Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda milliy qayta sug‘urta kompaniyasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda milliy qayta sug‘urta kompaniyasi tashkil etiladi

Uning ustav kapitali 300 mlrd so‘mni tashkil etib, uning yarmi ILMA, qolgan qismi esa xususiy investorlarga tegishli bo‘ladi.

23-may kuni prezident tomonidan qabul qilingan qaror bilan O‘zbekistonda milliy qayta sug‘urta tashkilotini tashkil etish belgilandi.

Hujjat bilan qayta sug‘urta tizimini 2025-yilda takomillashtirish uchun bozor hajmini 4 trln so‘mga yetkazish, xizmatlar eksportini kamida 30% ga, qayta sug‘urta sohasiga jalb qilinadigan investitsiyalar hajmini esa 150 mlrd so‘mgacha oshirish belgilanmoqda.

Mamlakatda aksiyadorlik jamiyati shaklida O‘zbekiston qayta sug‘urta kompaniyasi tashkil qilinib, kompaniya qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda qayta sug‘urta faoliyatini amalga oshiradi

Kompaniya xorijiy va mahalliy investorlarning mamlakat iqtisodiyotiga kiritadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va portfel investitsiyalarining hamda investitsiya loyihalari bo‘yicha tavakkalchiliklarning kompleks qayta sug‘urta himoyasini ta’minlaydi.

Shuningdek, uning faoliyat yo‘nalishiga xorijiy mamlakatlarning sug‘urta va qayta sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik qilish va qayta sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish kiradi.

Kompaniyaning ustav kapitali 300 mlrd so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda shakllantiriladi, uning 50%ini davlat ulushi, qolgan qismini esa xususiy investorlar ulushi tashkil etadi.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi kompaniyadagi davlat ulushi bo‘yicha aksiyador funksiyasini amalga oshiradi. Agentlik o‘z mablag‘lari hisobidan kompaniya ustav kapitalidagi davlat ulushining 5%ini bir oy ichida, qolgan qismini choraklik teng ulushlarda bir yil davomida kiritishi kerak.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi kompaniyaning sug‘urta majburiyatlari bo‘yicha hukumat nomidan ustav kapitalining shakllantirilmagan qismiga kafil hisoblanadi.

ILMA vazirlik bilan birgalikda ikki oy ichida kompaniya faoliyatini tashkil etish masalalariga oid hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilandi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...