‘limi boshlig‘i
  • Daminova Muxabbat Jabborovna — Sariosiyo tumanidagi “Orzu Daminzoda” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati
  • Ziganshina Dinara Ravilevna — Markaziy Osiyo davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasining ilmiy-axborot markazi direktori
  • Ibragimova Oliya Xojamberdiyevna — “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 1-Gidrometallurgiya zavodi kran mashinisti, Navoiy viloyati
  • Karimova Feruza Baxtiyorovna — H.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutining petrologiya laboratoriyasi boshlig‘i
  • Matviyenko Irina Aleksandrovna — “Nemolchi.uz” ijtimoiy loyihasi rahbari
  • Muxiddinova Umida Tulkunovna — Ijtimoiy himoya milliy agentligining nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i
  • Ro‘zmetova Nasiba Sharipovna — Xiva tumanidagi “Qo‘shchi Kattabog‘” va “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inlari xotin-qizlar faoli, Xorazm viloyati
  • Ubaydullayeva Nigoraxon Qurvonaliyevna — Quvasoy shahar hokimining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati
  • Urunbayeva Gulchexraxon Shokirovna — Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining organik dehqonchilik va o‘rmon melioratsiyasi kafedrasi professori, Andijon viloyati
  • Xamrayeva Muatar Kabildjanovna — Chilonzor tumanidagi “Gavhar” mahalla fuqarolar yig‘inining “Oqila ayollar” harakati rahbari, Toshkent shahri

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

  • Adilova Feruza Saibjanovna — “Tong yulduzi” gazetasi bosh muharriri
  • Ashirova Gulchexra Olimovna — Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining Xorazm viloyati hududiy bo‘limi direktori
  • Imamova Dilbar Babaqulovna — Samarqand shahar nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Samarqand viloyati
  • Karimova Barno Patxullayevna — Toshkent shahridagi “Iffatli kelin” o‘quv markazi ta’sischisi
  • Raxmanova E’tiborxon Abduraufovna — O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘limi bosh mutaxassisi
  • Turayeva Salixa Dusanovna — Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufidagi Guliston tumani axborot-kutubxona markazi direktori, Sirdaryo viloyati
  • Usmonova Xurinisa Sharapovna — Namangan davlat universitetining o‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori, Namangan viloyati

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

  • Abdullayeva Nilufar Ismatovna — Shofirkon tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining bosh patronaj hamshirasi, Buxoro viloyati
  • Qambarova Nigora Fattaxovna — Shahrixon tumanidagi “Shahrixon” oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori, Andijon viloyati
  • Mansurskaya Elvira Sabriyevna — Guliston shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi pediatri, Sirdaryo viloyati
  • Muxamedova Barno Farxadovna — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

“Sog‘lom turmush” medali bilan

  • Boboyeva Yuliya Leonidovna — Namangan viloyati suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining suzish bo‘yicha murabbiysi
  • Kuanishova Jamila Seylbek kizi — Uchquduq tumanidagi “Qulquduq” oilaviy shifokorlik punkti katta hamshirasi, Navoiy viloyati
  • Pazilova Muxoyoxon Yakubjonovna — Farg‘ona viloyati Miss fitness ayollar sog‘lomlashtirish markazi rahbari
  • Xalikova Xurshida Narzullayevna — Samarqand viloyati yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining dzyudo bo‘yicha murabbiysi

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

  • Jumayeva Sadbaroy Axatovna — Denov tumani ichki ishlar boshqarmasining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati
  • Ismoilova Iroda Xotam qizi — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy qism mutaxassisi

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

  • Muksinova Mahliyoxon Azizjon qizi — “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktorining IT-xizmatlar eksportini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari
  • Muxtorova Madina In’omjon qizi — Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi talabasi, Jizzax viloyati

“Shuhrat” medali bilan

  • Abduvohidova Shaxnoza Abduganiyevna — UZINFOCOM mas’uliyati cheklangan jamiyatining raqamlashtirish bo‘yicha direktori
  • Azimova Zarnigor Shuxratovna — Navbahor tumanidagi “Beshrabot” mahalla fuqarolar yig‘inining kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimi, Navoiy viloyati
  • Atadjanova Yulduzxan Yuldashovna — Nukus ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining fortepiano o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Atayeva Mukaddas Matyakubovna — Urganch shahridagi yakka tartibdagi tadbirkor, gul yetishtiruvchi, Xorazm viloyati
  • Berdimbetova Gulsara Yesenovna — Qoraqalpog‘iston tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutining kimyo laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Bo‘ranova Aychurak Ravshanbekovna — Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Flowers Anya mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati
  • Butayeva Zulayxo — Boyovut tumanidagi “Boyovut agropilla” mas’uliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Sirdaryo viloyati
  • Butayeva Inobat Yuldosh qizi — Chiroqchi tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bosh mutaxassisi, Qashqadaryo viloyati
  • Vohidova Noyira Rahimovna — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti laboratoriya mudiri
  • Jo‘rayeva Nilufar Davronovna — Boysun tumanidagi Dream’s Shahrinaz mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, hunarmand-kashtachi, Surxondaryo viloyati
  • Zaxidova Nazira Saloxiddinovna — Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi gid-tarjimoni, Samarqand viloyati
  • Ikramova Tamila Alisherovna — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi “Axborot” bosh muharririyati katta muharriri
  • Kambaridinova Noila Mexrojovna — Toyloq tumani hokimining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Samarqand viloyati
  • Kudaybergenova Asiya Mirzali qizi — Zangiota tumani “Farobiy” mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Toshkent viloyati
  • Kudratova Malika Mamatmuratovna — O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Do‘stlik tumani bo‘limi boshlig‘i, Jizzax viloyati
  • Mamadaliyeva Naibaxon Saydaminovna — O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar, davlat tili va ilmiy-tadqiqot masalalari bo‘yicha maslahatchisi
  • Mamatkulova Gulbaxorxon Axmedovna — Farg‘ona imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumining ishlab chiqarish ta’limi ustasi, Farg‘ona viloyati
  • Masimova Kunel Ilyasovna — Zarafshon shahridagi 15-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Navoiy viloyati
  • Muminova Zeboxon Rixsibayevna — Yunusobod tumanidagi Nova school nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Toshkent shahri
  • Normatova Lobarxon Xolmatovna — Rishton tumanidagi “Furqat” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati
  • Sozikina Yelena Gennadevna — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasining mutaxassisi
  • Tashbayeva Gulchexra Karabekovna — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasining mutaxassisi
  • Xalbayeva Gulandan Baltabayevna — Qo‘shko‘pir tumani ko‘zi ojizlar kutubxonasi mudiri, Xorazm viloyati
  • Xunarova Malaxat Xaydarovna — Angren shahridagi Oydin central service mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
  • Xuramova Salima Jo‘rayevna — G‘uzor tumanidagi “G‘uzor qorako‘lchilik” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh cho‘poni, Qashqadaryo viloyati
  • Sharipova Laylo Frunzeyevna — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira
  • Shermatova Gulsara Tursunbayevna — Toshkent shahar Markaziy maydonlarni obodonlashtirish boshqarmasining ko‘kalamzorlashtiruvchi-gul ekuvchisi
  • Ergasheva Shaxnoza Agzamovna — Qibray tumanidagi “Po‘lat qadam” mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Toshkent viloyati
  • Esanova Salomat Almardanovna — Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Sayhon” oilaviy shifokorlik punkti doyasi, Surxondaryo viloyati
  • Yunusova E’tiborxon Abduxalilovna — Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Uychi tumani bo‘linmasi rahbari, Namangan viloyati

O‘zbekistonda 13–14-mart kunlari umumxalq hashari o‘tkaziladi

0

O‘zbekistonda 13–14-mart kunlari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Bu haqda hukumatning 28-fevraldagi farmoyishida belgilandi.

Hujjatga ko‘ra, umumxalq xayriya hashari davomida mahallalar, aholi punktlari, ko‘p qavatli turar joylar, hovlilar atrofi, guzarlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, ko‘cha va yo‘laklar hamda bolalar maydonchalari tartibga keltiriladi, daraxtlarni oqlash va butash ishlari tashkil etiladi.  “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mahallalar va aholi xonadonlari atrofiga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekiladi.

2026-yilda Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlanishi munosabati bilan Toshkent, Samarqand, Shahrisabz shaharlarida Amir Temur haykallari o‘rnatilgan maydonlar atrofida, uning nomi berilgan ko‘plab ko‘chalarda obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, ayniqsa ehtiyojmand, mehr-muruvvatga muhtoj, boquvchisiz qolgan keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashiladi.

Obodonlashtirish tadbiri ishtirokchilariga zarur texnika vositalari va anjomlar beriladi. Joylarda obodonlashtirish ishlarini o‘tkazish jarayonida to‘plangan chiqindilar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan alohida belgilangan joylarga olib chiqilishi ta’minlanadi.

Umumxalq xayriya hashari davomida avtomobil yo‘llari, harakatlanish tig‘iz bo‘lgan ko‘chalar, suv obyektlari, qirg‘oqlar, hududlar, qurilish maydonlari, bino va inshootlar tomlari, xavfli ishlab chiqarish obyektlari, shuningdek, insonlarning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda ixtiyoriy hasharlarga tadbirlar va boshqa ishlarni amalga oshirish taqiqlangani qat’iy nazoratga olinadi.