Bosh sahifa Blog Sahifa 55

O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilganlar 5,5 mln nafardan oshdi

0

Qayd etilishicha, fuqarolar eng ko‘p maishiy xizmatlar, qishloq xo‘jaligi xizmatlari hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘zini o‘zi band qilgan.

2025-yil 1-iyul holatiga — o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 5,5 mln nafardan oshdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 56% ga (2,1 mln nafar) oshgan.

O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar umumiy sonining 58%ini erkaklar, 42%ini ayollar tashkil qiladi.

o'zini o'zi band qilgan shaxslarO‘sish ko‘rsatkichi eng yuqori sohalar:

  • maishiy xizmatlar — 51,4% (735,1 mingta);
  • qishloq xo‘jaligi xizmatlari — 66,1% (606,9 mingta);
  • ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish — 64,4% (213,2 mingta).

Hududlar kesimida eng ko‘p Samarqand viloyatida (593,2 ming) fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan. Undan keyingi o‘rinlarda Toshkent (538,8 ming) va Qashqadaryo viloyatlari (517,5ming) turibdi.

2025-yilda 184,2 ming fuqaro yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilgan.

Bakalavr va magistratura uchun davlat granti kvotalari tasdiqlandi

0

2025/2026 o‘quv yili uchun bakalavriat bosqichiga 35 500 ta, magistratura bosqichiga esa 9 922 ta grant ajratildi.

18-iyul kuni prezidentning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmoyishi qabul qilindi.

Hujjat bilan 2025/2026 o‘quv yili va kelgusi 3 o‘quv yili uchun davlat OTMlariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.

Bunda bakalavriat bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha grant uchun o‘rinlar quyidagicha:

  • 2025/2026 o‘quv yili uchun — 35 500 ta;
  • 2026/2027 o‘quv yili uchun — 36 023 ta;
  • 2027/2028 o‘quv yili uchun — 36 460 ta;
  • 2028/2029 o‘quv yili uchun — 36 761 ta.

Magistratura bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

  • 2025/2026 o‘quv yili uchun — 9 922 ta;
  • 2026/2027 o‘quv yili uchun — 10 191 ta;
  • 2027/2028 o‘quv yili uchun — 10 477 ta;
  • 2028/2029 o‘quv yili uchun — 10 784 ta.
  • Shuningdek, xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliygohlarga 1 320 ta davlat granti ajratildi.

O‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta, xotin-qizlar uchun esa 4 000 ta davlat granti uchun o‘rinlar taqsimlandi.

“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi o‘tkaziladi

0

“Islohotlarni amalga oshirishda istiqbolli tashabbuslarni yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish, istiqbolli tashabbuslarni yig‘ish, tahlil qilish va ko‘rib chiqish hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Forum doirasida istiqbolli tashabbuslarni yig‘ish, dastlabki saralash va umumlashtirish jarayonlari Strategik islohotlar agentligi tomonidan har yili 1 iyuldan 1 sentabrgacha o‘tkaziladi.

Forumda muhokama qilish uchun yuboriladigan istiqbolli tashabbuslar quyidagi mezonlarga muvofiq bo‘lishi lozim:

➖ dolzarblik;
➖ o‘ziga xoslik;
➖ imkoniyatlilik;
➖ ta’sirchanlik;
➖ tarmoq yoki jamiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatish.

Mentorlar kengashi tomonidan top-10 deb topilgan eng dolzarb istiqbolli tashabbuslar prezident ishtirokida o‘tkaziladigan forumning yalpi majlisida muhokama qilinadi.

Brend tarixi: kimyogarning ta’m bermaydigan texnologiyasi asosida yaratilgan Pringles chipslari

0

Pringles chipslari ideal ko‘rinish hamda ta’mga ega bo‘lishi uchun bir nechta tadqiqotlar amalga oshirilib jarayonga kimyogar-u, tadqiqotchilar jalb qilingan. Spot bu safar aynan mana shu chipslarning yaratilishi, uning ommalashishiga turtki bo‘lgan faktorlar haqida hikoya qiladi.

Sovun ishlab chiqaruvchi Jeyms Gembl va shamchi Uilyam Prokterning hamkorligi natijasida dunyodagi eng yirik Procter & Gamble kompaniyasiga asos solingan. Bugungi kunda kompaniya dunyoning 160 dan ortiq mamlakatiga 300 ga yaqin savdo belgisini olib kirgan. Ular orasida Pringles, Tide kir yuvish vositasi mavjud.

Bugun biz kompaniya tomonidan ommaga taqdim etilgan Pringles chipslarining yaratilish tarixi haqida hikoya qilamiz. Ularning bu brenddagi chipslarni yaratishlariga sabab xaridorlar tomonidan mahsulot sifati bo‘yicha kelib tushayotgan shikoyatlar bo‘lgan. Kompaniya mahsulotlarni mijozlar qo‘liga yuqori sifatda yetib borishni ta’minlash ilinjida tajribalar o‘tkazishni boshlaydi.

Birinchi tajriba muvaffaqiyatsiz yakun topadi. Yiqilgan kurashga to‘ymas, deganlaridek kompaniya egalari ham birgina urinish bilan cheklanib qolishmadi. Oradan ikki yil o‘tib masalaga qayta bel bog‘lashdi — natija esa tarixga muhrlandi, chipslar minglab insonlar qo‘liga ajoyib ko‘rinishda yetib kelishni boshladi.

Yangi texnologiya asosida yaratilgan Pringles chipslari orqali dastlabki yillarda qancha foyda olgani haqida aniq ma’lumotlarni ommaga taqdim etmagan. Biroq, 2012-yilda brend kompaniyaga taxminan $1,5 mlrd daromad olib kelgan. 2024-yilga kelib esa Pringles’ni Mars kompaniyasi $36 mlrdga sotib olgan (avvalroq, Mars kompaniyasiga tegishli bo‘lgan Snickers shirinligi tarixi haqida hikoya qilgandik).

Shunday qilib, chorak asrdan beri do‘kon rastalarida o‘zining sifati, ko‘rinishi bilan ajralib turgan bu chipslar bir necha insonlarning mehnati hamda izlanishlari mahsuli hisoblanadi. Spot bu safar nima sababdan Pringles boshqa chipslardan ajralib turishi, shuningdek, uning yaratilishi haqida hikoya qiladi.


Procter & Gamble kompaniyasi tarixi

1937-yil shamchi Uilyam Prokter sovun ishlab chiqaruvchi Jeyms Gembl bilan tanishib qoladi. Ko‘p o‘tmay ular hamkorlikda ishlashga kelishib olishadi va 22-avgust kuni o‘zaro shartnoma imzolab Procter & Gamble kompaniyasiga asos solishadi.

1859-yildayoq kompaniyaning savdo hajmi $1 mlnga chiqib, xodimlarining soni 80 kishiga yetadi.

O‘zining kosmetika, kir yuvish vositalari, maishiy mahsulotlari bilan tanilgan bu kompaniya yillar o‘tib oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishga ham qiziqa boshlaydi.

chips, mars kompaniyasi, pringles, procter & gamble

Egarsimon shakl: kimyogarning ta’m bermaydigan texnologiyasi

Pringles’ning yaratilishiga turtki bo‘lgan voqea 1956-yilda sodir bo‘ladi. Oziq-ovqat bozoriga qiziqa boshlagan Procter & Gamble kompaniyasiga iste’molchilar tomonidan chipslar haddan tashqari yog‘li ekanligi, tez buzilishi hamda shaklning mukammal holatda xaridor qo‘liga yetib kelmayotgani haqida shikoyatlar kelib tusha boshlaydi.

Muammo bor unga yechim topish kerak — bu vaziyatda kompaniya kimyogar Frederik Baurdan yordam olishga qaror qiladi. U chipslar ustida turli tajribalarni o‘tkazishni boshlaydi. Kimyogarga mutlaqo yangi turdagi kartoshka chipslarini yaratish vazifasi topshirilgandi.

Ikki yil davomida Frederik quritilgan kartoshka asosidagi qovurilgan mahsulot massasini sinovdan o‘tkazadi. Qovurib shakl berilgan chipslar egarsimon shaklga kelib bir-birining ustiga juda qulay joylashadi. Mahsulot xaridor qo‘liga sinmasdan shaklni to‘liq saqlagan holda yetib kelishi uchun esa u silindrsimon bankalarni taklif qiladi.

Frederik barchasini inobatga olgandi: shakldan tortib joylashuvgacha. Biroq eng muhim unsur: chipslardagi ta’mni saqlab qolish e’tibordan qochirilgandi. Uning izlanishlari oxiriga yetmasdan yakunlanib, kimyogarni boshqa loyihalarga jalb qilishdi.

1960-yil. Kompaniya yana chipslar ustidagi tadqiqotlarini davom ettirishga qaror qiladi. Bu safar vazifa Ogayo shtatidagi tadqiqotchi Aleksandr Liepa gardaniga tushadi. U barchasini yangidan boshlashni emas, balki Frederik boshlagan tadqiqotni davom ettirish yo‘lidan boradi. Aynan u chipslarni nafaqat ko‘rinish, balki ta’m jihatdan ham yaxshi holatda saqlab qolishga erishadi.

chips, mars kompaniyasi, pringles, procter & gamble

Foto: MTRK “Mir»/ Marina Dikun

Aleksandr ishlab chiqqan texnologiya asosida yaratilgan mahsulot xaridorlar tomonidan iliq kutib olinadi. Shundan so‘ng, kompaniya chipslarni keng ko‘lamda ishlab chiqarish uchun maxsus texnologiyalarni yaratish ustida bosh qotira boshlaydi. Bu vazifani ular Jin Vulfga topshirishadi. Aynan u Pringles mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun maxsus uskuna ixtiro qiladi.

Brend mahsulotining retsepti — Liepaga, qadoq bankasi esa Bor nomiga patentlangan.

Shunday qilib, 1968-yillarda Pringles birinchi marta Indiana do‘konlari peshtaxtalarida paydo bo‘ladi. 1975-yilga kelib, mahsulotni AQSh’ning barcha do‘konlardagi rastalarda uchratish mumkin bo‘lgan. Bugungi kunga kelib uning 200 ga yaqin ta’mlari mavjud.

Logotipning o‘zgarib borishi: qadoq ustidagi janob Pringl

Brend nomini kompaniyaning marketing bo‘limi o‘ylab topgan bo‘lib, nima sababdan aynan bunday nomlangani xususida turli bahslar mavjud. Birinchi versiyaga ko‘ra, marketologlar Ogayo shtatidagi Pringle Drive nomidan ilhomlangan. Ikkinchi versiyaga ko‘ra, chipslar Mark Pringl sharafiga nomlangan — u 1937-yilda kartoshkaga ishlov berishning yangi usulini kashf etgan, degan qarashlar mavjud.

Qadoqdagi qahramon surati rassom Arch Drammond tomonidan o‘ylab topilgan mehribon novvoy timsoli hisoblanadi. Aynan mana shu novvoyni P. yoki Julius Pringl deb atashadi.

Oradan 19 yil o‘tgach, ishlab chiqaruvchi logotipni yangilash ustida bosh qotirishadi. 1986-yilda bu bo‘yicha maxsus marketing kampaniyasi ishga tushirilib, televizorda Bred Pitt bilan reklama namoyish etildi. Natijada brend muxlislari doirasi kengayib, Pringles savdosi keskin oshadi.

chips, mars kompaniyasi, pringles, procter & gamble

Pringles’ning bugungi kundagi taqdiri

Shu zaylda Pringles bozordagi talabgir mahsulotlar qatoriga qo‘shildi. Biroq, 2011-yilda P&G Diamond Foodsga brendini $2,35 mlrdga sotishiga bir baxya qolganida kelishuv muvaffaqiyatsiz yakunlanadi. Biroq brendni sotish fikrida qat’iy qolgan kompaniya 2012-yilda Pringles’ni Kellanova kompaniyasi $2,7 mlrdga sotadi. Ushbu xarid kompaniyani dunyodagi ikkinchi yirik ishlab chiqaruvchisiga aylantirib, xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlaydi.

Kompaniyaning 2020-yildagi daromadi $6,88 mlrd bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yil ikkinchi yarmida bu ko‘rsatkich $7,14 mlrdni tashkil etgan.

2024-yilga kelib esa Mars kompaniyasi Pringlesni $36 mlrdga sotib olgan. Spot brend tarixining avvalgi sonida Mars kompaniyasiga tegishli bo‘lgan Snickers shirinliklari tarixi haqida hikoya qilgandi.

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi

0

2025/2026-o‘quv yili uchun mamlakat oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar 5-avgustgacha qabul qilinadi.

15-iyuldan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza yuborish boshlandi. Bu haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi ma’lum qildi.

2025/2026-o‘quv yili uchun respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:

2 ta uzrli sababga ko‘ra mamlakatning bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida — transfer.edu.uz sayti orqali;

xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga — my.uzbmb.uz sayti orqali.

O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.

O‘tgan yili o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha 43 mingdan ortiq talabgorga imtihonga ruxsat etildi. Shundan 76%i mamlakatdagi nodavlat OTMlaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat olgan.

Prezident Administratsiyasining yangi tuzilmasi tasdiqlandi

0

Administratsiya va uning tarkibidagi tashkilotlarda 284 ta shtat qisqartirilib, takrorlanuvchi lavozimlar optimallashtirildi. Shuningdek, Prezident Administratsiyasi faoliyatida 5 ta ustuvor yo‘nalish belgilandi.

Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmon imzolandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar bermoqda.

Hujjat bilan prezident Administratsiyasining yangi tuzilmasi tasdiqlanib, buning natijasida administratsiya va uning tarkibidagi tashkilotlarda 284 ta shtat qisqartirildi, takrorlanuvchi lavozimlar optimallashtirildi.

Prezident Administratsiyasi faoliyatida 5 ta ustuvor yo‘nalish belgilandi — ta’lim, biznes, sud-huquq tizimi, tibbiyot va suv resurslari masalalari. Bu yo‘nalishlarda islohotlarni samarali amalga oshirish maqsadida prezident Administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi.

Bundan tashqari, prezidentning strategik rivojlanish, tashqi siyosat bo‘yicha yangi maslahatchi lavozimlari kiritilib, moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt, kreativ iqtisodiyot va turizmni rivojlantirish, jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi, tadbirlarni tashkillashtirish, yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash bo‘yicha, shuningdek, kommunikatsiya departamentlari tashkil etildi.