Bosh sahifa Blog Sahifa 206

O‘zbekistonda aholi ta’minoti uchun qancha qishloq xo‘jaligi mahsuloti jamg‘arilgani ma’lum qilindi

0
Young fresh potatoes (Food and Drink) potatoes,vegetables,food,fresh,healthy,organic,harvest

O‘zbekistonda bahor oyida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun qariyb 627 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsuloti jamg‘arilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Nigora Xo‘jayeva ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2021-yil qish va 2022-yil bahor oylarida respublika aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash maqsadida jami 626,6 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, shundan 294 ming tonna kartoshka, 86,8 ming tonna piyoz, 163,6 ming tonna sabzi hamda 82,1 ming tonna guruch jamg‘arilgan.

Toshkent shahrining 12 ta asosiy dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkalarini tashkil etilib, viloyatlar tomonidan bozorlarga keltirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi uchun barcha shart-sharoitlar (bepul rastalar, tarozi, saqlash omborxonalari) yaratib berilgan.

Ushbu bozor yarmarkalari 2022-yil 1-mayga qadar davom ettirilib, 75,5 ming tonna mahsulot bozorlarga yetkazib berilishi kutilmoqda.

Respublikada kartoshkachilikni rivojlantirish bo‘yicha 40 ta tuman kartoshka yetishtirishga, shundan, 23 tasi urug‘lik kartoshkaga ixtisoslashtirilgan. Xorijdan 47,2 ming tonna kartoshka olib kelish maqsadida 21,7 mln dollar (imtiyozli) moliyalashtirilgan. Shuningdek, kartoshkachilik yo‘nalishida 9 ta klasterlari tashkil etilib, ularga 3,6 ming ga yer ajratilgan. Respublika bo‘yicha 5 ta in-vitro laboratoriyalari tashkil etilgan.

O‘zbekistonda belgilangan tibbiy me’yorga (52,6 kilogramm) muvofiq, aholining kartoshkaga 1 yillik ehtiyoji 1,9 million tonnani tashkil etadi. JSST me’yori (96,7 kilogramm) bo‘yicha aholi iste’moli qariyb ikki barobar ko‘p.

Ta’kdilanishicha, bugungi kungacha importyorlar tomonidan 1042 tonna kartoshka bozorlarga olib kelinib, 3700 so‘mdan 4200 so‘mgacha sotilmoqda. Shu kungacha hududlardagi 27 ta bozorda 985,7 tonna kartoshka sotilgan. Ushbu intervensiya hisobiga kartoshkaning bozorlardagi chakana narxi 1000-2500 so‘mga (25—28 foizga) pastlab, arzon bo‘lishiga erishilgan.

O‘zbekiston 2021-yilda rekord darajada ko‘p — yarim million tonnadan ortiq kartoshka import qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. EastFruit ma’lumotlariga ko‘ra, agar Pokiston yoki Erondan kartoshka olib kirishga taqiq qo‘yilsa, ularning o‘rnini boshqa yirik yetkazib beruvchi mamlakatlar — Rossiya va Qozog‘iston bilan almashtirish qiyin bo‘ladi. Chunki, Rossiya va Qozog‘istonda ushbu mahsulot narxi tez o‘sib bormoqda.

“Biznes marafon”: 2-mavsum to‘liq formatda

0

“Biznes marafon” loyihasining 2-mavsumi ham Respublikamizning barc bo‘lib o‘tdi. Unda malakali tadbirkorlar tomonidan biznes rejalarni tayyorlash hamda tadbirkorlikni boshlash uchun nimalar qilish kerakligi haqida tushunchalar berildi. Quyida to‘liq formatdagi videolarni ko‘rishingiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan ma’lumot

0

So‘nggi yillarda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturi, “Yoshlar daftari” va “Yoshlar dasturlari”ning amalga oshirilishi natijasida 596 ming nafar yoshlar bandligi taʼminlandi hamda 25,7 ming nafar imkoniyati cheklangan va tibbiy yordamga muhtoj yoshlar doimiy nazoratga olindi.

“Yoshlar daftari” jamg‘armalarida mahalliy byudjetning orttirilgan qismining 15 foizi va ijro hujjatlariga oid undiruvlar hisobidan 382,8 mlrd so‘m mablag‘ shakllantirildi. Ushbu mablag‘lar hisobidan 140 mingga yaqin yoshga ijtimoiy-moddiy yordam ko‘rsatildi.

Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yangi g‘oyalar asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish maqsadida 3,3 trln miqdoridagi mablag‘larni yo‘naltirish orqali 132 ming nafar yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratildi.

Bir necha kun avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlarbilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi

1. Unga ko‘ra Respublikamizdagi jami 9 309 ta mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi.

2. Yoshlar ishlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va bo‘limlari tuzilmalarida mahalla va taʼlim muassasalarida yoshlar bilan ishlash bo‘linmalari tashkil etildi.

3. Quyidagilar mahalladagi yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari etib belgilandi:

– “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur maʼlumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish;

– mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishmilliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalariyoshlar festivallari va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish;

– yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishiqtidori, isteʼdodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish;

– yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va maʼnaviy rivojlanishini taʼminlash;

– huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan

tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga ko‘maklashish.

4. Yetakchilar o‘ziga biriktirilgan mahallalarda faoliyatini quyidagi asosiy yo‘nalishlarda amalga oshiradi

– madaniyat va sanʼatni targ‘ib qilish borasida

– sog‘lom turmush tarzi va sportni ommalashtirish borasida

– axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish borasida

– maʼnaviyat va kitobxonlikni targ‘ib qilish borasida

– vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va huquqiy savodxonlikni oshirish borasida

– tadbirkorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash borasida

5. Yetakchi lavozimiga nomzodlar tumanlar (shaharlar) hokimlari boshchiligidagi tanlov komissiyalarini shakllantirish orqali ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi;

So‘nggi yillarda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturi, “Yoshlar daftari” va “Yoshlar dasturlari”ning amalga oshirilishi natijasida 596 ming nafar yoshlar bandligi taʼminlandi hamda 25,7 ming nafar imkoniyati cheklangan va tibbiy yordamga muhtoj yoshlar doimiy nazoratga olindi.

“Yoshlar daftari” jamg‘armalarida mahalliy byudjetning orttirilgan qismining 15 foizi va ijro hujjatlariga oid undiruvlar hisobidan 382,8 mlrd so‘m mablag‘ shakllantirildi. Ushbu mablag‘lar hisobidan 140 mingga yaqin yoshga ijtimoiy-moddiy yordam ko‘rsatildi.

Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yangi g‘oyalar asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish maqsadida 3,3 trln miqdoridagi mablag‘larni yo‘naltirish orqali 132 ming nafar yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratildi.

Yetakchi lavozimiga yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega, yoshlarni ergashtira oladigan, shaxsiy fazilatlari bilan namuna ko‘rsatgan, fidoyi, sadoqatli va vatanparvar nomzodlar tayinlanadi.

1. Yetakchining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilandi:

 xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida;

 xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida;

– xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 6 baravari miqdorida.

2. Ish faoliyati natijalariga ko‘ra Yetakchilarni Milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi;

3. Yetakchi sifatida ishga qabul qilingan shaxslarning harbiy va maxsus unvonlari saqlab qolinadi, Yetakchi sifatidagi ish staji navbatdagi harbiy va maxsus unvonlar olishda hisobga olinadi, shuningdek, ularga oldingi ish joyiga qaytganida qonunchilikda belgilangan barcha imtiyozlar tatbiq etiladi;

4. Har bir Yetakchining ish faoliyati to‘liq raqamlashtiriladi hamda quyidagi yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi elektron reyting tizimi (KPI) joriy etiladi:

Mahalladagi Yoshlar yetakchisini saralash natijalari to‘g‘risida

Respublika bo‘yicha 9 309 ta mahallada Yoshlar yetakchilari lavozimiga nomzodlar uchun “vacancy.argos.uz” portalida tanlov eʼlon qilindi. Tanlovda lavozimiga jami 42 538 nafar nomzodlar onlayn hujjat topshirdi (bir o‘ringa 4,6 nafar).

Respublika ishchi guruhi tomonidan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazilib, 9 309 ta (100 foiz) mahallalar uchun nomzodlar tanlab olindi.

         Qaror bilan, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida Yetakchilar uchun yangi joriy etilayotgan tizimning tub mohiyati va samarali faoliyat ko‘rsatishini taʼminlash bo‘yicha joriy yilning 25-28 yanvar kunlari masofaviy tartibda tashkil etilgan o‘quv-seminarda 9294 nafar Yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

         O‘quv davomida yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish maqsadida ishtirokchilar metodik jihatdan taʼminlandi, yoshlar yetakchilarining tashkiliy-huquqiy bilimlari oshirildi, ularda yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish ko‘nikmalari shakllantirildi.

Yuqorida qayd etilgan har bitta vazifani yoshlar manfaatidan kelib chiqib, mutasaddi vazirlik va idoralar, hokimliklar, sektor rahbarlari bilan hamkorlikda tizimli va sifatli amalga oshirilishi taʼminlanadi.

Nilufar Anvarovna: «Xatolarga bo’lgan munosabatimiz muhim»

0

Qimmatga Tushgan Xatolar koʻrsatuvining navbatdagi soni mehmoni: Nilufar Anvarovna – ZMB universal academy va Lily Education asoschisi

Koʻrsatuv davomida: Nilufar Anvarovnaning hayoti davomida muvaffaqiyatsizlikka uchragan bizneslari, qimmatga tushgan xatolari, mana shu mag’lubiyatning sabablari va bu sinovlardan olgan darslari haqida bilib olishingiz mumkin.

 

Mahalladagi yoshlar yetakchisi hududlardagi o‘g‘il-qizlarning muammosini hal etishda ko‘prik vazifasini o‘taydi

0

“Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2022-yil 27-yanvar sonida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisining birinchi o‘rinbosari, “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi ijrochi direktori Xayrulla Sattorovning «Mahalladagi yoshlar yetakchisi hududlardagi o‘g‘il-qizlarning muammosini hal etishda ko‘prik vazifasini o‘taydi» nomli maqolasi e’lon qilindi.

Har bir davlatning barqaror taraqqiyotini ta’minlashda asosiy poydevor yoshlar va ularning intellektual salohiyati hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, mamlakatimiz aholisining katta qismi zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega yoshlardan iborat ekanini inobatga olgan holda, mazkur qatlamning ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalardagi manfaatini himoya qilish hamda kuzatilayotgan dolzarb masalalarning nazariy va amaliy jihatdan yechimini topish kun tartibidagi muhim vazifadir.

Yosh avlod kelajagi esa hamisha O‘zbekiston siyosatining markazida bo‘lgan. Bugun ham yurtimizda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, yoshlarning kamoloti va tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiluvchi shart-sharoit yaratish uchun barcha sohada keng ko‘lamli islohotlar jadallik bilan olib borilmoqda.

O‘zbekiston — haqiqiy ma’noda yoshlar mamlakati. Bu yurtda ulg‘ayayotgan yigit-qizlarning orzulari va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari bisyor. Davlatimiz rahbarining tashabbusi va qo‘llab-quvvatlovi esa ularga bu maqsadlarni amalga oshirishda ko‘mak beradi. Prezidentimizning “Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovasiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim”, degan so‘zlari yoshlar uchun katta marralar sari yo‘l ochdi. O‘tgan davrda yoshlarni har tomonlama qo‘llabquvvatlash maqsadida qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Ular asosida yoshlarning intilish va iqtidorini qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirishga oid rahbar kadrlarning boshqaruv salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha mustahkam tizim yaratildi. Ushbu sa’y-harakatlar davomi sifatida Prezidentimizning “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

Qarorga muvofiq, har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shahar va shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilishi belgilandi.

Yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ishlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbusini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish yetakchilarning asosiy vazifasi sifatida qayd etildi. Navqiron avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning intellektual jihatdan kamol topishi va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash, huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlash vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, yetakchilarning o‘ziga biriktirilgan mahallalarda maqom, baxshichilik va estrada bo‘yicha tanlovlar, “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivali, salomatlik uchun 5 000 qadam yurish marafoni hamda “Yosh ekolog” aksiyasini o‘tkazishi, shu bilan birga, mini futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, velosport, yugurish, shaxmat, shashka, badminton, kamondan otish bo‘yicha musobaqalarini tashkil etishi zarurligi ta’kidlandi.

Lavozimga nomzodlar esa tumanlar (shaharlar) hokimlari boshchiligidagi tanlov komissiyalarini shakllantirish orqali ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinishi, yetakchi lavozimiga ishga qabul qilingan shaxslarning harbiy va maxsus unvonlari saqlab qolinishi qayd etildi.

YUNISEF, Yoshlar ittifoqi hamda “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan o‘tkazilgan va “O‘zbekiston yoshlari: muammo va istiqbollar” deb nomlangan yirik tadqiqot natijalari asosida tayyorlangan hisobotda O‘zbekiston 15-20 yildan so‘ng noyob demografik dividendni qo‘lga kiritishi ta’kidlab o‘tilgan.

2048-yilga borib mamlakatda mehnatga layoqatli aholi soni tarixiy yuqori darajaga yetishi kutilmoqda. Tabiiyki, ularning salmoqli qismini yoshlar tashkil qiladi. Hozir davlat oldidagi asosiy vazifa demografik dividendni qo‘ldan boy bermaslik hamda undan maksimal foydalanishdan iborat. Boshqacha aytganda, hukumat inson kapitaliga, ya’ni yoshlarning sifatli ta’lim olishi va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga katta hajmda investisiya kiritishi zarur. Bu kelajakda nafaqat iqtisodiyotni yuksaltirish, balki ijtimoiy vaziyatni barqarorlashtirish — kambag‘allik va salohiyatli kadrlar migrasiyasini qisqartirish, ishsizlikni bartaraf etish, xalqning turmush darajasini oshirish imkonini beradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘qishni bitirgach, uyda o‘tirib qolayotgan yoshlar orasida ayollar salmog‘i ancha yuqori — 51 foiz. 18 yoshdan keyin mazkur ko‘rsatkich yanada ortib, 74 foizga yetmoqda. Buning sababi qizlar oila yumushlari bilan mashg‘ulligi hamda daromad topish uchun boshqa joyga ko‘chib o‘tish imkoniyati cheklangani bilan izohlanadi. Qishloq yoshlari shaharliklarga qaraganda oliy ta’lim muassasalariga kamroq o‘qishga kiradi. Shu bois, ularda tadbirkorlikka qiziqish yuqori. Mamlakatimizda startap loyihalarga qishloq yoshlari qo‘l urmoqda. Ayollar, asosan, sog‘liqni saqlash, ta’lim va qayta ishlash sanoatida band. Erkaklar orasida nisbatan ommalashgan kasblar quruvchilik va fermerlik hisoblanadi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, yoshlar bilan muloqot faqat idoralarda yoki maktablarda bo‘lmaydi. Muloqotni uzviy ravishda yo‘lga qo‘yish uchun, birinchi navbatda, yoshlar ichiga quchoq ochib kirib borish talab etiladi. Aynan mana shunday sharoitda yoshlar yetakchisiga zarurat seziladi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi ma’lumotlariga qaraganda, 2021-yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, yurtimiz bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘inlari soni 9255 tani tashkil etmoqda. Shundan 41 tasi shaharcha, 81 tasi qishloq, 164 tasi ovul, 8969 tasi mahalla fuqarolar yig‘ini hisoblanadi.

Endi tasavvur qiling, ushbu mahallalarning har birida yetakchilarning bo‘lishi mavjud vaziyatni qanchalik yengillashtiradi? O‘ylashimizcha, ular hukumat va yoshlar orasidagi masofani yanada yaqinlashtiradi, o‘g‘il-qizlar bilan ishlashning yangicha usullarini ishlab chiqqan holda jamiyat rivoji uchun ulkan hissa qo‘shadi.

Yoshlar yetakchisi ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda turli muassasalar hamda yoshlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, ularning turli jarayonlarga moslashuviga ko‘maklashadi. Yigit-qizlarga uslubiy, ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatgan holda Vatanga muhabbat hissini oshiradi. Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish bo‘yicha muntazam tahlil qilib boradi va ish sifatini oshiradi. Shuningdek, ularning ijtimoiy ahvolidan doimiy xabardor bo‘lib turadi.

Yoshlar yetakchisi, o‘z navbatida, davlat bilan tengqurlari o‘rtasidagi vositachiga aylanadi. U yoshlarning manfaati va muammolarini tahlil qiladi. Ularning mavjud qobiliyatidan kelib chiqib, to‘g‘ri maqsad sari yo‘naltiradi. Shuningdek, salohiyatini rivojlantirishning individual yo‘nalishini izlab topadi.

Zero, yoshlar yetakchisi sifatida faoliyat yurituvchi kadrlar yoshlarning ta’limga nisbatan qiziqishini aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqadi. Ularning tashabbusini amalga oshirishga yordam beradi. Yoshlarning o‘qishi va ta’limdagi yutuqlarini loyihalashtirish, tahlil qilish va taqdim etishga ko‘maklashadi. Yoshlar bilan ularning yutuq va qiyinchiliklarini, turli joylarda va turli tadbirlarda amalga oshiriladigan faoliyatning qay darajada samaradorligini, sinov harakatlarida samarali ishlashga ta’sirini tahlil qiluvchi tadbirlarni o‘tkazadi.

Xulosa o‘rnida aytish joizki, mamlakatimiz aholisining 60 foizdan ortig‘ini yoshlar tashkil etishini inobatga olsak, yurtimizda olib borilayotgan islohotlar mazmun jihatidan bevosita ularga naqadar daxldor ekanini anglaymiz. Zero, har bir jamiyatning, unda yashaydigan insonlarning taqdiri va kelajagi, albatta, davlatning yetakchi kuchi hisoblanmish yoshlar tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liq.

Xayrulla SATTOROV,

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisining birinchi o‘rinbosari,

“YOSHLAR — KELAJAGIMIZ” jamg‘armasi ijrochi direktori

“Forbes” talqinida Amerikaning eng saxiy milliarderlari kimlar?

0

“Forbes” jurnali milliarder homiylarning yangilangan ro‘yxatini taqdim etdi. Uorren Baffet, Bill Geyts, Jorj Soros, Mark Sukerberg kabi taniqli insonlar ro‘yxatga kiritildi.

Eng saxovatli amerikaliklar ro‘yxatida birinchi o‘rinda —  Uorren Baffet. U 2021-yili 4,1 milliard dollar xayriya qildi. Mablag‘larning bir qismi Bill va Melinda Geyts jamg‘armasiga — qashshoqlikka qarshi kurashish, sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish va COVID-19 ga qarshi vaksinalarni ishlab chiqarish uchun ajratilgan.

Saxovatpesha milliarderlar orasida Makkenzi Skott («Amazon» asoschisi Jeff Bezosning sobiq rafiqasi) ham bor (ikkinchi o‘rin). 2020 yilda 5,8 milliard dollar xayriya qilgan xonim 2021-yilda ham o‘z boyligini boshqa homiylarga qaraganda tezroq taqsimlashi bilan ajralib turdi.

 

Bezosning o‘zi esa xayriyachilar ro‘yxatida — 16-o‘rinda.

Mashhur Jorj Sorosning kichik liberal san’at kollejiga yarim milliard dollar o‘tkazish haqidagi va’dasi ham yirik xayriyalar ro‘yxatiga qo‘shildi(uchinchi o‘rin).

2021-yil yozida amerikalik milliarder, xayriyachi Jon Arnold xayriya jamg‘armalarini ochko‘zlikda ayblab, ularni «boylikni saqlash vositalari» deb atagandi.

So‘nggi o‘n yil ichida AQSh xayriya jamg‘armalarining umumiy mablag‘lari to‘rt baravarga oshib, 140 milliard dollarga yetdi.