Foydali manbalarKutubxonaTEAM universiteti hammuassisi Hikmat Abdurahmonov tavsiya qilgan 5 ta kitob

TEAM universiteti hammuassisi Hikmat Abdurahmonov tavsiya qilgan 5 ta kitob

Hikmat Abdurahmonov o‘zining sevimli badiiy va biznes adabiyoti asarlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Manba”, Ayn Rand

Randning “Atlas yelka qisdi” asarini hamma biladi, men uchun muallifning birinchi kitobi “Manba” edi va men uni 20 yoshimda AQShda olganman.

Unda muvofiqlik bilan kurashayotgan, o‘z uslubi va qarashlariga sodiq qolishga harakat qiladigan me’morning ijodiy yo‘li tasvirlangan.

Men uni izlanishda bo‘lgan, shaxsiy rivojlanish va jamiyatdagi stereotiplarga qarshilik mavzusiga qiziqqan har bir kishiga o‘qishni tavsiya qilaman.

“Bombardimonchi mafiya”, Malkolm Gladuell

Ko‘pchilik Malkolm Gladuellni “Daholar va begonalar” kitobidan biladi, lekin men uning “Bombardimonchi mafiya” nomli yangi kitobini tavsiya qilmoqchiman.

Kitob hozir, dunyoning notinch bir paytida dolzarbdir. Unda yangi texnologiyalarni joriy etish mas’uliyati, ongli qarorlar qabul qilish qanchalik muhimligi haqida hikoya qilinadi.

“Olmos aravasi”, Boris Akunin

Hikmat Abdurahmonov Akuninni oldin o‘qiganini, ammo Yuriy Dud va Guriev bilan suhbatdan so‘ng jahon siyosati va tarixi haqidagi qarashlar hamda fikrlarga qiziqib qolganini ta’kidlaydi.

“Men “Olmos aravasi»ni o‘qishga qaror qildim — bu tarixiy izlanish va detektiv hikoyaning ajoyib aralashmasi”, — deydi tadbrikor.

Kitob ikki jilddan iborat. Birinchisi, “Ninachi tutuvchi” deb nomlanib, unda o‘quvchi ikkita personajni kuzatib boradi: yaxshi (temiryo‘l xodimi Fandorin) va yomon (yapon super josusi Ribnikov). Ular 1905 yilgi rus-yapon urushi va inqilobdan oldingi tartibsizliklar fonida bir-biridan yashirincha harakat qilishadi.

Ikkinchi kitob esa “Chiziqlar o‘rtasida” deb nomlanib, Fandorinning 1878-yilda Yaponiyadagi sarguzashtlari, uning samuraylar va ninziyalar bilan qurolsiz to‘qnashuvlari, kurtizankaga bo‘lgan muhabbati va “Qotillar va o‘g‘rilar — Budda tomonidan tanlangan omadlilar” mavzusidagi ma’ruzalarni tinglashi haqida hikoya qiladi.

“BE 2.0”, Jim Kollinz

Muallif afsonaviy ishbilarmonlar, menejerlar o‘zlarini qayta kashf etishga to‘g‘ri kelganda ularning yangilanishlari haqida hikoya qiladi.

Kollinz buni amalga oshirish uchun yuzlab kompaniyalar va shaxslarni o‘rganib chiqdi hamda kitobda o‘z topilmalari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘qish jarayonida men ushbu kitobda o‘zim uchun juda ko‘p foydali narsalarni ko‘rdim. 41 yoshimda men ham nima ustida ishlashni, bundan keyin qanday rivojlanishni o‘ylayman.

Masalan, men 3-kurslar uchun xalqaro biznes strategiyalari va tadbirkorlik tafakkuri fanlaridan dars beraman. Bizning biznesdagi yo‘nalishlarimiz ham o‘zgarib, ko‘proq savdodan xizmatga o‘tmoqda.

“Universitet egalari uchun qo‘llanma”, Genri Rozovskiy

Hech kimga sir emaski, oxirgi uch yil davomida men universitetlar mavzusiga qiziqib qoldim. Bu kitob menga tavsiya etilgan va men uni o‘qishga muvaffaq bo‘lganimdan juda xursandman.

Muallif u bilan muloqotda bo‘lgan talabadan tortib, rektorgacha bo‘lgan har bir kishini universitet egasi deb biladi.

Uni Garvard universiteti dekani Genri Rozovskiy yozgan. Dunyodagi eng yaxshi universitetlardan birining hayoti va faoliyatiga oid juda qiziqarli ma’lumotlar berilgan.

Baxtli tasodif tufayli, ushbu kitobni o‘qish chog‘ida men ushbu universitet hayotini bevosita ko‘rish, Garvard ta’lim maktabi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldim.

Men “TEAM” universiteti uchun yorqin taassurotlar va tajribalarni qabul qilishga harakat qildim. Uni ta’lim mavzusiga qiziquvchilar uchun foydali deb hisoblayman.

Foydali manbalar

So‘nggi kitoblar

Bill Geytsdan qishki ta’tilda o‘qish uchun 4ta kitob va birinchisi

Microsoft asoschisi o‘z blogida yangi yil bayramida mutolaa qilish uchun o‘zi o‘qigan kitoblari ro‘yxatini taqdim etdi. “Microsoft” kompaniyasi asoschisi Bill Geyts o‘z blogida 2024-yilda o‘qigan...

Yil yakuni: tadbirkorlar tomonidan tavsiya etilgan kitoblar

Ro‘yxatga badiiy adabiyotlar, avtobiografiyalar va shaxsiy o‘sish hamda biznesni rivojlantirishga oid kitoblar kiritilgan. Yil davomida tadbirkorlar va top-menejerlar o‘zlarining shaxsiy hayot va bizneslariga ta’sir ko‘rsatgan hamda sevib o‘qiydigan...

Profi University asoschisi Bektosh Hatamov tavsiya qilgan 5ta kitob

Tadbirkor muvaffaqiyatga erishish, biznesni tizimlashtirish va yaxshi odatlarni shakllantirishga yordam beruvchi kitoblar haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi. Bektosh Hatamov Samarqandda tavallud topgan. O‘z faoliyatini 2006-yilda repetitorlikdan boshlagan tadbirkor...