Bosh sahifa Blog Sahifa 80

Christian Dior brendi qanday paydo bo‘lgan?

0

Mazkur maqolada “Christian Dior” brendi qanday tashkil etilgani, rivojlanish tarixi hamda uning kengayish jarayonlari haqida ma’lumotlar berilgan.

Har qanday biznes loyihalar va turli brendlarning o‘z tarixi bor. Bugungi kungacha bosib o‘tgan yo‘li, loyihadagi keskin burilishlar hamda muvaffaqiyatli qadamlar ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lishi tabiiy.

Maqolada kompaniyaning bugungi kungacha qanday shakllangani hamda uning kengayish jarayonlari haqida so‘z boradi.

Kristian Dior 1905-yil 21-yanvarda Fransiyaning Granvil shahrida tug‘ilgan, oilasi bilan birga shu yerdagi “Les Rhumbs” villasida yashagan. U oilada besh farzandning ikkinchisi edi.

Uning otasi Moris Dior kimyoviy o‘g‘itlar savdosi bilan shug‘ullanib, asosiy daromadini shundan topardi. Onasi Madlen Dior esa go‘zalligi uchun pul sarflashni yaxshi ko‘radigan hashamatli ayol edi.

Milliarderlardan maslahatlar

0

➡️ Bank hisobingiz telefon raqamingizga oʻxshamaguncha rivojlanishdan toʻxtamang…

➡️ Har bir oilada kambagʻallik zanjirini uzadigan shaxs bo‘ladi. Oʻsha inson siz boʻling…

➡️ Hech qachon taslim boʻlmang, bugun ogʻir ertaga bundan battar boʻlishi mumkin, lekin undan keyingi kun, albatta, quyosh koʻrinadi…

➡️ Agar pulingiz kam boʻlsa, biznes qilishingiz shart emas, agar pulingiz bo‘lmasa, darhol biznes qilishingiz kerak…

➡️ Muammolani hal qil yoki ularni unut, lekin hech qachon muammo bilan yashama…

Toshkent viloyatidagi 20 mingga yaqin bino Yangi Toshkent hududiga o‘tkaziladi

0

Yuqori Chirchiq tumanidan 6 556ta, O‘rta Chirchiq tumanidan esa 3 167ta obyekt o‘tkazilmoqda.

Toshkent viloyatidan 20 mingga yaqin binolar Yangi Toshkent hududiga o‘tkazilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi Toshkent hududiga o‘tayotgan ko‘chmas mulk obyektlarining umumiy soni 19 723tani tashkil etadi. Shundan 18 773tasi turar joy, 891tasi noturar joy hamda 52tasi ko‘p qavatli uylar hisoblanadi.

Bunda Yuqori Chirchiq tumanidan 6 556ta, O‘rta Chirchiq tumanidan esa jami 3 167ta obyekt o‘tkazilmoqda.

Mart oyida viloyatdagi qariyb 20 ming gektar yer maydoni Yangi Toshkentga o‘tkazilishi ma’qullandi. Yuqori Chirchiq tumanidan 17,3 ming gektar va O‘rta Chirchiq tumanidan esa 2,4 ming gektar yer ajratiladi.

Yuqori Chirchiq tumanidagi 33ta mahalla (20tasi to‘liq, 13tasi qisman) va O‘rta Chirchiq tumanidagi 7ta mahalla (4tasi to‘liq, 3tasi qisman) poytaxt tarkibidagi Yangi Toshkent tumaniga o‘tkaziladi. Ularning to‘liq ro‘yxati bilan havola orqali tanishish mumkin.

Avvalroq Yangi Toshkentning dastlabki binolari qurilishi boshlangandi. Birinchi bosqichda ikkita OTM kampuslari, kutubxona, teatr, muzey hamda ijod maktablari barpo etiladi.

O‘tgan yilning mart oyida Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishiga tamal toshi qo‘ydi. Birinchi bosqichda 6 ming gektarda bunyodkorlik qilish rejalashtirilgan. Yangi Toshkent konsepsiyasi va bosh rejasini ishlab chiqish 4 bosqichda amalga oshiriladi.

Tuman administratsiya, iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat kabi 5ta negiz asosida quriladi. 2023-yilning iyul oyida Yangi Toshkent shahrini barpo etish chora-tadbirlari bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi salkam 16 mlrd dollarga yetdi

0

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 6,2 foizga oshgan.

2024 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 15,8 mlrd AQSh dollariga yetgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasi hajmi 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 927,9 mln AQSh dollariga yoki 6,2 foizga oshgan.

Toshkent shahri O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori – 38,5 foiz ulushni egallagan.

2024 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston eksport hajmi qariyb 6,4 mlrd AQSh dollariga yetgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 10 foizga ko‘p.

Yanvar-mart oylarida O‘zbekiston jahonning 184 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib, tashqi savdo aylanmasi hajmini 15,8 mlrd AQSh dollariga yetkazgan.

TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (19 foiz), Rossiya (17,7 foiz), Qozog‘iston (5,9 foiz), Turkiya (4,1 foiz) va Koreya Respublikasida (3,4 foiz) qayd etilgan.

O‘zbekiston mart oyida 1,35 mlrd dollarlik oltin eksport qildi

0

Mart oyida O‘zbekiston 1,35 mlrd dollarlik, yil boshidan buyon esa 2,66 mlrd dollarlik oltin eksport qildi.

2024 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 15,8 mlrd dollarni tashkil etdi, bu 2023 yilning shu davriga nisbatan qariyb 1 mlrd dollar yoki 6,2 foizga ko‘p.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, eksport 10 foizga — 6,38 mlrd dollargacha oshdi. Import 9,44 mlrd dollargacha ortdi. Tashqi savdo taqchilligi biroz qisqardi va 3,05 mlrd dollarni tashkil etdi, bu 2023 yilga nisbatan 232,2 mln dollarga kam.

Birinchi chorakda oltin eksporti 10,5 foizga oshib, 2,66 mlrd dollarni tashkil etdi (2023 yilning birinchi choragida 2,41 mlrd dollar bo‘lgan). Bu mamlakat umumiy eksportining 41,7 foizini tashkil etadi.

Mart oyida 1,35 mlrd dollardan ortiq qiymatdagi yoki fevral oyidagi bilan (1,32 mlrd dollar) deyarli bir xil miqdorda oltin eksport qilindi.

Hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi

0

19-aprel “Shakes Pear” kitoblar olamida “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi hamda Markaziy Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyo biznes hamjamiyati™ (CASEA-BC™) bosh direktori singapurlik Rudy Fang bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, tomonlar bir-birining faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Shundan so‘ng hamkorlik, yoshlar, xususan, yosh tadbirkorlar uchun yanada kengroq imkoniyatlar yaratish kabi masalalar muhokama qilindi.

Kelajakda tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirishga kelishib olindi.