Farg‘ona viloyati I.A. Karimov nomidagi teatr va konsert zalida mahoratli tadbirkorlar va yoshlar ishtirokidagi «BIZNES MARAFON» o‘z ishini boshladi.
Kuniga 10 ming qadam yurganlarga 3 ming so‘mdan to‘lash to‘xtatiladi
Aholini piyoda yurishga rag‘batlantirishning yangi mexanizmiga o‘tilishi ma’lum qilindi. Endilikda bir kunda kamida 10 ming qadam yurgan fuqarolar lotereya ishtirokchisiga aylanadi, har hafta oxirida jonli efirda o‘tkaziladigan lotereyada yutgan bir kishiga 100 mln so‘m va ming kishiga velosiped beriladi.
16 yanvardan boshlab, www.1hls.uz platformasi orqali bir sutka davomida 10 ming va undan ortiq qadam yurgan fuqarolarga 3 ming so‘m pul mablag‘i berish tizimi to‘xtatiladi.
Bu haqda ma’lum qilgan Turizm va sport vazirligi mazkur yangilikni piyoda yurishga rag‘batlantirishning yangi mexanizmiga o‘tilayotgani bilan izohladi.
Biroq, kuniga kamida 10 ming qadam yurganlarga 3 ming so‘m to‘lanishi haqidagi qoida prezidentning 2020 yildagi farmonida belgilangan. Vazirlik farmon ijrosini to‘xtatishga asos bo‘luvchi prezident hujjati qabul qilingani haqida esa biror ma’lumot yo‘q.
Turizm va sport vazirligiga ko‘ra, bugungi kungacha www.1hls.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tgan o‘zbekistonliklar soni 1 million nafardan oshgan.
“Ammo bu yetarli va kutilgan natija emas. Dastlab platforma ishga tushirilganda qiziquvchilar va ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni ko‘paydi, ammo vaqt o‘tgani sari faollik keskin pasaydi hamda bugungi kunga kelib doimiy ravishda sutkasiga o‘n ming qadam va undan ko‘proq yuruvchi fuqarolar soni 3 barobarga kamaydi”, – deya izohlamoqda tizim boshqaruvchisi.
Ta’kidlanishicha, mutaxassislar va jamoatchilik takliflariga asosan, aholini yanada ko‘proq kunlik yurish va yugurishga jalb qilish maqsadida rag‘batlantirish tizimini o‘zgartirish, 3 ming so‘m o‘rniga kattaroq sovrinlar qo‘yish maqsadga muvofiq, degan xulosaga kelingan.
Shunga muvofiq, “Sog‘lom turmush tarzi” platformasida quyidagicha tartibga o‘tiladi:
1) O‘zbekiston hududida bir sutka davomida 10 ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi aholi o‘rtasida, har hafta yakunlari bo‘yicha, quyidagi sovrinlar o‘ynaladi:
- 1 kishiga 100 million so‘m miqdorida pul mukofoti;
- 1 000 kishiga velosiped.
2) Ushbu sovrinlar o‘yini har hafta yakunlari bo‘yicha “Sport” telekanalida jonli efirda tasodifiy tanlab olish mexanizmi orqali o‘tkaziladi.
3) Shaffoflik va xolislikni ta’minlash, turli qing‘ir yo‘llar orqali soxta natijalarni qayd etishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida jamoatchilik faollari, IT-mutaxassislari, jurnalist va blogerlardan iborat Jamoatchilik nazorati kengashi tashkil etiladi hamda barcha jarayonlar ustidan qat’iy nazorat olib boriladi.
Bunda Jamoatchilik nazorati kengashiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev raislik qiladi, huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyev hamda bloger Nikita Makarenko rais o‘rinbosarlari etib belgilandi.
4) 15 yanvarga qadar ushbu platforma orqali tegishli talablarni bajargan va elektron hamyoniga belgilangan mablag‘larni to‘plagan barcha fuqarolarga ushbu to‘lovlar amalga oshirib beriladi.
“Yuqoridagi rag‘batlantirish tizimi haqidagi batafsil ma’lumotlar tez orada Turizm va sport vazirligining rasmiy sahifalarida hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi”, – deyiladi rasmiy relizda.
Murod Nazarov Mehribonlik uyidan 9 nafar qiz asrab oldi
“Biznes marafon” loyihasi spikeri, taniqli tadbirkor, “Murad Buildings” kompaniyasi asoschisi Murod Nazarov 9 nafar qiz farzand asrab oldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkor oilasining suratlari tarqalmoqda.
Qayd etilishicha, u bolalarni 23-Mehribonlik uyidan asrab olgan.

Ma’lumot uchun, Murod Nazarovning 5 nafar: 3 qiz va 2 o‘g‘il farzandi bor edi.

Endilikda biznesmenning farzandlari soni 14 nafarga yetdi.
125 yillikning eng yaxshi 5 kitobi bilan tanishing
“New York Times” nashri dunyoning 68 ta mamlakatida yashovchi 200 mingta kitobxon orasida soʻrovnoma oʻtkazdi va soʻnggi 125 yillikning eng yaxshi beshta kitobini tanlab oldi. Gʻoliblar reytingi bilan tanishing:
1. “Mazaxchini oʻldirish” (1960), Xarper Li
Amerika klassikasiga aylangan bestseller AQSh janubidagi kichik shaharcha hayotidan hikoya qiladi. Attikus Finch ismli advokat oq tanli ayolga nisbatan jinsiy zoʻravonlikda ayblangan afroamerikalikni sudda himoya qilish vazifasini oʻz boʻyniga oladi.
Adiba 1961-yilda ushbu asar uchun Pulitser mukofotini olgan, asar qora tanli odamlarning huquqlari uchun kurashish timsoliga aylangan. Mazkur kitob Amerikadagi oʻrta maktablarning 80 foizida taʼlim dasturiga kiritilgan.

2. “Uzuk birodarligi” (1954), Jon Ronald Ruel Tolkin
Xobbit Frodo sarguzashtlari haqida hikoya qiluvchi asar “Uzuklar hukmdori” trilogiyasining birinchi qismi hisoblanadi. Frodo katta qudratga ega boʻlgan qadimiy uzukni yoʻq qilish uchun uzoq va xavfli sayohatga yoʻl oladi. 2001-yili ushbu asar asosida shu nomdagi film suratga olingan.

3. «1984» (1949), Jorj Oruell
Jorj Oruell tomonidan yozilgan “1984” antiutopik asari hayotning har bir jabhasi qudratli partiya tomonidan boshqariladigan dunyo haqida hikoya qiladi. XX asrning oʻrtalarida yozilgan mazkur asar soʻnggi yillar ichida har doimgidan-da mashhur boʻlib ketdi. Unda totalitarizmning dahshatli koʻrinishi aks ettirib berilgan.

4. “Yolgʻizlikning yuz yili” (1967), Gabriel Garsia Markes
Gabriel Garsia Markes tomonidan yozilgan “Yolgʻizlikning yuz yili” asari adabiyotdagi realizm yoʻnalishining eng mashhur namunalaridan biridir. Kitob 20 ta bobdan iborat boʻlib, katta oila hayoti haqida hikoya qiladi.

5. “Suyukli” (1987), Toni Morrison
Amerikalik yozuvchi Toni Morisson tomonidan yozilgan ilk roman nashr etilishi bilanoq haqiqiy bestsellerga aylangan. Asarning bosh qahramoni qora tanli qochoq qul ayol 2 yoshlik qizini qullikdan qutqarish uchun uni oʻldirishga majbur boʻladi. Oradan yillar oʻtib bosh qahramonning uyiga bolakayning arvohi joylashib oladi. Asar 1988-yilda Pulitser mukofotga munosib deb topilgan.
Toshkent shahar hokimligi iqtidorli yoshlarni tanlab olmoqda
Olimlar koʻp uxlashning zararli ekanligini isbotladi
Sutkasiga 6,5 soatdan koʻp uxlash miyaning maʼlumotlarni qabul qilish qobiliyatini pasaytirib yuboradi. Jorj Vashington universiteti Tibbiyot maktabi olimlari oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasida aynan mana shunday xulosaga keldilar.
Tadqiqot 5 yil davom etgan va unda 75 yoshdan 80 yoshgacha boʻlgan 100 nafar koʻngilli qatnashgan. Tadqiqot avvalida ularning 88 nafarida demensiya belgilari boʻlmagan, qolganlari esa turli kognitiv buzilishlardan aziyat chekishgan.
Uyqu davomiyligi va sifatini tekshirish uchun olimlar elektroentsefalografiya yordamidan foydalanganlar. Jarayon davomida tadqiqot ishtirokchilarining yoshi va Alsgeymer kasalligiga bogʻliq irsiy omillar ham hisobga olingan.
Tadqiqot natijasida miyaning maʼlumotlarni qabul qilish funksiyasi sutka davomida 4,5 soatdan kam va 6,5 soatdan koʻp uxlash holatida salbiy taʼsirga duchor boʻlishini aniqlangan.
XX asrda uzoq uxlash salomatlikka foydali, deb hisoblangan bo‘lsa, bugun xorijlik mutaxassislar buning aksini aytishmoqda. Tadqiqotlarga ko‘ra kam uxlash ham insonda qandli diabet(1), yurak qon tomir kasalliklari(2) va semizlikning(3) yuzaga kelishiga sharoit yaratar ekan.
Chunonchi, ko‘p uxlash alohida bir xastalikning belgisi ham bo‘lishi mumkin. Haddan tashqari ko‘p yoki kam uxlash nafaqat yurak qon tomiri tizimi faoliyatini izdan chiqaradi balki, asab tizimida ham parishonxotirlik(4), kayfiyatning o‘zgarib turishi(5), chuqur ruhiy zo‘riqish(6) va surunkali charchoq(7) kabi salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.


![[000502]](https://yoshlarkelajagimiz.uz/wp-content/uploads/2022/01/000502-696x464.jpg)


