“Elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–15-son, 10.01.2024-y.) qabul qilindi
📊 Qarorga koʻra, 2024-2025-yillar uchun elektrotexnika tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha asosiy maqsadli koʻrsatkichlar belgilandi. Unda quyidagilar nazarda tutilgan:
🔹misni qayta ishlash quvvatini 2024-yilda 140 ming va 2025-yilda 160 ming tonnaga yetkazish;
🔹mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 2024-yilda 30,8 trillion soʻmgacha va 2025-yilda 38 trillion soʻmgacha oshirish;
🔹mahsulotlar eksport hajmini 2024-yilda 1,5 milliard AQSH dollari va 2025-yilda 2 millard AQSH dollari miqdorida taʼminlash.
🏦 Elektrotexnika sanoatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 2024-2026-yillarda tijorat banklariga, ularning buyurtmasiga asosan 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga, yillik 5 foiz stavkada 100 mln AQSH dollari miqdorida kredit liniyasi ochiladi.
Bunda banklar tomonidan tadbirkorlarga 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga yillik 7 foiz stavkada (shundan 2 foiz bank marjasi) kreditlar ajratiladi.
🗓 2027-yil 1-yanvargacha elektrotexnika mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumi miqdori umumiy tushumining 80 foizidan kam boʻlmagan elektrotexnika tarmogʻi korxonalariga foyda soligʻi va mol-mulk soligʻi boʻyicha stavkalar 50 foizga kamaytiriladi.
🔰 2024-yil 1-apreldan davlat xaridlari doirasida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etganda ularga nisbatan import tovarlarining DDP (Oʻzbekiston) narxidan quyidagi miqdorlarda narx preferensiyasi beriladi:
➖3 ta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz;
➖2 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz;
➖1 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz.
📝 Qaror bilan shuningdek, 2024-yil 1-fevraldan Oʻzbekistonga olib kirishda ularning sifati, xavfsizligi va servis kafolatini taʼminlaydigan ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili yoki rasmiy dilerlari mavjud boʻlishi talab qilinadigan mahsulotlar roʻyxati tasdiqlandi.
Bred o‘z kompaniyasini qayta tuzishdek murakkab jarayonda yetarlicha yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etayotgan ajoyib sotuvlar bo‘limi boshlig‘ini ishdan bo‘shatishga doir qaror qabul qildi. Uch oy o‘tsa hamki Bred bu haqida unga xabar qila olmadi. Men buning sababiga qiziqdim. U «Men lapashangman!» deya javob berdi.
Bred — moliyaviy kompaniyada SeO va shubhasiz, lapashang emas. U barcha kabi inson, shu bois strategik muhim qaror qabul qilish vaqtida qiyinchiliklar bilan to‘qnashadi.
Yoshingiz, kasbingiz yoki mavqeingiz qanday bo‘lmasin, muhim ishni bajarish uchun murakkab suhbatlar olib borish, kishilarni mas’uliyat va amaliy xatti-harakatlarga chorlashingizga to‘g‘ri keladi. Qo‘yilgan vazifalarni uddalash uchun kishilarda ishonch uyg‘otuvchi, o‘z ortidan ergashtira oluvchi va umumiy muvaffaqiyat uchun o‘zini yuz foiz ishga bag‘ishlovchi jozibali inson qiyofasini yaratish zarur.
Oliy toifali rahbarlarni tayyorlovchi Bregman Partners kompaniyasining bosh direktori Piter Bregman HBR’da muvaffaqiyatli rahbarlarga xos bo‘lgan to‘rt sifat haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi.
Samarali faoliyat yurituvchi rahbar bo‘lish uchun siz o‘zingizga ishongan bo‘lishingiz, boshqalar bilan aloqa o‘rnatishingiz, maqsadga erishishga o‘zingizni bag‘ishlashingiz va emotsional dadillikni namoyish qilishingiz kerak bo‘ladi. Aksariyat bularning faqat birinigina namoyish qilishning uddasidan chiqadi, kamdan-kam holatlarda – ikkitasini. Biroq boshqalarga ta’sir o‘tkazish va ularni amaliy qadamlarga chorlash uchun to‘rttalasini ham mukammal egallashingiz zarur.
O‘zingizga bo‘lgan ishonch. Bred bu borada muammoga duch kelgan, bu ajablanarli bo‘lishi mumkin, zero u juda muvaffaqiyatli karera qurgan. Biroq bu ancha keng tarqalgan holat. U shijoat bilan ishlagan, lekin uning mehnatsevarligi o‘z xususiyatlariga bo‘lgan qandaydir ishonchsizlikdan kelib chiqqan. Shu bois Bred o‘zini namoyon etib, atrofdagilarning maqtoviga sazovor bo‘lmoqchi bo‘lgan. Salohiyatli muvaffaqiyatsizlik qarshisida uni iroda tark etgan. Shu bilan birga, u muvaffaqiyatsizlikka uchraganida o‘zini ayamagan. Biroq u kim bo‘lmoqchiligiga doir aniq tasavvurga ega bo‘lgan va shu yo‘nalishda mehnat qilgan, o‘z energiyasini strategik va oqilona taqsimlab, ortiqcha chalg‘ituvchi omillarga e’tibor bermagan.
Atrofdagilar bilan munosabatlar. Bu Bredning eng ustuvor jihati. Barcha xodimlar uni yaxshi ko‘rishgan, u doim o‘z jamoasidagilar uchun qayg‘urgan. Odamlar hatto nuqtai nazarlari turlicha bo‘lgan masalalarda ham uning ishonchini his qilishar edi. Xodimlar uning odamlar va vazifalarga nisbatan qiziquvchanligini yuksak qadrlashardi va tezkor xulosalar qilmagani uchun undan minnatdor bo‘lishardi. Shunga qaramay, hatto bu masalada ham unda o‘sish uchun salohiyat bor edi: u o‘z xodimlari bilan har doim ham ochiq suhbatlashmas va murakkab suhbatlarni orqaga surishga moyil edi.
Maqsadga sodiqlik. Bunga har xil yondashish mumkin. Bir tomondan, Bred kompaniya o‘sishi uchun qabul qilinishi kerak bo‘lgan qarorni aniq tasavvur qilgan: u ishning dastlabki bosqichlarida odamlarni jarayonga jalb qilgan, takliflar uchun ochiq bo‘lgan va doim yordam so‘rab murojaat qilishga tayyor bo‘lgan. Boshqa tomondan, u ko‘p masalalarda beqaror bo‘lgan: ishlarni rivojlantirishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar bilan bo‘lishmagan, asosiy narsalarni e’tibordan qochirmaslik va barchasini nazorat ostida ushlash uchun samarali ish jarayonini yo‘lga qo‘ymagan. Sotuv bo‘limi rahbarini ishdan bo‘shatmaslikni uning jamoasi aralash ishoradek qabul qildi: Bredning kompaniya muvaffaqiyati uchun yordam bermoqchiligiga doir gaplari jiddiymikan?
Emotsional dadillik. Yuqoridagi uch jihatni takomillashtirishda muhim omil hisoblangan bu ko‘rsatkich bo‘yicha Bredning o‘sish salohiyati bor edi. Tavakkal bizni o‘zimizni himoyasiz his qilishga majbur qiladi, Bredni mana shu jihat cho‘chitgan. U noaniqlikka qarshi bo‘lib, noqulay vaziyatlardan qochgan, shuning uchun odamlarga yoqimsiz haqiqatni aytishga va tezkorlik bilan murakkab qarorlarni qabul qilishga qiynalgan.
Shunday qilib, boshqalar bilan ijobiy munosabatlar Bredning eng kuchli tomoni bo‘lgan, undan keyin – maqsadga sodiqlik. O‘ziga bo‘lgan ishonch va emotsional dadillik masalasida esa muammolar bo‘lgan. Chiqarilgan xulosalar qiyinchiliklarga yangicha qarash imkonini beradi: uning sotuvlar bo‘limi boshlig‘iga bo‘lgan sodiqligi jamoa va kompaniya manfaatlariga zid bo‘lgan. Shu bilan birga, u ishdagi vaziyatni o‘zgartirish uchun o‘ziga yetarlicha ishonmagan yoki emotsional jihatdan dadil bo‘lmagan, bu esa chorasizlik va o‘z-o‘zidan qoniqmaslikni keltirib chiqargan.
Ro‘y berayotgan voqealarni anglashdek oddiy fakt unga vaziyatni to‘g‘irlay boshlashga yordam bergan. Uning ruhiy dadilligini rivojlantirishga muayyan vaqt talab qilindi. U ilgari chetlab o‘tgan barcha hissiyotlarni boshdan o‘tkazib, kichik-kichik tavakkal qilishdan boshladi. Har safar amalda qaror qabul qilishning uddasidan chiqqanida – xatti-harakatlar qanday tugashiga qaramay – tabiiyki, fojia ro‘y bermagan. Biroq u tugallanganlik hissini tuygan, bu tavakkal manbai bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlab, bundan-da katta tavakkalga qo‘l urishiga turtki bergan.
Qisqa vaqt o‘tgach, u o‘zini uch oy ilgari rejalashtirgan ishini bajarishga tayyor his qilgan. U o‘ziga xos bo‘lgan g‘amxo‘rlik, hamdardlik va insoniylikni namoyon qilgan holatda, sotuvlar bo‘limi boshlig‘ini ishdan bo‘shatdi. Shundan so‘ng Bred o‘zini yengil his qildi.
Bred bo‘lim boshlig‘i bilan suhbat oldidan o‘zini juda noqulay his qildi – emotsional dadillikni talab qiluvchi xatti-harakatlardan oldin doim shunday hissiyot paydo bo‘ladi. Biroq qancha ko‘p emotsional dadil bo‘lsangiz, bu ko‘nikmangiz shuncha ko‘p rivojlanadi. Suhbat yakuniga ko‘ra, Bred barcha to‘rt punkt bo‘yicha ham rivojlandi: u o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamladi, jamoasiga yanada yaqinlashdi, maqsadiga sodiqligi yanada oshdi va ruhiy jihatdan dadillashdi.
Navbatdagi suhbat qahramoni Navbahor Baudot aslida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining fransuz tili filologiyasida tahsil olgan. Ammo, o‘zidagi iste’dod sabab hozirda moda olamida faoliyat olib bormoqda.
Birinchi ustozim – onam
Xorazm viloyati Gurlan tumanida voyaga yetganman. Onam ham tikuvchi edilar va men tikish-bichish kabilarni aynan onamdan o‘rganganman. Ammo, bundan tashqari chet tillarni o‘rganishga ham qiziqardim. Shu sababdan, 2000 yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga o‘qishga kirdim. O‘qish davomida ham turli modalar uylarida ishladim. 2007 yilda o‘qishni tamomlagach, Fransiyaga keldim va moda, dizayn sohasi mening kelgusi yo‘lim ekanligini tushunib yetdim.
Fransiyaga 200 AQSh dollar bilan kelganman
O‘qishni 2005 yilda bitirgach, maktabda dars berish uchun ishga kirdim. Ammo, “propiska” muammosi sabab bu yerda ishlay olmasdim. Onam bu vaziyatda mening har qanday qarorimni qo‘llab-quvvatlashini aytdi va men Fransiyaga kelish yo‘lini topdim. 2007 yil sentyabrda Fransiyaga dastlabki kelganimda faqatgina 200 AQSh dollar pulim bor edi. Bir oila bilan shartnoma tuzgandim va bu oilada 9 oy mobaynida yashashim kerak edi.
To‘g‘ri, bu yerda dastlab anchagina qiyinchiliklarga duch keldim. Til bilganim ham ularning madaniyatiga tez kirishib ketish imkoniyatini bermadi. Ammo, men bunday qiyinchiliklarni yengib o‘tishni avvaldan o‘rgangandim. 2000 yilda onam meni Toshkentga olib kelgan va bu yerda ham shu kabi jarayonlarni boshdan o‘tkazgandim.
Qarz olib, tikuv mashinasi olganman
Esimda, bor-yo‘g‘i 30 yevro pulim qolgan edi. Til maktabidagi o‘rtog‘imdan 90 yevro qarz olib tikuv mashinasi olganman va shu tariqa o‘z faoliyatimni boshlaganman. Birinchi bolalar uchun kiyimchalar tikkanman. Topadigan pulim u qadar ko‘p bo‘lmasada, menga ancha katta daromaddek bo‘lib tuyulardi.
Fransuzlar sizni qanday bo‘lsangiz, shundayligingizcha qabul qilishadi
Fransiya madaniyati biznikidan mutlaqo farqli. Ammo, bu kishilarning sizga munosabatini u qadar o‘zgartirib yubormaydi. Masalan, men fransuz kishisiga turmushga chiqqan bo‘lsam-da, u meni madaniyatim sabab emas, balki shundayligimcha qabul qilgan. Farzandlarim ham yarim fransuz, yarim o‘zbek bo‘lgani uchun juda ko‘plab qiziqishlarga ega va “Nimaga?” deya ko‘p savol berishadi.
“Bahor” brendi tarixi
Ushbu brendni yaratishga 14 yilga yaqin vaqt ketdi. Avval, men brend yaratish jarayonini juda sodda deb o‘ylagandim. Ammo, keyinchalik bildimki, bu men o‘ylaganchalik oson emas ekan. Bu brend inson qadr-qimmatini, ekologiya mavzusini yoritishi kerak edi. Lion shahrida turli millat vakillari borligi sabab menda ishlaydigan ayollar o‘rtasida dastlab til muammosi bo‘ldi. Shuning uchun, ularga avvalo til, so‘ngra kasbiy bilimlar o‘rgatishga to‘g‘ri kelgan. Shu tariqa 2017–2018 yillarda “Bahor” brendi maydonga keldi.
Jamoaviylik juda muhim
Fransiyada haqiqiy lider jamoasining fikrini eshitadigan odam hisoblanadi. Men “Bahor” brendining asoschisi bo‘lsamda, hamma ishni jamoa bilan kelishgan holda olib boraman. Hozircha jamoada 6 kishimiz. Jamoadagi hamma birgalikda mehnat qilamiz, dizayn yaratamiz vamahsulot tayyorlaymiz. Faoliyatimizni hozircha Lionda olib boryapmiz, ammo keyinchalik Parijga, hatto Shveytsariyagacha yoyishimiz mumkin. Shveytsariya bizda 1.5 soatlik yo‘l uzoqda joylashgan.
Har bir mahsulotning kelib chiqish tarixiga qiziqishadi
Fransuzlar judayam sinchkov xalq bo‘lib, ayniqsa pandemiyadan keyin bu sinchkovligi anchagina ortib ketdi. Har qanday mahsulotning, xoh u oziq-ovqat bo‘lsin, xoh kiyim-kechak, qanday yaratilgani, nimadan qilingani, ekologik tozaligiga alohida e’tibor berishadi. Tekstil sohasi ekologiyaga zarar yetkazish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turgani sabab kiyadigan kiyimining atrof-muhitga qanchalik kam ziyon keltirganiga e’tibor berishadi.
Chang qishlog‘imni har kuni xotirlayman
Otajon Shukurovning shunaqa so‘zlari bor edi: “O‘zga yurtning bog‘i bilan bog‘chasi o‘z yurtingning yantog‘icha ko‘rinmas”. Har kuni tongda uyg‘onganimda ham, kechqurun uyquga ketish oldidan ham ona qishlog‘im ko‘z o‘ngimga keladi. Oxirgi marta shu yilning yanvar oyida O‘zbekistonga kelgandim, yaqinda yana borish niyatim bor.
O‘quv kurslari narxi birmuncha qimmat
Fransiyada dizaynerlik bo‘yicha hech qayerda o‘qimaganman, balki bir qancha joylarda ishlab malaka oshirganman. dizaynerlik bo‘yicha ham o‘quv kurslari mavjud, ammo uning narxlari birmuncha qimmat. Ushbu kurslarda o‘rtacha 40 ming yevro miqdorda mablag‘ sarflashga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, bu sohada ham o‘qib, ham ishlash biroz murakkablik tug‘diradi, chunki darslar anchagina qiyin.
Fransiyada har bir hududning ma’lum bir ixtisosligi mavjud
Lion shahrida ipakchilik judayam rivojlangan, shuningdek dunyoning gastronomik poytaxti hisoblanadi. Parij shahri turizm jihatdan ilg‘or. Umuman, boshqa shaharlar ham ma’lum bir sohalarga ixtisoslashgan. Dengiz bo‘yida joylashgan shaharlarda, tabiiyki, shunga oid sohalar rivojlangan bo‘ladi.
Xayrli ishlar bajaruvchisi
Bu shaharlarda ma’lum kvartallar mavjud bo‘lib, ularda dunyoning turli o‘lkalaridan kelgan aholi vakillari yashashadi. Men o‘zim ham shunday kichik bir kvartalda yashayman. Bu yerdagi ijtimoiy muhtoj ayollar bilan suhbatlashaman va ularning muammolarini bilib olaman. Shundan so‘ng qo‘ldan kelgancha bu kabilarga yordam beraman. Masalan, o‘tgan yili karantin avj olgan davrda bir chechen ayoliga tikuv mashinasi olib berdik. Uni 2019 yildan beri tanirdim, ozgina moliyaviy qiyinchiliklarga ega edi. Shunday qilib uni ham, ketidan boshqalarni ham ishga jalb qildik.
Bir ajnabiy ayoliga ham fransuz tili, ham tikish hunarini o‘rgatguncha 1-1,5 yil vaqt kerak bo‘ladi. Bu xayrli ishlar uchun men hech qanday manfaat talab qilmayman. Ammo, davlat tomonidan ma’lum bir rag‘batlantirishlar bor. Hozirgi maqsadlarimdan biri bu loyihani O‘zbekiston uchun ham targ‘ib qilish. Ammo, buning uchun ko‘p kuch va imkoniyatlar talab etiladi.
Tadbirkorlar tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik ma’lumotlarni taqdim etish jarayonlarini soddalashtirish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2024-yildan tadbirkorlardan talab qilinadigan 8 turdagi hisobot va statistik ma’lumotlar bekor qilinadi. Gap o‘zaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud bo‘lgan hisobotlar haqida ketmoqda.
Endilikda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Soliq qo‘mitasi, respublika tovar xom ashyo birjasi hamda Bojxona qo‘mitasi tomonidan qabul qilinadigan quyidagi hisobotlar talab etilmaydi:
Sug‘urtalovchilarning moliyaviy hisobot shakli “Buxgalteriya balansi” — 1-sonli shakl (sug‘urta);
Sug‘urtalovchilarning moliyaviy hisobot shakli “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” hug — 2-sonli shakl (sug‘urta);
Sug‘urtalovchilarning moliyaviy hisobot shakli “Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot” — 4-sonli shakl (sug‘urta);
Sug‘urtalovchilarning moliyaviy hisobot shakli “Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot” — 5-sonli shakl (sug‘urta);
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqarish faoliyati;
Erkin omborga joylashtirilgan tovarlar va ularning harakati to‘g‘risida hisobot;
Bojxona omboriga joylashtirilgan tovarlar va ularning harakati to‘g‘risida hisobot;
Boj olinmaydigan savdo do‘konidagi tovarlar va ularning harakati bo‘yicha hisobot.
Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik ma’lumotlarning yagona ro‘yxati tasdiqlandi. Hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.
2026-yilgacha “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti” orqali hisobotlarni shakllantirish va davlat organlariga taqdim etishni nazarda tutuvchi yagona hisobotlar tizimi joriy qilinadi.
Hisobotlarni topshirish 2026-yildan barcha tadbirkorlar uchun ixtiyoriy, 2027-yildan kichik va o‘rta tadbirkorlar uchun, 2028-yildan esa barcha tadbirkorlar uchun majburiy tartibda amalga oshiriladi.
Hukumatning 29-dekabrdagi qarori bilan tovar, moliya va raqamli bozorlarda insofsiz raqobat amaliyotlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish Raqobat qo‘mitasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Bundan tashqari, qo‘mita yo‘nalishlariga normatiy-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining raqobatga ta’sirini baholash ham kiritildi.
Hujjat bilan, Insofsiz raqobatni aniqlash metodikasi tasdiqlandi. Metodikaga ko‘ra quyidagilar insofsiz raqobat belgilari hisoblanadi:
avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan tovar, ish va xizmatlarning tashqi bezatilishi va shakli, nomi, tamg‘alanishi, etiketkasi, o‘rovi, ranglar uyg‘unligini takrorlash orqali raqobatchi xo‘jalik yurituvchi tomonidan tovarni fuqarolik muomalasiga kiritish;
raqobatchi xo‘jalik yurituvchi subyektning individuallashtirish vositalariga, tovarni individuallashtirish vositalariga bo‘lgan mutloq huquqni olish orqali avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan tovarning realizatsiya qilinishini cheklashga qaratilgan xatti-harakatlarni sodir etish;
raqobatchi xo‘jalik yurituvchining faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi yoki uning ishchanlik obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan, sotuvga taklif qilinayotgan tovarning sifati va iste’mol xossalari;
tovarni tayyorlash hamda undan foydalanish usullari va sharoitlari, shuningdek tovardan foydalanishdan kutilayotgan natijalar;
tovarning muayyan maqsadlarga yaroqliligi haqida, tovarni sotuvga taklif etish shartlari, shu jumladan uning narxi to‘g‘risida yolg‘on, noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tarqatish.
Bundan tashqari, raqobat belgilariga “eng”, “eng yaxshi”, “birinchi”, “faqat”, “faqatgina” va boshqa orttiruvchi nisbatlardan foydalangan holda solishtirish, raqobatchi xo‘jalik yurituvchining faoliyati yoki uning tovari sifati, narxi va boshqa xususiyatlariga salbiy baho berish orqali o‘zining faoliyati yoki tovari bilan solishtirish kabilar ham kiradi.
Xizmat vazifalarini bajarishi sabab, tijorat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir, shu jumladan fan-texnika, ishlab chiqarish yoki savdoga oid axborot ko‘rsatilgan ma’lumotlardan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan egasining roziligisiz raqobatchi xo‘jalik yurituvchining manfaatini ko‘zlab ulardan foydalanish yoki oshkor qilish, agar ushbu ma’lumotlardan foydalanish yoki oshkor qilishning qonun yoki shartnomada belgilangan oshkor qilish muddati tugamagan bo‘lsa raqobat belgisi sanaladi.
Quyidagilar insofsiz raqobat belgilarini aniqlashning asosiy bosqichlari hisoblanadi:
insofsiz raqobat belgilari mavjud yoki mavjud emasligini baholash;
insofsiz raqobat holatini sodir etgan shaxslar doirasini aniqlash;
insofsiz raqobat harakatlari raqobatchi yoki uning manfaatini ko‘zlab boshqa shaxslar tomonidan sodir etilganligini aniqlash;
insofsiz raqobat bo‘yicha dalillarni to‘plash va ularga huquqiy baho berish;
insofsiz raqobat holatini yoki uning mavjud emasligini e’tirof etish.
Insofsiz raqobat belgilari aniqlangan takdirda, vakolatli organ tomonidan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi to‘g‘risida belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atiladi va ko‘rib chiqiladi.
Xo‘jalik yurituvchilar o‘zlari sodir etgan harakatlar raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga zid emasligi to‘g‘risidagi dalillarni taqdim etish, vakolatli organning qarori (ko‘rsatmasi) ustidan bevosita sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilishga haqli.
Xo‘jalik yurituvchilarga nisbatan insofsiz raqobatni sodir etganlik uchun belgilangan tartibda jarima tarzidagi moliyaviy sanksiya qo‘llaniladi.
Avvalroq prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgandi.
Shuningdek, hujjat bilan 2024-yilda soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilangan.
“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi va “Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bunda pnevmatik rezina shinalar va pokrishkalar o‘z iste’mol xususiyatlarini yo‘qotganidan keyin hosil bo‘ladigan chiqindilarning zararli ta’siridan himoya qilish uchun utilizatsiya yig‘imi belgilandi.
Tamaki mahsulotlariga soliq stavkalari quyidagi miqdorda belgilanadi (so‘mda):
Tamaki mahsulotlari turlari
Import qilinganda
Ishlab chiqilganda
Filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar, sigarillalar (sigaritlar), bidi, kretek, 1000 dona
325 ming so‘m (-4,97%)
va narxning 10%i
250 700 so‘m (+12%) va narxning 10%i
Sigara, 1 donasi
6 400 (+11,9%)
Chilim uchun tamaki, 1kg
382 ming (+12%)
Chekiladigan, o‘rama tamaki, 1kg
382 ming (+12%)
Chaynaladigan, hidlanadigan va shimiladigan tamaki, 1kg
382 ming (+12%)
Qizdiriladigan tamaki tayoqchasi, tamakili kapsula va o‘xshash tamoyil asosida tayyorlanadigan boshqa mahsulotlar, 1kg
382 ming (+12%)
Nikotinli tamakisiz snyus, 1kg
154 ming (+12%)
Tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlik, 1ml
670 (+10,7%)
Belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha soliq chilim uchun tamakisiz aralashmani olib kirishda ham qo‘llaniladi.
Tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlikni uni iste’mol qilish tizimlarida olib kirishda soliq tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlik hajmidan kelib chiqib to‘lanadi.
Alkogol ichimliklariga soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Alkogol mahsulotlari turlari
Import qilinganda
Ishlab chiqariladigan
2024-yil 1-yanvardan
2024-yil 1-iyuldan
— Oziq-ovqat xom ashyosidan rektifikatsiyalangan etil spirti;
— Rektifikatsiyalangan va efiroaldegidli fraksiyadan texnik etil spirti;
— Etil spirtining boshlang‘ich fraksiyasi
70%
14 900 so‘m
Aroq, konyak va boshqa alkogol mahsulotlari (aksiz to‘lanadigan tovar tarkibidagi suvsiz etil spirtining 1 litri uchun)
101 500 so‘m (-4,96%)
38 ming so‘m
40 ming so‘m (+5,26%)
Vino (1 litri uchun)
tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vinolar (etil spirti qo‘shilmagan holda)
28 500 so‘m (-5%)
1 so‘m
boshqa vinolar, shu jumladan vermut
42 750 so‘m (-5,03%)
2200 so‘m
2310 so‘m (+5%)
Pivo
50%, biroq 12 200 so‘mdan kam bo‘lmagan 1litri uchun
1550 so‘m
1628 so‘m
Neft masulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Tovarlar va xizmatlar nomi
Amaldagi stavka
1-apreldan amal qiladigan stavka
Neft mahsulotlari:
AI-80 va undan yuqori benzin (1 tonnasi uchun)
303 ming so‘m
340 ming so‘m
AI-91 va undan yuqori benzin (1 tonnasi uchun)
303 ming so‘m
aviakerosin, sintetikdan tashqari (1 tonnasi uchun)
242 ming so‘m
271 ming so‘m
dizel yoqilg‘isi (1 tonnasi uchun)
291 ming so‘m
326 so‘m
EKO dizel yoqilg‘isi (1 tonnasi uchun)
262 ming so‘m
293 ming so‘m
dizel yoki karbyurator dvigatellari uchun motor moyi (1 tonnasi uchun)
412 ming so‘m
461 ming so‘m
Yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilinadigan mahsulotlar:
AI-80 va undan yuqori benzin
(1 litr uchun/1 tonna uchun)
425 so‘m
476 so‘m
565 ming so‘m
633 ming so‘m
AI-91 va undan yuqori
(1 litr uchun/1 tonna uchun)
425 so‘m
576 ming so‘m
dizel yoqilg‘isi
(1 litr uchun/1 tonna uchun)
425 so‘m
476 so‘m
516 ming so‘m
578 ming so‘m
suyultirilgan gaz
(1 litri uchun/1 tonnasi uchun)
425 so‘m
476 so‘m
807 500 so‘m
904 ming so‘m
siqilgan gaz (1 kub metr uchun)
605 so‘m
678 so‘m
Shuningdek, ayrim soliq stavkalari, jumladan, tabiiy gaz (importdan tashqari) va shakar uchun 20%, polietilen granulalar uchun 10% miqdorida o‘zgarishsiz qoladi. Mobil aloqa uchun aksiz solig‘i ham 10% miqdorida qoladi.
Bundan tashqari, aprel oyidan shakarli va gazlagan ichimliklar uchun aksiz solig‘i joriy etiladi. Ularning hajmi ichimliklarning bir litri uchun 500 so‘m, energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar uchun 2 ming so‘m bo‘ladi. “Spot” mazkur mahsulotlarga aksiz solig‘ining joriy etilishi oqibatlari haqida biznes vakillari fikrlarini taqdim etgandi.
Endilikda o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar ham YaTTlar uchun belgilangan tartibd soliq to‘lashadi. Yangi tartib, fuqarolar faoliyati natijasida olingan daromadlari 100 mln so‘mdan oshganida amal qiladi.
Faoliyat turlari
Bir oylik soliq stavkalari (so‘mda)
Toshkent shahri
Nukus va viloyat markazlari
boshqa shaharlar
boshqa aholi punktlari
Chakana savdo:
oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari
907 500 so‘m
726 ming so‘m
363 ming so‘m
242 ming so‘m
— dehqon bozorlarida dehqonchilik mahsulotlari
— gazetalar, jurnallar va kitoblar
— maishiy xizmatlar
— boshqa faoliyat turlari
302 500 so‘m
181 500 so‘m
121 ming so‘m
60 ming so‘m
Avtomobilda yuk tashish xizmatlari:
3 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun
181 500 so‘m
3 tonnadan ortiq yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun
275 ming so‘m
Avvalroq O‘zbekistonda mol-mulk solig‘ining bazaviy to‘lovlariga o‘zgartirishlar kiritilgani ma’lum qilingandi. Xususan, Toshkentda 3 mln so‘m, Nukus shahri va viloyat markazlarida 2 mln so‘m, boshqa shahar va qishloqlar uchun 1,2 mln so‘mni tashkil etadi.
Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha bazaviy soliq stavkalari mamlakat hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq o‘lchamda soliq stavkalari belgilandi.
Yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakakatlanish huquqi uchun yig‘im undiriladi.