Rayan Blerning yoshligi deyarli fojiadan iborat edi. Otasi giyohvandlikka mukkasidan ketib oilani tashlab ketgan, onasi bilan eng xavfli va qashshoq rayonda yashagan Rayan 18 yoshigacha ko‘cha to‘dalari tarkibida bo‘lib, bir necha bor politsiya nazoratiga tushgan.
Lekin u o‘z hayotini tubdan o‘zgartirishga va o‘z taqdirini o‘z qo‘liga olishga qaror qildi. 21 yoshida ilk texnologik startapini yo‘lga qo‘ygan Rayan keyinchalik ViSalus Sciences sog‘lom ovqatlanish kompaniyasiga rahbarlik qildi va uni brend sifatidagina emas, moliyaviy jihatdan ham yuzlab million dollarlik ulkan imperiyaga aylantirdi.
Uning o‘z bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li haqida yozilgan «Nothing to Lose, Everything to Gain» («Yo‘qotadigan hech vaqo yo‘q, yutib oladigan barcha narsa bor») nomli avtobiofrafik kitobi bugun dunyo bo‘ylab millionlab insonlarga motivatsiya berib kelmoqda.
