“Pareto” qonuni haqida eshitganmisiz?
Bu qonunga ko‘ra, 20% harakat natijaning 80% ni beradi. Va bu mutlaqo hamma joyda ishlaydi.
Biznesda — mijozlaringizning 20 foizi sizga daromadingizning 80 foizini keltirishi mumkin.
Ta’limda — darslikning 20 foizida barcha kerakli ma’lumotlarning 80 foizi bo‘ladi.
Hayotda — bugun siz rejalashtirgan o‘nta narsadan ikkitasi qolgan sakkiztasidan muhimroq bo‘ladi.
Bundan xulosa qilinadiki, diqqatimizni, avvalo, shu 20% ga qaratishimiz kerak.