Suriyaning issiq sahrosida ko‘chmanchi badaviy oilasida dunyoga kelgan Mohed Altradning bolaligi fojialarga to‘la kechdi. Onasi u juda yoshligida vafot etgan, buvasi esa uning maktabga borishiga qat’iyan qarshi edi. Ammo ilmga bo‘lgan kuchli ishtiyoq uni to‘xtata olmadi: Mohed qum ustida tayoqcha bilan yozib-chizib, darslarni mustaqil o‘rgandi.
Uning tinimsiz intilishi natijasida u davlat stipendiyasini qo‘lga kiritib, Fransiyaga o‘qishga jo‘nab ketdi. Begona yurtda, tildan va mablag‘dan qiynalganiga qaramay, u muhandislik va axborot texnologiyalari sohasida doktorlik darajasini oldi.
Keyinchalik bankrotlik yoqasiga kelib qolgan kichik bir qurilish korxonasini sotib olib, uni qayta oyoqqa turg’azdi. Bugungi kunda Altrad Group qurilish uskunalar va xizmat ko‘rsatish sohasida Yevropa hamda dunyoning eng yirik kompaniyalaridan biriga aylangan.
