AQShdagi The Home Depot uy-ro‘zg‘or va qurilish mollari savdosi tarmog‘ining hammuassisi Kennet Lengonning bolaligi o‘ta kam ta’minlangan oilada o‘tdi. Otasi oddiy santexnik, onasi esa maktab oshxonasida idish-atovoq yuvuvchi bo‘lib ishlagan.
Ken oliy ma’lumot olish va universitetda o‘qish xarajatlarini qoplash uchun o‘zi pul topishga majbur bo‘lgan. U talabalik yillarida zovur qazuvchi, og‘ir yuk tashuvchi va qassob yordamchisi bo‘lib ishladi. Og‘ir jismoniy mehnat uning irodasini toblladi, moliya va investitsiya sohasiga bo‘lgan chuqur qiziqishi esa uni biznes olamiga yetakladi.
Sohani puxta egallagan Kennet 1978-yilda Bernard Markus bilan hamkorlikda The Home Depot do‘konlar tarmog‘iga asos soldi. Xaridorlar uchun qulay format va keng assortimentni taklif qilgan ushbu kompaniya qisqa fursatda rivojlanib, hozirda ko‘p milliard dollarlik global imperiyaga aylandi.
