Matbuot xizmatiYangiliklarYangi yil bayramida qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi

Yangi yil bayramida qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi

Bayramda olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 5 kun, besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 6 kun dam oladi.

24-dekabr kuni “Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Hujjat bilan 2025-yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4-yanvar — shanba kunidan 2-yanvar — payshanba kuniga ko‘chirildi hamda 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2-yanvar — payshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

Dam olish kunlari quyidagicha:

  • 28-dekabr, shanba — 6 kunliklar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun dam olish kuni;
  • 29-dekabr, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni;
  • 30-dekabr, dushanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 14-dekabr (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni;
  • 31-dekabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 1-yanvar, chorshanba — Yangi yil bayrami;
  • 2-yanvar, payshanba — 6 kunliklar uchun dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 4-yanvar (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni.

Bayram munosabati bilan poytaxtdagi 12ta bozorda arzonlashtirilgan mahsulotlar savdosi tashkil etildi. Toshkent shahar hokimligi mazkur savdo yarmarkalari orqali fuqarolar arzon narxlarda mahsulotlarni xarid qilishlari mumkinligini qayd etdi.

Toshkentdagi avtobuslar harakati 30−31 dekabrda yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida tashkil etiladi. Metro harakati esa ikki soat ko‘proq, ya’ni 31-dekabr kuni tonggi 5:00dan 1-yanvar tungi soat 02:00gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro...

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Dronlar yordamida iqtisodiy...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...