Bosh sahifa Blog Sahifa 92

O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqalar oshirilmoqda

0

Xususan, pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 480 ming so‘m, yoshga doir eng kam pensiya miqdori 834 ming so‘m etib belgilanmoqda. Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi esa 10%ga oshiriladi.

Prezidentning ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risidagi tegishli farmoni qabul qilindi.

Hujjat bilan, joriy yilning 1-sentabridan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 15%ga oshirilishi belgilangan. Xususan, pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 428 ming so‘m, yoshga doir eng kam pensiya miqdori 834 ming so‘m hamda nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori 920 ming so‘mni tashkil etadi.

1-oktabrdan boshlab budjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, bog‘cha, maktab, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 15%ga oshiriladi.

Shu bilan birga, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori ham 15%ga oshiriladi. Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori esa 10%ga oshiriladi. Shuningdek, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oyiga 1 mln 155 ming so‘m, bazaviy hisoblash miqdori 375 ming so‘m etib belgilanmoqda.

Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlar budjeti hamda Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi

Ish beruvchilarga ish haqi miqdorini qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan holda to‘lashni ta’minlab, ish haqi miqdorini mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga muvofiq oshirish tavsiya etiladi.

O‘zbekistonda oxirgi marotaba 2023-yilning 1-dekabridan ish haqi, pensiya va nafaqa miqdorlari oshirilgan. 2024-yilning o‘tgan davrida esa bu amalga oshirilmagandi.

2023-yil davomida ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar jami 14,5%ga oshirilib, bazaviy hisoblash miqdori esa bundan kamroq, ya’ni 13%ni tashkil etdi.

Joriy yilning 1-mayidan pensiyaning eng kam miqdorlari minimal iste’mol xarajatlari miqdoriga — 648 ming so‘mga yetkazildi.

Endi pensiyalar miqdorlari inflyatsiya darajasining o‘sish sur’atlari asosida oshirib boriladi. Fuqarolarga pensiya tayinlash uchun davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali murojaat qilish huquqi berildi.

Prezident energiyani tejash va oqilona foydalanishga qaratilgan qonunni imzoladi

0

Energetika vazirligi mazkur sohadagi maxsus vakolatli davlat organ hisoblanadi.

7-avgust kuni prezident tomonidan “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi qonun imzolandi.

Mazkur qonun iyul oyida senatorlar tomonidan ma’qullangandi. Hujjat bilan, Vazirlar Mahkamasi mazkur sohada yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi. Yoqilg‘i-energetika resurslarini iste’mol qilish normalarini ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.

Energetika vazirligi energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir. Vazirlik davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni, strategiyalarni ishlab chiqadi, amalga oshiradi hamda nazorat qiladi. Shu bilan birga, sohada davlat axborot tizimini yuritadi.

“O‘zenergoinspeksiya” hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan davlat nazorati qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

Inspeksiya energiyani tejash, oqilona foydalanish va samaradorlikni oshirish, energiya sifatining belgilangan ko‘rsatkichlariga rioya etilishini ta’minlashi kerak. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

2023-yil sentabrda prezident qarori bilan tasdiqlangan energetikani isloh qilish rejasiga muvofiq, joriy yilning may oyida Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi tashkil etildi.

2024-yilning 1-yanvarigacha Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi faoliyati to‘g‘risidagi nizomni tayyorlash rejalashtirilgandi. Regulyator elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko‘paytirish va infratuzilmani yaratish sohasida uzoq muddatli siyosatni shakllantiradi.

Joriy yil oxirigacha O‘zbekistonda yagona elektr savdosi platformasi yaratiladi. 2035-yilgacha elektr energiyasini aholiga barcha hududlarda bir xil narxda sotish joriy etiladi.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $1 mlrdga ko‘paydi

0

Iyul oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ko‘paydi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan. Joriy yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, mamlakat zaxiralari bir oyda $1,06 mlrdga oshib, $37,4 mlrdni tashkil etdi.

Xorijiy valyutadagi aktivlar miqdori kamayishda davom etmoqda. Xususan, o‘tgan oyda valyuta zaxiralari $781,5 mln kamayish bilan $7,68 mlrd bo‘lgan.

Bundan tashqari, o‘tgan oyda qimmatli qog‘ozlar tarkibidagi ko‘rsatkich biroz yangilangan holda $35,3 mlnni tashkil etgan.

Regulyatorning boshqa mamlakatlar markaziy banklari hamda XVJdagi depozitlari hajmi $68,1 mlnga kamayib, $354,3 mlnni qayd etdi.

Shu bilan birga, boshqa xorijiy moliya institutlarining hisobvaraqlaridagi mablag‘lar miqdori ham bir oy davomida $713,6 mlnga kamaydi, jami — $7,2 mlrd. Iyun oyida mamlakat oltin zaxiralari qiymati rekord o‘rnatdi — o‘tgan oyga nisbatan $1,83 mlrdga oshib, $29,15 mlrdga yetdi.

Shuningdek, zaxiradagi oltinning fizik hajmi ham 400 minglik o‘sish bilan 12,1 mln troy unsiyani tashkil etdi.

Markaziy bankning qayd etishicha, oltin narxining $2 327,6dan $2 419,6gacha ko‘tarilishining ta’siri $1,11 mlrd bo‘lgan.

Iyun oyida O‘zbekiston dunyodagi eng yirik oltin xaridorlaridan biriga aylandi. Yil boshidan buyon mamlakat qimmatbaho metallarni sotish hajmi bo‘yicha Filippin va Tailanddan ortda qolmoqda.

O‘zbekiston Markaziy banki o‘z hisobotida ma’lum qilishicha, ikkinchi chorakda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan $2,1 mlrdlik oltin xarid qilgan. “Tashqi iqtisodiy sharoit va geosiyosiy ziddiyatlar” fonida bu chorakda xaridlar hajmi 18,7%ga oshgan.

Avvalroq birinchi yarim yillikda tovar-xom ashyo birjasida qimmatbaho metallar savdosi 2,3 barobarga oshgani haqida xabar berilgandi. Sotuv hajmining asosiy qismi oltinga to‘g‘ri keldi.

Olmazor tuman yoshlari uchun “BIZNES MARAFON” tashkil etildi

0

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan joriy yilning 8-avgustida Olmazor tuman yoshlari uchun Turin Politexnika Universitetida mahoratli tadbirkorlar va yoshlar ishtirokida “BIZNES MARAFON” tashkil etildi.

Marafon davomida yoshlar oʻzlarini qiynab kelayotgan biznesni qanday boshlash, xatarlarni boshqarish, raqobat muhitida bozorda oʻz oʻrnini topish, xodimlar bilan ishlashdagi usullar, ruhiy va iqtisodiy bankrotlik, biznesdagi barqarorlikka erishish, biznesga investitsiya kiritish, xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi savollarga javoblar olishdi.

👉FOTOGALEREYANI TOMOSHA QILISH UCHUN HAVOLA USTIGA BOSING…

Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida 10 mingdan ortiq murojaat bildirildi

0

Murojaatlarning asosiy qismi tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda huquqiy himoyani kuchaytirish bo‘yicha bo‘lgan.

Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotidaga tayyorgarlik jarayonida 5-avgust holatiga ko‘ra, tadbirkorlardan 10 189ta murojaat kelib tushgan. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi. Murojaatlar uzluksiz ishlovchi “Call-markaz»ning 1094 va 1100 qisqa raqamlari hamda taklif2024.uz elektron platformasi orqali qabul qilinmoqda.

Ularning eng asosiy qismi tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida bo‘lib, shu paytgacha jami 3 395ta murojaat qabul qilingan.

Shu bilan birga, tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha 1 759ta, soliq tizimini takomillashtirish — 1 664ta, ishlab chiqarish maydonlari bilan ta’minlash — 1 006ta hamda infratuzilma bilan ta’minlash bo‘yicha 812ta tadbirkorlar muammolari qabul qilingan.

Qolaversa, 669ta murojaat tadbirkorlikni tartibga solishni soddalashtirish, 476tasi tashqi iqtisodiy faoliyat va investitsiyalar, 230tasi tadbirkorlar mahsulotlariga bozor topish hamda 178tasi transport-logistika bilan bog‘liq. Ushbu murojaatlarning bugungi kun holatiga 7 986tasi hal etilgan, qolganlari bo‘yicha ijro jarayonlari davom etmoqda. 414tasi esa vazirlik va idoralar tomonidan ijrosi ta’minlanmasdan qolmoqda. Ulardan eng ko‘p qismini Qashqadaryo viloyati hokimligi (19ta) hamda Toshkent shahar hokimligi (10ta) tashkil etadi.

Taqqoslash uchun, 1-avgust holatiga ko‘ra, 9124ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 7069tasi o‘z yechimini topgan, 526tasi hal etilmagan.

Avvalroq tadbirkorlar o‘rtasida narxlar bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilayotgani haqida xabar berilgandi. Uning asosida tovar va xizmatlar bozorida iste’mol tovarlarining tannarxini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan 30% chegirma e’lon qildi

0

Chegirmadan 31-avgustdan 3-sentabrgacha bo‘lgan mahalliy aviaqatnovlar uchun foydalanish mumkin. Chegirmali chiptalar sotuvi 6-avgustdan boshlanadi.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Mustaqillik bayrami munosabati bilan 30% chegirma e’lon qilmoqda. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi. Chegirma 31-avgustdan 3-sentabrgacha barcha mahalliy aviaqatnovlar uchun aviachiptalar tariflariga amal qiladi.

Ularni 6-avgustdan 3-sentabrgacha booking.uzairways.com sayti, ilovada, “Uzbekistan Airways Sales” filialida va aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.