Bosh sahifa Blog Sahifa 129

2024-yilda qanday biznes ochish mumkin: 6ta biznes g‘oya

0
Shot of a group of programmers working together on a computer code at night

Dezinfeksiya biznesi

Kompaniyaning oylik daromadi mavsumga qarab o‘rtacha $7,5−10 mingni tashkil qiladi. Yozda, zararkunandalar ko‘payish davrining eng yuqori cho‘qqisida buyurtmalar ko‘payadi va daromad $10 mingdan oshishi mumkin.

Xarajatlar:

Obyekt Mablag‘ (dollarda)
MChJ ochish hamda muhr va shtamplarga ega bo‘lish 50
Binoni sanitariya me’yorlari va talablariga mos keladigan tarzda ta’mirlash va jihozlash 6 000
Ish uchun uskunalarni sotib olish 2 500 har 2 yilda
Bino ijarasi oyiga 450
Shaxsiy himoya vositalari va xo‘jalik jihozlarini sotib olish oyiga 150
Professional dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya uchun kimyoviy moddalarni sotib olish oyiga 1 200
Maosh jamg‘armasi oyiga 2 800
Soliq xarajatlari oyiga 800
Reklama oyiga 500

biznes g‘oya


Internet-do‘kon

Dastlabki bosqichda quyidagi kadrlar kerak bo‘ladi:

  1. Dasturchilar — ularni ishga yollagan holda yoki autsors orqali ishlasa ham bo‘ladi.
  2. Kontent menedjer. Bu juda muhim pozitsiya, chunki aynan u mahsulotni saytga joylash ishini amalga oshiradi.
  3. Marketolog. U sizning mehnatingizni yuzaga chiqarib beradi.
  4. Savdo bo‘limi (operatorlar). Savdoning sifati aynan ularga bog‘liq bo‘ladi.
  5. Buxgalter hamda logistika bo‘yicha mutaxassis.

Xarajatlar:

Obyekt

Miqdor (dollarda)

Saytni yaratish

$2000-$25000

Mahsulot

$10000 dan

Mahsulotni qadoqlash

$300 dan

Xodimlar ish haqi

har bir xodim uchun o‘rtacha $400 dan

Joy ijarasi

$500 dan

biznes g‘oya


Pastilalar va mevali chipslar ishlab chiqarish

Hozir korxonaning bir oylik aylanmasi 60 mln so‘m bo‘lib, shundan 20−30 mln sof foyda, marja 50 foizni tashkil etadi. Kuniga 300 dona pastila va 2−3 kg mevali chipslar ishlab chiqaramiz. Pastilalarni bitta o‘ramining narxi 14 ming so‘m, chipslar esa 18 ming so‘m.

Xarajatlar:

Obyekt Miqdor (dollarda)
Binoni ijaraga olish 200
Joyni ta’mirlash 1000
Mebel 500
Uskunalar (quritish mashinalari, muzlatgichlar, blender, slayserlar, pech) 3000
Xodimlarning ish haqi 1000
Kommunal to’lovlar 300
Targ’ib qilish, reklama 100
Mahsulot uchun materiallar 1000 dan boshlanadi

biznes g‘oya


Qahvaxona

Qahvaxonani reklama qilish alohida byudjet talab qiladi. Loyihaning bozorda e’tiborga tushishi uchun to‘g‘ri keladigan agentlik topish kerak. Bu arzon ish emas, oyiga taxminan 6 mln so‘m talab qilinadi.

Xarajatlar:

Obyekt Miqdor (somda)
Texnika (qahva mashinalari, qahva maydalagich va h.k) 40 000 000 dan
Mebel 20 000 000 dan
Birinchi xarid (oziq-ovqat, idish-tovoq va b.) 15−20 000 000 dan
Ta’mirlash 60−80 000 000 dan
Bino ijarasi Oyiga 7 000 000 dan

biznes g‘oya


Kovorking-markaz

O‘rtacha hisobda uch yil ichida foydaga chiqish mumkin. Oyiga $1000dan daromad olish mumkin.

Kovorking markazining muvaffaqiyati bir qator omillarga bog‘liq:

  • to‘g‘ri joyni tanlash;
  • katta miqdorda moliyaviy investitsiya qilishga tayyorlik;
  • aholi o‘rtasida bunday joylarda ishlash madaniyatini shakllantirish;
  • biznes modelini ishlab chiqish.

Xarajatlar:

Obyekt Summa (AQSh dollarida)
Binolarni ijaraga olish 1kv metri $15−30
Bir martalik reklama kampaniyasi $1000dan $5000gacha
Targ‘ib $500−800
Tadbirlarni tashkil etish $1500−3000
Jihozlar $20 mingdan
Interyer yaratish $20 mingdan
Uskunalar (televizorlar, ekranlar, ovoz uskunalari va boshqalar) $40 mingdan
Jamoani shakllantirish $2,5 mingdan
Kommunal xarajatlar $1000−1500dan

biznes g‘oya


Event-agentligi

O‘rtacha oylik daromad oyiga $1000-$2000dan boshlanadi (mavsumiga qarab). Loyihaning o‘zini qoplash muddati kamida bir yilni tashkil etadi. Mashhurlikka erishish uchun eng yaxshi reklama — bu “sarafan radiosi”.

Xarajatlar:

Obyekt Summa (AQSh dollarida)
Binoni ijaraga olish $700dan
Bino ta’miri $6000dan
Jihozlar $4000dan
Ofis uskunalari $3000dan
Xodimlar ish haqi $300−500
Kommunal xarajatlar $250−300
Reklama $1500dan

biznes g‘oya

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan yosh tadbirkor Sohibjamol Kattayeva

0

Sohibjamol Kattayeva Surxandaryo viloyati Termiz shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. Qalampir.uz saytida faoliyat yuritgan.

Asosiy mutaxassisligi jurnalistika bo‘lishiga qaramasdan, Sohibjamol kitobga bo‘lgan mehri va qiziqishi tufayli noshirlik yo‘lidan davom etadi. 2021-yil 5-aprelda “Factor books” nashriyotiga, 5 oydan so‘ng 5-sentabr kuni kitob do‘koniga asos solgan.

Biznesning yaratilishi

Universitetning 2-bosqichda o‘qib yurgan paytlarimda “Jamiyat” ijtimoit-siyosiy gazetasida amaliyotchi bo‘lib ish o‘rganganman. Shuningdek, maktabdagi biologiya jurnalida ham mas’ul kotib, ham korrektor va dizayner sifatida faoliyat olib borganman. Bu jarayon men uchun juda katta tajriba maydoni bo‘lgan.

Nashriyot ochish g‘oyasi ilgaridan bor bo‘lgan, lekin tasavvurimda bu juda ham murakkab jarayondek ko‘rinardi. Magistraturaga Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Matbaa bo‘limiga o‘qishga kirganimdan so‘ng, bu yerda nashriyot va bosmaxonalar faoliyati haqida yana ham ko‘proq bilim va tushunchalarga ega bo‘ldim. Ustozim bilan birgalikda bosmaxonada dizayner bo‘lib ish boshlaganman.

U yerda orttirgan tajribalarim asosida, rahbarga xususiy nashriyot ochish taklifini berganman. Buni uddalay olishim, jurnalistika sohasida tahsil olganim va kitoblarni saralay olishimni aytganman. Ular taklifimni qo‘llab-quvvatlashgan. Oldindan mavjud bo‘lgan tashkilotni qayta ro‘yxatdan o‘tkazib berishgan.

“Factor books” raqamlarda

Boshlang‘ich xarajatlar. Ochig‘ini aytsam, boshlanishiga hech qancha mablag‘ sarflamaganmiz. Chunki, biz ustozim bilan bosmaxonada faoliyat yuritardik. Nashriyot sifatida bor bo‘lish uchun 2−3 ta kompyuter va mutaxassislar, nashrga tayyorlangan kitobni bosib beradigan bosmaxona bo‘lsa yetarli aslida.

Buyurtmalar. Aslini olganda kitob savdosi ham mavsumiy hisoblanadi. Misol uchun, talabalar va maktab o‘quvchilarining o‘quv jarayonlari jadallashgan bir paytda kitob sotib olish ham ancha jonlanadi. Bizning kitob do‘konimizda kitoblar buyurtmasi asosan Instagram ijtimoiy tarmog‘imiz va Telegram kanalimiz orqali qabul qilinadi.

Savdo mavsumi yaxshi bo‘lgan paytlari kuniga 20 tadan 30 tagacha buyurtmalar qabul qilamiz. Bu albatta biz e’lon qilgan chegirmalar bilan ham bog‘liq.

Shuningdek, har oyda universitetlar rahbariyati bilan hamkorlikda kitob yarmarkalari ham o‘tkazib turamiz. Bu ham savdo darajasini oshishida bizga katta yordam bera oladi.

Xarajatlar

Biz ilk do‘kon sifatida Novza metrosi yonidagi binoda o‘z faoliyatimizni boshlaganmiz. U joy markazda joylashgani va hajm jihatdan kattaligi sabab, ijara narxi biroz qimmatroq edi, oyiga $1200 to‘lar edik. Sotilishi munosabati bilan hozirgi binoga ko‘chdik.

Bu joy oldingisiga qaraganda kichikroq, 84 metr kvadratni tashkil etadi va ijarasi ham shunga yarasha 7 mln so‘mni tashkil qiladi.

Do‘kondagi kitob javonlarini tayyorlatish uchun esa 20 mln so‘m sarflaganmiz.

Reklama. Marketing va reklama uchun ko‘p mablag‘ sarflanmaydi. Asosan ichki imkoniyatlarimizdan kengroq va ko‘proq foydalanishga, mutaxassislarning eng yaxshilarini topishga harakat qilamiz. Instagram va Telegram platformalarining algoritmlaridan kelib chiqqan holda, bizni kuzatayotgan kitobxonlar qanaqa kontentni xohlashi asosida oyma-oy tahlil qilib, materiallar tayyorlaymiz.

Bu o‘zining ijobiy natijasini berib kelmoqda va Facebook, Instagram va Telegramda umumiy 40 mingdan ortiq kuzatuvchilarga egamiz.

Xatolar va xulosalar

Odatda o‘zimga va qiziqishlarimga asoslanib izlanganim, sohaga oid bilimlarni egallamaganim mening xatom deb bilaman. Barcha ishlarni o‘z yo‘nalishining mutaxassislariga ishonib topshirganman, ammo, orada qator kamchiliklarga duch kelganmiz.

Shuningdek, boshqaruv bilan bog‘liq masalalarda ham kamchiliklarim bor, ya’ni ko‘ngilchanligim, erkin jamoaviy muhit yaratishga bo‘lgan yuqori darajadagi ishtiyoqim sababli ish jarayonida biroz anglashilmovchiliklarga olib kelardi. Men xodimlarim bilan rahbar sifatida emas, hamkasb sifatida ish olib borish prinsipini tanlaganman, tushunib yetdimki, biroz nazorat ham kerak ekan.

biznes g'oya, intervyu, kitob do'koni, tadbirkorlikFoto: Spot

Raqobatchilar va talab haqida

Mamlakatimizda nashriyot va kitob do‘konlari ochish tizimi yildan-yilga yangilanayotgani sari ularning soni oshib bormoqda. Buning barobarida kitob turlari ham rivojlanmoqda. Bu albatta quvonarli, chunki yangidan-yangi kitob nashriyotlari va do‘konlariga talab yuqori ekanligini ko‘rishimiz mumkin.

Va mana shu kitob do‘konlari o‘zining qadriyatlari, imkoniyatlari, tashkil qilingan vaqti va tajribasi bilan bir-biridan ajralib turadi. Ular o‘zlarida bor barcha imkoniyatlardan foydalanib, o‘quvchi e’tiborini qozonishga muvaffaq bo‘lmoqda. Kitob o‘qish va sotib olish insonlarning kundalik ehtiyojiga aylanib bormoqda.

Maslahatlar. Avvalo, kitob do‘koni ochish niyatida bo‘lgan har bir inson uning shaklini, ya’ni onlayn shakldami yoki oflayn — tanlab olishi kerak. Agar oflayn shaklda ochadigan bo‘lsa, birinchi navbatda qaysi lokatsiyada ochish masalasini ko‘rib chiqishi kerak.
Albatta, aholi, talabalar va o‘quvchilar gavjum bo‘lgan manzildan joy tanlash kerak.

Lekin, buni ham o‘ziga yarasha moliyaviy qiyinchiliklari bor, ya’ni moliyaviy jihatlari — ijara narxlarini ham e’tiborga olish kerak. Shu bilan birga, do‘kon ochishdan oldin shu sohaga oid iqtisodiy va huquqiy bilimlarni ham o‘zlashtirish kerak.

Rejalar. Noshirlik ishi mening eng katta orzularimdan biri, shu bilan bir qatorda, O‘zbekistonda ta’lim bilan bog‘liq jarayonlarda ham ishtirok etishga harakat qilaman. Xususiy maktab va bog‘cha, universitetlar ochishni reja qilganman. Buning uchun o‘z ustimda tinimsiz ishlashga harakat qilaman.

O‘zbekiston IT sohasining bozor hajmi milliard dollarga yaqinlashmoqda

0

Qozog‘istonning ommabop «Infozakon» elektron nashrida O‘zbekistonda IT-industriyasining rivojlanishiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Unda ta’kidlanganidek, bugungi kunda O‘zbekiston AKT sohasini rivojlantirish yo‘lida ishonchli qadamlar tashlamoqda.

«Bugungi kunda «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasi doirasida respublika oldida ulkan vazifalar turibdi. IT sohasining asosiy vazifasi tegishli xizmatlar eksporti hajmini yiliga besh milliard dollarga yetkazishdir. Shu maqsadlarda xorijiy kompaniyalarni jalb etish va malakali kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda, maxsus davlat dasturlari, shuningdek, IT kompaniyalar uchun imtiyoz va preferensiyalar yo‘lga qo‘yilmoqda», deb ta’kidlangan materialda.

Nashrda xabar qilinishicha, mazkur jabhada 100 000 dan ortiq odam ishlaydi va bozor hajmi milliard dollarga yaqinlashmoqda. Yil oxiriga qadar IT xizmatlari eksporti hajmi 300 million dollarga yetishi kutilmoqda.

«Mamlakat bo‘ylab o‘n mingdan ortiq maktab yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlangan. English speaking nation va IT-nation loyihalari doirasida raqamli ta’lim ekotizimi shakllantirildi. Bu esa bolalarga maktabdan boshlab sohaga kirish imkonini bermoqda», – deb yozgan «Infozakon».

Madina Umurzoqova qanday qilib $100 bilan Toshkentda event-agentligini tashkil etgan?

0

Madina Wedding asoschisi cho‘ntagidagi $100 bilan o‘z biznesini qanday ochgani, biznes-reja namunasi qanday ko‘rinishda bo‘lishi va sohada faoliyat boshlash istagida bo‘lganlar uchun o‘z maslahatlarini Spot bilan o‘rtoqlashdi.

E’tibor bering: maqolada keltirilgan barcha ma’lumotlar faqat tanishish uchun berilgan. Raqamlar taxminiydir va individual holatga qarab farq qilishi mumkin.


Qanday qilib noldan shaxsiy agentlik ochish mumkin, event-biznesini yo‘lga qo‘yish uchun qancha mablag‘ zarur va qancha vaqtda u o‘zini qoplay oladi — “Spot” bu savollarga javoblarni “Madina Wedding” asoschisi Madina Umurzoqova bilan birgalikda ko‘rib chiqadi.

Hammasi qanday boshlangan?

Bugun butun hayotim to‘ylarni tashkillashtirish bilan o‘tayotgandek his qilaman, lekin doim ham bunday bo‘lmagan. O‘zlikni anglash va megapolis haqidagi orzular kelajagimni oldindan belgilab bergan. 1999-yili Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutini tamomlaganimdan so‘ng, AQShga ketishga qaror qilganman.

Afsuski, Amerika haqidagi ertaklar aldamchi bo‘lib chiqdi, ya’ni u yerda har bir inson rejalarini tubdan o‘zgartirib yuboradigan hayotni boshdan kechiradi.
2000-yilda otamdan ayrilgach, qisqa vaqtga ona yurtimga qaytib keldim, keyin vaziyat men uchun yomon tomonga o‘zgardi: 11-sentabr voqealari, AQShga kirishga cheklovlar, kelishmovchiliklar va deportatsiyaning noaniqligi oxir-oqibatda men uchun ortga — xorijga qaytish yo‘llarini yopgandi.
Oldinda nimalar bo‘lishini va nima bilan shug‘ullanishni bilmasdim, lekin bitta narsani aniq bilardim — men o‘zim uchun ishlayman. Samarqandda yana biroz bo‘lganimdan so‘ng, Toshkentga ko‘chib o‘tishni o‘yladim.

 

Poytaxtda turli lavozimlarda, jumladan, marketologdan mehmonxona xodimigacha faoliyat yuritdim. So‘ngra, 2002-yilda biznes tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan konsalting kompaniyasiga ishga joylashdim. Ushbu kompaniyadagi bir yarim yillik tajribam menga 2005-yilda doimiy hamkor mijozim Nodir Rasulev bilan birgalikda “Mercury Service” agentligini ochishga zamin yaratdi. Hozirgi kunda ham mazkur agentlikning hammuassisiman.

Oradan bir yil o‘tgach, mahalliy qiz bilan oila qurmoqchi bo’lgan nemis yigitining to‘yini o‘tkazish taklifi tushdi. Katta ishtiyoq va yuqori qiziqish bilan, homiladorlikning sakkizinchi oyida men uning taklifiga rozi bo‘ldim. Tadbir konsepsiyasini tushungan holda, qanday rejalashtirish kerakligini bilardim.

Keyin bilsam, to‘y kuni dekorativlar taqdim etadigan xizmatlar rejalashtirilmagan, guldastalar bilan bog‘liq muammolar, ovqatlanish esa tadbir boshlanganidan bir soat o‘tgach tugagan. Yaxshiyamki, yangi turmush qurganlarning sevgisi barcha xato va kamchiliklarga soya solib qo‘ydi. Bu voqeadan keyin men bir narsani angladim: hech qachon bunday mas’uliyatni o‘z zimmamga olmayman. Ammo u paytda bunday bo‘lmadi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha kuni tashkillashtiruvchilar taqdim etilayotgan xizmatlarga beparvolik bilan qarashgan — guldasta bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lgan, keytering tadbir boshlanganidan taxminan bir soat o‘tgach tugab qolgan.

Kiritilgan investitsiyalar va foydaga chiqish

Kulguli tuyukishi mumkin, ammo men bu biznesimni cho‘ntagimdagi atigi $100 bilan boshlaganman (2008-yili). Biz hozirda joylashgan binolarni ijaraga olish taxminan $700-$800ga to‘g‘ri kelardi. Ammo, eng boshida bu pulni qayerdan olishni bilmasdim, lekin, muvaffaqiyatli rivojlanish, mehmonlarni qabul qilish uchun shaxsiy ofisim kerakligi aniq edi.

Shu sababdan, ijarachiga pulni uch oyga kechiktirishni taklif qildim, bu vaqt ichida esa oyoqqa turib olishim kerak edi. Bundan tashqari, ofis uchun jihozlar sotib olish va interyerini yaratishimiz zarur edi, chunki xona devorlari bo‘m-bo‘sh bo‘lgan.

O‘zbekistonda yil sayin nikohlar soni ortib bormoqda, shunga mos ravishda to‘y-hashamlarga bo‘lgan talab ham muttasil ko‘paymoqda. Afsuski, bu biznesning asosiy kamchiligi — mavsumiylikdir. Misol uchun, bahor, yoz va kuz faslining sentabr oylari eng faol davrlar hisoblanadi, qishda esa aksariyat hollarda kamchilikni tashkil etadi. Xizmat ko‘rsatishning o‘rtacha narxini hisoblash qiyin, chunki u to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘ylarning tarkibiy qismidagi xizmatlarga bog‘liq.

O‘rtacha oylik daromad oyiga $1000-$2000dan boshlanadi (mavsumiga qarab). Loyihaning o‘zini qoplash muddati kamida bir yilni tashkil etadi. Avvaliga, doimiy daromad yo‘qligiga qaramay, vaqt o‘tishi bilan jamoa katta hajmdagi loyihalar bilan ishladi, keyin esa biznes barqaror daromad olishni boshladi.

Hozirda to‘y va tadbirlarni tashkillashtiruvchi agentlik ochish uchun taxminiy hisob-kitob quyidagicha bo‘ladi:

Obyekt Summa (AQSh dollarida)
Binoni ijaraga olish $700dan
Bino ta’miri $6000dan
Jihozlar $4000dan
Ofis uskunalari $3000dan
Xodimlar ish haqi $300−500
Kommunal xarajatlar $250−300
Reklama $1500dan

Budjet va uni to‘g‘ri taqsimlash

15 yil davomida 1500dan ortiq to‘ylarni tashkillashtirdik va agar taklif qilingan tadbirlarning barcha spektrini oladigan bo‘lsak, bu ko‘rsatkich 3000dan oshadi. To‘y tadbirlari turli ko‘rinishda o‘tkazilishi mumkin, shuning uchun ham budjetga mehmonlar soni, tadbir konsepsiyasi va turmush qurayotgan yoshlarning xohish-istaklari ta’sir qiladi.

Biz har doim budjetni aniqlaymiz, chunki uni to‘g‘ri taqsimlash juda muhim. Shunga asoslanib, belgilangan mablag‘ga mos joy, pudratchi va konsepsiyani tanlaymiz. Doimo yoshlar baxti uchun hamma narsani amalga oshirish tamoyiliga amal qilamiz.

Marketing va reklama. Hozirda marketingga hech qanday pul sarflamaymiz. Bizning “Instagram” sahifamizni xodimimiz yuritadi, chunki muhitni his qilgan odamgina uning mazmun-mohiyatini yetkaza oladi. Odatda barcha vizual kontentlarni telefonimda suratga olaman va bunga professionallarning fotosuratlarini ham qo‘shamiz. Mashhurlikka erishish uchun eng yaxshi reklama — bu “sarafan radiosi”.

Raqobat va muvaffaqiyat sirlari. Bugungi kunda har ikkinchi odam o‘zini, to‘y tashkillashtiruvchisi bo‘la olaman deb hisoblaydi. Afsuski, to‘yni yaxshi o‘tkazish uchun musiqachilarni topish va bir nechta kichik masalalarni tartibga solish kifoya, degan fikr albatta noto‘g‘ri. Tashkilotning birinchi ishi ro‘yxatdan o‘tish bilan boshlanib, asal oyi bilan tugaydi.

Bu sohada o‘rganilishi kerak bo‘lgan jihatlar talaygina. Tashkilotchi dastlabki daqiqalardanoq mijozni, tadbir muhitini his qilishi, bo‘lib o‘tadigan barcha voqealarni ikki-uch qadam oldindan ko‘ra olishi, unda doimo B, hatto C rejalari ham tayyor turishi kerak.

Bular bilan bir qatorda, ahil jamoa, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish qobiliyati va stressga chidamlilik ham odamlar bilan ishlashishda muvaffaqiyatga erishish uchun eng zarur komponentlar hisoblanadi. Masalan, to‘ylardan birida kelin-kuyov ketishidan besh daqiqa avval elektr ta’minotida texnik nosozliklar yuzaga kelgan.Zalda jonli shamlar va ansambl ohanglari romantik muhit yaratdi, bu paytda esa bizning pudratchimiz butun shahar bo‘ylab 300 metr kabel izlash bilan ovvora edi.

Ayni paytda jamoam 5 kishidan iborat, ularning har biriga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Boshlanishida faqat o‘zim faoliyat yuritdim, so‘ngra “Mercury Service” agentligidan bir necha yigitlar menga yordamga kelishgan.

Biz barcha ishlarning yarmini, ya’ni, dizayn va bezaklar, yorug‘lik, ovoz, to‘y tortini yaratish, musiqachilar, suratkash va videograflarni taklif qilishni autsorsing qilamiz. Shu bilan birga, hech qachon to‘ylarda tajriba o‘tkazmaymiz. Masalan, agar fotograf yollasak, men dastlab uni to‘y syomkasining beksteyjiga qo‘yaman va fotoxizmat uchun unga o‘z hisobimdan to‘layman.

Qiyinchiliklar va xatolar

Tashkilotchilik faoliyatida katta va muhim tadbirlardan keyin hissiy charchoq va ilhom yetishmasligi jiddiy holat sanaladi. Bizning ishimizdagi eng katta qiyinchilik, nazarimda, mijozlarning salbiy fikrlashi va agentlikka nisbatan ishonchning yo‘qligidir. Shubhasiz, barcha tashkiliy jihatlarni bekam-u ko‘st amalga oshirish va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash uchun har gal bor kuchimni ishga solaman.

Albatta, ba’zida kichik ko‘ngilsiz hodisalar ham bo‘lib turadi. Masalan, shirinlikning tushib ketishi va bezaklar qulashi, lekin, har doim bunday vaziyatlardan chiqish yo‘lini tezda topganmiz.

Faoliyatimiz davomida asosiy xatomiz boshqa yo‘nalishda ishlash ya’ni, enagalar va uy xodimlarini tanlashni yo‘lga qo‘yish bo‘lgan. Amaliyot shuni ko‘rsatdiki, to‘ydan so‘ng, yangi turmush qurganlar, odatda enaga yoki uy xizmatchisi uchun bizga kelishadi. Biz barcha nomzodlarni sinchkovlik bilan tanladik, biroq ayrim xodimlarimizning insofsizligi keyinchalik butun agentlik reputatsiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Shu tariqa, bu foydasiz biznesni tezda yopishga qaror qildik.

Har qanday biznesni sizga qanchalik zarurligini to‘liq anglagan holda boshlashingiz kerak. Karantin davrida jonli efir orqali o‘z tajribam bilan o‘rtoqlashishdan xursand bo‘ldim va o‘z agentligini ochmoqchi bo‘lgan qizlarni butun ish jarayoni bilan tanishtirishga tayyorman.

Qanday ro‘yxatdan o‘tish kerak

Biznesni yuridik ro‘yxatdan o‘tkazishda dastlab soliq idorasida ro‘yxatdan o‘tiladi. Har bitta faoliyatni rasmiy shaklda olib borish, har qanday vaziyatda ham tadbirkor foydasiga ishlaydi. Agentlikni tashkil etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:

  • bankdan hisob raqamini ochtirish;
  • hokimiyatda korxona guvohnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • muhr va rekvizit shtamplarini yaratish.

2024 yilning davlat budjeti tasdiqlandi

0

“2024 yil uchun O‘zbekiston davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

2024 yil uchun O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlar tartibga solindi.

Ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik milliy va davlat dasturlariga ajratiladigan grant mablag‘larining belgilangan miqdorlari qonunga o‘zgartish kiritilmasdan ko‘paytiriladi.

O‘zbekiston budjet tizimi budjetlarining 6 oylik ijrosi yakunlari bo‘yicha daromadlari prognozi bajarilmagan va joriy moliya yilining oxiriga qadar ularning kelib tushishi uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lmagan hollarda:

  • respublika budjeti umumiy xarajatlarining 3 va undan ortiq foizi miqdoridagi xarajatlarni qisqartirish Oliy Majlis palatalari tomonidan;
  • 3 foizdan kam miqdordagi xarajatlarni qisqartirish Vazirlar Mahkamasi qarori asosida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qog‘ozlarining cheklangan sof hajmi 25 trln so‘m miqdorida belgilandi.

2024 yil uchun O‘zbekiston konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 4 foizi miqdorida belgilandi.

Qonunga ko‘ra, soliqlarning quyidagi turlari tumanlar va shaharlar budjetlariga to‘liq hajmda o‘tkaziladi:

  • jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i;
  • jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
  • mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaga asosan jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan, shuningdek YaTTlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan soliq mustasno;
  • noruda qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq.

Qonun 2024 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.

Xotin-qizlarni hunarmandchilikka o‘rgatish xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan moliyalashtiriladi

0

Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlar faolligini oshirishga qaratilgan prezident qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan, boshqaruv xodimlari orasidagi xotin-qizlarning ulushini 2030-yilgacha 30%ga yetkazish talabi davlat korxonalarining ijro organlari, direktorlar kengashi va kuzatuv kengashlarining tarkibini shakllantirishda ham tatbiq etiladi.

2024-yilning 1-fevralidan kasanachilik va hunarmandchilik yo‘nalishida yangi ish boshlayotgan xotin-qizlar uchun tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish, takomillashtirish hamda ularga uslubiy yordam berish maqsadida kasb-hunarga o‘qitish kurslari tashkil etiladi.

Bunda kurslar ta’lim tashkilotlarida tajribali kasanachi va hunarmandlarni jalb etgan holda amalga oshiriladi. Kasb-hunarga o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida moliyalashtiriladi.

Bunda ta’lim tashkilotlarida kasb-hunarga o‘qitilgan har bir bitiruvchi xotin-qiz uchun sarflangan o‘qitish xarajatlarining 70%i, biroq BHMning 5 barobaridan (1,7 mln so‘m) oshmagan qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.

Shuningdek, xotin-qizlar.uz platformasi negizida “Band bo‘lmagan xotin-qizlar” moduli yaratilib, vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga integratsiya qilinadi.

Kelasi yilning 1-martigacha “Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi” bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘rtasida o‘tkaziladigan ochiq tanlovlarda ishtirokchilarni baholash imkonini beruvchi elektron dasturiy ta’minot ishlab chiqiladi. Mazkur tanlov 2025-yildan har yili o‘tkaziladi.

Ishsiz xotin-qizlar zamonaviy milliy liboslarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish maqsadida tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng bino va inshootning dastlabki 3 oylik ijara to‘lovi 2024-yildan BHMning 10 baravarigacha (3,4 mln so‘m) miqdorda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi.

Kelasi yildan xotin-qizlarning haq to‘lanadigan jamoat ishlari asosida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida ish yurituvchi bo‘lib ishlashiga 11 oygacha muddatga ruxsat etiladi.

Tashkilot (ish beruvchi) tomonidan ish o‘rinlari zaxiraga qo‘yiladigan ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar toifalariga oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik natijasida jabrlanganlar ham kiritiladi.