Bosh sahifa Blog Sahifa 154

IT bo‘yicha eng yaxshi 5 ta kitob

0

Ushbu to‘plam Bash qobiq dasturini o‘rganishni boshlayotganlar va turli darajaga ega bo‘lgan mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi.

“Bash va kiberxavfsizlik”, Pol Tronkon va Karl Albing

Mazkur kitob kompyuter xavfsizligi kontekstida buyruq qatori bilan ishlashni o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan.

Mualliflarning maqsadi mavjud vositalarni buyruq qatori skriptlari bilan almashtirish emas, balki mavjud funksiyalarni yaxshilash uchun buyruq satridan qanday samarali foydalanishni o‘rgatishdir.

Kitobda ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va kirish testi kabi xavfsizlik amaliyotlariga misollar keltirilgan.

Ushbu misollarning maqsadi buyruq qatori imkoniyatlarini namoyish qilish va yuqori darajadagi vositalarda qo‘llaniladigan ba’zi asosiy texnikalar bilan tanishtirish hisoblanadi.

Bash cho‘ntak qo‘llanmasi”, Arnold Robbins

Mac OS X, Linux va boshqa Unix-ga o‘xshash tizimlar bilan chuqur o‘zaro aloqada bo‘lishni istasaganlar, Bash qobig‘i bilan qanday ishlashni bilishi kerak.

Ushbu kitobda Bash haqida bilish kerak bo‘lgan hamma ma’lumotlar berilgan.

Ushbu kitob “Linux Reference Guide»ning davomidir. Ushbu kitob Bash qobig‘iga o‘rnatilgan buyruqlarning uzoq va qisqacha tavsifini taqdim etadi.

O‘rnatilgan buyruqlar, o‘zgaruvchilar, funksiyalar, massivlar ko‘rib chiqiladi. Parametrlar va argumentlar bilan buyruqlardan foydalanish ko‘plab misollarda muhokama qilinadi.

Kitob Linux bo‘yicha professional bilimlarini oshirishni xohlaydigan va o‘z skriptlarini yozish orqali buyruq satri orqali vazifalarni avtomatlashtirishga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.

“Bash oshpazlik kitobi”, Karl Albing, JP Vossen

Ushbu kitobda har qanday Unix yoki Linux tizimining quvvatidan foydalanish va sozlash imkonini beruvchi mashhur Unix qobigi bo‘lgan Bash’dan foydalanish uchun 300 dan ortiq amaliy retseptlar mavjud.

Yangi va tajribali foydalanuvchilar, jumladan ilg‘or “Windows” foydalanuvchilari va tizim ma’murlari uchun ideal bo‘lgan ushbu yangilangan ikkinchi nashr sizga keng ko‘lamli muammolarni hal qilishga yordam beradi.

O‘quvchi kiritish-chiqarishni, fayllarni boshqarish, dasturlarni bajarish, ma’muriy vazifalarni bajarish va boshqalarni o‘rganadi. Har bir retsept bir yoki bir nechta misol ssenariylarini va yechim nima uchun ishlashining tavsifini o‘z ichiga oladi.

“Bash bilan Linux Shell skriptlari”, Ken O. Bertch

Ushbu yangi boshlanuvchilar uchun qo‘llanma Bash yordamida Linux qobig‘i skriptlarini yozish asoslarini, jumladan skript yaratish va ishga tushirish, chiziqlar va tsikllar bilan ishlashni o‘z ichiga oladi.

Kitob qobiq bilan bog‘liq bo‘lgan Linux muhitiga va mustahkam Linux asboblar to‘plamiga qaratilgan.

O‘qish oson, kengaytiriladigan va disk raskadrovka oson bo‘lgan haqiqiy skriptlar kiritilgan. Ushbu kitob har qanday Linux foydalanuvchisi uchun foydali hisoblanadi.

O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatiga ruxsat berilishi mumkin

0

Shavkat Mirziyoyev ommaviy va professional futbolni rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, Yoshlar siyosati va sport, raqamli texnologiyalar, Iqtisodiyot va moliya vazirliklari, shuningdek, Adliya vazirligi hamda Futbol assosiasiyasi vakillaridan iborat maxsus ishchi guruh tuziladi.

Ishchi guruhga ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib futbolni moliyalashtirishni kengaytirish maqsadida 2023-yil oxirigacha bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish topshirildi.

2019-yilning dekabr oyida prezident o‘zbek futbolini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi xuddi shunday hujjatni imzolagan bo‘lib, unda 2021-yilning 1-yanvaridan boshlab bukmekerlik faoliyati qonuniylashtirlishi ma’lum qilingnadi.

Bukmekerlik faoliyati uchun litsenziyalar Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan berilishi belgilangan edi. (keyinchalik uning vazifalari Moliya vazirligiga o‘tkazildi). Bundan tashqari, 2021-yilning kuziga qadar davlat idoralari bukmekerlik faoliyatini tartibga solishning huquqiy asoslarini tayyorlashi kerak edi.

Biroq o‘tgan yilning aprel oyida bu normalarning barchasi prezident farmoni bilan bekor qilingandi.

O‘zbekistonda 2007-yildan buyon rasman bukmekerlar faoliyati taqiqlangan. Ammo rasmiylar ta’kidlaganidek, mahalliy qimorbozlar chet elga sayohat qilishadi yoki xorijiy platformalar orqali pul tikishadi.

Platformlara orqali pul tikishga qiziqish 2020 yilgi karantin paytida ortdi. Xorijiy idoralar talabni payqab, O‘zbekistondan tariflarni qabul qilishni norasmiy tashkil qildi. Bundan tashqari, firmalarining oflayn vositachilari paydo bo‘ldi.

Xorijiy bukmekerlar O‘zbekiston bozorini istiqbolli deb baholadi. Mamlakatda bir nechta kompaniyalar ochilishga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi.

Masalan, 2021-yil may oyida Fonbet Toshkentda kadrlar yollanishini e’lon qildi, avgust oyida esa savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazdi.

«Nol – sehrli raqam»: Bill Geytsdan eng yorqin iboralar

0

1994 yilda 9,35 mlrd dollar boylik bilan eng boy tadbirkorlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda joylashgan Bill Geyts qatorasiga 14 yil bu o‘rinni tark etmadi. Bir yildan so‘ng uning Microsoft kompaniyasi kompyuterlar olamida inqilob yasagan Windows 95 operatsion tizimini ishlab chiqdi.

Uzoq yillar davomida monopoliya yaratishda ayblanib kelgan Geyts xayriya ishlari bilan shug‘ullanish uchun allaqachon Microsoft boshqaruvidan ketgan. U bugunga qadar milliardlab dollar mablag‘ni xayriya maqsadlarida sarflagan. Forbes Bill Geytsning eng yorqin iboralarini yodga oldi.

Dastlab ish boshlagan paytimizda Pol Allen va men har bir stol va har bir uyda kompyuter bo‘lishi lozim degan maqsadni oldimizga qo‘ygandik. Bu g‘oyamizdan ko‘pchilikning ensasi qotgandi. Bugungi kunda kompyuterlar hayotimizdan qanchalik chuqur joy olganini ko‘rib, bu inqilobda Microsoft o‘ynagan roldan faxrlanamiz.

Agarda bioterrorizm va yana ayrim og‘ishlarni hisobga olmasa, innovatsiyalar juda yaxshi narsa. Innovatsiyalar insonlar hayotini yaxshilaydi. Afsuski, bu texnologiyalar odamlarga biz istaganimizdan ko‘ra sekinroq yetib boryapti.

Semizlik, diabet, Alsgeymer kasalligi — biz hali yecha olmagan ko‘plab muammolar bor. Ilg‘or dasturiy ta’minot va sun’iy ong bizga biologiyani tushunishga, tabiatga qanday aralashish mumkinligini aniqlashga va insonlar hayotini yanada yaxshilashga yordam beradi deb o‘ylayapman.

Sun’iy ong mehnat bozorini o‘zgartiradi – ammo bozor iqtisodiyotida hamisha katta o‘zgarishlar yuz beradi. Innovatsiyalarni joriy etishni cheklash yaxshi qaror emas.

Kompyuter yordamida ko‘plab ishlarni amalga oshirish mumkin. Unda faqat o‘yin o‘ynash yaxshi ish emas. Bu sizning bor salohiyatingizni ochishga yordam bermaydi.

Men 20-30 yoshimda juda o‘jar va sabrsiz edim. Hozir ham bundan qutulganman deb aytolmayman. Ammo bu xususiyatlardan me’yorida foydalanishni o‘rgandim deb umid qilaman.

Mustaqil o‘qib-o‘rganish yaxshi, chunki siz o‘zingizdagi ishonchni oshirasiz va ichingizda: «Men ancha yaxshi bilaman. Buni o‘qituvchilardan ko‘ra yaxshiroq bilaman. Endi keyingi bosqichga o‘tishga urinib ko‘raman, balki bu yanada yaxshi bo‘lar» deb o‘ylaysiz. Bu ayniqsa kompyuterlar borasida muhim. Dasturingiz nosoz, buni dasturni ishga tushirayotgan paytingizda anglaysiz. Bu vaziyatda tuzatishlar kiritasiz va uni yana ishga tushirasiz.

Yoshlik davringda nimadadir boshqalardan yaxshiroq bo‘lish juda yaxshi. Men esa ikki narsada: o‘qish va matematikada yaxshiroq edim. Ammo kompyuterlar meni hamma narsadan ham ko‘proq jalb etgan.

Men kechayu kunduz dasturlar tuzar va hamkasblarimga: «Biz bu ishni bir necha oyda tugatishga va’da berganmiz – va’damizni bajarishimiz shart» derdim.

Biz bitta yaxshi mahsulot bilan cheklanib qolishni istamasdik. Biz ko‘proq odamlarni ishga olish va butun boshli mahsulotlar to‘plamini yaratishni istardik.

Biz uchun asosiysi har doim eng aqlli odamlarni ishga olish bo‘lgan. Bu yerda boshqacha bo‘lishi mumkin ham emas. Dunyodagi 95% odam dasturiy ta’minot tuza olmaydi.

Biz reteylda xatolarga yo‘l qo‘ydik va bu xatolardan xulosa chiqardik. Biz ba’zi davlatlarda agentlarni yolladik, aslida ularsiz ishlagan yaxshi. O‘z kadrlaringga ega bo‘lgan yaxshiroq. Agar jiddiy kompaniya bo‘lishni xohlasangiz, uzoq muddatli strategiyaga amal qiling. O‘zingiz ishlamoqchi bo‘lgan mamlakatlarda o‘z odamlaringizni qo‘ying va ular tez pul topish ortidan yugurishga emas, uzoq vaqt birga ishlashga tayyor ekanliklariga ishonch hosil qiling. Biz buni juda tez anglab yetdik.

Men 10 mlrd dollar soliq to‘ladim – buncha miqdordagi soliqni hech kim to‘lamagan. Ammo davlat menga o‘xshagan kishilardan soliqni bundan ham ko‘proq olishi kerak.

Nol — bu sehrli raqam. Siz dunyodagi o‘limlar soni nolga tushishi uchun barcha narsani amalga oshirasiz va bundan faxrlanib yurasiz yoki har doim nolga qaytib, taslim bo‘lasiz, dastlabki nuqtada qotib, nufuzingiz, kuchingiz, pullaringizni yo‘qotasiz.

TEAM universiteti hammuassisi Hikmat Abdurahmonov tavsiya qilgan 5 ta kitob

0

Hikmat Abdurahmonov o‘zining sevimli badiiy va biznes adabiyoti asarlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Manba”, Ayn Rand

Randning “Atlas yelka qisdi” asarini hamma biladi, men uchun muallifning birinchi kitobi “Manba” edi va men uni 20 yoshimda AQShda olganman.

Unda muvofiqlik bilan kurashayotgan, o‘z uslubi va qarashlariga sodiq qolishga harakat qiladigan me’morning ijodiy yo‘li tasvirlangan.

Men uni izlanishda bo‘lgan, shaxsiy rivojlanish va jamiyatdagi stereotiplarga qarshilik mavzusiga qiziqqan har bir kishiga o‘qishni tavsiya qilaman.

“Bombardimonchi mafiya”, Malkolm Gladuell

Ko‘pchilik Malkolm Gladuellni “Daholar va begonalar” kitobidan biladi, lekin men uning “Bombardimonchi mafiya” nomli yangi kitobini tavsiya qilmoqchiman.

Kitob hozir, dunyoning notinch bir paytida dolzarbdir. Unda yangi texnologiyalarni joriy etish mas’uliyati, ongli qarorlar qabul qilish qanchalik muhimligi haqida hikoya qilinadi.

“Olmos aravasi”, Boris Akunin

Hikmat Abdurahmonov Akuninni oldin o‘qiganini, ammo Yuriy Dud va Guriev bilan suhbatdan so‘ng jahon siyosati va tarixi haqidagi qarashlar hamda fikrlarga qiziqib qolganini ta’kidlaydi.

“Men “Olmos aravasi»ni o‘qishga qaror qildim — bu tarixiy izlanish va detektiv hikoyaning ajoyib aralashmasi”, — deydi tadbrikor.

Kitob ikki jilddan iborat. Birinchisi, “Ninachi tutuvchi” deb nomlanib, unda o‘quvchi ikkita personajni kuzatib boradi: yaxshi (temiryo‘l xodimi Fandorin) va yomon (yapon super josusi Ribnikov). Ular 1905 yilgi rus-yapon urushi va inqilobdan oldingi tartibsizliklar fonida bir-biridan yashirincha harakat qilishadi.

Ikkinchi kitob esa “Chiziqlar o‘rtasida” deb nomlanib, Fandorinning 1878-yilda Yaponiyadagi sarguzashtlari, uning samuraylar va ninziyalar bilan qurolsiz to‘qnashuvlari, kurtizankaga bo‘lgan muhabbati va “Qotillar va o‘g‘rilar — Budda tomonidan tanlangan omadlilar” mavzusidagi ma’ruzalarni tinglashi haqida hikoya qiladi.

“BE 2.0”, Jim Kollinz

Muallif afsonaviy ishbilarmonlar, menejerlar o‘zlarini qayta kashf etishga to‘g‘ri kelganda ularning yangilanishlari haqida hikoya qiladi.

Kollinz buni amalga oshirish uchun yuzlab kompaniyalar va shaxslarni o‘rganib chiqdi hamda kitobda o‘z topilmalari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘qish jarayonida men ushbu kitobda o‘zim uchun juda ko‘p foydali narsalarni ko‘rdim. 41 yoshimda men ham nima ustida ishlashni, bundan keyin qanday rivojlanishni o‘ylayman.

Masalan, men 3-kurslar uchun xalqaro biznes strategiyalari va tadbirkorlik tafakkuri fanlaridan dars beraman. Bizning biznesdagi yo‘nalishlarimiz ham o‘zgarib, ko‘proq savdodan xizmatga o‘tmoqda.

“Universitet egalari uchun qo‘llanma”, Genri Rozovskiy

Hech kimga sir emaski, oxirgi uch yil davomida men universitetlar mavzusiga qiziqib qoldim. Bu kitob menga tavsiya etilgan va men uni o‘qishga muvaffaq bo‘lganimdan juda xursandman.

Muallif u bilan muloqotda bo‘lgan talabadan tortib, rektorgacha bo‘lgan har bir kishini universitet egasi deb biladi.

Uni Garvard universiteti dekani Genri Rozovskiy yozgan. Dunyodagi eng yaxshi universitetlardan birining hayoti va faoliyatiga oid juda qiziqarli ma’lumotlar berilgan.

Baxtli tasodif tufayli, ushbu kitobni o‘qish chog‘ida men ushbu universitet hayotini bevosita ko‘rish, Garvard ta’lim maktabi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldim.

Men “TEAM” universiteti uchun yorqin taassurotlar va tajribalarni qabul qilishga harakat qildim. Uni ta’lim mavzusiga qiziquvchilar uchun foydali deb hisoblayman.

O’z biznesini yo’lga qo’yishga muvaffaq bo’lgan tadbirkor Ulug‘bek Xojiahmedov

0

Ulug‘bek Xojiahmedov ilk bor o‘zini biznes sohasida 90-yillarda Istanbuldagi Marmara universitetida o‘qiganida sinab ko‘rgan. Uch yil davomida Rossiyaga bolalar kiyimlari yetkazib berish bilan shug‘ullangan. Shuningdek, “LC Waikiki”, “Disneyland”, “Jordache Kids”, “Cembalo” kabi brendlar bilan ishlagan.

Ulug‘bek AQShning “Willamette” universitetida magistratura yo‘nalishini tamomlaganidan so‘ng darhol biznes konsalting bo‘yicha o‘zining birinchi mijozini topishga muvaffaq bo‘lgan.

2003-yilda tadbirkor o‘zining konsalting firmasini ochish g‘oyasi bilan O‘zbekistonga qaytib keldi va bir vaqtning o‘zida o‘z biznesini rivojlantirish uchun investitsiya kompaniyasida ishlagan.

Ulug‘bek “Compass Consulting” kompaniyasini 2007-yilda ochgan. U kompaniyalar, korporatsiyalar va shaxsiy brendlarni jahon darajasiga olib chiqish, ular uchun strategiyani ishlab chiqish va rivojlanish tizimini ishlab chiqishda yordam beradi.

2023−2024 yillarda O‘zbekiston iqtisodiyoti qanday o‘zgaradi?

0

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston iqtisodiyotining 2023−2024 yillarga oid prognozini taqdim etdi.

Unga ko‘ra, mamlakat yalpi ichki mahsuloti har ikki yilda ham 5%ga o‘sishi prognoz qilinmoqda.

Xatarlar Rossiyaga qarshi davom etayotgan sanksiyalar va ularning O‘zbekiston eksportiga bo‘lgan tashqi talabga qanday ta’sir qilishi bo‘yicha qolmoqda.

“O‘zbekiston iqtisodiyotni tez tiklash va rivojlantirish bo‘yicha dadil hamda ishonchli qadamlar tashladi. 2021-yilda pandemiyadan so‘ng o‘sish sekinlashgan bo‘lsa-da, u barqarorlikni ko‘rsatdi va kuchli bo‘lib qoldi”, — dedi OTBning O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori vazifasini bajaruvchi Enriko Pinali.

Xususan, sanoat 2023 va 2024-yillarda 5,5%ga o‘sishi kutilmoqda.

To‘qimachilik, oziq-ovqat, tog‘-kon sanoatida uglevodorodlarga bo‘lgan talabning o‘sishi va tashqi, asosan, Rossiyadan kiyim-kechak va qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlariga kuchli talabga javoban kamtarona tiklanish kuzatilmoqda.

Shu bilan birga, oziq-ovqat va uy-joy, omborxona va transport xizmatlariga talab pasayganligi sababli xizmatlarning o‘sishi har ikki yilda 5,5% gacha kamayishi, xususiy iste’mol va investitsiyalarning o‘sishi mo‘tadil bo‘lishi kutilmoqda.

Kutilmalar qatorida inflyatsiya bosimining davom etishi ham bor. Bu qisman amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar va ijtimoiy xarajatlarning ortishi bilan bog‘liq.

Biroq, pul-kredit siyosati qattiqligicha qolayotganligi sababli o‘rtacha inflyatsiya 2023-yilda 11%ga, 2024-yilda esa 10%ga tushishi kutilmoqda.

Oziq-ovqat inflyatsiyasini jilovlash uchun hukumat iste’mol qilinadigan yog‘lar, parranda go‘shti, bug‘doy, un va guruchga import bojidan ozod qilishni yil oxirigacha uzaytirdi.

Ijtimoiy himoya, ta’lim va sog‘liqni saqlashga kutilayotgan yuqori xarajatlar budjet taqchilligini qo‘llab-quvvatlaydi.

Oltin zaxiralarining ko‘payishi hisobiga 2023 va 2024-yillarda yalpi valyuta zaxiralari $37 mlrd.gacha oshishi kutilmoqda. Har ikki yilda keng pul mablag‘lari 25% ga o‘sishi prognoz qilinmoqda.

Hisobotda qayd etilishicha, aholi soni yiliga 2%ga o‘sayotgan O‘zbekistonda ko‘proq umumta’lim maktablari va yaxshi ta’lim zarur.

O‘rta ta’lim, kasb-hunar maktablari 2022-yilda ta’limga davlat xarajatlarining qariyb 72,3%ini o‘zlashtirdi.

Maktabga qabul qilishni yana 1,2 mln o‘quvchiga oshirish uchun hukumat taxminan 1961 ta maktab qurishi yoki ikki smenali darslarga ruxsat berish uchun o‘quv kunini qisqartirishi kerak.

Hisobotda o‘rta ta’lim sifati tashvishga solayotgani qayd etilgan. O‘zbekiston o‘rta maktab ta’limi sifatini qiyosiy baholash uchun hali ham xalqaro talabalarni baholash dasturini o‘tkazishi kerak.

Mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish uchun ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lgan malakali ishchi kuchiga ehtiyoj borligi ta’kidlanmoqda.

Avvalroq Markaziy bank asosiy stavkani 1% bandga pasaytirib, yillik 15%dan 14% darajasida belgilagandi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahliliga ko‘ra, asosiy stavkaning 1% bandga tushirilishi natijasida iqtisodiy ko‘rsatkichlar va kredit hajmi o‘sadi.