Bosh sahifa Blog Sahifa 84

Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonga $260 mlnlik imtiyozli kredit ajratadi

0

Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonga $260 mlnlik imtiyozli kredit ajratadi

Mablag‘lar hisobidan 2024−2028 yillarda Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining 21ta tumanida qishloqlar infratuzilmasi yaxshilanadi.

Loyiha doirasida 20ta maktab, 14ta bog‘cha, 10ta oilaviy shifokor punkti qurilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, 200 km ichimlik suvi (Samarqandda 16,1 km), (Qashqadaryoda 105 km), (Surxondaryoda 78 km) tortiladi.

Shu bilan birga, belgilangan tumanlarda 368 kilometr elektr tarmog‘i tortilib, 53ta transformator o‘rnatiladi.

Jon Shnatter Papa John’s pitsaxonasini qanday yaratgan?

0

Mazkur maqolada “Papa John’s” pitsa tarmog‘i qanday tashkil etilgani, rivojlanish tarixi hamda uning kengayish jarayonlari haqida ma’lumotlar berilgan.

Supurgi shkafidan boshlangan biznes

“Papa John’s” pitsaxonalari tarmog‘i asoschisi Jon Shnatter yoshligidan mehnatda voyaga yetgan. U 15 yoshida Indiana shtatining Jeffersonvill shahridagi otasining taverna (mayxona)sida idish yuvuvchi bo‘lib ishlay boshlagan. Mijozlar ko‘p bo‘lgan paytlarda otasiga oshxonada yordam bergan.

Jon oliygohni bitirib uyga qaytadi. Bu paytga kelib otasining tavernasi xonavayron bo‘lish arafasida edi. Shu sabab u 1971-yilda ishlab chiqarilgan “Camaro Z28” mashinasini $1600ga foydalanilgan pitsa tayyorlovchi uskunani xarid qilish uchun sotadi va mayxona mijozlariga pitsa taklif qiladi.

U ishni kichik mayxona orqa tarafidagi supurgi shkafi ichiga pech o‘rnatishdan boshlaydi. Shunday qilib “Papa John’s»ga 1984-yil 22 yoshli Jon Shnatter tomonidan Indiana shtatining Jeffersonvill shahrida asos solinadi.

Jonning pitsalari qisqa muddat ichida juda mashhur bo‘lib, bir yildan so‘ng yangi joyga ko‘chib o‘tadi va maxsus sousni ham o‘sha yili o‘ylab topishadi.

biznes tarixi, papa john's, pitseriya“O‘sha paytda biz jiddiy hajmda ishlayotgan edik — to‘rtta “Papa John’s»da haftasiga taxminan 4000 ta pitsa tayyorlanardi. Afsuski, ba’zi uskunalarimiz juda qadimiy edi. Birinchi jahon urushi davridagi T-80 mikser eng yaxshi namunadir. U shunchalik eski ediki, bir necha oyda buzilib ketardi”, deya yozadi Jon Shnatter o‘z kitobida.

1993-yilda “Papa John’s” ommabop kompaniyaga aylandi. Oradan bir yil o‘tgach, 500ta tarmoqqa ega bo‘ladi va 1997-yilda esa ularning soni 1500taga yetadi. Uning shiori “Yaxshiroq ingrediyentlar. Yaxshiroq pizza”. 2009-yilda Shnatter birinchi mashinasi uchun $250 ming pul mukofoti taklif qilib, uni qayta sotib oladi.

biznes tarixi, papa john's, pitseriya

5000 ta restoran tarmoqlari

2002-yil yanvar oyida “Papa John’s” AQShdagi barcha mijozlariga onlayn buyurtma berish imkoniyatini yaratgan birinchi milliy pitsa tarmog‘iga aylandi. Ko‘pgina boshqa milliy pitseriyalar ham keyinchalik o‘z xizmatlariga onlayn buyurtmani qo‘shdilar. 2004-yil 10-iyulga kelib kompaniya bozorning taxminan 6,6%ini nazorat qilgan. 2012-yil sentyabr oyida Nyu-Yorkdagi Nyu-Gayd-Parkda “4000-Papa Jon’s” pizza restorani ochildi. Kompaniya bu munosabat bilan shahar bo‘ylab mijozlarga 4000ta bepul pitsa sovg‘a qilish orqali tadbirni nishonladi.

2023-yilda “Papa John’s” pitseriya tarmog‘i butun dunyo bo‘ylab jami 5906 ta restoranga ega bo‘lgan. Uning dunyo bo‘ylab 45ta mamlakat va hududlarda 5000dan ortiq nuqtalari mavjud. Kompaniyaning butun dunyo bo‘ylab xodimlari soni 2023-yilda taxminan 13,2 ming kishini tashkil etgan, bu 2022-yilga nisbatan 1200taga o‘sdi.

Amerikadagi odatiy restoranlarda 20 dan 25tagacha xodim ishlaydi, ularning aksariyatiga yarim kunlik va soatiga qarab haq to‘lanadi.

Daromad. 2023-yilda“Papa John’s»ning butun dunyo bo‘ylab daromadi 2022-yilga nisbatan sezilarli darajada o‘sib, $2,14 mlrdni qayd etdi.

biznes tarixi, papa john's, pitseriya

Papa John’s’ning yangi yuzi

2019-yili kompaniya asoschisi irqiy janjal tufayli boshqaruv kengashini tark etganidan olti oy o‘tgach, pitsa tarmog‘ida yangi yuz — basketbol yulduzi Shaquille O‘Neal paydo bo‘ldi.

Tadbirkor va sobiq NBA super yulduzi kompaniyaga boshqaruv kengashi a’zosi va investor sifatida qo‘shilganini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasda e’lon qilib, “Pitsa partiyasi vaqti keldi!”, deb yozadi. Shaq, shuningdek, brendning vakili bo‘ladi va shaxsan Atlanta hududidagi “Papa John’s»ning to‘qqizta manziliga sarmoya kiritadi.

Logotipi haqida

Asl emblema oddiy geometrik shaklda joylashgan bo‘lib, uning ichida faqatgina yozuv bor. U 1984-yil kompaniya tashkil etilganidan buyon qo‘llanilib kelinayotgandi. Dastlabki logo qizil va oq rangdan iborat, “teskari plastinka” ko‘rinishida tasvirlangan. Tepada “Pitsa” so‘zi, ism esa ko‘k harflar bilan yozilgan.

biznes tarixi, papa john's, pitseriya

2018-yilda logotipga yashil rang qo‘shildi. Yuqorisidagi “Pizza” so‘zi olib tashlanib, ism ikkita rangda tasvirlandi. Undagi qizil rang pitsa uchun ishlatiladigan pomidor sousiga, yashil esa rayhon o‘simligiga bag‘ishlangan. Yozuvning minimalistik dizayni restoran tarmog‘ining oddiy, ammo yuqori sifatli xizmatga qaratilganligini ifodalaydi.

biznes tarixi, papa john's, pitseriya

2021-yil noyabr oyida taqdim etilgan yangi logotipda faqat kompaniya nomi mavjud. Unda avvalgi versiyadagidek yashil ramka va “Pizza” yozuvi tushirilgan kichik lenta yo‘q. Endi bu shunchaki to‘q qizil yozuv bo‘lib, bosh harfda qalin qilib yozilgan.

Harflar o‘rtaga qarab kattalashib, qirralariga tomon esa kichraygan, “PAPA” va “JOHNS” o‘rtasida juda tor oraliq mavjud.

biznes tarixi, papa john's, pitseriyaPitsa turlari

Kompaniya mehmonlarga 20dan ortiq turdagi pitsalarni taqdim qilgan. Ular ham “classics”, “favorites”, “signature” singari guruhlarga ajratiladi. Retseptlar ingrediyentlarning ta’mi va muvofiqligi muvozanatini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.

Standart pitsa retseptlaridan tashqari, ular mijozlarga oshpaz rolini sinab ko‘rish va o‘z pitsasini tayyorlash imkonini beradi, yani buyurtma berishda mijoz o‘z didiga mos noyob mahsulot yaratib, istalgan ingrediyentlarni qo‘shishi yoki olib tashlashi mumkin.

“Papa John’s” pitsalari 4 xil hajmga ega bo‘lib, ular quyidagilar:

biznes tarixi, papa john's, pitseriya

Shuningdek, pitsa xamiri ham an’anaviy va yupqa turda tayyorlanadi.

Papa John’s O‘zbekistonda

Amerikaning “Papa John’s” pitseriya tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga 2023-yilning oxirida kirib keldi. Bu haqda noyabr oyi oxirida ochilgan “Instagram” ijtimoiy tarmog‘idagi “Papa Johns Uzbekistan” sahifasidan ma’lum bo‘ldi.

Pitseriya menyusida eng ko‘p sotiladigan pitsalar, tiniq papadiyalar, jumladan, Chicken BBQ bor. Brend O‘zbekiston uchun maxsus taklifni ishlab chiqdi: “Oilaviy” to‘plami, unga 2ta pitsa, 2ta yonma-yon ovqat va katta ichimlik kiradi.

Hozirda brendning Toshkentda 7ta fiiali mavjud.

“Yashil makon” loyihasi va obodonchilik bo‘yicha vazifalar belgilandi

0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 29-mart kuni “Yashil makon” loyihasi doirasidagi ishlar hamda chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Bu yil bahorda “Yashil makon” loyihasi doirasida 125 million tup ko‘chat ekilishi mo‘ljallangan. Hududlarda bog‘lar yaratish, yo‘l bo‘ylarida 10 qatordan daraxtlar ekish bo‘yicha ishlar boshlangan. Bu Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Lekin aksariyat viloyat va tumanlarda daraxt ekadigan joylar haligacha belgilanmagan, sug‘orish va ko‘chatga pul ajratilmagan.

Shu bois kecha Vazirlar Mahkamasida bu masala tanqidiy ko‘rib chiqilib, viloyat hokimlarining sohaga mas’ul o‘rinbosarlari, tuman hokimlari va ularning o‘rinbosarlari, tizim tashkilotlari rahbarlaridan 28 nafariga intizomiy jazo qo‘llangani qayd etildi.

Bu boradagi ishlar ko‘lami vazirliklar kesimida ham turlicha. Masalan, Mudofaa vazirligi 100 gektar, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi 65 gektardan bog‘ yaratgan. Lekin energetika va transport vazirliklariga ajratilgan yerlarda ko‘chat to‘liq ekilmagan. Avtomobil va temir yo‘l bo‘ylari, daryo va kanal yoqalari, sanoat korxonalari va yoqilg‘i quyish shoxobchalari atrofida ham qancha joylar bo‘sh yotibdi.

Umuman, daraxt ekishni ommalashtirish bo‘yicha tashabbus va targ‘ibot yetishmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Bu borada davlat tashkilotlari bilan birga mahalliy kengashlar, Ekopartiya va boshqa uyushmalar, mahallalar – hamma birdam bo‘lib harakat qilsa, juda ko‘p bog‘lar yaratilishi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda “Yashil makon” loyihasi doirasidagi galdagi vazifalar, yangi tashabbuslar muhokama qilindi.

Yurtimizda daraxt ekib, yashillik yaratishni xohlovchilar ko‘p. Lekin ko‘p qavatli uyda yashaydigan odamlarda yer yo‘q. Bu borada Janubiy Koreya tajribasi asosida Toshkent viloyatida yaxshi tashabbus boshlangan. Unga ko‘ra, tumanlar hududidan yer ajratilib, 30 yil muddatga obodonlashtirish boshqarmalariga beriladi. Mahalliy budjet hisobidan tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilinib, yer tayyor holga keltirilib, daraxt ekish istagi bor aholiga taklif etiladi. Har bir ko‘chat uni ekkan odam nomiga tamg‘alanadi. Daraxtlarni parvarishlash uchun obodonlashtirish boshqarmasi xodimi biriktiriladi.

Davlatimiz rahbari bu tajribani barcha viloyatlarda amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Mamlakatimizda 9 ming 452 ta mahalla bor. Jumladan, shaharlarda 39 mingta ko‘p qavatli uy mavjud. Mahalla faollari, boshqaruv servis kompaniyalari ushbu hududlarda ko‘chatlar ekilishiga bosh-qosh bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.

Yo‘llar va kanallar bo‘yidagi yerlarni talabgorlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma asosida 10 yilga berib, 5 qatordan ko‘chat ektirish tizimi joriy qilingan. Bundan foydalanib, hozirgi mavsumda ham ko‘plab daraxtzorlarga zamin yaratish mumkin.

Yashil hududlarni ko‘paytirish bo‘yicha Toshkent shahrida ham yaxshi tajriba qo‘llanmoqda. Ya’ni, shaharsozlik kengashi yangi qurilishlar maydonining kamida 30 foiziga daraxt ekish majburiyatini qo‘yib, ko‘chat navigacha belgilab berayapti. Obyekt bu shart bajarilgandan keyingina foydalanishga qabul qilinayapti.

Qurilish vazirligiga bu tartibni barcha hududlarda ommalashtirib, shaharsozlik normalari va litsenziya talablariga daraxt ekish majburiyatini kiritish topshirildi.

Xususan, bu yil topshiriladigan 2,5 mingta ko‘p qavatli uylar hududining 30 foizida, 38 ta “Yangi O‘zbekiston” massivlarining har birida kamida 1 gektardan yashil xiyobonlar tashkil qilinishi belgilandi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga joylarda 444 ta yashil bog‘ va 160 ta jamoat parklari tashkil qilish, “Mening bog‘im” loyihasini ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.

Mutasaddilar dala chetlarida, yirik korxonalar va sanoat zonalari atrofida yashil hududlar tashkil qilish rejalari bo‘yicha axborot berdi.

Ijtimoiy muassasalarga ko‘chatlarni bepul yetkazib berish amaliyoti bu yil ham davom ettirilib, ularga jami 4 milliondan ziyod ko‘chat tarqatilishi aytildi.

Yig‘ilishda chiqindilar bilan ishlash tizimini yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, endi hududlarda obodonlashtirish, tozalikni ta’minlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim bo‘ladi. Har bir viloyatdagi 2 tadan tumanda 1 maydan boshlab, tajriba tarzida obodonlashtirish boshqarmalari vazifalari xususiy sheriklik asosida chiqindi korxonalariga o‘tkaziladi.

Bunda tadbirkorlar o‘ziga biriktirilgan hududda daraxt va gullar ekish, ularni parvarishlash, ariqlarni tozalash, ko‘chalarni yoritish bilan birga, chiqindilarni olib ketish bilan ham shug‘ullanadi. Obodonlashtirish bo‘limlariga har yili budjetdan ajratiladigan mablag‘lar ham endi ularga yo‘naltiriladi.

Ushbu tajriba o‘zini oqlasa, 2025-yildan barcha tuman va shaharlarda yo‘lga qo‘yiladi.

Toshkent shahri uchun alohida tizim bo‘ladi. Poytaxt tumanlaridagi obodonlashtirish boshqarmalarining ko‘chalarni tozalash, ko‘kalamzorlashtirish, yo‘llarga xizmat ko‘rsatish vazifalari 15 apreldan auksion orqali xususiy sheriklarga beriladi.

Chiqindi poligonlarini tartibga keltirish va chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha ham yangi tizim bo‘ladi. Har bir viloyatda joylashuvi qulay bo‘lgan 3-4 tadan poligon maxsus eko-sanoat zonasiga aylantirilib, qayta ishlash loyihalari amalga oshiriladi. Qolganlarida chiqindini vaqtincha to‘plab, qayta yuklaydigan stansiyalar ishga tushadi.

Resursini o‘tab bo‘lgan poligonlar yopiladi. Ularning atrofida terak, tut, gujum, zarang ekib, yashil belbog‘ barpo qilinadi.

Chiqindilarni olib ketish xizmati yaxshi bo‘lishi uchun to‘lov intizomi ham kerak. Shu bois bu borada ham yangi tartib joriy qilinadi. Unga ko‘ra, “mahalla yettiligi”ga hududida aslida ko‘rsatilmagan xizmat bo‘yicha noreal qarzni hisobga olmaslik vakolati beriladi. Bu orqali xizmat ko‘rsatilmagan hudud uchun ham debitor qarzdorlik yozib qo‘yishdek adolatsiz amaliyotga chek qo‘yiladi.

Ko‘p qavatli uylarda aholini chiqindini saralagan holda tashlashga rag‘batlantiradigan tizim joriy etiladi. Buning uchun Ekologiya jamg‘armasi hisobidan maxsus chiqindi qoplari bepul beriladi, aholi chiqindini belgilangan toifaga ajratib, shoxobchaga olib boradi. Tadbirkorlar esa qayta ishlanadigan foydali chiqindini aholidan sotib oladi.

Ushbu tizim birinchi bosqichda Toshkent, Andijon, Buxoro, Termiz, Angren shaharlari va Toshkent tumanida yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axboroti eshitildi.

O‘zbekistonliklar Kanadaga ishga taklif etilmoqda

0

Kanada 5000 bo‘sh o‘rni taklif etmoqda!

Kanada ish beruvchilari bilan erishilgan kelishuvga ko‘ra, qurilish, xizmat ko‘rsatish va texnik sohalarga fuqarolar ishga taklif etilmoqda.

Dastlab qurilish sohasida:
− duradgor;
− payvandchi;
− elektrik;
− santexnik;
− betonchi;
− oynachi;
− tom yopuvchi;
− pol qoplamalarini yotqizish bo‘yicha yordamchi;
− o‘rmon xo‘jaligi va boshqalar.

Talablar va zarur hujjatlar:
1. 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lishi
2. ingiliz tili, fransuz tili yoki ispan tillaridan birini bilish
3. Qurilish kasb-taʼlimi mutaxassisligi bo‘yicha guvohnoma, sertifikat, diplom
4. Xorijga chiqish pasporti nusxasi

💵 Ish haqi: soatiga 12,5 AQSH dollaridan 30 AQSH dollarigacha.

👉Ro‘yxatdan o‘tish

Talablarga mos kelmaydigan fuqarolarning nomzodi ko‘rib chiqilmaydi.

Har bir nomzod maʼlumotlari ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan ko‘rib chiqiladi va xorijiy tilda suhbatdan o‘tkaziladi.

☎️71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami

O‘z-o‘zingizni kuzatuvchi bo‘ling

0

O‘z-o‘zingizni kuzatuvchi bo‘ling!

Fizikada «Kuzatuvchi effekti» nazariyasi mavjud. Unda kuzatuvchi kuzatish obyektini o‘zgartiradi.

Xuddi shuningdek, biz ham o‘z-o‘zimizga kuzatuvchi bo‘lib, o‘zimizni tashqaridan tadqiq qilsak, xato va kamchiliklarimizni yaxshiroq ko‘rib, anglash o‘zgartirish imkoni bo‘ladi.

“Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi 2024-yil davomidagi faoliyati tog’risida

0

2023-yil “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi uchun samarali hamda muvaffaqiyatli yil bo‘ldi. Amalga oshirilgan loyihalar bilan ko‘plab yoshlar qamrab olindi.

Jamg‘arma 2024-yilda ham yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish sohasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar doirasida o‘z faoliyatini davom ettiradi. Quyidagi video orqali jamg‘arma faoliyati borasida batafsil maʼlumotga ega boʻlishingiz mumkin.