Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonlik o‘quvchilar 2026-yilda xalqaro fan olimpiadalarida 220 ta medal qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2026-yilda xalqaro fan olimpiadalarida 220 ta medal qo‘lga kiritdi

2026-yil boshidan buyon o‘zbekistonlik o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida jami 220 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 35 tasi oltin, 81 tasi kumush va 104 tasi bronza medali bo‘ldi.

O‘quvchilar joriy yilda ilk bor Xalqaro sun’iy intellekt olimpiadasida ham ishtirok etib, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Toshkent viloyatida o‘tkazilgan Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro matematika va informatika olimpiadasida esa O‘zbekiston vakillari 61 ta medalni qo‘lga kiritgan. Ularning 11 tasi oltin, 22 tasi kumush va 28 tasi bronza medalidan iborat.

Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasida O‘zbekiston o‘quvchilari 11 ta medal — 2 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, yakka peshqadam sifatida e’tirof etilgan.

Eng nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida O‘zbekiston o‘quvchilari jami 16 ta medal — 1 ta oltin, 7 ta kumush va 8 ta bronzaga ega bo‘lgan.

Xususan, 96 davlat ishtirokida O‘zbekistonda o‘tkazilgan Xalqaro kimyo olimpiadasida 1 ta oltin va 3 ta kumush medal qo‘lga kiritilgan.

Xitoyda 119 davlat vakillari qatnashgan Xalqaro matematika olimpiadasida O‘zbekiston o‘quvchilari 2 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan.

Kolumbiyada 96 davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro fizika olimpiadasida 2 ta kumush va 2 ta bronza medal qo‘lga kiritilgan. Litvada 80 dan ortiq mamlakat vakillari qatnashgan 37-Xalqaro biologiya olimpiadasida esa O‘zbekiston jamoasi 3 ta bronza medalini olgan.

Bundan tashqari, o‘quvchilar til va iqtisod yo‘nalishidagi xalqaro olimpiadalarda ham sovrinli o‘rinlarni egallagan.

Jumladan, Germaniyada 51 davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro nemis tili olimpiadasida O‘zbekiston vakili 1 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Xitoyda 60 davlat ishtirokida tashkil etilgan Xalqaro iqtisod olimpiadasida esa o‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Dunyoda minimal ish haqi eng yuqori boʻlgan davlatlar maʼlum qilindi

Tahlil uchun Xalqaro mehnat tashkilotining 2024-yilgi maʼlumotlaridan foydalanilgan. Bunda ish haqining oddiy nominal miqdori emas, balki xarid qobiliyati pariteti - yaʼni turli davlatlarda tovar va...

Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar yangicha tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-sentabr kuni kambagʻallikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Mamlakatimizda...

O‘zbekistonda oktabr-noyabr oylarida biznesni ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi

Shavkat Mirziyoyev aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish yakunlari hamda milliy statistika tizimida islohotlarni jadallashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimotda iqtisodiy faoliyatni to‘liq statistik hisobga olish...

Mehmonxonalar uchun yer va mol-mulk solig‘i imtiyozlari 2030-yilgacha saqlanadi

Avvalroq Spot Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilingani haqida xabar berilgandi. 27-avgustdagi farmonda turizm va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini...

Yangi Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi

Yangi Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, xalqimizni ulugʻ ayyom bilan samimiy tabrikladi. Davlatimiz...

To‘rtta hududda 2,4 GVt quvvatga ega yangi elektr stansiyalari va saqlash tizimlari ishga tushirildi

O‘zbekistonning turli hududlarida uchta yangi elektr stansiyasi va uchta elektr energiyasini saqlash tizimi ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. Ular 25-avgust kuni mustaqillikning 35 yilligi munosabati...