Bosh sahifa Blog Sahifa 208

Ilon Mask qanday qilib “robotlar isyoni”ning oldini olmoqchi ekanligini aytdi

0

“Tesla” kompaniyasi bosh direktori, milliarder Ilon Mask sunʼiy intellektga ega robotlarni qay usulda nazorat qilib turishni rejalashtirayotgani haqida gapirdi. Tadbirkor ushbu mavzu yuzasidan Twitter’da obunachilari bilan suhbatlashgan.

Maʼlumki, “Tesla” oʻtgan yili “Dojo” deb nomlangan neyrotarmoqlar bilan ishlovchi superkompyuterni taqdim etgan. Taqdimotda Ilon Mask “Tesla Bot” deb nom berilgan robot-gumanoid ham yaratilgani, u kelgusida odamlarning oʻrniga maishiy yumushlarni bajarishi maʼlum qilingan. Mask oʻsha vaqtlarda robot-gumanioidlar sunʼiy intellektga ega boʻlishi, ular asta-sekinlik bilan inson ongi darajasidagi koʻnikmalarni ham egallashi mumkinligini maʼlum qilgandi.

Endi esa Ilon Mask “mashinalar isyoni”ning oldini olish uchun “Tesla Bot” robotlari ustidan nazoratni markazlashtirishi haqida maʼlum qildi. Milliarderning aytishicha, mazkur tizim robotlarni ommaviy tartibsizlik hamda namoyishlarda ishtirok etish imkoniyatidan mahrum qilish ham mumkin boʻladi.

Mask robotlarning odamlar bilan doʻstona aloqa oʻrnata olishiga ishonmoqda.

Jeff Bezos oʻlimga qarshi dori yaratish uchun 3 mlrd dollar pul ajratdi

0

merikalik milliarder va “Amazon” kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos oʻlimga qarshi dori yaratish ustida ishlayotgan “Alto Labs.” startapi uchun 3 milliard AQSh dollari miqdorida mablagʻ ajratdi.

Loyihani amalga oshirishda Britaniyaning “GlaxoSmithKline2” farmatsevtik kompaniyasi sobiq bosh ilmiy xodimi Xel Berron, Nobel mukofoti laureatlari Shinya Yamanaka va Jennifer Dudna ham ishtirok etadi.

Olimlar hujayralarni qayta dasturlash jarayonini chuqur oʻrganish orqali qarish va oʻlimga qarish dori vositasini yaratishni rejalashtirmoqdalar.

Ushbu loyihaning qanchalar muvaffaqiyatli yakun topishi aniq emas, ammo tadqiqotchilar qarish jarayoniga qarshi kurash yoʻnalishida koʻplab kashfiyotlarni amalga oshirishlari kutilyapti.

O‘zbekistonda talabalarning deyarli yarmi pedagogika sohasida o‘qishi ma’lum bo‘ldi

0

Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar soni ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Qo‘mitaning ma’lumotlariga ko‘ra, 2020/21 o‘quv yilida respublikadagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar jami 571,5 ming nafarni tashkil etgan.

Shundan, o‘g‘il bolalar – 311,5 ming nafar, qiz bolalar – 260 ming nafar.

Oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar soni quyidagicha:

  • pedagogika: o‘g‘il bolalar – 52,4 ming nafar; qiz bolalar – 126,3 ming nafar;
  • gumanitar fanlar: o‘g‘il bolalar – 13,9 ming nafar; qiz bolalar – 26,8 ming nafar;
  • matematika fanlari: o‘g‘il bolalar – 5,4 ming nafar; qiz bolalar – 5,4 ming nafar;
  • tabiiy fanlar: o‘g‘il bolalar – 11,6 ming nafar; qiz bolalar – 14,1 ming nafar;
  • san’at: o‘g‘il bolalar – 5,5 ming nafar; qiz bolalar – 6 ming nafar;
  • islomshunoslik: o‘g‘il bolalar – 0,9 ming nafar; qiz bolalar – 0,3 ming nafar.

Xayrullo Bozorov tadbirkorlarning yangi loyihalari bilan tanishdi

0

Davlatimiz rahbarining 2021-yil 1-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” gi farmoniga ko‘ra, Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumani “Innovatsion hudud” ga aylantirilmoqda.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Oltiariq tumanidagi o‘rganishlari davomida «Qapchug‘ay» MFY hududida tadbirkorlarning mazkur yo‘nalishdagi loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Dastlab tumanning 2021-yil yakuni bo‘yicha erishilgan ko‘rsatkichlari va 2022-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan innovatsion loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. Sektorlar kesimida joriy yil davomida rejalashtirilgan loyihalarning kamligi viloyat rahbarining keskin tanqidiga sabab bo‘ldi. Loyihalarni qayta ko‘rib chiqish, ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha ham alohida ish olib borish topshirig‘i berildi.

Shundan so‘ng tadbirkorlar o‘z loyihalari taqdimotini o‘tkazdi. Xususan, Qo‘shtepa, Oltiariq tumanlari va Marg‘ilon shahrida sinovdan o‘tkazilayotgan aqlli svetoforning afzalliklari haqida ma’lumot berildi.

Yosh tadbirkor Jasur Mahmudov har biri 32 million so‘mga teng bo‘lgan transformator va transformator shitlari ishlab chiqarmoqda, Rahmatjon Erkaboyev svetofor va yo‘l chiroqlarini doimiy elektr energiyasi bilan ta’minlovchi generatorlarning qulayliklari haqida tushuntirdi. “Mikro GES”, yuqori o‘tga chidamli g‘isht, baliq chiqindisidan ozuqalar, baliq yog‘i, soya yog‘i, biogumus, issiqlik tejovchi qoplamalar hamda temir beton ishlab chiqarish loyihalari ham viloyat rahbarining e’tiborini tortdi.

Loyihalar bilan tanishar ekan viloyat hokimi yer maydoni so‘rab murojaat qilgan tadbirkorlarga kichik sanoat zonalaridan maydon ajratish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

Abdulaziz Sattorov: «Xato – yo’qotish emas, aksincha foyda»

0

Qimmatga Tushgan Xatolar koʻrsatuvining navbatdagi soni mehmoni: Abdulaziz Sattorov – UNIRED kompaniyasi asoschisi.

Koʻrsatuv davomida: Abdulaziz Sattorovning muvaffaqiyatsizlikka uchragan bizneslari, qimmatga tushgan xatolari va bu sinovlardan olgan darslari haqida bilib olishingiz mumkin.

 

O‘zbekistonda sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga ustama haq to‘lab beriladi

0

2022-yil 1-fevraldan boshlab ta’lim tili rus tili bo‘lmagan umumta’lim muassasalar faoliyat yuritayotgan xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga 50 foiz miqdorida ustama to‘lanadi. Bu haqda xalq ta’limi vaziri o‘rinbosarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar XTB boshliqlariga yozgan xatida keltirilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi “Xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror qabul qilingan. Mazkur qarorning 11-bandiga ko‘ra, C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga sertifikat olingan kundan boshlab ikki yil davomida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ustama to‘lash tartibi 2022-yil 1-fevraldan boshlab joriy etilishi belgilangan.

Shundan kelib chiqib, ta’lim tili rus tili bo‘lmagan umumta’lim muassasalar (sinflar)da faoliyat yuritayotgan kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga 50 foiz ustama to‘lab beriladi.

Bunda, rus tili bo‘yicha TORFL xalqaro sertifikatining C1 darajasi, “TRKI”ning “TRKI 3” va C 1 darajalari hamda CEFR’ning C1 darajadagi sertifikatlari o‘zaro muvofiq hisoblanadi.

Ushbu ustamalar o‘z vaqtida to‘lab borilishini ta’minlash bo‘yicha hududiy xalq ta’limi bo‘linmalariga vazirlikning ko‘rsatmasi berilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 2021-yil maydagi qaroriga muvofiq ta’lim muassasalarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab borish nazarda tutilgan.