Matbuot xizmatiYangiliklar20 ming yosh tadbirkorlikka o‘qitiladi, eng yaxshilariga 206 mln so‘mgacha qarz beriladi

20 ming yosh tadbirkorlikka o‘qitiladi, eng yaxshilariga 206 mln so‘mgacha qarz beriladi

Prezidentning Yangi O‘zbekiston yoshlari-2030 strategiyasini 2026−2027-yillarda amalga oshirish bo‘yicha qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Hujjat bilan, 2030-yilgacha 20 ming nafar yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitishga mo‘ljallangan Yoshlar ishlari agentligining Yangi avlod tadbirkorlari dasturi ishga tushiriladi.

Unga ko‘ra, mahalliy va xorijiy ekspertlar hamda xususiy sektor bilan shartnoma asosida hamkorlik qilinadi. Yangi avlod tadbirkorlari dasturi doirasida o‘qitish uchun yoshlar saralab olinadi.

Dastur doirasida biznes loyihasini ishlab chiqish, sotuvga chiqish va bozorni kengaytirish kabi yo‘nalishlarni qamrab oluvchi tadbirkorlik asoslari bo‘yicha bilimlar berib boriladi.

Loyiha yakunida yoshlarning bilimlari sinovdan o‘tkazilib, ijobiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga erishgan eng yaxshi 1 ming nafar yoshlarga Yoshlar ishlari agentligining sertifikati beriladi.

Sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarga BHMning 500 baravarigacha (206 mln so‘mgacha) miqdorda Markaziy bank asosiy stavkasining 50%i miqdoridagi foiz stavkasida (7%) 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga ssuda ajratiladi.

Joriy yil 1-avgustdan tuman fermerlari kengashlari huzuridagi markazlar boshlig‘i yoshlar bo‘lgan yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga 2 yil davomida bepul xizmat ko‘rsatadi.

Bu imtiyoz aʼzolik badali to‘langan va paxta yoki g‘alla yetishtirishidan qatʼi nazar qo‘llaniladi.

2026-yil 1-iyuldan yoshlar tashkil etgan tadbirkorlarga elektr, ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlariga ulanish xarajatlarining 4,12 mln so‘mgacha qismi qoplab beriladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Oliy ta’limda talabalar bilimini baholash tartibi o‘zgarishi mumkin

O‘zbekistonda 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilinadigan talabalar uchun bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida nazarda...

Yangi Toshkentdagi Milliy kutubxonani yil oxirigacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

Prezident Milliy kutubxona, ikkita universitet kampusi va 55 ming o‘rinli stadionni belgilangan muddatda hamda sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni Yangi Toshkent shahrida...

Energetikada muammo mablag‘da emas, tizimning boshqaruvida — prezident

Prezident raisligidagi yig‘ilishda yoz va qish mavsumida elektr tarmoqlaridagi avariyalar minglab iste‘molchilarni uzluksiz elektr ta‘minotisiz qoldirgani taʼkidlandi. Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan...

O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Eski avtomobilni yangilashda avtokredit foizlarining bir qismi qoplab beriladi Trade-in dasturi doirasida eski avtotransport vositasini topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi avtomobil xarid qilish uchun olingan...

Uy-joy subsidiyasi uchun arizalar qabuli 27-iyul kuni boshlanadi4

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar olish uchun arizalar qabuli boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Arizalarni 27-iyul kuni soat 15:00 dan boshlab jo‘natish mumkin....

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln so‘mdan oshdi

Eng yuqori ish haqi Toshkentda, eng past ko‘rsatkich esa Qashqadaryo viloyatida qayd etildi. 2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 mln...