Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda ish beruvchi korxonalar buyurtmasi asosida va bitiruvchini ishga qabul qilish sharti bilan dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi.

Dual ta‘limga qabul qilinadigan bakalavriat yo‘nalishlari va qabul parametrlari Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda OTM tomonidan belgilanadi. Talabalar korxonalar buyurtmasiga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida har yili 1-oktabrgacha qabul qilinadi.

Ta‘lim OTM, korxona va talaba o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida tashkil etiladi. Korxona talabaga o‘qish davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan oylik ish haqi to‘laydi. Talaba esa o‘qishni tamomlagach, mazkur korxonada kamida ikki yil ishlab berishi kerak.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan dual ta‘lim talabalariga ijtimoiy stipendiya to‘lanadi. Muhandislik, ishlab chiqarish va ishlov berish, arxitektura va qurilish hamda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ikkinchi kursdan davlat granti kvotalari doirasida o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Dual ta‘limda tahsil olingan davr talabaning umumiy mehnat stajini hisoblashda inobatga olinadi.

2027-yildan dual ta‘limda kadrlar tayyorlash istagini bildirgan korxonalarda talabalarga biriktiriladigan murabbiylarni tayyorlash uchun maxsus kurslar tashkil etiladi.

2027/2028 o‘quv yili yakunidan boshlab OTMlar va buyurtmachi korxonalarning dual ta‘lim bo‘yicha samaradorlik reytingi yuritiladi. Eng yuqori natija ko‘rsatgan uchtadan OTM va korxona reytingdagi o‘rniga qarab 1 mlrd so‘mdan 3 mlrd so‘mgacha rag‘batlantiriladi.

Shuningdek, 2027-yildan muhandislik, ishlab chiqarish va ishlov berish, arxitektura va qurilish hamda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida dual ta‘lim olayotgan har bir talaba uchun korxona tomonidan to‘langan ish haqi xarajatlarining 50% i o‘quv yili yakunida subsidiya shaklida qoplanadi.

Korxonalarga dual ta‘limga qabul qilingan talabalar soniga mutanosib ravishda Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi platformasida qo‘shimcha ball beriladi.

Bundan tashqari, korxonalar tomonidan OTM hududida dual ta‘lim uchun amaliyot bazasini tashkil etish maqsadida olib kiriladigan jihozlar, uskunalar va laboratoriya jihozlari uchun bojxona boji stavkasi 2030-yil 1-yanvargacha 1% etib belgilanadi.

Dual ta‘lim dasturi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun korxonalar xarid qilgan o‘quv uskunalari va jihozlariga uch yil muddatga tezlashtirilgan amortizatsiya qo‘llash huquqi beriladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...

O‘zbekistonda biznes uchun kunduzgi elektr tarifi pasaytirilib, tungisi oshiriladi

Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasini rivojlantirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil may oyida tasdiqlagan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga...