LoyihalarBiznes motivatsiya«Nol – sehrli raqam»: Bill Geytsdan eng yorqin iboralar

«Nol – sehrli raqam»: Bill Geytsdan eng yorqin iboralar

1994 yilda 9,35 mlrd dollar boylik bilan eng boy tadbirkorlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda joylashgan Bill Geyts qatorasiga 14 yil bu o‘rinni tark etmadi. Bir yildan so‘ng uning Microsoft kompaniyasi kompyuterlar olamida inqilob yasagan Windows 95 operatsion tizimini ishlab chiqdi.

Uzoq yillar davomida monopoliya yaratishda ayblanib kelgan Geyts xayriya ishlari bilan shug‘ullanish uchun allaqachon Microsoft boshqaruvidan ketgan. U bugunga qadar milliardlab dollar mablag‘ni xayriya maqsadlarida sarflagan. Forbes Bill Geytsning eng yorqin iboralarini yodga oldi.

Dastlab ish boshlagan paytimizda Pol Allen va men har bir stol va har bir uyda kompyuter bo‘lishi lozim degan maqsadni oldimizga qo‘ygandik. Bu g‘oyamizdan ko‘pchilikning ensasi qotgandi. Bugungi kunda kompyuterlar hayotimizdan qanchalik chuqur joy olganini ko‘rib, bu inqilobda Microsoft o‘ynagan roldan faxrlanamiz.

Agarda bioterrorizm va yana ayrim og‘ishlarni hisobga olmasa, innovatsiyalar juda yaxshi narsa. Innovatsiyalar insonlar hayotini yaxshilaydi. Afsuski, bu texnologiyalar odamlarga biz istaganimizdan ko‘ra sekinroq yetib boryapti.

Semizlik, diabet, Alsgeymer kasalligi — biz hali yecha olmagan ko‘plab muammolar bor. Ilg‘or dasturiy ta’minot va sun’iy ong bizga biologiyani tushunishga, tabiatga qanday aralashish mumkinligini aniqlashga va insonlar hayotini yanada yaxshilashga yordam beradi deb o‘ylayapman.

Sun’iy ong mehnat bozorini o‘zgartiradi – ammo bozor iqtisodiyotida hamisha katta o‘zgarishlar yuz beradi. Innovatsiyalarni joriy etishni cheklash yaxshi qaror emas.

Kompyuter yordamida ko‘plab ishlarni amalga oshirish mumkin. Unda faqat o‘yin o‘ynash yaxshi ish emas. Bu sizning bor salohiyatingizni ochishga yordam bermaydi.

Men 20-30 yoshimda juda o‘jar va sabrsiz edim. Hozir ham bundan qutulganman deb aytolmayman. Ammo bu xususiyatlardan me’yorida foydalanishni o‘rgandim deb umid qilaman.

Mustaqil o‘qib-o‘rganish yaxshi, chunki siz o‘zingizdagi ishonchni oshirasiz va ichingizda: «Men ancha yaxshi bilaman. Buni o‘qituvchilardan ko‘ra yaxshiroq bilaman. Endi keyingi bosqichga o‘tishga urinib ko‘raman, balki bu yanada yaxshi bo‘lar» deb o‘ylaysiz. Bu ayniqsa kompyuterlar borasida muhim. Dasturingiz nosoz, buni dasturni ishga tushirayotgan paytingizda anglaysiz. Bu vaziyatda tuzatishlar kiritasiz va uni yana ishga tushirasiz.

Yoshlik davringda nimadadir boshqalardan yaxshiroq bo‘lish juda yaxshi. Men esa ikki narsada: o‘qish va matematikada yaxshiroq edim. Ammo kompyuterlar meni hamma narsadan ham ko‘proq jalb etgan.

Men kechayu kunduz dasturlar tuzar va hamkasblarimga: «Biz bu ishni bir necha oyda tugatishga va’da berganmiz – va’damizni bajarishimiz shart» derdim.

Biz bitta yaxshi mahsulot bilan cheklanib qolishni istamasdik. Biz ko‘proq odamlarni ishga olish va butun boshli mahsulotlar to‘plamini yaratishni istardik.

Biz uchun asosiysi har doim eng aqlli odamlarni ishga olish bo‘lgan. Bu yerda boshqacha bo‘lishi mumkin ham emas. Dunyodagi 95% odam dasturiy ta’minot tuza olmaydi.

Biz reteylda xatolarga yo‘l qo‘ydik va bu xatolardan xulosa chiqardik. Biz ba’zi davlatlarda agentlarni yolladik, aslida ularsiz ishlagan yaxshi. O‘z kadrlaringga ega bo‘lgan yaxshiroq. Agar jiddiy kompaniya bo‘lishni xohlasangiz, uzoq muddatli strategiyaga amal qiling. O‘zingiz ishlamoqchi bo‘lgan mamlakatlarda o‘z odamlaringizni qo‘ying va ular tez pul topish ortidan yugurishga emas, uzoq vaqt birga ishlashga tayyor ekanliklariga ishonch hosil qiling. Biz buni juda tez anglab yetdik.

Men 10 mlrd dollar soliq to‘ladim – buncha miqdordagi soliqni hech kim to‘lamagan. Ammo davlat menga o‘xshagan kishilardan soliqni bundan ham ko‘proq olishi kerak.

Nol — bu sehrli raqam. Siz dunyodagi o‘limlar soni nolga tushishi uchun barcha narsani amalga oshirasiz va bundan faxrlanib yurasiz yoki har doim nolga qaytib, taslim bo‘lasiz, dastlabki nuqtada qotib, nufuzingiz, kuchingiz, pullaringizni yo‘qotasiz.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro...

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Dronlar yordamida iqtisodiy...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...