Bosh sahifa Blog Sahifa 213

Yoshlar ishlari agentligi mutasaddilari va Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Bosh kotibi bilan ikki tomonlama uchashuv o‘tkazildi

0

Uchrashuvda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev va “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi ijrochi direktori Xayrulla Sattarov tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati sohasida bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida aytib o‘tildi.

O‘z o‘rnida Vladimir tomonidan ShHT doirasida yoshlar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda O‘zbekiston tomonining ShHT Yoshlar Kengashidagi faol ishtiroki yuzasidan to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, Vladimir Norov O‘zbekiston tomonining ShHT Yoshlar Kengashidagi faol ishtiroki tahsinga sazovor ekanligini aytib o‘tdi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining 2022-yilda ShHTga raisligi doirasida aynan yoshlar siyosati sohasida Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda samarali ishlar amalga oshirilishiga ishonch bildirdi va hakorlikka tayyorligini bildirdi.

A.Sa’dullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2021-2022-yilarda ShHTga raisligi doirasida Toshkent shahrida ShHT Yoshlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi hamda ShHTga a’zo mamlakatlar yoshlari o‘rtasida eng yaxshi startap loyihasi tanlovini o‘tkazish rejalashtirilayotganligini ta’kidlab o‘tdi va ushbu tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etishda ShHT kotibiyati bilan yaqindan hamkorlik qilinishi aytib o‘tdi.

Yoshlar ishlari agentligi mutasaddilari va Amerika Kengashlarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan ikki tomonlama uchashuv o‘tkazildi

0

Uchrashuvda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev va “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi ijrochi direktori Xayrulla Sattarov tomonidan yoshlarga oida davlat siyosati sohasida bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida aytib o‘tildi.  O‘z o‘rnida Vilyam O’Roark tomonidan Amerika Kengashlarining O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan loyihalari yuzasidan to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, Vilyam O’Roark O‘zbekistonda yoshlar siyosati davlat darajasida e’tibor berilayotganligi va bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga sazovor ekanligini aytib o‘tdi. Shu bilan birga, bu borada hamisha hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.

Uchrashuv natijasiga ko‘ra, quyidagilarga kelishib olindi.

  • 2022-yildan boshlab, hududlardagi Yoshlar markazlarida Amerika burchaklarini tashkil etish. Bunda, xalqaro ekspertlari ishtirokida seminar-treninglar, master klasslar o‘tish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish.
  • Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda 10-11 sinf o‘quvchilari uchun maxsus darsliklar ishlab chiqish.
  • Startap loyihalarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar qabul qilish.
  • Ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolash.

Yoshlar ishlari agentligi mutasaddilari va O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi Favqulodda va Muxtor Elchilari bilan uchashuv o‘tkazildi

0

Uchrashuvda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev va “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi ijrochi direktori Xayrulla Sattarov tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati sohasida bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida aytib o‘tildi.

O‘z o‘rnida O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi Favqulodda va Muxtor Elchilari yoshlar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda o‘tkazilgan “O‘zbekiston Yoshlar Forumi 2021” yuqori saviyada tashkil etilganligi hamda yoshlarning faol ishtiroki yuzasidan iliq fikrlar bildirib o‘tdilar.

 Shuningdek, ilk bora “O‘zbekiston Yoshlar Forumi 2021” dunyoning 6 ta rivojlangan davlatlarida jumladan: AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya, Rossiya va Janubiy Koreya mamlakatlaridagi O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchilariga ushbu forumni o‘tkazishda yaqindan yordam berganliklari uchun Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev o‘z minnatdorligini bildirdi.

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev va “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi ijrochi direktori Xayrulla Sattarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan hamkorlikda har bir davlatlar kesimida yoshlar bilan ishlash tizimini yaratishda yo‘l xaritasini hamkorlikda ishlab chiqish va tasdiqlash taklifini bildirdi. Favqulodda va Muxtor Elchilari bilan o‘tkazish rejalashtirilayotganligini ta’kidlab o‘tdi va ushbu tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etishda ShHT kotibiyati bilan yaqindan hamkorlik qilinishi aytib o‘tdi.

Shu bilan birga, 2022-yilda doirasida aynan yoshlar siyosati sohasida Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda “Elchi va Yoshlar” uchrashuvlarini muntazam o‘tkazib boorish taklifi bildirdi.

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi va Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Milliy venchur jamg‘armasi o‘rtasida hamkorlik

0

Bugun “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi ijrochi direktori Xayrulla Sattarov O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Milliy venchur jamg‘armasi katta maslahatchisi Alisher Erkinovich Shayxov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishtirok etdi.

Uchrashuvda respublikamizning innovatsion rivojlanish ekotizimi ishtirokchilari hamkorlik mexanizmlari, “Yakkashox” kompaniyalari yetishtirish imkoniyatlari va istiqbolda amalga oshiriladigan ishlarni muhokama qildi.

Aziz Gapparov: «Eng katta xato bu xatolardan qoʻrqish»

0

Qimmatga Tushgan Xatolar koʻrsatuvining navbatdagi soni mehmoni: Aziz Gapparov – Marketolog va Konsultant

Koʻrsatuv davomida: Aziz Gapparovning muvaffaqiyatsizlikka uchragan bizneslari, qimmatga tushgan xatolari va bu sinovlardan olgan darslari haqida bilib olishingiz mumkin.

 

Ibrahim Gulyamov: «Har bir balandlik pastlikdan boshlanadi!»

0

immatga Tushgan Xatolar koʻrsatuvining navbatdagi soni mehmoni: Ibragim Gulyamov – PCG loyihasi asoschisi

Koʻrsatuv davomida: Ibragim Gulyamovning muvaffaqiyatsizlikka uchragan bizneslari, qimmatga tushgan xatolari va bu sinovlardan olgan darslari haqida bilib olishingiz mumkin.