Bosh sahifa Blog Sahifa 18

O‘zbekistonda milliy qayta sug‘urta kompaniyasi tashkil etiladi

0

Uning ustav kapitali 300 mlrd so‘mni tashkil etib, uning yarmi ILMA, qolgan qismi esa xususiy investorlarga tegishli bo‘ladi.

23-may kuni prezident tomonidan qabul qilingan qaror bilan O‘zbekistonda milliy qayta sug‘urta tashkilotini tashkil etish belgilandi.

Hujjat bilan qayta sug‘urta tizimini 2025-yilda takomillashtirish uchun bozor hajmini 4 trln so‘mga yetkazish, xizmatlar eksportini kamida 30% ga, qayta sug‘urta sohasiga jalb qilinadigan investitsiyalar hajmini esa 150 mlrd so‘mgacha oshirish belgilanmoqda.

Mamlakatda aksiyadorlik jamiyati shaklida O‘zbekiston qayta sug‘urta kompaniyasi tashkil qilinib, kompaniya qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda qayta sug‘urta faoliyatini amalga oshiradi

Kompaniya xorijiy va mahalliy investorlarning mamlakat iqtisodiyotiga kiritadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va portfel investitsiyalarining hamda investitsiya loyihalari bo‘yicha tavakkalchiliklarning kompleks qayta sug‘urta himoyasini ta’minlaydi.

Shuningdek, uning faoliyat yo‘nalishiga xorijiy mamlakatlarning sug‘urta va qayta sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik qilish va qayta sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish kiradi.

Kompaniyaning ustav kapitali 300 mlrd so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda shakllantiriladi, uning 50%ini davlat ulushi, qolgan qismini esa xususiy investorlar ulushi tashkil etadi.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi kompaniyadagi davlat ulushi bo‘yicha aksiyador funksiyasini amalga oshiradi. Agentlik o‘z mablag‘lari hisobidan kompaniya ustav kapitalidagi davlat ulushining 5%ini bir oy ichida, qolgan qismini choraklik teng ulushlarda bir yil davomida kiritishi kerak.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi kompaniyaning sug‘urta majburiyatlari bo‘yicha hukumat nomidan ustav kapitalining shakllantirilmagan qismiga kafil hisoblanadi.

ILMA vazirlik bilan birgalikda ikki oy ichida kompaniya faoliyatini tashkil etish masalalariga oid hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilandi.

Talabalarni birlashtirgan mega-loyiha

0

Salkam bir oy davomida Yoshlar ishlari agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “O‘zmilliybank” AJ hamkorligida “Talabalar festivali” bo‘lib o‘tdi.

Festival yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy, intellektual va jamoaviy faolligini rag‘batlantirish, madaniy va ilmiy almashinuvni qo‘llab-quvvatlash, ilm-fan va innovatsiyalarni ommalashtirish, shuningdek, yoshlarda liderlik hamda tashabbuskorlik qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi.

Festival doirasida bir qator yirik loyiha va tanlovlar tashkil etildi. Masalan, “Talabalar festivali”da respublika bo‘yicha jami 1,5 mln nafar maktab bitiruvchilari, abituriyentlar hamda talabalar qamrab olindi.

“Kontent72” ijtimoiy videoroliklar tanlovi, “Jismoniy tayyorgarlik sinovlari”, “Qalqon” jamoatchilik guruhi o‘quv yig‘ini, barcha hududlarda va respublika miqyosida “Talabalar teatr studiyalari” tanlovlari, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, “Quvnoqlar va zukkolar” festivallari o‘tkazilib, ularda jami 600 ming nafar talaba yoshlar qatnashdi.

Shuningdek, talabalar uchun “BMT modeli” loyihasi, “Ibrat” debat turniri, “Yurtim qadriyatlari” tanlovi, talaba va magistrantlarning ilmiy-amaliy konferensiyasida 100 mingdan ortiq, jami 700 mingdan ortiq talaba-yoshlar faol ishtirok etdi.

Festival doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, “O‘zmilliybank” AJ, AT “Aloqabank”, Savdo sanoat palatasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida 21-23-may kunlari “Talaba Expo – 2025” ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada “Talaba – kelajak” mavzusida davlat organlari rahbarlari va nufuzli mehmonlar ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqotda talabalar mavjud ish o‘rinlari, kredit dasturlari va o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish imkoniyatlari bilan tanishtirildi.

Bundan tashqari, 3 kun kun davomida 700 ta xususiy kompaniyalar va davlat idoralarining bo‘sh ish o‘rinlari va zamonaviy kasblar ko‘rgazmasi, biznes loyihalar portfellari bo‘yicha mahorat darslari, “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida muvaffaqiyatli bitiruvchilar bilan muloqotlar o‘tkazildi. Buning natijasida 53 ming nafarga yaqin bitiruvchi yoshlar qamrab olindi, shuningdek, 4967 nafar talaba bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirildi, 924 nafar talabaning biznes loyihalari ko‘rib chiqilib, kredit ajratiladigan bo‘ldi.

“Abituriyentlar kuni” doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent shahridagi Turin politexnika va Inha universitetlari, Toshkent davlat tibbiyot universitetlarining taniqli bitiruvchilari va ularning muvaffaqiyatlari yuzasidan rektorlarning taqdimotlari o‘tkazilib, 3000 abituriyent qamrab olindi.

Qolaversa, “Talabalar kuni” doirasida 50 nafar iqtidorli startapchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “TalabaStartUp Pitch” tanlovi, 150 nafar iqtidorli yoshlar ishtirokida “TalabaTalant” kreativ shousi, 400 nafar faol talaba yoshlar ishtirokida motivatsion uchrashuv o‘tkazildi.

“Talabalar festivali”ning yakunida Toshkent shahrida 20 ming nafar, barcha hududlarda 600 ming nafar maktab bitiruvchilari, abituriyentlar hamda talabalar ishtirokida gala-konsert dasturlari tashkil etildi.

“Talabalar festivali” doirasida “Biznes marafon” bo‘lib o‘tdi!

0

🎓“Talabalar festivali” doirasidagi “TalabaExpo-2025” ko‘rgazmasining ikkinchi kunida yoshlarga biznes yuritish koʻnikmalarini oʻrgatishga qaratilgan 💰 “BIZNES MARAFON” loyihasi tashkil etildi

Yurtimiz va xorijda muvaffaqiyatga erishgan tajribali tadbirkorlarva yoshlar ishtirokida ochiq muloqot shaklida oʻtkazilgan tadbirda 500 nafardan oshiq yoshlar ishtirok etishdi.

🗺 Tadbir davomida yoshlarga moliyaviy savodxonlik, menejment, marketing, startap boshlash kabi mavzularda maslahat hamda tavsiyalar berildi.

Tadbirga oid barcha suratlarni quyidagi havola orqali ko’rishingiz mumkin:

https://postimg.cc/gallery/Jmxrh0c

Prezident TTZgacha bo‘lgan yangi metro liniyasi qurilishini 15-iyundan boshlashni topshirdi

0

Transport vazirining qayd etishicha, loyihaning qurilish ishlarini 2026-yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilmoqda.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyevga Toshkent metropolitenini rivojlantirish rejalari bilan tanishgani haqida xabar berilgandi. Metroni Toshkent traktor zavodi dahasigacha uzaytirish bo‘yicha tayyorlangan yangi taklifga ko‘ra, loyihani ikki bosqichda amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Transport vaziri Ilhom Mahkamov O‘zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida Chilonzor metro liniyasini Buyuk ipak yo‘li bekatidan TTZ dahasigacha uzaytirish loyihasi tahlil qilingach, boshlang‘ich nuqta sifatida Pushkina (Salar) bekati tanlanganini qayd etdi.

Mart oyida o‘tkazilgan loyiha taqdimotida prezident bir qator vazifalarni belgilab bergandi, uning doirasida navbatdagi taqdimotda loyihani moliyalashtirish manbalari va qurilish muddatlari haqida ma’lumot berildi.

Transport vazirining qayd etishicha, TTZ dahasining yakuniy stansiya sifatida tanlanishi Chirchiq, Qibray va G‘azalkentdan har kuni 140 mingdan ortiq odam ishga kelishi bilan izohlanadi. Natijada bu Buyuk ipak yo‘li metro bekati yaqinida tirbandliklarni yuzaga keltirmoqda.

“Loyihaning qurilish ishlarini 15-iyundan boshlash topshirildi. Qurilish ishlarini xalqaro tajribaga ega qurilish kompaniyalari bilan amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Mazkur loyihani 2026-yil oxiri bilan topshirishni mo‘ljallayapmiz”, — dedi Ilhom Mahkamov.

ilhom mahkamov, metro, prezident, toshkent metropoliteni, toshkent shahri, transport vazirligi2021-yilning noyabrida davlat rahbariga Toshkent metropolitenining Buyuk ipak yo‘li bekatidan TTZ dahasigacha yerosti yo‘li hamda yerusti halqa metrosining ikkinchi bosqichini amalga oshirish rejalalari taqdim etilgandi.

Unda yerosti yo‘lini Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi yoki Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi orqali olib o‘tish, birinchi holatda yo‘l uzunligi 8,6 kmni, ikkinchi variantda 8 kkmni tashkil etishi belgilangandi.

Joriy yilning mart oyida Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishini TTZ dahasigacha uzaytirish rejalari ma’lum qilindi. Yangi metro bekatlarining soni 10 tani tashkil etib, bu tarmoq 30 ta mahalla, 148 ming aholini qamrab oladi.

Transport vaziri Ilhom Mahkamovning qayd etishicha, loyiha Salar bekatidan Akusherlik va ginekologiya institutigacha elektropoyezd yo‘nalishi bo‘ylab (Shahriobod bekati orqali Ekobozor’gacha) 5,5 km uzunlikdagi yer usti metrosini qurishni nazarda tutadi. Bu yerusti metrosining birinchi qismi bo‘ladi.

Avtomobil yo‘lini kesib o‘tgan to‘rtta joyda tunnellar qurish rejalashtirilgan. Pushkin metro bekatidan Salar temir yo‘l bekatigacha travolator orqali yopiq o‘tish joyi bo‘ladi.

Vazirning ta’kidlashicha, loyihani ishlab chiqish uchun xalqaro konsultantlarni jalb qilish ko‘zda tutilgan. Jarayon 1−1,5 oy davom etishi kutilmoqda. Keyinchalik yer usti liniyasi Ashxobod bog‘i orqali Kichik halqa yo‘li bo‘ylab Toshkent metro bekatigacha (Shimoliy vokzal) qo‘shimcha 4 km ga uzaytirilishi mumkin.

Transport vaziri loyiha Toshkent shahrining bosh rejasini hisobga olgan holda ishlab chiqilganini ta’kidladi. Yo‘nalish yangi turar-joy binolari va mavzelarini qurish bilan renovatsiya dasturi rejalashtirilgan hududlardan o‘tadi.

Umumiy uzunligi 10,8 km bo‘lgan yangi metro liniyasida kuniga 85 ming yo‘lovchi tashilishi kutilmoqda. Bir tomonga harakatlanish vaqti 17 daqiqani, poyezdlar orasidagi interval esa 6 daqiqa atrofida bo‘ladi.

Brend tarixi: ot laqabiga qo‘yilgan Snickers shirinliklari

0

Snickers shokoladlarining tarixi otlar bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘plab iste’molchilar orasida bu ikki tushunchani umumlashtiruvchi narsa nimada ekan, degan savollar mavjud.

Barchasi 1930-yilga borib taqaladi. Amerikalik Franklin Mars o‘zining shokoladiga Snickers deb nom beradi — u mahsulotga ayoli Etelning sevimli oti laqabini qo‘ygandi.

Shuni aytib o‘tish kerakki, bu shirinlikning yaratishi butunlay yangi g‘oya bo‘lmagan. Boisi, o‘sha paytlarda yong‘oq va shokolad qo‘shilgan shirinliklar savdo rastalarida sotilardi. Masalan, 1913-yilda GooGoo aralashmasi, 1922-yilda “Goldenburgning yong‘oqli saqichlari” yaratilgan.

Snickers shirinligi Mars kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilib, ular Milky Way, M&M’s konfetlari, Skittles kabi mashhur shirinliklarni ham yaratishgan.

Shunga qaramasdan Mars tomonidan ommaga taqdim etilgan yeryong‘oqli shokolad ommalashib ketadi. 2013-yilga kelib bu shirinlik AQShning o‘zida $1 mlrdlik savdoni amalga oshirgan.

 

Snickers tarixining boshlanish nuqtasi

1883-yil Minnesota shtatining Nyuport shahrida Franklin Mars ismli bola dunyoga keladi. Bolaligida Marsda poliomiyelitkasalligi aniqlanib, qo‘ltiqtayoqsiz yura olmay qoladi. Kasalligi sabab tengdoshlari qatori maktabga bora olmay qolgan bolakay, uyida onasiga shirinlik tayyorlashga yordam beradi. Ular shirinliklar tayyorlab sotar, birgalikda kun kechirishardi.

Shundan so‘ng, 1902-yilda Mars qandolatchilikni butun hayoti davomidagi kasbi qilishga qaror qilib, 19 yoshga to‘lganida shirinliklar savdosi sohasida ishlashni boshlaydi. Oradan biroz muddat o‘tib hayot yo‘lini Etel Kissek bilan bog‘laydi.

1904-yilda ularning oilasida o‘g‘il farzand Forrest dunyoga keladi. Aynan u sabab Mars hozirda mavjud bo‘lgan shirinliklar orasidagi batonchiklarni o‘ylab topgandi.

Kunlarning birida u Forrest bilan do‘konga otlanadi, o‘g‘li otasidan shokolad olib berishni so‘raydi. U kezlarda shokolad faqat tarozida sotilgani sabab, xarid qilgandan so‘ng tez iste’mol qilinmasa erib ketardi. Bu odamlar uchun noqulaylik tug‘dirar, ayniqsa, yozning issiq kunlarida — quyoshda tez eriydigan shokoladni iste’mol qilsangiz qo‘llaringiz tez shokoladga “ko‘milib” ketardi.

biznes tarixi, forrest, franklin mars, snickers

Franklin Mars va Etel Kissek. Foto: Pinterest

Shu sabab, 1920-yillarning boshlarida Mars ayoli bilan birgalikda Milky Way shokolad batonchasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydilar. Bu shirinlik 1927−1929-yillarda Amerikadagi eng mashhur shirinlikka aylanadi.

Bu orada, 1928-yilda Marsning o‘g‘li Forrest Yel universitetini tugatgandan so‘ng, Buyuk Britaniyada shaxsiy biznesini boshlash uchun Amerika tashqarisiga jo‘nab ketadi.

Ular bu bilan to‘xtab qolishmaydi — Milky Way’dan keyin Snickers’ni chiqish uch yildan ko‘proq vaqt sarlab, 1930-yilda uni ommaga chiqarishadi. Bu yeryong‘oqli shirinlik tarixining boshlanish nuqtasi bo‘ladi.

Nega aynan Snickers deb nomlangan?

Snickers shirinligiga nom qo‘yish jarayoni ham qiziq kechadi. Mars va Etel Tennessi shtatidagi poyga otlari boqiladigan fermaga egalik ham qilishardi. Frankning ayoli Snikers laqabli otni juda yaxshi ko‘rardi.

Afsuski, ot shokolad bozorga chiqishidan bir necha oy oldin vafot etadi. Er-xotin ko‘p o‘ylamay, o‘zlarining ikkinchi mahsulotini Etelning sevimli oti xotirasiga Snikers deb nomlashadi.

biznes tarixi, forrest, franklin mars, snickersFoto: Snickers

Ot nomi bilan atalgan eng birinchi Snickers-bar Chikagoda ishlab chiqarilgan va 5 sentdan sotilgan.

1990-yilgacha Buyuk Britaniya va Irlandiyada shokolad Marathon nomi bilan, keyinchalik butun dunyo bo‘ylab Snickers nomi ostida sotila boshlangan. Shokoladning eski versiyasi muxlislari Marathon Snickers’ga qaraganda mazaliroq bo‘lganini ta’kidlashadi.

Logotiplarning o‘zgarib borishi

Brendning ilk 1930−1939-yillardagi logotiplari oq to‘rtburchak bo‘lib, uning markazida to‘q sariq rang bo‘lgan. Yuqori va pastki qismidagi oq maydonlarga ko‘k chiziqli harflar bilan Snikers deb yozilgandi. Markaziy qismda esa o‘rovi ustida yotgan shirinlikning tasviri joylashtirilgandi.

1939-yilda ishlab chiqilgan logotipda so‘z belgisi hamda uning chap tomonida yulduz ramzi aks ettirilib, harflari katta va qirrali bo‘lgan. Qora rangdagi nom yozuvi shokoladni eslatuvchi jigarrang hoshiya bilan o‘ralgan.

1968-yilda brend logotipi hozirgiga yaqin ko‘rinishga kela boshlagan. Harflar endi yanada nafis va zamonaviyroq shriftda tasvirlandi, rang palitrasi esa ko‘k rangga o‘zgartirildi. Logotip oq fonda joylashtirilgan bo‘lib, bu uni yorqin va ta’sirchan qilib ko‘rsatgan.

2000-yilda Snickers brendi qizil ramkani qalinlashtirib, birinchi va oxirgi “S” harflarini kattalashtirdi. Boshqa barcha harflar bir xil o‘lchamda bo‘lib, ixcham va qalin ko‘rinishga ega bo‘ldi.

2005-yildagi dizaynda esa logotip ramkasi yupqalashtirib, barcha bosh harflarni bir xil balandlikka qaytariladi. Shrift chiziqlari sayqallandi va zamonaviylashtirildi, harflar esa logotipga hajm va dinamika baxsh etuvchi nozik oq soyaga ega bo‘ldi.

biznes tarixi, forrest, franklin mars, snickersFoto: 1000 Logos

Shirinlikning ommalashishi

Buyuk Britaniyaga o‘z biznesini ochish uchun ketgan Forrest 1932-yilda fabrika qurish uchun bino sotib oladi. Biroz vaqt o‘tgach, u bir nechta xodimni ishga olib, shirinlik ishlab chiqarishni boshlab yuboradi. Bu fabrikada yana bir afsonaviy batoncha — Mars paydo bo‘ldi.

1930-yilda Forrest Mars Uilyam Marri bilan birgalikda M&M kompaniyasini tashkil etib, dunyoga mashhur M&M’s konfetlarini ishlab chiqara boshlaydi.

O‘g‘il o‘z biznesi bilan band bo‘lgan bir paytda otasi Mars 1934-yilda o‘tkir yurak va buyrak yetishmovchiligidan vafot etadi. Bu vaqtga kelib uning biznesi taxminan $30 mln dollar aylanmaga ega bo‘lgan yirik kompaniyaga aylanib ulgurgandi. 1964-yilda ikki M&M va Mars kompaniyalari M&M/Mars nomini ostida birlashadi.

Kompaniyalar birashgandan so‘ng, 1970-yillarda Snickers Munch Bar deb nomlangan Snickers plitkasining yangi versiyasini taqdim etdi. Ushbu yangi plitka sutli shokolad bilan qoplangan Snickers bo‘laklaridan tayyorlangan. Munch Bar katta muvaffaqiyatga erishib, shirinlikning dunyodagi eng yaxshi shokolad plitkalaridan biri sifatidagi mavqeini mustahkamlashga yordam berdi.

biznes tarixi, forrest, franklin mars, snickers

Foto: Yahoo

Undan so‘ng, 1990-yillarda kompaniya muzqaymoq ishqibozlari orasida tezda ommalashgan Snickers Ice Cream Bar’ni taqdim etdi. Ice Cream Bar vanilli muzqaymoq, karamel, yeryong‘oq va sutli shokoladdan tayyorlangan bo‘lib, tezda ommaning sevimlisiga aylanadi.

Forrest ota-onasi tomonidan yaratilgan an’anaviy shirinlik ta’mini saqlab qolgan holda, uni zamonga moslashtirib Snickers’ning yangi turlarini ishlab chiqarishdan to‘xtamaydi. Natijada, 2000-yillarning boshlarida kompaniya Snickers Cruncher’ni taqdim etdi, u qarsildoq guruch sharchalari bilan to‘ldirilgan shokolad plitkasidan iborat bo‘ladi.

Cruncher ta’mi katta muvaffaqiyatga erishib, boshqa yangi mahsulotlar, jumladan, qora shokoladdan yasalgan klassik plitkaning to‘qroq versiyasi bo‘lgan Snickers Dark bilan davom etdi. Snickers Dark’ning paydo bo‘lishi brendga qora shokoladni afzal ko‘radigan iste’molchilarni jalb qilish imkonini berdi.

Bundan tashqari, uni ko‘plab mashhur insonlar reklama qilib chiqishadi. Ulardan biri Rouen Atkinson odamlar orasida “Mister Bin” nomi bilan tanilgan aktyor hisoblanadi.

biznes tarixi, forrest, franklin mars, snickers

Foto: rasmda Rouen Atkinson. Snickers

Snickers marketing strategiyasining muvaffaqiyati sotuvlarning o‘sishi hamda bozorda mahsulot ulushining oshishiga xizmat qiladi. Brend 2023-yilda 13% dan ortiq global o‘sishni boshdan kechirdi. 2010-yildan 2012-yilgacha bozordagi ulushi $376 mlnga yetgandi.

Forrestdan keyin kompaniyaga nima bo‘ldi, ular ham Adidas tarixiga o‘xshab biznesning parchalanishi bilan yakunlanadimi?, 2016-yilga kelib Forrest Mars kopmaniyasini bir oila a’zolariga tegishli bo‘lgan eng yirik xususiy kompaniyaga aylantirdi.

Unga ko‘ra, kompaniya oilaviy mulk bo‘lib qoladi. Bugunga kelib, Mars’ning boshqaruviga uchinchi avlod vakillari, Frank Marsning nabiralari — Jaklin, kichik Forrest va Jon kelishgan.

“Ermak” asoschisi Valijon Solixov tavsiya qilgan 5ta kitob

0

Valijon Solixov mamlakatda birinchilardan bo‘lib qadoqlangan pista va qurt ishlab chiqarishni boshlagan “Ermak” kompaniyasiga asos soldi. Bunga ham mana 30 yildan oshdi. Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha vaqtlarda urug‘ chaqish madaniyatsizlik hisoblanib, ularni qog‘oz xaltachalarda sotishgan, po‘chog‘ini esa yerga tupurishgan yoki tashlashgan. Biroq Valijon Solixov ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga jur’at etib, urug‘larning yangilangan shaklini joriy qildi va bu mahsulot xaridorgir bo‘la boshladi.

Tadbirkor qurt ishlab chiqarishni ham qayta ko‘rib chiqdi. Ilgari bu mahsulot zavod qadoqlamasiga ega bo‘lmagan va sanitariya me’yorlariga mos kelmaydi deb hisoblangan bo‘lsa-da, kompaniya birinchi bo‘lib uni qadoqlab, do‘konlarda sotishni yo‘lga qo‘ydi.

Bugungi kunda korxona barcha yo‘nalishlarda sezilarli darajada o‘sdi: assortimentda ayron, kurtoba, meva sharbatlari, yong‘oq ezmalari, marmelad va boshqa ko‘plab mahsulotlar mavjud. Kompaniya o‘z mahsulotlarini AQSh, Germaniya, Qozog‘iston, Isroil va boshqa mamlakatlarga eksport qilmoqda.

Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi qariyb 40 mln kishiga yetganiga qaramay, malakali mutaxassislar yetishmasligi muammosi jiddiy tus olmoqda. Uning fikricha, buning sabablaridan biri ta’lim va o‘qishga bo‘lgan qiziqishning pasayishidir, chunki bu odatlarsiz mamlakatni samarali rivojlantira oladigan mutaxassislarni tarbiyalash qiyin.

“Yosh avlodda mutolaa va o‘z-o‘zini rivojlantirishga muhabbat uyg‘otishning uddasidan chiqilsa, bu kelajakning yetuk mutaxassislarini shakllantirish uchun asos bo‘ladi. Ammo odamlar nima sababdan bilimga qiziqishini yo‘qotayotganini tushunib, uni o‘zgartirish yo‘llarini topganimizdan keyingina taraqqiyotga yordam beradigan kitoblar haqida gapirish ma’noga ega bo‘ladi”, — deydi Valijon Solixov.

Tadbirkorning fikricha, bolalikdan kitob o‘qishga muhabbat uyg‘otish muhim. Masalan, kuniga 10−15 daqiqadan birgalikdagi mutolaalarni muntazam ravishda o‘tkazish o‘qishga bo‘lgan quntni rivojlantirishga yordam beradi. Yoshligidan kitob o‘qishga o‘rgangan bolalar kitobni o‘z hayotining bir qismi sifatida qabul qiladilar.

Mutolaa va bilimga qiziqish tafakkurning rivojlanishiga yordam beradi, aqlni chiniqtiradi va ilmni yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi. Bunday yondashuv shaxsning barqaror rivojlanishi va mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga hissa qo‘sha oladigan avlodni shakllantirish uchun zamin yaratadi, dedi Valijon.


“Do‘st orttirish va odamlarga taʼsir o‘tkazish xususida”, Deyl Karnegi

Bu kitobga 40 yoshimda, “Ermak»ni endigina ishga tushirayotganimda ro‘para keldim. Ustozim SSSR xalq rassomi Rahim Ahmedovning uyida u kishiga baholash uchun olib kelingan suratni muhokama qildik. Bir payt u menga indamay kitobni uzatdi-da, o‘qib chiqishni taklif qildi. O‘qish davomida ustozim uni menga nima uchun berganini tushundim.

Asar o‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshirishga yordam berib, odamlar bilan samarali muloqot qilish hamda ularga qanday ta’sir ko‘rsatishni o‘rgatadigan maslahatchi bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, do‘stlar topishga, atrofdagilar bilan til topishishga yordam berib, ularni yumshoqlik bilan o‘z nuqtayi nazarlariga ishontiradi. Kitobdagi oddiy va amaliy maslahatlar muloqotni yengillatib, uni muvaffaqiyatliroq, hayotni esa yanada yorqin va uyg‘un qiladi.

Uni o‘qib, ko‘p narsani bilmasligimni tushundim. Maktab, universitetda bizni aniq fanlar va kasb-hunarga o‘rgatishgan, ammo hech kim bizga muloqot qilishni — odamlar bilan qanday gaplashishni, o‘zini qanday tutishni o‘rgatmagan.

Ishontirish qobiliyati biznesda asosiy ko‘nikmadir. Kitob boshlovchi tadbirkorlar uchun ham, tajribaga ega bo‘lganlari uchun ham foydali bo‘ladi. Ayniqsa, rahbarlar o‘z fikrlarini to‘g‘ri bayon eta olishi zarur. Masalan, vazifalarni berayotganda topshiriqni shunday yetkazish kerakki, xodim berilgan talabni tushunib, ularni xatosiz bajarsin.

ermak, kitob tavsiya, kitoblar tavsiyasi, ​valijon solixov


“Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf”, Saida Jo‘rayeva

Mazkur kitob 2002-yil o‘zbek tilida nashr qilingan bo‘lib, uni topish juda qiyin. Unda dunyoning eng mashhur faylasuflari tarjimayi hollari va iqtiboslari jamlangan bo‘lib, bugungi kunda ham dolzarb bo‘lib qolayotgan dono fikrlar jamlangan.

Kitobda xilma-xil va ba’zan bir-biriga zid fikrlarni uchratish mumkin, ammo ularning har biri umumiy manzarani to‘ldirib, o‘ziga xos o‘ringa ega. Muntazam ravishda bu kitobga qaytib, savollarimga javob beradigan va ba’zi narsalarni chuqurroq tushunishga yordam beradigan satrlarni qayta o‘qiyman.

Fikrimcha, biz o‘qigan kitoblarimizni qaytadan mutolaa qilishimiz kerak: odam o‘zgaradi, fikrlashimiz o‘zgaradi, demak, kitobni qabul qilishimiz ham boshqacha bo‘ladi.

O‘ylaymanki, to‘plam yosh avlod uchun ham, katta yoshdagi o‘quvchilar uchun ham foydali bo‘ladi. Undagi g‘oyalar ilhomlantiradi, o‘ylashga majbur qiladi va ko‘p narsalarga yangicha qarashga yordam beradi.

ermak, kitob tavsiya, kitoblar tavsiyasi, ​valijon solixov


“Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi”, Stiven Kovi

Kitob shaxsiy rivojlanish, yetakchilikka fundamental yondashuvni taklif qiluvchi chuqur va ko‘p qirrali asar. Unda yozuvchi “sehrli tabletkalar»ni taklif qilmaydi. Aksincha, u asosiy odatlardan tortib, atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlargacha o‘z ustida ishlashga undaydi.

Muallif mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni, jamoada samarali ishlashni, ishonch va hurmatga sazovor bo‘lishni, shuningdek, karyerada o‘sishga erishishni o‘rgatadi.

Kitobdagi prinsiplar nafaqat ishda, balki shaxsiy hayotda — oila bilan munosabatlarda va bolalar tarbiyasida ham foydali ekan. Ular menga ishonchli munosabatlar o‘rnatish va har qanday hayotiy muammolarni samarali hal qilishda yordam berdi. Kitobning universalligi shundaki, u samarali ishlashga intilayotgan tadbirkorlar uchun ham, oilaviy munosabatlarni yaxshilashni xohlayotgan ota-onalar uchun ham mos keladi.

Motivatsiya shiorlari bilan qiziquvchi o‘zini o‘zi rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab kitoblardan farqli o‘laroq, Kovi qadriyatlarni shakllantirishga teranroq va ongli yondashuvni taklif qiladi. Menga bunday yondashuv juda yoqadi. Ko‘pchilik biznesmenlar o‘z bizneslarini boshlaganda faqat pul haqida o‘ylaydilar, shuning uchun kamdan kam hollarda haqiqiy muvaffaqiyatga erishadilar. Ha, bunday biznes katta aylanmaga ega bo‘lishi mumkin, ammo u ma’nan qashshoq bo‘ladi. Uzoq muddatli istiqbolda o‘z mahsuloti bilan odamlarga foyda keltirishga intilgan odamgina haqiqiy muvaffaqiyatga erishadi.

Bu fikrga darhol kelganim yo‘q. Ammo hozir kompaniyadagi barcha qarorlarni mijozlarimizga qanday foyda keltirishidan kelib chiqib qabul qilamiz.

ermak, kitob tavsiya, kitoblar tavsiyasi, ​valijon solixov


“O‘yla va boy bo‘l (Muvaffaqiyat sari yo‘l nimadan boshlanadi)”, Napoleon Xill

“O‘yla, g‘oliblikka erish, boy bo‘l” — bu, aslida, o‘z-o‘zini takomillashtirish bo‘yicha darslik bo‘lib, u yangicha harakat qilish, fikrlashga ilhomlantiradi. Kitob shuni ko‘rsatadiki, muvaffaqiyat o‘z istaklarini tushunish va fokusni ushlab turish qobiliyatidan boshlanadi.

Kitob qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun nafaqat muayyan harakatlar rejasi, balki intizom ham muhimligini tushunishimga yordam berdi. Xill ishonchning ahamiyati, aniq maqsadlarni qo‘yish va ularga erishish uchun reja ishlab chiqish qanchalik muhimligi haqida gapiradi. Shuningdek, u sizning qarashlaringiz, qadriyatlaringizni baham ko‘radigan to‘g‘ri odamlar bilan qurshalish muhimligini ta’kidlaydi. Kitob men uchun ham ilhom manbaiga aylandi: biznes va shaxsiy hayotimda qo‘llaydigan amaliy g‘oyalarimga asos bo‘ldi. Bu shuni ko‘rsatadiki, muvaffaqiyat tasodif emas, balki maqsad sari intilish va mashaqqatli mehnat natijasidir.

Asar hozirgi yoshlar uchun biroz eskirgandek tuyulishi mumkin, unda ilgari surilgan g‘oyalarning aksariyati allaqachon kundalik muvaffaqiyat falsafasining bir qismiga aylangan, ularning ko‘pchiligini shunga o‘xshash mavzudagi boshqa kitoblarda uchratish mumkin. Shunga qaramay, kitob dolzarb bo‘lib, motivatsion adabiyot qidirayotganlar uchun ajoyib ilhom manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

ermak, kitob tavsiya, kitoblar tavsiyasi, ​valijon solixov


“Asrlar hikmati: insoniyat tarixidagi 1000 ta eng muhim fikr”, Andrey Kolesnik

Kitobda Kolesnik inson tajribasi, falsafasi va donishmandligining asosiy jihatlarini aks ettiruvchi g‘oyalar va aforizmlar jamlanmasini to‘plagan. Bu avlodlar o‘rtasidagi o‘ziga xos ko‘prik bo‘lib, o‘tmishda odamlar dunyoni qanday tushunishganining mohiyatiga nazar tashlash imkonini beradi. Ajablanarlisi shundaki, yuzlab va minglab yillar oldin shakllangan fikrlar hozir ham dolzarb bo‘lib qolmoqda.

Kitobga undagi har bir iqtibos odamni o‘ylantirishi, ta’sirlantirishi bilan taassurot uyg‘otdi. Masalan, “Bitta qaldirg‘och bahorni yaratmaydi” yoki “Tugatilgan ishlar yoqimli” kabi iqtiboslar dunyoga boshqacha qarashga ilhomlantiradi. Har kuni kitobni ochib, fikr tanlash va u haqida mulohaza yuritish mumkin.

Bu hayot, taqdir, axloq, adolat va boshqa ko‘p narsalar haqida ming yillik mulohazalar bo‘yicha o‘ziga xos yo‘lko‘rsatkichdir. Unda qadimgi yunon faylasuflaridan tortib, zamonaviy mutafakkirlargacha bo‘lgan kishilarning fikrlari jamlangan va bularning barchasi turli toifalarga tartiblangan.

Ushbu kitob o‘zini va dunyoni chuqurroq tushunishni, o‘tmish tajribasidan saboq olishni va mutafakkirlarning iqtiboslaridan ilhom olishni xohlovchilar uchun juda mos keladi. Bu fikrlar tahlili emas, balki to‘plam ekanligini hisobga olsak, u mulohaza yuritish uchun fikrning o‘zi yetarli bo‘lganlarga yoqishi mumkin. Axir kimgadir aniq mulohazalarni ko‘proq o‘qish yoqadi va bu narsa did bilan bog‘liq.