Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekiston IT-ta'limni rivojlantirish uchun Janubiy Koreyadan $14 mln oladi

O‘zbekiston IT-ta’limni rivojlantirish uchun Janubiy Koreyadan $14 mln oladi

Koreya xalqaro taraqqiyot agentligi (KOICA) O‘zbekistonga axborot texnologiyalari sohasidagi ta’limni rivojlantirish uchun grant ajratadi. Bu haqda Raqamli rivojlanish vazirligi xabar berdi.

IT-ta’lim ekotizimini takomillashtirish tashabbusi yoshlar tadbirkorligi va texnologiya sohasidagi bandligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Loyihaning umumiy qiymati $14 mlnni tashkil etadi, xarajatlarni Janubiy Koreya tomoni o‘z zimmasiga oladi.

Uning doirasida Qarshi va Nukus shaharlarida zamonaviy IT-xablar, shuningdek, yettita tumanda 14 ta IT-markaz tashkil etish va jihozlash rejalashtirilgan. Qurilish 2026-yildan 2032-yilgacha davom etadi.

Shuningdek, loyiha yosh o‘zbekistonliklarni sun’iy intellekt, promt-muhandislik, dasturlash, buyumlar interneti (IoT) va onlayn-marketing kabi sohalarda o‘qitishni ham o‘z ichiga oladi.

Qayd etilishicha, dastur to‘rt yilga mo‘ljallangan bo‘lib, unda 500 nafar mutaxassis va o‘qituvchi tayyorlash ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, yetakchi koreyalik ekspertlar startaplar uchun inkubatsiya dasturlarini ishga tushirishda ko‘maklashadi. Loyiha ta’lim tizimi rivojiga hissa qo‘shishi, innovatsion biznes va O‘zbekistonning raqamli kelajagini mustahkamlashi kutilmoqda.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...