Bosh sahifa Blog Sahifa 4

O‘zbekistonda yuzdan ortiq tadbirkor “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

0

O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan bir guruh tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Hujjatda qayd etilishicha, ular milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, Yangi O‘zbekistonda tadbirkorlik sohasida ilg‘or tajriba va an’analar maktabini yaratish borasida alohida ibrat va namuna ko‘rsatib kelayotgani, o‘zining izlanuvchanligi, kreativ g‘oya va tashabbuslari bilan samarali faoliyat olib borib, mamlakatning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, aholi bandligi va farovonligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shayotgani, biznesda erishayotgan salmoqli natijalari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun taqdirlandi.

Taqdirlanganlar ro‘yxati:

  • Begjanova Salima Rajatdinovna – Bo‘zatov tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Ilyasova Elvira Askarbayevna – “Hunarmand” uyushmasining Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Kalnazarov Baxadur Ibanovich – Qo‘ng‘irot tumanidagi “Ustyurt sodium sulfate” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Masharipov Azat Bazarbayevich – Beruniy tumanidagi “Usta Bozorboy” xususiy korxonasi ta’sischisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Mustafayev Azat Yesbosinovich – Taxiatosh tumanidagi “Atiyaj gulzar” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Saburov Dilshod Kabuljanovich – To‘rtko‘l tumanidagi “Baraka tekstil group” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Shimbergenov Azat Adilbayevich – Nukus shahridagi “Nukus evro stroy” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Dusmuratov Mirzadiyor Mirzagayratovich – Andijon tumanidagi “Makon Mirzo” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati
  • Raximov Yunusjon Nematovich – Baliqchi tumanidagi “Sokin savdo servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati
  • Raxmatova Buzaynab Mirsaitovna – Oltinko‘l tumanidagi “Pergament Snegurochka” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati
  • Sayfutdinova Shaxnoza Alisher qizi – Marhamat tumanidagi “XXI asr akademiyasi” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Andijon viloyati
  • Tursunov Jomoldin Ostanakulovich – Xo‘jaobod tumanidagi “Everest MMM” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati
  • Umarov Zoxidjon Ziyaidinovich – Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Sog‘lom avlod” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati
  • Amonov Vohidjon Ne’matullayevich – G‘ijduvon tumanidagi “Demo Clean” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati
  • Axrorova Shahnoza Botirovna – Buxoro shahridagi “Rangrez Bukhara” xususiy korxonasi rahbari, Buxoro viloyati
  • Bobokalonov Sanjar Ramazonovich – Vobkent tumanidagi “Shirin ethno house” oilaviy turizm korxonasi rahbari, Buxoro viloyati
  • Iskandarov G‘ayrat Hasanovich – Qorako‘l tumanidagi “Hasanobod shifo-bol” asalarichilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Buxoro viloyati
  • Toyirov Azizjon Ergashevich – Shofirkon tumanidagi “Family food claster” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Buxoro viloyati
  • Tohirov Bobomurod Bahodirovich – Buxoro shahridagi “Miramax turist trans” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Buxoro viloyati
  • Abjalov Nuriddin Saatovich – Sharof Rashidov tumanidagi “Paxtakorlik Diyorjon dalasi” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Jizzax viloyati
  • Buronov Jaxongir Nusratovich – Zarbdor tumanidagi “Miramiller” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Jizzax viloyati
  • Davletiyarov Daniyar Begdullayevich – “ADM Jizzakh” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Jizzax viloyati
  • Mavlanov Shuxrat Tulkinovich – “Professional assets management” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Jizzax viloyati
  • Suvanqulov Shohhasan Muhammad o‘g‘li – Paxtakor tumanidagi “Semrug‘ cluster” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati
  • Sultonov Mirtoza Hikmatovich – Do‘stlik tumanidagi “Obi Sangzor” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati
  • Tog‘ayeva Yulduz Abduraimovna – G‘allaorol tumanidagi “New world savdo” oilaviy korxonasi ta’sischisi, Jizzax viloyati
  • Yunusov Abdulaziz Abduaxatovich – Jizzax shahridagi “Roison home white goods” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Jizzax viloyati
  • Kudratov Iskandar Nigmatovich – Qarshi shahridagi “Asl yuksalish savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Qashqadaryo viloyati
  • Qobulov Yaxshimurod Xurozovich – Ko‘kdala tumanidagi “Qobulov Xo‘roz Xolboyevich” polizchilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati
  • Murtazayev Xurshid Rustamovich – Shahrisabz tumanidagi “Shahrisabz bunyodkori” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati
  • Raxmonova Dilfuza Tojiddinovna – Qarshi shahridagi Axborot texnologiyalari va menejment universiteti ta’sischisi, Qashqadaryo viloyati
  • Sayliyev Jamol Kamolovich – Qarshi tumanidagi “Radiant silk” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Qashqadaryo viloyati
  • Umirov Sarvar Numonovich – Shahrisabz tumanidagi “Hisor maxsus qurilish invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Qashqadaryo viloyati
  • Xaydarov Otabek Rustamovich – Chiroqchi tumanidagi “Komfort star new” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati
  • Choriyev Obidjon Barakovich – Ko‘kdala tumanidagi “Bobur” yilqichilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati
  • Jiyanov Juraboy Nuritdinovich – Navoiy shahridagi “Golden lift” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Navoiy viloyati
  • Temirov Sherzodxuja Ilxomjonovich – Karmana tumanidagi “Metall mahsulot zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Navoiy viloyati
  • Xaydarov Navro‘z Qudratovich – Konimex tumanidagi “Navoiy dizayn plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Navoiy viloyati
  • Xusainov Firdavs Xafizovich – Navoiy shahridagi “Navoiy montaj avtomatika” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Navoiy viloyati
  • Shomiyeva Ulash Shonozarovna – Qiziltepa tumanidagi “Akobir Marjona orzusi” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Navoiy viloyati
  • Bekmuratov Nosir Abdimanopovich – Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Citrus city” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Namangan viloyati
  • Mamashayev Baxodir Abduvaxobovich – Davlatobod tumanidagi “Comfort cool system” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Namangan viloyati
  • Nasimova Nigora Musaxanovna – Yangi Namangan tumanidagi “Zarka” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati
  • Nuritdinov Oybek Yusubjonovich – Namangan tumanidagi “Yusuf bahor gullari” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati
  • Rustamova Nasiba Karim qizi – Namangan shahridagi yakka tartibdagi tadbirkor, gul yetishtiruvchi, Namangan viloyati
  • Sadikov Ruslan Yurevich – Namangan shahridagi “Grand textile service” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati
  • Axmedjonov Farrux A’zamovich – Samarqand shahridagi “Renessans dizayn” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Samarqand viloyati
  • Begimov Ulugbek Najimovich – Paxtachi tumanidagi “Alisher” xususiy korxonasi direktori, Samarqand viloyati
  • Gadoyev Begimqul O‘lmasovich – Urgut tumanidagi “Maxmadjon nurafshon” xususiy korxonasi direktori, Samarqand viloyati
  • Djabborov Jaxongir Djurakulovich – Oqdaryo tumanidagi “Sam text plas” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati
  • Jalilov Shokirjon Raupovich – Samarqand shahridagi “Mega sezon poyafzal” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati
  • Li Yuriy Arkadevich – Samarqand shahridagi “Elxolding” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori, Samarqand viloyati
  • Raxmatov Farxod Rasulovich – Samarqand tumanidagi “Gulobod mebel” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati
  • Bosimov Rustam Raxmatulloyevich – Guliston shahridagi “Bosimov Rustam Raxmatulloyevich” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Sirdaryo viloyati
  • Daniyarov Abdushoxid Abduganiyevich – Boyovut tumanidagi “Abdumavlon Daniyarov” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati
  • Zulpixarova Zamira Ergenovna – Guliston shahridagi “Istiqlol kommunal xizmat ta’mir” boshqaruv servis kompaniyasi rahbari, Sirdaryo viloyati
  • Nodirova Gulchexra Saidaxmatovna – Guliston tumanidagi “Aleyna textile” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Sirdaryo viloyati
  • Turayev Qobiljon Tinchlikovich – Guliston shahridagi “MMX PRO” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Sirdaryo viloyati
  • Xaytmetov Otabek Azadovich – Yangiyer shahridagi “Eco wood plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Sirdaryo viloyati
  • Boqijonov Ilhomjon Ismoilovich – Sherobod tumanidagi “Nasaf universal form” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Surxondaryo viloyati
  • Valnazarov Ravshanjon Xudoyberdi o‘g‘li – Denov tumanidagi “Ishonch sifatli halol xizmat” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Surxondaryo viloyati
  • Jumayeva Malikaxonim Alisher qizi – Termiz shahridagi “Nova pharm” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshqaruvchisi, Surxondaryo viloyati
  • Iminova Nargiza Djurayevna – Uzun tumanidagi “O‘ktam bobo shirinliklari” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshqaruvchisi, Surxondaryo viloyati
  • Ishkobilov Shaydulla Temirovich – Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Mexanika” xususiy korxonasi direktori, Surxondaryo viloyati
  • Murodov Muxibullo Gulmurodovich – Sariosiyo tumanidagi “Surxon hisori qo‘ylari” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati
  • Xidirov Mirolim G‘ayratovich – Boysun tumanidagi “Boysun ugol” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Surxondaryo viloyati
  • Hasanov Begali O‘ralovich – Qiziriq tumanidagi “Xumoyiddin biznes klass servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Surxondaryo viloyati
  • Nazarov A’zam Abdikadirovich – Angren shahridagi “Fresh market Angren” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
  • Pirmatova Dildora Ilxamovna – Parkent tumanidagi “Elastikum” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent viloyati
  • Raximov Davron Raxmon o‘g‘li – O‘rta Chirchiq tumanidagi “Jannatmakon mebel” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
  • Soliyev Azizbek Xabibullayevich – Yuqori Chirchiq tumanidagi “Sof gigiyenik” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent viloyati
  • Shavkatov Savlat Davlatovich – Zangiota tumanidagi “Mos pekar” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
  • Asqarov Abdumalik Abdisatorovich – Toshloq tumanidagi “Xurmo eksport” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Farg‘ona viloyati
  • Yodgorova Malikaxon Boykuziyevna – Furqat tumanidagi “Mashxura ekspress market” xususiy tikuvchilik korxonasi rahbari, Farg‘ona viloyati
  • Mamadaliyev G‘ayratjon Ismonaliyevich – Quva tumanidagi “Mamadaliyev G‘ayratjon” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati
  • Mamadaliyev Maxamadali Raxmonovich – Farg‘ona tumanidagi “Rivoj-98” xususiy korxonasi bosh direktori, Farg‘ona viloyati
  • Maxsudov Ozodbek Baxromaliyevich – Oltiariq tumanidagi “Tinchlik meva export” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Farg‘ona viloyati
  • Tolipov Alpon Xamidjonovich – Uchko‘prik tumanidagi “Khat decor” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Farg‘ona viloyati
  • Xojiboyev Nodirbek Masaminovich – Farg‘ona shahridagi “Swissagro” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Farg‘ona viloyati
  • Sherqulov Abduraxmon Maxmutaliyevich – Uchko‘prik tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, Farg‘ona viloyati
  • Asmatillayev Raxmatilla Ibragimovich – Hazorasp tumanidagi “Hazorasp Amur baliqlari” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Xorazm viloyati
  • Karimov Gayrat Baxodirovich – Urganch shahridagi “Bog‘i Eram Xorazm” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati
  • Otajanova Dilnoza Ravshanbekovna – Xiva shahridagi “Xiva Dilnoza kulol” oilaviy korxonasi rahbari, Xorazm viloyati
  • Raximov Adilbek Erkinovich – Xiva shahridagi “Erkin Palas” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Xorazm viloyati
  • Sabirov Behzod Ko‘chkorovich – Tuproqqal’a tumanidagi “Space-S” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Xorazm viloyati
  • Sultanov Shavkat Ruzmamatovich – Xonqa tumanidagi “Xonqa express export” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati
  • Xodjayev Dilshod Ruzmatovich – “Fly Khiva group” xususiy aviakompaniyasi bosh direktori, Xorazm viloyati
  • Yuldashev Murodjon Ochildiyevich – Urganch shahridagi “Arton Urgench invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati
  • Abduazizov Boriy Abduvaliyevich – Yakkasaroy tumanidagi “Diva teks” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent shahri
  • Abdullayev Abdukayum Abdusattarovich – Mirobod tumanidagi “Qo‘noq hotels” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
  • Abduraximova Zalina Ibadullayevna – Chilonzor tumanidagi “Nosirxon-Muslim” mas’uliyati cheklangan jamiyatining tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha direktori, Toshkent shahri
  • Abdufattaxov Nodir Abdufattaxovich – Ijtimoiy tarmoqlardagi “Mr. Etiket” sahifasi asoschisi, bloger
  • Akbarov Rashod Muxamedfatixovich – Bektemir tumanidagi “Baner print” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
  • Aliyeva Dono Xayrullayevna – Yashnobod tumanidagi “Greenleaf produsts” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri
  • Alimov Ismail Israildjanovich – Yashnobod tumanidagi “Isko” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
  • Aslanov Zafariddin Xayrullayevich – Yunusobod tumanidagi “Sofizar” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
  • Ashurov Behzod Akbar o‘g‘li – Bektemir tumanidagi “Mirzo Bobur” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
  • G‘aybulloyev Nozimjon Abdunayimovich – Chilonzor tumanidagi “Rubber plast pharm” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
  • Gulyamov Bexzod Xayotovich – “Oqtepa lavash” fastfud tarmog‘i asoschisi, Toshkent shahri
  • Djumayev Djasur Xurshidovich – Yunusobod tumanidagi “Uzum technologies” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri
  • Jurayev Saydmurod Alixanovich – Yangihayot tumanidagi “Trust communal” boshqaruv servis kompaniyasi rahbari, Toshkent shahri
  • Islamova Dinara Ulugbekovna – Mirobod tumanidagi “Dodo pizza Tashkent” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri
  • Ishmuxamedov Umidjon Kudratillayevich – Chilonzor tumanidagi “Edu Action” mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi, Toshkent shahri
  • Mirzamuxamedov Muxtor Zaxidjanovich – Uchtepa tumanidagi “Mavis global” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
  • Mirtursunov Zafar Shuxratovich – Yangihayot tumanidagi “Health line” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri
  • Mullabayev Muzaffar Shaniyazovich – Mirobod tumanidagi “Asia kandi” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri
  • Nasirxodjayev Yaxyoxo‘ja Boxodirovich – “Nano” xususiy klinikasi asoschisi, Toshkent shahri
  • Nuritdinov Aziz Rustamovich – Yunusobod tumanidagi “Eman” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
  • Raximov Otabek Alisher o‘g‘li – Olmazor tumanidagi “Ijod-ijod” xususiy korxonasi rahbari, Toshkent shahri
  • Toshov Rustam Numonjonovich – Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “IT-Alliance SWS” yuridik shaxslar uyushmasi rahbari, Toshkent shahri
  • Tursunov Iskandar Muxammadiyevich – Yangihayot tumanidagi “Al Muamalat Consulting” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
  • Ubaydullayev Azizbek Ubaydulla o‘g‘li – Yangihayot tumanidagi “Electronic autonomous solutions” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
  • Shukurov Izzat Surat o‘g‘li – Mirobod tumanidagi “YandexGo UB” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri

O‘zbekistondagi barcha oliygohlarda karyera markazlari majburiy bo‘lishi mumkin

0

O‘zbekistonda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, 2027-yil 1-yanvardan boshlab barcha oliygohlarda karyera markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan ishlab chiqilgan qaror loyihasida keltirilgan.

Jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan qaror loyihasiga ko‘ra, karyera markazlarining rahbar va xodimlariga qo‘yiladigan malaka talablari, malaka oshirish, baholash va sertifikatlash tartibini nazarda tutuvchi yagona tizim joriy etiladi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi barcha oliy ta’lim tashkilotlarida karyera markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishini alohida nazoratga oladi.

Belgilanishicha, karyera markazi OTMda talabalar va bitiruvchilarni kasbga yo‘naltirish, ish beruvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish, amaliyot va stajirovka jarayonlarini muvofiqlashtirish, bitiruvchilarning ishga joylashishi va kasbiy rivojlanishini monitoring qilish bo‘yicha asosiy tarkibiy bo‘linma hisoblanadi.

Ushbu markazlar faoliyati oliy ta’lim tashkilotining ta’lim dasturlari sifati, mehnat bozori ehtiyojlariga mosligi va integratsiya darajasi, bitiruvchilarning barqaror bandlik ko‘rsatkichlari hamda ish beruvchilarning tayyorlanayotgan kadrlardan qoniqish darajasi asosida muntazam ravishda monitoring va baholash tizimi orqali amalga oshiriladi. Karyera markazlari faoliyati natijalari oliy ta’lim tashkilotlarini reytingini aniqlash va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda alohida indikator sifatida inobatga olinadi.

Karyera markazi rahbari va xodimlari lavozimlariga nomzodlar belgilangan tartibda “Karyera markazi menejeri” tayyorlov dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan, kasbiy baholash (sertifikatsiya) jarayonidan o‘tgan hamda tegishli sertifikatga ega bo‘lgan shaxslar orasidan tanlanadi.

2028-yil 1-yanvardan boshlab yangidan tashkil etiladigan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida faoliyatining ikkinchi yilidan boshlab karyera markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish majburiy etib belgilanadi. Bunda ta’lim tashkilotida karyera markazi tashkil etilmaganligi aniqlansa, vakolatli organ tomonidan ta’lim tashkilotining litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sudga da’vo kiritiladi. Karyera markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan davlat oliy ta’lim tashkilotlarini tashkil etish taqiqlanadi.

Oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab karyera markazlari faoliyatini mazkur qaror talablari asosida qayta tashkil etadi. Karyera markazlari uchun alohida ish rejasi, KPI ko‘rsatkichlari, ish beruvchilar bazasi, talabalarning karyera portfoliosi va bitiruvchilar monitoringi tizimini joriy etadi. Har yili kamida bir marta talabalar, bitiruvchilar va ish beruvchilar o‘rtasida karyera xizmatlari sifati bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazadi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bitiruvchilar ma’lumotlarini real vaqtda tahlil qilib borish uchun o‘zlarining axborot tizimlarini career.edu.uz elektron platformasiga integratsiya qiladi. Ish beruvchilarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni karyera markazlariga muntazam taqdim etib borish choralarini ko‘radi.

O‘quv yili yakunlari bo‘yicha bitiruvchilarning ishga joylashish ko‘rsatkichlari 50 foizdan kam bo‘lgan taqdirda, ta’lim tashkilotining kelgusi o‘quv yili uchun yangi ta’lim dasturlarini joriy etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qaror loyihasi muhokamasi 27-avgustgacha davom etadi.

Biznesni QR-kod orqali tekshirish tizimi ishga tushdi. U qanday ishlaydi?

0

Har qanday mansabdor shaxsning tadbirkor oldiga tashrifi endi ro‘yxatga olinishi shart. Spot yangi tartib qanday ishlashi, QR-kodni qayerdan olish va inspektor qoidani buzsa, qayerga shikoyat qilish mumkinligini tushuntiradi.

01

Nima bo‘ldi?

Prezident aprel oyida tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning oldini olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

1-avgustdan barcha davlat xizmatchilari tadbirkorlar huzuriga har bir tashrifini QR-kodni skanerlash orqali maxsus “Yagona davlat nazorati” tizimida ro‘yxatdan o‘tkazishi shart.

Maqsad — biznesni norasmiy tazyiqlardan hamda mansabdor shaxslarning “ishchi uchrashuvlar” niqobi ostidagi noqonuniy aralashuvidan himoya qilishdan iborat.

02

Bu kimga tegishli?

Ushbu talab idorasi va lavozimidan qat’i nazar, barcha davlat xizmatchilariga birdek taalluqli hisoblanadi.

Tadbirkorning oldiga qilingan, rejali yoki rejadan tashqari tekshiruv hisoblanmaydigan har qanday tashrifni ro‘yxatdan o‘tkazish zarur. Bunga suhbatlar, maslahatlar, hujjatlarni so‘rab olish va shu kabilar kiradi.

Masalan, agar tashrif buyruq-asos bilan rasmiy tekshiruv sifatida rasmiylashtirilmagan bo‘lsa, peshlavhani olib tashlash yoki konstruksiyani demontaj qilish talabi ham bunga misol bo‘la oladi.

Rasmiy tekshiruvlar alohida tartibda o‘tkazilib, bu qoida ularga nisbatan qo‘llanmaydi.

03

Qanday ishlaydi?

Tadbirkor o‘z hududida QR-kodni joylashtiradi. Mansabdor shaxs kelgach, kodni skanerlashi va tashrifni ro‘yxatdan o‘tkazishi shart. Bu ma’lumotlar avtomatik tarzda “Yagona davlat nazorati” tizimiga kelib tushadi.

Tadbirkor davlat xizmatchisini faqat tashrif ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyingina qabul qilishga majbur. Agar skanerlash amalga oshirilmagan bo‘lsa, davlat xizmatchisini kiritmaslik mumkin.

Mansabdor shaxs tizimga tashrif maqsadi, o‘zi va rahbari haqidagi ma’lumotlari, tekshiruv uchun asoslari, muloqot chog‘ida esa tashrif sababi va muhokama qilinadigan masalani kiritishi shart.

04

Agar amaldor tekshiruvni ro‘yxatga olmasa nima qilish kerak?

Tadbirkor mansabdor shaxsni obyektga kiritmaslikka, u bilan muloqot qilishdan bosh tortishga va hujjatlarni taqdim etmaslikka qonuniy haqli.

Ro‘yxatdan o‘tkazilmagan tashrif noqonuniy aralashuv deb hisoblanadi.

Agar davlat xizmatchisi ro‘yxatdan o‘tmasdan kelib, QR-kodni skanerlashdan bosh tortsa, farmonning 3-bandi“b” kichik bandiga asoslanishingiz mumkin: tashrif haqidagi ma’lumotlarni tizimga kiritish majburiydir, bunga rioya etmaslik esa xizmat tekshiruvi o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.

5-bandning “b” va “v” kichik bandlari mansabdor shaxsni obyektga kiritmaslik va u bilan muloqot qilishdan bosh tortish huquqingizni mustahkamlaydi.

Huquqiy asos: Prezidentning 2026-yil 17-apreldagi “Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-63-son Farmoni.

05

QR-kod qanday olinadi?

QR-kod har bir kompaniya uchun alohida emas, balki barcha tadbirkorlar uchun yagona hisoblanadi. Uni govcontrol.uz saytidan yuklab olish mumkin.

Tadbirkorlar QR-kodni mustaqil ravishda chop etib, mansabdor shaxs tashrif buyurganida uni skanerlashi mumkin bo‘lgan ko‘rinarli joyga joylashtirishi mumkin.

06

Biznes QR-kodni o‘zi o‘rnatishi kerakmi?

QR-kodni o‘rnatish bo‘yicha majburiy talab yo‘q.

Kod govcontrol.uz saytida mavjud: uni mustaqil ravishda yuklab olib, chop etishingiz mumkin. Shuningdek, Biznes ombudsman QR-kodlar bilan ta’minlash choralarini boshladi.

biznes-himoya, biznes-ombudsman, mansabdorlar, tekshiruvlar

07

Amaldorning tashrifi ro‘yxatga olinganligini qanday tekshirish mumkin?

QR-kod va butun tizim govcontrol.uz sayti yoki “Yagona davlat nazorati” mobil ilovasi orqali ishlaydi.

Ilovani App Store va Google Play orqali yuklab olish mumkin. Ilova GovControl deb ataladi. Aynan GovControl (dasturni ishlab chiqaruvchi — Biznes-ombudsman) nomi bo‘yicha qidiring, aks holda qidiruv kerakli natijani bermasligi mumkin.

Bu QR-kod tashriflarni qayd etish uchun kerak bo‘ladi. Tizimning o‘zi — tekshiruvlar tarixi, bildirishnomalar, inspektorlar bilan chat kabi imkoniyatlardan foydalanish uchun esa sayt yoki ilova zarur bo‘ladi.

Shuningdek, tizimning Telegram-boti ham bor, u orqali tekshiruvlar haqida to‘liq ma’lumot olish mumkin. Biroq, maqola chop etilgan vaqtda bot ishlamayotgan edi.

08

Ilovaga qanday kirsa bo‘ladi?

Avtorizatsiya telefon raqami yoki OneID orqali amalga oshiriladi. OneID orqali kirish profil, mobil raqam yoki ERI yordamida amalga oshirilishi mumkin.

Agar siz kompaniya rahbari bo‘lsangiz, ilova avtomatik tarzda profilni tanlashni taklif qiladi: shaxsiy yoki kompaniya profili. Interfeys rus va o‘zbek (kirill va lotin alifbolaridagi) tillarida mavjud.

biznes-himoya, biznes-ombudsman, mansabdorlar, tekshiruvlar

09

Ilovada qanday funksiyalar bor?

Shaxsiy kabinetda foydalanuvchilar kompaniya haqidagi ma’lumotlarni — STIR, IFUT, yuridik manzil va rahbar haqidagi ma’lumotlarni ko‘rishi mumkin. Tizim ushbu ma’lumotlarni har bir tekshiruvga avtomatik tarzda bog‘laydi.

“Tadbirkor tekshiruv kitobi” bo‘limida tashriflarning butun tarixi qayd etiladi: tekshiruv raqami va asosi, uni kim o‘tkazgani, qanday hujjatlar so‘ralgani hamda yakunlar bo‘yicha qanday choralar ko‘rilgani.

“Ro‘yxatga olingan tekshiruvlar” bo‘limi har bir tashrif uchun alohida kartochkani — qaysi davr tekshirilgani va aynan kim kelganini ko‘rsatadi. “Tekshirish huquqiga ega bo‘lgan nazoratchilar” bo‘limida esa hududingizga biriktirilgan inspektorlar ro‘yxati va ularning sizga kelish uchun asoslari bor yoki yo‘qligi aks ettirilgan.

“Maxsus guvohnoma” bo‘limida tekshiruvchining qog‘oz guvohnomasining raqamli ko‘rinishi saqlanadi. 1-avgustdan qog‘oz guvohnomalar bekor qilinadi va bu inspektorning vakolatlarini tekshirishning yagona usuli bo‘lib qoladi.

Barcha tekshiruvlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va rasmiylashtirish ilova orqali amalga oshiriladi.

biznes-himoya, biznes-ombudsman, mansabdorlar, tekshiruvlar

10

Agar tekshiruv qoidabuzarliklar bilan o‘tsa, nima qilish kerak?

Ilovada qayta aloqa uchun alohida vositalar mavjud. Tashrifdan so‘ng mansabdor shaxsning harakatlarini besh ballik tizimda baholash, “Shikoyatlar” bo‘limi orqali shikoyat yuborish va uning holatini “Muloqotlar ro‘yxati” bo‘limida kuzatib borish mumkin.

Agar gap tovlamachilik yoki korrupsiya haqida ketayotgan bo‘lsa, “Korrupsiya haqida xabar berish” shakli orqali uch turdagi murojaatni (“Tekshiruv”, “Profilaktika”, “Muloqot”) yuborish hamda fayl biriktirish mumkin.

biznes-himoya, biznes-ombudsman, mansabdorlar, tekshiruvlar

11

Qoidabuzarlik uchun amaldorga qanday chora ko‘rilishi mumkin?

Bu ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanib, xizmat tekshiruvini o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.

Shuningdek, mansabdor shaxs oxirgi qoidabuzarlik qayd etilgan sanadan boshlab 12 oy davomida muayyan tadbirkorni tekshirishda ishtirok etish huquqidan mahrum qilinadi.

Agar davlat xizmatchisi bir yil ichida ayni bir tadbirkor bilan ikki yoki undan ortiq marta asossiz uchrashuv o‘tkazsa, unga nisbatan barcha choralar qo‘llanadi: xizmat tekshiruvi, 12 oylik taqiq, bu taqiqni buzgan taqdirda esa tekshirish huquqini beruvchi guvohnomaning amal qilishi 3 oygacha muddatga to‘xtatiladi.

Qoidabuzarlikni muntazam sodir etganlar 6 oy muddatga “Insofsiz ijrochilar reyestri»ga kiritiladi.

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2026-yilda xalqaro fan olimpiadalarida 220 ta medal qo‘lga kiritdi

0

2026-yil boshidan buyon o‘zbekistonlik o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida jami 220 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 35 tasi oltin, 81 tasi kumush va 104 tasi bronza medali bo‘ldi.

O‘quvchilar joriy yilda ilk bor Xalqaro sun’iy intellekt olimpiadasida ham ishtirok etib, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Toshkent viloyatida o‘tkazilgan Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro matematika va informatika olimpiadasida esa O‘zbekiston vakillari 61 ta medalni qo‘lga kiritgan. Ularning 11 tasi oltin, 22 tasi kumush va 28 tasi bronza medalidan iborat.

Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasida O‘zbekiston o‘quvchilari 11 ta medal — 2 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, yakka peshqadam sifatida e’tirof etilgan.

Eng nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida O‘zbekiston o‘quvchilari jami 16 ta medal — 1 ta oltin, 7 ta kumush va 8 ta bronzaga ega bo‘lgan.

Xususan, 96 davlat ishtirokida O‘zbekistonda o‘tkazilgan Xalqaro kimyo olimpiadasida 1 ta oltin va 3 ta kumush medal qo‘lga kiritilgan.

Xitoyda 119 davlat vakillari qatnashgan Xalqaro matematika olimpiadasida O‘zbekiston o‘quvchilari 2 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan.

Kolumbiyada 96 davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro fizika olimpiadasida 2 ta kumush va 2 ta bronza medal qo‘lga kiritilgan. Litvada 80 dan ortiq mamlakat vakillari qatnashgan 37-Xalqaro biologiya olimpiadasida esa O‘zbekiston jamoasi 3 ta bronza medalini olgan.

Bundan tashqari, o‘quvchilar til va iqtisod yo‘nalishidagi xalqaro olimpiadalarda ham sovrinli o‘rinlarni egallagan.

Jumladan, Germaniyada 51 davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro nemis tili olimpiadasida O‘zbekiston vakili 1 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Xitoyda 60 davlat ishtirokida tashkil etilgan Xalqaro iqtisod olimpiadasida esa o‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan.

Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan xorijliklar soni 2,2 barobarga oshdi

0

2026-yil yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Tahlil qilinishicha, yarim yil ichida xorijlik talabalar soni 2025-yil mos davriga nisbatan 11,5 ming nafarga (2,2 barobarga) koʻpaygan.

Soʻngi olti oyda Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida eng koʻp kelganlar Turkmaniston fuqarolari boʻlgan — 9 207 nafar. Bunda Hindiston (3 723 nafar), Tojikiston (1 915 nafar) va Xitoy (951 nafar) fuqarolari ulushi ham yuqori shakllangan.

Qirgʻizistondan 834 nafar, Pokistondan 689 nafar, Misrdan 603 nafar, Koreyadan 526 nafar yoshlar taʼlim olish uchun Oʻzbekistonni tanlagan. Shuningdek, 367 nafar Filippin, 302 nafar AQSH fuqarolari oʻqish maqsadida respublikaga kelgan. Boshqa davlatlardan mamlakatga tahsil boʻyicha tashrif buyurganlar soni 1 925 nafarni tashkil etgan.

Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt xizmatlari hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda

0

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish boʻyicha erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident axborot agentligi axborot xizmati xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston sunʼiy intellektga tayyorlik boʻyicha xalqaro reytingda 25 pogʻona yuqorilab, 62-oʻringa koʻtarilgan. 2030-yilga qadar mamlakatni ushbu reytingda dunyodagi eng ilgʻor 50 ta davlat qatoriga kiritish, sunʼiy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulot va xizmatlar hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish hamda 200 dan ortiq yangi loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.

Taqdimotda oʻtgan oyda “Raqamli hukumat” data markazida ishga tushirilgan NVIDIA texnologiyalari asosidagi superkompyuter klasteri yuklamasi bir oy ichida 90 foizga yetgani taʼkidlandi. Jahon reytingida quvvati boʻyicha 321-oʻrinni egallagan ushbu va boshqa infratuzilmalar uchun bugungacha 24 million dollar yoʻnaltirilgan. Klasterni kengaytirish maqsadida yana 70 million dollar ajratish taklif etilmoqda.

Sunʼiy intellekt yechimlarining samaradorligi sifatli maʼlumotlar bazasiga bevosita bogʻliqligi taʼkidlandi. Shu bois vazirlik va idoralardagi mavjud maʼlumotlarni xatlovdan oʻtkazish, ularning toʻliqligi, ishonchliligi va oʻzaro muvofiqligini taʼminlash, sohalar kesimida sifatli maʼlumotlar toʻplamlarini shakllantirish vazifasi qoʻyildi.

Joriy yilda iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda sunʼiy intellekt asosidagi loyihalar sonini 100 tadan oshirish vazifasi belgilandi. Shu bilan birga, IT-Parkda AI yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan rezidentlar sonini 300 taga, koʻrsatiladigan xizmatlar hajmini 2 trillion soʻmga va eksportni 160 million dollarga yetkazish kutilmoqda.

Kadrlar tayyorlash masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Bugungi kunga qadar 1,5 milliondan ortiq foydalanuvchi sunʼiy intellekt boʻyicha maxsus sertifikat oldi. Shuningdek, 900 nafar rahbar, 3 mingdan ziyod davlat xizmatchisi, 1 ming nafar bank xodimi va 200 nafar maslahatchi maxsus kurslarda oʻqitildi.

Kelgusi ikki yilda “Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasini toʻliq amalga oshirish, oʻquvchilar, talabalar, oʻqituvchilar va keng aholi qatlamlari uchun zamonaviy oʻquv-uslubiy materiallarni ishlab chiqish vazifasi belgilandi.

Shu bilan birga, Nukus, Samarqand, Termiz, Buxoro, Fargʻona, Andijon, Guliston va Jizzax shaharlarida sohaviy xakaton va tanlovlar oʻtkazildi. “Sunʼiy intellekt yoʻnalishida eng yaxshi startap” tanloviga start berildi. Bunday xakatonlarni barcha hududlarda tashkil etish topshirildi.

Sunʼiy intellekt boʻyicha maslahatchi

Viloyat, tuman va shahar hokimlarining sunʼiy intellekt boʻyicha maslahatchilari faoliyati ham muhokama qilindi. 500 nafar nomzod orasidan 222 nafar maslahatchi saralab olingan. Ushbu lavozimlarga xorijda taʼlim olgan va zamonaviy texnologiyalarni puxta egallagan yosh mutaxassislarni keng jalb qilish, ularning ishini aniq natija va samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholash zarurligi taʼkidlandi.

Maslahatchilar faoliyati, amalga oshirayotgan loyihalari va tashabbuslarini monitoring qilish hamda qoʻllab-quvvatlashga moʻljallangan alohida raqamli platformani ishga tushirish vazifasi qoʻyildi.

Xalqaro hamkorlik doirasida Oʻzbekiston WAICO – Sunʼiy intellekt sohasida hamkorlik boʻyicha Butunjahon tashkilotiga taʼsischi davlatlardan biri sifatida aʼzo boʻlgani va bu orqali yirik texnologik kompaniyalar bilan qoʻshma loyihalar boshlanishi qayd etildi.

Prezident mutasaddilarga hisoblash quvvatlarini izchil oshirish, sohalarda amaliy loyihalarni koʻpaytirish, sifatli maʼlumotlar bazasini yaratish, iqtidorli yoshlar va startaplarni qoʻllab-quvvatlash hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish boʻyicha aniq topshiriqlar berdi.