Siz maktabni tamomladingiz,biroq oliy ta’lim mussasasiga kira olmadingiz,yoki muntazam ish izlaysiz-u ammo natija siz kutgandek emas. Yoxud tadbirkorlik qilmochisiz-u kredit olishda muammo bo‘lyaptimi? Mana shu kabi qator savollar qarshingizda orzularingizga qarshi chiqayotgan bir vaqtda xafsalingizni pir qilishga sira shoshilmang.“Yoshlar-kelajagimiz” Jamg‘armasi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlarga maqbul shartlar asosida kreditlar berishdan tashqari ularga moliya-bank, soliq, marketing va buxgalteriya kabi qator yo‘nalishlarda kerakli tushuncha va maslahatlar berish bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Xususan, “Yoshlar-kelajagimiz” Davlat dasturidan tashqari boshqa oilaviy tadbirkorlik dasturlari orqali kredit olishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan 2 344 nafar yoshlarning 111,6 mlrd. so‘m miqdoridagi loyihalarini amaliyotga tatbiq etishda ko‘maklashish orqali, 1 966 nafar yoshlarning 79,5 mlrd. so‘m miqdoridagi loyihalari moliyalashtirilishiga erishildi.
Shuningdek, Jamg‘arma tomonidan kredit olib tadbirkorlik qilish istagini bildirgan, biroq mazkur kredit mablag‘i uchun yetarli garov ta’minotiga ega bo‘lmasdan, Jamg‘armaga kafillik berishni so‘rab murojaat qilgan 58 nafar yoshlarning 28,8 mlrd. so‘mlik loyihalariga 8,1 mlrd. so‘m miqdorida kafilliklar berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PF-6017 son Farmoniga muvofiq Jamg‘arma tomonidan kafillik berish tartibi bekor qilingan.
Boshqa oilaviy tadbirkorlik dasturlaridan kredit olishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish davom etmoqda.
“Yoshlar-kelajagimiz” Jamg‘armasi yoshlarga kredit olishda amaliy yordam beradi
5 ta muhim tashabbusi asosida “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida
2020 yilda yosh tadbirkorlar loyihalarini amalga oshirish orqali:
1-tashabbus doirasida, yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, shuningdek, zamonaviy bilim-ko‘nikmalariga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida o‘quv kurslari, nodavlat ta’lim muassasalari, yoshlar innovasion markazi faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq 14,8 mlrd.so‘mlik 50 ta loyiha.
2-tashabbus doirasida esa, yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida fitnes klub, kichik futbol maydonlari, sog‘lomlashtirish maskanlari, trenajor zallari faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq
18,3 mlrd.so‘mlik 81 ta loyiha.
3-tashabbus doirasida, aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan internet klublar, kompyuter xizmatlari faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq 8,9 mlrd.so‘mlik 78 ta loyiha.
4-tashabbus doirasida, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan zamonaviy Book cafe, nashriyot, kutubxona, kitob olami loyihalari faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq
900 mln.so‘mlik 7 ta loyiha.
5-tashabbus doirasida, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, imtiyozli kredit ajratish orqali ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yosh ayol tadbirkorlarning 78,7 mlrd.so‘mlik 437 ta loyihasi amalga oshirildi.
“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi to‘g‘risida
Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish sohasida belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi 530 ming nafar yoshlarni qamrab olishga qaratilgan quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi.
- Yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli startap loyihalariga grant mablag‘lari ajratish orqali 700 nafar yoshlar qamrab olinadi.
- Xalqaro miqyosdagi yuqori nufuzga ega notiqlar jalb qilingan holda motivatsion tadbirlar o‘tkazilib, u orqali 20 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
- 300 nafar yosh tadbirkorlarning xalqaro forum va yarmarkalardagi ishtiroki bevosita ta’minlanadi.
- Oliy ta’lim muassasalari bazasida talabalarga biznes akseleratorlar tashkil etish orqali 95 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
- 80 ming nafar yoshlar uchun joylarda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tashkilotlariga yoshlarning biznes sayohatlarini tashkil etish yo‘lga qo‘yiladi.
- 60 ming nafar Yosh tadbirkorlarga huquqiy, buxgalteriya, marketing, brending, bank, sug‘urta, mehnat va boshqa sohalarda konsalting xizmatlari ko‘rsatiladi.
- Yosh tadbirkorlar mahsulotlarining ko‘rgazmali savdo yarmarkalarini tashkil etish orqali 75 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
- Biznesni o‘rgatishga qaratilgan masofaviy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish, qo‘llanmalar yaratish va onlayn o‘quvlar tashkil etish orqali 75 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
- Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan yiliga 5 ta hududda ko‘p tarmoqli “Yosh tadbirkorlar” texnologik parklarini tashkil etish orqali 2 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
- Yurtimizda xalqaro yosh tadbirkorlar biznes forumlarini tashkil etish orqali 25 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
- Yosh tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarnining “elektron bozori” – portalini yaratish orqali 11 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
- 20 ming nafar yoshlarni talabgorlik yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga onlayn platforma orqali o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
- Tadbirkorlik uyushmalari, vazirliklar hamda tijorat banklari bilan hamkorlikda 5 ming nafar yosh tadbirkorlar loyihalarini moliyalashtirish choralari ko‘riladi.
- Xalqaro moliyaviy muassasalardan mablag‘lar jalb qilish orqali loyihalarni amaliyotga tatbiq etish natijasida 7 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
- Jamg‘arma tomonidan yoshlarning biznes loyihalarini tadbirkolrlik dasturlari orqali moliyalashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish natijasida 2 ming nafar yoshlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi.
- “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari faoliyatini uslubiy jihatdan tashkil etish orqali 4 ming ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
- Hayotda o‘z o‘rnini topa olmayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “My Business” realiti shousini tashkil etish orqali 3 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
- Yosh tadbirkorlar tomonidan shogird tayyorlash amaliyotini joriy etish orqali 11 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
- “Yoshlar biznes markazi” faoliyatini tashkil qilish orqali 4 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
- Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash sohasida rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish va tadbiq etish orqali 15 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasining asosiy faoliyat yo‘nalishlari
Davlatimiz raxbari tomonidan yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish sohasida belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi 530 ming nafar yoshlarni qamrab olishga qaratilgan quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi.
-
-
- Yoshlarning innovasion, amaliy va istiqbolli startap loyihalariga grant mablag‘lari ajratish orqali 700 nafar yoshlar qamrab olinadi.
- Xalqaro miqyosdagi yuqori nufuzga ega notiqlar jalb qilingan holda motivasion tadbirlar o‘tkazilib u orqali 20 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
- 300 nafar yosh tadbirkorlarning xalqaro forum va yarmarkalardagi ishtiroki bevosita ta’minlanadi.
- Oliy ta’lim muassasalari bazasida talabalarga biznes akseleratorlar tashkil etish orqali 95 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
- 80 ming nafar yoshlar uchun joylarda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tashkilotlariga yoshlarning biznes sayohatlarini tashkil etish yo‘lga qo‘yiladi.
- 60 ming nafar Yosh tadbirkorlarga huquqiy, buxgalteriya, marketing, brending, bank, sug‘urta, mehnat va boshqa sohalarda konsalting xizmatlari ko‘rsatiladi.
- Yosh tadbirkorlar mahsulotlarining ko‘rgazmali savdo yarmarkalarini tashkil etish orqali 75 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
- Biznesni o‘rgatishga qaratilgan masofaviy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish, qo‘llanmalar yaratish va onlayn o‘quvlar tashkil etish orqali 75 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
- Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan yiliga 5 ta hududda ko‘p tarmoqli “Yosh tadbirkorlar” texnologik parklarini tashkil etish orqali 2 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
- Yurtimizda xalqaro yosh tadbirkorlar biznes forumlarini tashkil etish orqali 25 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
- Yosh tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarnining “elektron bozori” – portalini yaratish orqali 11 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
- 20 ming nafar yoshlarni talabgorlik yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga onlayn platforma orqali o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
- Tadbirkorlik uyushmalari, vazirliklar hamda tijorat banklari bilan hamkorlikda 5 ming nafar yosh tadbirkorlar loyihalarini moliyalashtirish choralari ko‘riladi.
- Xalqaro moliyaviy muassasalardan mablag‘lar jalb qilish orqali loyihalarni amaliyotga tatbiq etish natijasida 7 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
- Jamg‘arma tomonidan yoshlarning biznes loyihalarini tadbirkolrlik dasturlari orqali moliyalashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish natijasida 2 ming nafar yoshlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi.
- “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari faoliyatini uslubiy jihatdan tashkil etish orqali 4 ming ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
- Hayotda o‘z o‘rnini topa olmayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “My Business” realiti shousini tashkil etish orqali 3 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
- Yosh tadbirkorlar tomonidan shogird tayyorlash amaliyotini joriy etish orqali 11 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
- “Yoshlar biznes markazi” faoliyatini tashkil qilish orqali 4 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
- Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash sohasida rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish va tadbiq etish orqali 15 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
-
Ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarni tadbirkorlikka faol jalb qilishga qaratilgan loyihalar
Yoshlarga tadbirkorlik va biznes yuritish ko‘nikmalarini masofadan o‘rgatish maqsadida bizneskurs.uz onlayn platformasi tashkil etildi. Ushbu platforma orqali yoshlar yurtimizdagi xalqaro biznes trenerlarning tadbirkorlik kurslarini bepul ravishda o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
“Tomorqa daromad manbai” mavzusida meva va sabzavotlar, poliz ekinlari, uy xo‘jaligi hayvonlarini yetishtirish va bu orqali daromad olishga o‘rgatuvchi ma’lumotlar bazasi Telegram orqali foydalanish uchun qulay formatda yoshlarga taqdim etildi
(https://telegra.ph/TOMORQA-DAROMAD-MANBAI-04-14).
Yoshlarda biznes reja ishlab chiqish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida Telegram tarmog‘i orqali kichik biznesning ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida jami 32 yo‘nalishdagi biznes reja namunalari taqdim etildi
(https://teletype.in/@yoshlar-kelajagimiz/93b0QRTJs).
Jamg‘armaning YouTube tarmog‘idagi rasmiy kanalida yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan tajribali biznes trenerlar ishtirokidagi vebinarlar seriyasi tashkil etilib kelinmoqda. Tashkil etilgan vebinarlarda 12 ming nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi.
Farg‘ona shahridagi O‘zbekiston – Koreya xalqaro universiteti va Buxoro davlat universitetida tajriba-sinov tariqasida “Biznes akselerator” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur faoliyatni muvofiqlashtirib borish maqsadida www.accelerators.uz sayti ishlab chiqilib ushbu sayt faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Yoshlarga o‘zining turmushini yaxshilash, kasb-hunar va biznes bilan shug‘ullanish orqali daromad topish hamda ularga bunday faoliyatni yo‘lga qo‘yishning amaliy jihatlarini o‘rgatishga qaratilgan video materiallar va darsliklar, motivasion roliklar, elektron biznes kitoblar, audio kitoblar, tadbirkorlik sohasidagi imtiyozlar katalogi, biznes reja namunalarini o‘z ichiga olgan @biznesga_qadambot Telegram bot faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi yoshlarni biznes seminarlar, ko‘rgazma-savdo yarmarkalari va biznes sayohatlarda jamlamoqda
Joylarda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlarning bilimlarini oshirish maqsadida malakali mutaxassislar tomonidan 3 180 ta biznes seminarlar o‘tkazildi. Tashkil qilingan seminarlar o‘z ichiga 182,6 ming nafar yoshlarni qamrab oldi.


Davlat dasturi doirasida barcha tuman (shahar)larda imtiyozli kredit olib, o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan yosh tadbirkorlar o‘z mahsulotlarining savdo yarmarkalarini tashkil qildi. Savdo yarmarkalarida 36,5 ming nafarga yaqin tadbirkorlik faoliyatiga qiziqqan yoshlar jalb qilindi.


O‘z oldiga tadbirkorlik faoliyatini boshlashni maqsad qilgan
43 ming nafar yoshlarni hududlardagi yirik ishlab chiqarish korxonalariga bosqichma bosqich 1 402 marta biznes sayohatlarni amalga oshirdi. Bu orqali yoshlarda tadbirkorlikka qiziqishlarini orttirish, dastlabki ko‘nikmalarning hosil bo‘lishi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga samarali yechim topish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.





