Matbuot xizmatiYangiliklarToshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi tasdiqlandi

Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi tasdiqlandi

Hujjatda poytaxtning qaysi hududlarida rekonstruksiya yoki renovatsiya ishlari rejalashtirilganligi ko‘rsatilgan.

Vazirlar Mahkamasi Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasini tasdiqladi. Qaror Lex.uz saytida e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, poytaxtning ma’muriy chegaralaridagi maydoni 43 873 gektarni tashkil etadi. Yaqin 20 yil ichida aholi soni qariyb 2,5 barobar — 3 mlndan 7,4 mlnnga o‘sishi kutilmoqda. Shahar hududi konservatsiya, rekonstruksiya va renovatsiya zonalariga ajratiladi. Zonalardan foydalanish talablari shaharsozlik kadastrining geoaxborot tizimida mavjud bo‘ladi.

Konservatsiya zonalarida madaniy meros, yashil hududlar, suv havzalari va qirg‘oqlarni muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratiladi. Ushbu hududlarda yangi bino va inshootlar qurish taqiqlanadi.

Rekonstruksiya hududlari uch kichik turni o‘z ichiga oladi:
  1. Oxirgi 5 yil ichida qurilishi yakunlangan, aholi dam olishi uchun sharoit yaratilgan va yaxshilashga ehtiyoj sezilmayotgan hududlar shakllangan hisoblanadi. Toshkent hokimiyati jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda bunday joylarda qayta qurish ishlariga ruxsat berishi mumkin.
  2. Yaxshilanishni talab qiladigan hududlarda qo‘shimcha ijtimoiy va infratuzilma inshootlari qurilishiga ruxsat beriladi, shuningdek, binolarning tashqi ko‘rinishini yangilash, ochiq maydonlar va jamoat joylarini obodonlashtirish ishlari ham amalga oshirilishi mumkin.
  3. Zichlashtirish talab etiladigan hududlar infratuzilmani inobatga olgan holda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash zaruriyatini nazarda tutadi. Bunday joylarda ko‘p qavatli uylar qurish ruxsat beriladi.

Renovatsiya zonalari, o‘z navbatida, ikkita kichik turga ega:

  1. reformatsiya hududlari — atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan bo‘sh yerlar, sanoat zonalari yoki master-rejaga muvofiq yangi binolar qurilishiga yo‘l qo‘yiladigan eskirgan uy-joyli hududlar.
  2. kengaytirish hududlari — yangi binolar va inshootlar qurish uchun ajratiladigan, ular bilan ilgari o‘zlashtirilgan hududlar o‘rtasidagi uzilishni qisqartirish sharti bilan yangidan o‘zlashtiriladigan hududlar.

Funksional jihatdan 5 toifadagi hudud toifasi — turar-joy, jamoat, sanoat, transport va dam olish hududlari ajratiladi. O‘z navbatida, turar-joy hududlari ko‘p kvartirali binolar, yakka tartibdagi uy-joylar va vaqtinchalik yashash joylarini (mehmonxonalar, yotoqxonalar, tibbiyot muassasalari) o‘z ichiga oladi. Bosh rejaga ko‘ra, Toshkent shahrida yashil hududlar maydoni 7120 gektarni tashkil etadi, ularga yana 10 ming gektar qo‘shiladi. Shuningdek, poytaxtda 836 km yo‘llar mavjud bo‘lib, ularga qo‘shimcha ravishda yana 647 km yo‘l qurilishi rejalashtirilgan.

Prezident oktabr oyida Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasi bilan tanishgandi. Loyihaga ko‘ra, Toshkent shahri 2045-yilgacha 7,5 mln aholiga mo‘ljallangan megapolisga aylantiriladi

Shuningdek, bosh reja bilan poytaxtni aglomeratsiya asosida rivojlantirish hamda uchta zonaga ajratish rejalashtirilmoqda.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro...

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Dronlar yordamida iqtisodiy...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...