Matbuot xizmatiYangiliklarYoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir...

Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizda yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida o‘zining yuksak azmu shijoati, bilim va salohiyati, iste’dod va qobiliyatini namoyon etib, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga, uning shon-shuhratini jahon miqyosida yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, el-yurtimizga mehri va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga har tomonlama o‘rnak bo‘lib kelayotgan quyidagi tashabbuskor va yetakchi yoshlarimiz «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlansin:

Matmuratov Gulomjon Gafurovich – Xo‘jayli tumanidagi «G‘afur-G‘ulom chorva» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Oteshova Gulayim Begim kizi – Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich talabasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Odiljonova Sarvinoz Azizbek qizi – Andijon davlat universitetining 2-bosqich talabasi, Andijon viloyati

Ortiqxojiyev Omatilloxon Xusniddin o‘g‘li – Asaka tumanidagi «Zamon mirishkorlari» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Andijon viloyati

Atoyeva Vazirabonu Alisherovna – «Hunarmand» uyushmasining Buxoro viloyati bo‘limi a’zosi, kashtado‘z

Xamdamova Shamshoda Saidaxmat qizi – Buxoro shahridagi 24-ko‘rish bo‘yicha imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasasi targ‘ibotchisi, Buxoro viloyati

Turakulov Sardorjon Yorqin o‘g‘li – Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax filiali kardiojarrohi, Jizzax viloyati

Ergasheva Dilchehra Urolboy qizi – Paxtakor tumanidagi «Silverleafe» qo‘shma korxonasi «John Deere» kombayni operatori, Jizzax viloyati

Qahorova Zabarjad Abdurasul qizi -Respublika «Qizlar ovozi» klubining Mirishkor tumani bo‘limi rahbari, Qashqadaryo viloyati

Tursunov Adham Asomiddin o‘g‘li – «Uzbekistan GTL» mas’uliyati cheklangan jamiyatining markaziy laboratoriyasi smena muhandisi, Qashqadaryo viloyati

Quvondiqov Ulug‘bek G‘ayrat o‘g‘li – «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Gidrometallurgiya zavodi sianlash va sorbsiya sexi boshlig‘i, Navoiy viloyati

Sharipova Mahliyo Esan qizi – «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatining Polivinilxlorid ishlab chiqarish, kaustik soda va metanol majmuasi sex smena muhandisi, Navoiy viloyati

Isaqova Moxidil Xusanboy qizi – Uychi tumanidagi «Asmus Gold Mega Textile» ishlab chiqarish kooperativi rahbari, Namangan viloyati

Raximjanov Dostonbek Ulug‘bek o‘g‘li – Namangan shahridagi «Innovation Language Centre» nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Namangan viloyati

Omonova Nilufar Jo‘rabek qizi – Samarqand shahridagi «MIT IT academy» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati

Temurov Anvar Ibodullo o‘g‘li – Urgut tumanidagi «Sam-Negin» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati

Anvarov Oybek To‘lqinjonovich – «Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnoparki direksiyasi – IT Park» mas’uliyati cheklangan jamiyatining Sirdaryo viloyati filiali boshlig‘i

Bo‘ronova Dilsora Sharifjon qizi – Xovos tumanidagi «Textile Fashion» mas’uliyati cheklangan jamiyatining tikuv sexi ustasi, Sirdaryo viloyati

Sobirova Nazokat Rashid qizi – «Hunarmand» uyushmasining Boysun tumani bo‘limi a’zosi, gilamdo‘z, Surxondaryo viloyati

Xushboq Ulug‘bek Baxrom o‘g‘li – Qiziriq tumanidagi «Janub tongi diyori» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati

Maxsimova Risolat Qosimjon qizi – Parkent tumanidagi 5-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi, Toshkent viloyati

Tursunboyeva Zuhra Botir qizi – Bo‘stonliq tumanidagi 17-bolalar musiqa va san’at maktabining akademik xonandalik bo‘yicha o‘qituvchisi, Toshkent viloyati

Adxambekova Shabnam Yovsinzoda – So‘x tumanidagi «Happy kids academy» nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari, Farg‘ona viloyati

Ubaydullayeva Zarnigor Hasanboy qizi – O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Farg‘ona viloyati boshqarmasi axborot va media xizmati bo‘yicha mutaxassisi

Allaberganova Shahnoza Allabergan qizi – Urganch davlat universitetining 2-bosqich talabasi, Xorazm viloyati

Matkarimov Raxmatjon Jumanazarovich – Hazorasp tumanidagi «Nur Muhammad Islom obod» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati

Ruzmuxamedova Xodjiya Shokir qizi – Olmazor tumanidagi 102-zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining eshitish idroki fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Umurzakov Islom Ilxom o‘g‘li – Toshkent shahridagi «Yosh maqomchilar» ansambli badiiy rahbari

Abdikarimov Kanat Alimjanovich – Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining PR-markazi yetakchi mutaxassisi

Avazova Sevinch Pulat qizi – Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 4-bosqich talabasi

Amirov Elmurod Mansuriddin o‘g‘li – Geologiya fanlari universitetining Geologiya va geofizika instituti mineralogiya laboratoriyasi boshlig‘i

Bo‘taxonov Ziyodulla Zoyirjon o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi mutaxassisi

G‘ulomov Axmadjon Shavkat o‘g‘li – «Uzbekistan airways» aksiyadorlik jamiyatining Uchuvchilar xizmati departamenti A-320 havo kemasi komandiri

Dadaboyev Dilshod Abdujalil o‘g‘li – Ijtimoiy tarmoqlardagi «Uzbekistan official» sahifalari administratori, bloger

Yevstafeyev Yevgeniy Aleksandrovich – I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali 4-bosqich talabasi

Jaloliddinov Jasurbek Jamshid o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi (U-23) sardori

Iminoxunov Nuruddin Abduqahhorovich – «EPAM Systems» kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi mahsulotlar menejeri

Nematzoda Firdavs Nematovich – O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Yoshlar akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i

Norchayev Xusain To‘raqul o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi (U-23) a’zosi

Ruziyev Bekzod Dilmurodovich – «Boshtransloyiha» aksiyadorlik jamiyatining me’mor-qurilish bo‘limi loyihalar bosh muhandisi

Safarov Akmal Umar o‘g‘li – O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining yosh ijodkorlar bilan ishlash sho‘’basi bosh mutaxassisi

Turg‘unboyev Shaxzod Nodir o‘g‘li – O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Janubiy Koreyadagi vakili

Xasanova Yoqutxon Baxodirjon qizi – M.Turg‘unboyeva nomidagi «Bahor» davlat raqs ansambli raqqosasi

Xodjayeva Shaxlo Murodovna – Amerika Qo‘shma Shtatlarining «Amazon» kompaniyasi biznes tahlil bo‘yicha muhandisi

Erkinov Hojimat Botir o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi (U-23) a’zosi

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro...

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Dronlar yordamida iqtisodiy...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...