Bosh sahifa Blog Sahifa 227

Tender savdolari o‘tkazilishi to‘gʻrisida e’lon

0

 

Tender nomi: Yoshlar orasida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarni o‘rgatishga qaratilgan onlayn platformani ishga tushirish.

“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi  tomonidan “XT-XARID TEXNOLOGIYALARI” MChJ QK Davlat xaridlari maxsus axborot portali (https://xt-xarid.uz/) orqali onlayn platformani ishga tushirish uchun tanlov e’lon qiladi.

Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Shayhontoxur tumani, Navoiy ko‘chasi, 11-uy.

Tel.: +998 99 001-71-73, +998 93 379-87-19. Mas’ul kotib: Gʻ.Jo‘rayev

Yoshlarga oid muammolar hamisha e’tibor markazida

0

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish maqsadida qulay shart-sharoitlar yaratish O‘zbekiston hukumati uchun ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Buni hayotga tadbiq etish esa o‘z biznesini boshlash niyatida bo‘lgan yoshlar uchun imtiyozlar, kichik biznes subyektlariga maqsadli subsidiyalar yoki har bir mintaqada kafolat mablag‘lari joriy etish kabi tizimli strategiyalar orqali amalga oshadi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yoshlar biznesini rivojlantirish uchun ko‘plab dasturlarni yaratish nafaqat idoraviy darajadagi hokimiyatning sa’y-harakatlarini birlashtirishi, balki mintaqaviy tuzilmalarni ham qamrab olishi talab etiladi. Binobarin, ushbu strategiya mamlakatda barqaror ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga ko‘maklashib, davlat rivoji hamda ravnaqi uchun zarur omil sifatida xizmat qiladi.

Zero, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabr kuni parlamentga murojaat bilan chiqish qilib, o‘z nutqida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash dolzarb ekanligi to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tgani va 2021-yilni “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilishni taklif qilgani, shuningdek, O‘zbekiston yoshlari forumida so‘zlagan nutqida davomida ham yoshlarni “O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi” deb ta’riflagani bejiz emas. Yoshlar mamlakatdagi biznes muhitini shakllantirishda, shuningdek, raqobatbardoshlik ko‘rsatkichini oshirishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Ular jamiyatning eng faol qismi sifatida yuqori tadbirkorlik salohiyatiga ega va innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish hamda yangi kichik biznes kompaniyalarini yaratish, qo’shimcha ish o‘rinlarini tashkil etish orqali mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishiga o‘z hissalarini qo‘shadi.

Bugungi kunda respublikamizda 230 mingga yaqin yosh tadbirkor va fermerlar, mohir hunarmandlar faoliyat olib bormoqda. Ularning safi yanada kengayishi uchun davlat tomonidan zarur shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Faqatgina “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi doirasida yosh avlod vakillarining 8 000 ga yaqin biznes loyihasiga 1 trillion 630 milliard so‘mdan ziyod imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi, natijada 40 mingga yaqin yangi ish o‘rni tashkil etildi. Davlat dasturi doirasida ishlab chiqarish sohasida 841,8 mlrd. so‘mlik 3 987 ta, xizmat ko‘rsatish sohasida 658,8 mlrd. so‘mlik 3 123 ta, qishloq xo‘jaligi sohasida 329,4 mlrd. so‘mlik 1 521 ta loyiha realizatsiya qilindi. Kredit olib o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan yosh tadbirkorlar tomonidan 4 mln. 630 ming AQSh dollari miqdoridagi mahsulotlar eksport qilinishiga erishildi hamda ushbu yosh tadbirkorlar tomonidan davlat budjetiga yiliga o‘rtacha 100 mlrd. so‘mga yaqin soliqlar ko‘rinishidagi tushumlar amalga oshirildi. Shuningdek, Davlat dasturi doirasida yoshlarning jami 28,8 mlrd. so‘mlik 56 ta loyihalariga Jamg‘arma kafilligi taqdim etilib, ularning tadbirkorlik faoliyatini boshlashlariga ko‘maklashildi.

Oxirgi 2 yilda ichida hududlarda jami 19 ta “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazlari hamda 202 ta “Yoshlar mehnat guzari” komplekslari foydalanishga topshirilgan va ularda jami 2 380 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Qishloq joylarida esa “Har bir yoshga – bir gektar” loyihasining amalga oshirilishi natijasida 65 mingga yaqin yosh dehqonlarga 54 ming gektardan ziyod yer ajratib berildi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, yoshlar tadbirkorligi zamonaviy jamiyat manfaatlarining markazida bo‘lib, butun aholining hayotiga ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlari yosh tadbirkorlar ishtirok etadigan mahsulotlar va xizmatlarning cheksiz oqimisiz qanotidan ayrilgan qush kabi yanada yuksak cho‘qqilarni zabt etishdan mosuvo bo‘ladi. Bundan tashqari, yoshlar tadbirkorligi ixtirochilik va innovatsion faoliyatni rivojlantiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, asosiy g‘oyalar va ixtirolar aksariyat hollarda yirik korxonalar va o‘z biznesini muvaffaqiyatli olib borayotgan hamda mustahkam o‘ringa ega bo‘lgan tadbirkorlarga qaraganda yoshlar faoliyatidan kelib chiqadi. Innovatsion muhitda tarbiyalanayotgan yoshlarning keng ma’nodagi ijodkorligi kelajakda iste’molchilar uchun yangi mahsulotlar, shuningdek, xizmatlar taklif etilishiga zamin yaratadi.

Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi yuqoridagi kabi kelajak yaratish uchun o‘z hissasini qo‘shib, yoshlarga har tomonlama ko‘mak berishda davom etadi.

“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi bugun hamkorlik kelishuvlarini amalga oshirdi

0

Bugun Yoshlar ishlari agentligi Press klubida Yoshlar ishlari agentligi, Biznes-ombudsman, O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi kabi tashkilotlar o‘rtasida, yosh tadbirkorlarning moliyaviy savodxonligini oshirish, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida hamkorlik kelishuvlarii bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov, O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi Tadbirkorlik subyektlari, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil Dilmurod Qosimov va “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi ijrochi direktori Xayrulla Sattarovlar o‘z chiqishlari orqali ishtirok etishdi.

Me’yoriy hujjatlar imzolanib bo‘lingach, savol-javob shakliga o‘tildi. Unda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi – o‘ziga ishongan yoshlar maskani

0

“Dunyoni boshqarish san’ati haqida o‘ylagan har bir inson imperiyalar taqdiri yoshlar tarbiyasiga bog‘liqligini biladi”, deya ta’kidlagan edi Aristotel. Darhaqiqat, necha ming yil oldin aytilgan ushbu so‘zlar hamon o‘z quvvati hamda og‘irligini yo‘qotganicha yo‘q. Zero, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liq bo‘ladi.

Shu ma’noda, O‘zbekistonda ham yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq Birinchi Prezident Islom Karimov rahnamoligida mamlakatda yoshlar huquqlari himoyasini kafolatlaydigan huquqiy va institutsional baza yaratildi. “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”, “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida” va boshqa ko‘plab qonun hujjatlari qabul qilindi. Ularda yoshlarning zamonaviy o‘zgaruvchan jamiyat sharoitida hayotga moslashishi, jamiyat oldidagi mas’uliyatini anglagan fuqarolarni tarbiyalash uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, psixologik va pedagogik shart-sharoitlar yaratish ifoda etildi.

Shunga qaramay, yuqori texnologiyalarning jadal rivojlanishi, globallashuvning tobora kuchayib borayotgan muammolari, mamlakatimizning jahon iqtisodiyotiga izchil integratsiyasi oldimizga yosh kadrlar tayyorlash darajasi va sifatini hamda ularning huquqiy madaniyatini izchil oshirib borish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash kabi vazifalarni qo‘ydi. Bu, o‘z navbatida, yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish zarurligini taqozo etdi.

Mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari mustahkamlandi, eng muhimi, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Respublika idoralararo kengashi shakllantirildi. Bu yoshlar yangi bosqichga ko‘tarilayotgani va barcha umidlar yosh kadrlarga bog‘langanligi to‘g‘risidagi darakchidir. Yosh hokimiyat vakillari hokim o‘rinbosarlari lavozimlariga tayinlana boshladi. Yaqingacha davlat organlarida ishlaydigan yosh mutaxassislarning ulushi juda past edi, ammo so‘nggi kuzatuvlarga ko‘ra, keskin o‘sish kuzatilmoqda, buni esa e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi.

Prezident Shavkat Mirzizoyevning 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida to‘g‘risida”gi farmoni esa qilinajak ishlar samaradorligini oshirish borasidagi maqsadlar uchun yanada keng zamin yaratdi. Joylarda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishga, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga, shuningdek, shu asosda yoshlar bandligini ta‘minlashga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolar hanuzgacha saqlanib qolganligi tanqid qilingan mazkur Farmonda yoshlar masalalari bilan bog‘liq muammolar hamda ularning yechimlari qayd etildi. Buning natijasi o‘laroq yurtimiz bo‘ylab keng ko‘lamli ishlari amalga oshirildi. Xususan, ko‘plab yoshlarga o‘z bizneslarini tashkil etish uchun kerakli maslahatlar berildi, biznes-treninglar o‘tkazildi. Uyushmagan yoshlar uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kasbga yoʻnaltirish va bandligini taʼminlash hamda tashabbuslarini ragʻbatlantirish borasidagi chora-tadbirlar jamg‘arma miqyosida yangi bosqichga olib chiqildi.  5 ta muhim tashabbus asosida “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida 2020 yilda yosh tadbirkorlar loyihalarini ro‘yobga chiqarish orqali yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, shuningdek, zamonaviy bilim-ko‘nikmalariga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida o‘quv kurslari, nodavlat ta’lim muassasalari, yoshlar innovatsion markazi faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq 14,8 mlrd.so‘mlik 50 ta loyiha amalga oshirildi. Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida fitnes klub, kichik futbol maydonlari, sog‘lomlashtirish maskanlari, trenajor zallari faoliyati yo‘lga qo‘yish uchun 18,3 mlrd.so‘mlik 81 ta loyiha, aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan internet klublar, kompyuter xizmatlari faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq 8,9 mlrd.so‘mlik 78 ta loyiha, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan zamonaviy Book cafe, nashriyot, kutubxona, kitob olami loyihalari faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq 900 mln.so‘mlik 7 ta loyiha ijrosi ta’minlandi. Shuningdek, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, imtiyozli kredit ajratish orqali ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yosh ayol tadbirkorlarning 78,7 mlrd.so‘mlik 437 ta loyihasining amalga oshirilishiga zamin yaratildi.

Shuningdek, jamg‘arma tomonidan zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatni munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, aniq maqsad sari intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalash, yoshlarning intelektual va ijodiy salohiyatini namoyish qilish, joylarda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish maqsadida yangi loyiha hamda tashabbuslar rejalashtirilgan. O‘z oldilariga ulkan yutuqlarga erishishni maqsad qilib qo‘ygan yoshlar bilan ishlash esa hamon davom ettirilmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, jamg‘arma kelgusida ham yoshlarning tadbirkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda, yoshlarni biznes bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratishda, ish o‘rinlari yaratishda va yoshlar bandligini ta‘minlashda huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

“Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan ishsiz yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitish davom etmoqda

0

“Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan Nukus shahrida ishsiz yoshlarni tadbirkorlikka qiziqtirish va jalb qilish maqsadida joriy yilning 10-13 mart kunlari o‘quv kurslari tashkil qilindi. O‘quv kurslari yoshlarga tadbirkorlik subyektini tashkil etish, biznes g‘oyalarni tanlash va ishlab chiqish, soliq turlari hamda kredit siyosati mavzularida tajribali mutaxassislarni jalb qilgan holda tashkil etildi.


O‘quv kurslari yakunida tinglovchi yoshlar o‘zining tanlagan biznes loyihalarining taqdimotini tegishli tijorat banki va “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali xodimlari tomonidan ko‘rib chiqildi.


13-mart kuni yoshlarning saralab olingan 34 ta biznes loyiha tashabuskorlariga maxsus sertifikatlar topshirildi. Maxsus sertifikat topshirish marosimida Yoshlar ishlari agentigi direktori A.Sa’dullayev, Yoshlar ishlari agentigi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i A.Daniyarov va “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali rahbari B.Baxbergenovlar ishtirok etib yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashida katta zafarlar tiladi.

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi — yoshlarning ishonchli hamkori bo‘lishda davom etmoqda

0

Yoshlar tadbirkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni biznes bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish uchun shart-sharoitlar, ish o‘rinlari yaratish va yigit-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida 2018-yil 27-iyun kuni davlatimiz rahbarining “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi va uning doirasida “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi, shuningdek, uning hududiy filiallari tashkil etildi.

Uch yillik faoliyati davomida jamg‘arma tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, bugungi kunga qadar yosh tadbirkorlarning 8 ming 635 ta biznes loyihasiga jami 1 trillion 830 milliard soʻm miqdorida imtiyozli kredit mablagʻlari ajratish orqali 42 mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratildi. Ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi sohalariga oid loyihalar moliyalashtirildi. Kredit olib faoliyatini yoʻlga qoʻygan yosh tadbirkorlar tomonidan 4,6 million dollar miqdoridagi mahsulotlar eksport qilindi.

Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan startap loyihalarga ham katta e’tibor qaratilib, grantlar ajratildi. Bu borada Andijon viloyatida yoshlarning startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun 2 milliard soʻm grant mablagʻi sarflandi. Bundan tashqari, “Startap tashabbuslar” dasturini amalga oshirish uchun 1 milliard soʻm miqdorida grant mablagʻi yoʻnaltirildi.

BMTning Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda koronavirus pandemiyasining oqibatlarini barqarorlashtirishga qaratilgan innovatsion vositalar va yechimlar onlayn tanlovi – “Covid-19 Challenge 2020” o‘tkazildi. Unda g‘olib bo‘lgan startap loyihalarga jami 475 million so‘m beg‘araz, maqsadli grant mablag‘lari ajratildi.

Joylarda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlarning bilimlarini oshirish maqsadida malakali mutaxassislar tomonidan 3180 ta biznes seminarlar o‘tkazildi. Tashkil qilingan seminarlar o‘z ichiga 182,6 ming nafar yoshlarni qamrab oldi.

Davlat dasturi doirasida barcha tuman (shahar)larda imtiyozli kredit olib, o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan yosh tadbirkorlar o‘z mahsulotlarining savdo yarmarkalarini tashkil qildi. Ularda 36,5 ming nafarga yaqin tadbirkorlik faoliyatiga qiziqqan yoshlar jalb qilindi. O‘z oldiga tadbirkorlik faoliyatini boshlashni maqsad qilgan 43 ming nafar yoshlarni hududlardagi yirik ishlab chiqarish korxonalariga bosqichma-bosqich 1402 marta biznes sayohatlarni amalga oshirdi.

Yoshlarga tadbirkorlik va biznes yuritish ko‘nikmalarini masofadan o‘rgatish maqsadida bizneskurs.uz onlayn platformasi tashkil etildi va bu orqali yoshlar yurtimizdagi xalqaro biznes trenerlarning tadbirkorlik kurslarini bepul ravishta o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Farg‘ona shahridagi O‘zbekiston – Koreya xalqaro universiteti va Buxoro davlat universitetida esa tajriba-sinov tariqasida “Biznes akselerator” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, bilimli, salohiyatli va oʻzining noyob gʻoyalariga ega boʻlgan, biroq hayotda oʻz oʻrnini topa olmayotgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, kambagʻallikni qisqartirish maqsadida “My Business” realiti-shousi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.