Bosh sahifa Blog Sahifa 81

Tadbirkorlarga qo‘llaniladigan moliyaviy jarimalar kamaytiriladi

0

Soliq kodeksining 227−1-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun qo‘llaniladigan moliyaviy sanksiyalar miqdorini kamaytirishini nazarda tutuvchi qonun ko‘rib chiqildi.

Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining navbatdagi majlisida mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari, qo‘mita ekspertlari ishtirokida bir nechta qonunlar muhokama qilindi.

Xususan, Joriy yilning fevral oyida qabul qilingan “Soliqqa oid ayrim huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini maqbullashtirish to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, Soliq kodeksining 227−1-moddasi asosida tadbirkorlarga qo‘llanilayotgan moliyaviy jarimalarni qisqartirish belgilanmoqda.

Qonun bilan fiskal huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun qo‘llaniladigan moliyaviy sanksiyalar miqdorlari kamaytirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritiladi. Mazkur huquqbuzarliklar birinchi marta sodir etilganda jarima miqdori oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2%ini, huquqbuzarlik takroran sodir etilganda esa uning 20%ini tashkil etadi.

Senatorlarning ta’kidlashicha, soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik maqbullashtirilishi tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoit yaratib, ularning faoliyati rivojlanishiga yordam beradi.

Shuningdek, davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun muhokama qilindi.

Qonun mamlakatda davlat mulkini tadbirkorlarga va boshqa shaxslarga ijaraga berishning qonuniyligini ta’minlashga qaratilgan. U bilan davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. Mazkur hujjatning qabul qilinishi davlat mulkidan samarali foydalanilishini, ijaraga oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Shu bilan birga, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qo‘yish tartibi belgilanayotganligi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonun dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

Unda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalarining bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarini adliya organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalarini mustahkamlash, ularning majburiyatlari yuzasidan tegishli kasaba uyushmasining javobgarligini oshirish nazarda tutilgan.

Qonunning qabul qilinishi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalarining bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarini ro‘yxatga va hisobga olish yagona organ orqali amalga oshirilishini ta’minlaydi. Shuningdek, ular tomonidan shartnomaviy-huquqiy munosabatga kirishilganda yuzaga keladigan majburiyatlar bo‘yicha javobgarligini aniq belgilashga xizmat qiladi.

Muhokama davomida qonunlarning dolzarbligi va zarurligini e’tiborga olib, qo‘mita xulosasi qabul qilindi va qonunni Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritishga kelishildi.

2022-yilning 13-iyunidan bugungi kungacha mazkur modda asosida jami 1,5 ming nafar tadbirkorga nisbatan jarima qo‘llanilgan. Jarima miqdori 694 mlrd so‘mni tashkil etib, shundan 39 mlrd so‘mi undirilgan.

Avvalroq “Spot” Soliq kodeksining biznesni “o‘ldiruvchi” 227−1-moddasiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqida umumiy ovqatlanish sohasi vakillari munosabatini e’lon qilgandi.

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 37 millionga yetdi

0

22 aprel kuni soat 03:24 holatiga ko‘ra O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 37 millionga yetdi.

22 aprel kuni soat 03:24 holatiga ko‘ra respublikaning doimiy aholisi soni 37 million kishini tashkil etdi.

Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, erkaklar soni 18,5 million, ayollar soni esa 18,3 millionni tashkil etmoqda.

2024 yilning 1 aprel holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 36 963 262 kishini tashkil etgandi.

16 aprelga kelib bu miqdor 36 990 128 nafarni tashkil etgan. Shundan 18,5 milliondan ortiq qismini erkaklar, 18,3 milliondan ortiq qismini ayollar tashkil qildi.

1 yanvar holatiga ko‘ra, 1 km kv yer maydoniga o‘rtacha 82 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi.

Avvalroq O‘zbekistonda hududlar kesimida doimiy aholi soni haqida ma’lumot berilgandi.

Hududlar kesimida doimiy aholi soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda – 4,2 mln kishi.

O‘zbekiston-Tojikiston investitsiya kompaniyasi $135 mlnlik loyihalarni amalga oshiradi

0

O‘zbekiston-Tojikiston sarmoyaviy kompaniyasi $135 mlnlik loyihalarni amalga oshiradi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Joriy yilning 17-aprel kuni Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi arafasida Dushanbe O‘zbekiston-Tojikiston investitsiya biznes-forumi o‘tkazildi.

Unda ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 600dan ortiq vakillari, vazirlik va idoralar, tarmoq birlashmalari va viloyat hokimliklari rahbarlari ishtirok etdi.

So‘nggi 8 yilda mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 3 barobarga oshib, 2023-yilda $750 mlnga yetdi, yil boshidan esa yana 40%ga oshdi. Yaqin yillarda bu ko‘rsatkichni $2 mlrdga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Ikki davlat hududida 370dan ortiq qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. “Oybek-Fotexobod” chegara punkti va “Andarxon” savdo-logistika markazida savdo zonasini tashkil etish, Tojikistonning Zarafshon daryosida ikkita GES qurish kabi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish ishlari olib borilmoqda.

Munosabatlarni rivojlantirishda metallurgiya va tog‘-kon sanoati, mineral-xom ashyo resurslarini o‘zlashtirish va qayta ishlash, shamol va quyosh energetikasini rivojlantirish, gidroenergetika, mashinasozlik va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish, agrosanoat kompleksi va yengil sanoat kabi sohalar belgilab olindi.

Tojikiston Bosh vazirining o‘rinbosari Usmonali Usmonzoda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillarini faol hamkorlik qilishga, sheriklik aloqalarini o‘rnatishga chaqirdi. Tomonlar O‘zbekiston-Tojikiston sarmoyaviy kompaniyasining rolini ta’kidladi.

Mazkur kompaniya resurslaridan foydalanish uchun umumiy qiymati $135 mlnlik 14ta loyiha ro‘yxati shakllantirildi.

“BIZNES MARAFON”: O’z biznesini yo’lga qo’ymoqchi bo’lganlar uchun ajoyib loyiha

0

Oʻz biznesini ochmoqchi, nafaqat Oʻzbekiston, balki jahon bozorini ham egallamoqchi boʻlgan barcha uchun 18-aprel kuni Toshkent davlat agrar universitetida mahoratli tabirkorlar va yoshlar ishtirokida “BIZNES MARAFON” boʻlib oʻtdi.

«Yoshlar — kelajagimiz» jamg’armasi axborot xizmati

«Yoshlar — kelajagimiz» jamg’armasi axborot xizmati
«Yoshlar — kelajagimiz» jamg’armasi axborot xizmati
«Yoshlar — kelajagimiz» jamg’armasi axborot xizmati
«Yoshlar — kelajagimiz» jamg’armasi axborot xizmati

Unda “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Xayrulla Sattarov, “MFaktor” loyihasi, “Dekos.uz” asoschisi Husan Mamasaidov, “Asian.code.team” loyihasi asoschisi Laziz Adhamov, “Dalatek” loyihasi asoschisi Dora Atadjanova singari O‘zbekistonning yetakchi tadbirkorlari ishtirok etishdi. Shuningdek, bu safar marafonda maxsus mehmon — Markaziy Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyo biznes hamjamiyati™ (CASEA-BC™) bosh direktori Rudy Fang ishtirok etdi.

«Yoshlar — kelajagimiz» jamg’armasi axborot xizmati
«Yoshlar — kelajagimiz» jamg’armasi axborot xizmati
«Yoshlar — kelajagimiz» jamg’armasi axborot xizmati
«Yoshlar — kelajagimiz» jamg’armasi axborot xizmati
«Yoshlar — kelajagimiz» jamg’armasi axborot xizmati
«Yoshlar — kelajagimiz» jamg’armasi axborot xizmati
«Yoshlar — kelajagimiz» jamg’armasi axborot xizmati

Mavjud loyihalarni hayotga tatbiq etish, sarmoyadorlar hamda kerakli muassasalarni jalb qilish, shuningdek, biznes gʻoyalar hamda startaplarni amalga oshirish uchun qanday sharoitlar yaratilgani borasidagi savollarga javoblar berilgan uchrashuv kelajagini ulkan qadamlar ila boshlamoqchi boʻlgan yoshlar uchun ayni muddao boʻldi.

«Yoshlar — kelajagimiz» jamg’armasi axborot xizmati
«Yoshlar — kelajagimiz» jamg’armasi axborot xizmati
«Yoshlar — kelajagimiz» jamg’armasi axborot xizmati
«Yoshlar — kelajagimiz» jamg’armasi axborot xizmati
«Yoshlar — kelajagimiz» jamg’armasi axborot xizmati

To‘qimachilik tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi

0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-aprel kuni to‘qimachilik sohasida eksport va investitsiya hajmlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

To‘qimachilik barcha hududlarimizda keng tarqalgan va aholini eng ko‘p band qilgan salohiyatli sanoat tarmog‘idir. Bugungi kunda 6 mingdan ziyod korxonada 570 ming kishi ish bilan ta’minlangan.

So‘nggi yillarda investitsiyalar va yangi texnologiyalar faol jalb etilgani tufayli sohada natijadorlik jadal oshgan. Masalan, o‘tgan yili 8 milliard 200 million dollarlik to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich 7 yil oldingiga nisbatan 4,2 baravar ko‘p.

Shuningdek, 2023-yilda tarmoqdagi eksport 3,1 milliard dollar bo‘ldi. Bu yil yana uchta yangi bozorlarga chiqilib, eksport geografiyasi 83 ta davlatga yetdi.

Biroq uning tarkibi tahlil qilinsa, muayyan kamchiliklar ham ko‘zga tashlanadi. Masalan, tayyor tovarlar eksportida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ulushi kam. Eksportning qariyb 80 foizi an’anaviy bozorlarga to‘g‘ri kelayapti. Yevropaga eksport hajmi kutilganidek emas.

Rivojlangan davlatlar bozoriga yoki brendlarga eksport hajmini oshirish uchun xalqaro standart va sertifikat talab etiladi. Lekin bizdagi atigi 175 ta korxona bunday talablarga javob beradi. 18 ta tumanda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish yillik hajmi 1 million dollarga ham yetmaydi.

Yig‘ilishda shu kabi tahlillar asosida tarmoqdagi ulkan imkoniyatlar ko‘rsatib o‘tildi.

“Boston Consulting Group” xulosasiga ko‘ra, bizdagi xomashyo bilan kamida 15 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish, yana 500 mingta yangi ish o‘rni yaratish imkoniyati bor.

Masalan, yurtimizda 1 kilogramm ip-kalavaning tannarxi jahondagi narxlardan o‘rtacha 28 foiz arzon. Bu – tayyor mahsulotni ko‘paytirish va raqobat uchun juda katta imkoniyat.

Moliyaviy qo‘llab-quvvatlov ham bor. O‘tgan yil boshida gazlama, bo‘yash-pardozlash, tayyor tikuv-trikotaj loyihalari uchun 50 million dollar resurs ajratilgan. Bu mablag‘ ishlatilganidan keyin, yana 100 million dollar yo‘naltirish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari bu imkoniyatlardan oqilona foydalanib, hududlarda loyihalarni va ish o‘rinlarini ko‘paytirish kerakligini ta’kidladi.

– Bu sohada yagona to‘g‘ri yo‘limiz – mavjud xomashyoni to‘liq qayta ishlash orqali yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish va an’anaviy arzon bozorlardan, yangi bozorlarga kirib borish, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ishlab chiqarishning qulay yo‘llaridan biri – yirik korxonalar filiallarini mahallalarda ochish. Masalan, Samarqand shahridagi “Zarafshon tekstil” fabrikasi 11 ta hududiy filial ochgan. Buning afzalligi shundaki, ortiqcha vaqt va xarajat qilib, yangidan standart joriy qilish yoki sertifikat olish shart emas. Shu bois bu amaliyotni kengaytirish zarurligi qayd etildi.

To‘qimachilik korxonalari uchun eng muhim masalalardan biri bu – xomashyo. Mamlakatimizda 1 million 300 ming tonna tolani qayta ishlash quvvati bor. Lekin hozirda 1 million tonnaga yaqin tola tayyorlanmoqda. Shu bois paxta yetishtirish tannarxini kamaytirish va hosildorlikni oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Paxta-to‘qimachilik klasterlarining faoliyatiga ham to‘xtalib o‘tildi. Ularning barqaror faoliyatini ta’minlash bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Videoselektor yig‘ilishida 100 dan ortiq tadbirkorlar ishtirok etdi. Prezidentimiz ular bilan muloqot qildi.

Tadbirkorlar to‘qimachilik korxonalari qurish, qo‘shilgan qiymat solig‘ini bir kunda qaytarish amaliyotini kengaytirish, eksportoldi kreditlar olishni soddalashtirish, arzon moliyaviy resurslar ajratish, milliy mahsulotlarni ommalashtirish bo‘yicha muammo va  takliflarini aytdi.

Mutasaddilarga bu masalalarni chuqur o‘rganib, amaliyotga joriy etish, zarur bo‘lsa, qonunchilikni takomillashtirish vazifasi qo‘yildi.

Sohani kompleks rivojlantirishda “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi muhim o‘rin tutadi. Shu bois endi uni to‘qimachilikning har bir yo‘nalishidagi tadbirkorlardan iborat Kengash boshqaradi. Har bir viloyat bo‘yicha uning vakillari saylanadi. Uyushma xodimlari klasterlar va to‘qimachilik korxonalariga ishlab chiqarish, investitsiya, eksport va ish o‘rinlarini ko‘paytirishga ko‘maklashadi.

Brendlar bilan ishlab, xalqaro sertifikatga ega eksportchilar sonini oshirish, Yevropa davlatlarida keng qamrovli targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish muhimligi qayd etildi.

Klasterlarda ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida tadqiqot va rivojlanish (R&D) guruhlarini tashkil qilish taklifi bildirildi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilar axborot berdi.