Matbuot xizmatiYangiliklarJoriy yilda Toshkentda 18 ta yangi gastronomik ko‘cha ochiladi

Joriy yilda Toshkentda 18 ta yangi gastronomik ko‘cha ochiladi

23-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumanidagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasida tashkil etilgan gastronomik turizm ko‘chasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur loyiha davlat rahbarining 2022-yil 30-apreldagi tegishli qarori asosida amalga oshirilgan. 2025-yil sentabr oyida ishga tushirilgan ko‘cha loyihasi Rossiyaning City Makers va Lyudi Arxitekts byurolari tomonidan ishlab chiqilgan.

Ko‘chaning umumiy uzunligi 2,1 kilometrni tashkil etadi. Loyiha doirasida yangi infratuzilma, jumladan, keng piyodalar va velosiped yo‘laklari barpo etilib, aholi va sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan.

Hududda selfi-zonalar, ochiq havodagi sport maydonchalari, biohojatxonalar tashkil etilgan. Shuningdek, oilaviy dam olish maskanlari, bolalar uchun ekomaydonchalar va arqonli bog‘ faoliyat ko‘rsatmoqda.

Loyihaning umumiy qiymati 40 mlrd so‘mni tashkil etadi. Ko‘chada jami 165 ta savdo obyekti faoliyat yuritmoqda. 89 ta tadbirkor uzluksiz ishlamoqda, 2 221 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

2025-yilda poytaxtda jami 26 ta ko‘cha tun-u kun faoliyat yuritishga o‘tdi. Bu yo‘nalishga 540 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Natijada 1 103 ta yangi savdo va servis obyekti tashkil etilib, 315 ta tadbirkor 24/7 rejimida ishlashni boshladi, 26 ta xorijiy brend faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Amalga oshirilgan ishlar iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatgani ta’kidlandi. Ko‘chalarda turli xizmatlardan foydalanuvchilar sutkasiga 80 mingdan 200 mingga yetgan, 6 ming nafar aholi bandligi ta’minlangan.

Joriy yilda yana 18 ta yangi turizm ko‘chasini tashkil etish, 500 ta yangi obyektni ishga tushirish va 7 ming nafargacha yangi ish o‘rni yaratish rejalari haqida ma’lumot berildi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...