Matbuot xizmatiYangiliklarKoreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Hujjatda kasbiy tayyorgarlik dasturlarini tashkil etish, shuningdek, o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga ishga joylashishda yordam berish nazarda tutilgan.

Ta’lim yo‘nalishlari qatoriga havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash, uchuvchisiz texnologiyalar, sun’iy intellekt, dasturiy ta’minot ishlab chiqish hamda logistika kiradi.

Shuningdek, dasturlarda koreys tilini o‘rgatish va mehnatni muhofaza qilish asoslari ham ko‘zda tutilgan. Hanseo universiteti o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi, malakali o‘qituvchilarni jalb qiladi va ta’lim uchun zarur uskunalarni taqdim etadi.

Bundan tashqari, universitet dastur bitiruvchilariga hamkor kompaniyalardan ish topishda yordam beradi. O‘z navbatida, Migratsiya agentligi fuqarolarni ta’lim dasturlari haqida xabardor qiladi, ariza topshirish bo‘yicha maslahat beradi hamda ikki mamlakatning tegishli tashkilotlari bilan hamkorlikni muvofiqlashtiradi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Dronlar yordamida iqtisodiy...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...

O‘zbekistonda $5 mln lik xalqaro startaplar tanlovi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda umumiy mukofot jamg‘armasi $5 mln bo‘lgan xalqaro startaplar tanlovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi. Tanlov 2027-yil aprel oyidan boshlab har yili...