Matbuot xizmatiYangiliklarKuniga 10 ming qadam yurganlarga 3 ming so‘mdan to‘lash to‘xtatiladi

Kuniga 10 ming qadam yurganlarga 3 ming so‘mdan to‘lash to‘xtatiladi

Aholini piyoda yurishga rag‘batlantirishning yangi mexanizmiga o‘tilishi ma’lum qilindi. Endilikda bir kunda kamida 10 ming qadam yurgan fuqarolar lotereya ishtirokchisiga aylanadi, har hafta oxirida jonli efirda o‘tkaziladigan lotereyada yutgan bir kishiga 100 mln so‘m va ming kishiga velosiped beriladi.

16 yanvardan boshlab, www.1hls.uz platformasi orqali bir sutka davomida 10 ming va undan ortiq qadam yurgan fuqarolarga 3 ming so‘m pul mablag‘i berish tizimi to‘xtatiladi.

Bu haqda ma’lum qilgan Turizm va sport vazirligi mazkur yangilikni piyoda yurishga rag‘batlantirishning yangi mexanizmiga o‘tilayotgani bilan izohladi.

Biroq, kuniga kamida 10 ming qadam yurganlarga 3 ming so‘m to‘lanishi haqidagi qoida prezidentning 2020 yildagi farmonida belgilangan. Vazirlik farmon ijrosini to‘xtatishga asos bo‘luvchi prezident hujjati qabul qilingani haqida esa biror ma’lumot yo‘q.

Turizm va sport vazirligiga ko‘ra, bugungi kungacha www.1hls.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tgan o‘zbekistonliklar soni 1 million nafardan oshgan.

“Ammo bu yetarli va kutilgan natija emas. Dastlab platforma ishga tushirilganda qiziquvchilar va ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni ko‘paydi, ammo vaqt o‘tgani sari faollik keskin pasaydi hamda bugungi kunga kelib doimiy ravishda sutkasiga o‘n ming qadam va undan ko‘proq yuruvchi fuqarolar soni 3 barobarga kamaydi”, – deya izohlamoqda tizim boshqaruvchisi.

Ta’kidlanishicha, mutaxassislar va jamoatchilik takliflariga asosan, aholini yanada ko‘proq kunlik yurish va yugurishga jalb qilish maqsadida rag‘batlantirish tizimini o‘zgartirish, 3 ming so‘m o‘rniga kattaroq sovrinlar qo‘yish maqsadga muvofiq, degan xulosaga kelingan.

Shunga muvofiq, “Sog‘lom turmush tarzi” platformasida quyidagicha tartibga o‘tiladi:

1) O‘zbekiston hududida bir sutka davomida 10 ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi aholi o‘rtasida, har hafta yakunlari bo‘yicha, quyidagi sovrinlar o‘ynaladi:

  • 1 kishiga 100 million so‘m miqdorida pul mukofoti;
  • 1 000 kishiga velosiped.

2) Ushbu sovrinlar o‘yini har hafta yakunlari bo‘yicha “Sport” telekanalida jonli efirda tasodifiy tanlab olish mexanizmi orqali o‘tkaziladi.

3) Shaffoflik va xolislikni ta’minlash, turli qing‘ir yo‘llar orqali soxta natijalarni qayd etishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida jamoatchilik faollari, IT-mutaxassislari, jurnalist va blogerlardan iborat Jamoatchilik nazorati kengashi tashkil etiladi hamda barcha jarayonlar ustidan qat’iy nazorat olib boriladi.

Bunda Jamoatchilik nazorati kengashiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev raislik qiladi, huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyev hamda bloger Nikita Makarenko rais o‘rinbosarlari etib belgilandi.

4) 15 yanvarga qadar ushbu platforma orqali tegishli talablarni bajargan va elektron hamyoniga belgilangan mablag‘larni to‘plagan barcha fuqarolarga ushbu to‘lovlar amalga oshirib beriladi.

“Yuqoridagi rag‘batlantirish tizimi haqidagi batafsil ma’lumotlar tez orada Turizm va sport vazirligining rasmiy sahifalarida hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi”, – deyiladi rasmiy relizda.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Quva tumanidagi 1-sonli texnikumda yoshlarni zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga oʻqitish ishlari bilan tanishdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Quva tumanidagi 1-sonli texnikumda yoshlarni zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga oʻqitish ishlari bilan tanishdi. Bugun mamlakatlarning raqobatbardoshligi nafaqat tabiiy resurslar, balki inson...

O‘zbekiston IT-ta’limni rivojlantirish uchun Janubiy Koreyadan $14 mln oladi

Koreya xalqaro taraqqiyot agentligi (KOICA) O‘zbekistonga axborot texnologiyalari sohasidagi ta’limni rivojlantirish uchun grant ajratadi. Bu haqda Raqamli rivojlanish vazirligi xabar berdi. IT-ta'lim ekotizimini takomillashtirish tashabbusi yoshlar tadbirkorligi...

Biznes tarixi: Napoleon III’ning rafiqasi tanlagan Louis Vuitton sandiqlari

Louis ismli o‘spirinning Parijga piyoda orzulari sari qilgan ilk safari Louis Vuitton yaratilishiga sabab bo‘lgan. Bolakay katta shaharda sandiq yasashni o‘rganish uchun usta Mesyega...

Joriy yilda Toshkentda 18 ta yangi gastronomik ko‘cha ochiladi

23-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumanidagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasida tashkil etilgan gastronomik turizm ko‘chasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Mazkur loyiha...

Davlat xizmati, grant va foizsiz ssuda: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eʼlon qilindi

Avvalroq prezidentning Yangi O‘zbekiston yoshlari-2030 strategiyasini 2026−2027-yillarda amalga oshirish bo‘yicha qarori qabul qilingani haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan yoshlarni davlat xizmatiga qabul qilish jarayonlarida...

20 ming yosh tadbirkorlikka o‘qitiladi, eng yaxshilariga 206 mln so‘mgacha qarz beriladi

Prezidentning Yangi O‘zbekiston yoshlari-2030 strategiyasini 2026−2027-yillarda amalga oshirish bo‘yicha qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar berdi. Hujjat bilan, 2030-yilgacha 20 ming nafar...