Bosh sahifa Blog Sahifa 72

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 9% dan pasaydi

0

2024-yil yakuni bilan kambag‘allik darajasi 11% dan 8,9% ga yoki 719 ming nafar aholiga kamaydi.

2024-yil yakuni bilan O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 9% dan pasaydi. Bu haqda Bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Jahon banki bilan olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, o‘tgan yil kambag‘allik darajasi 11% dan 8,9% ga yoki 719 ming nafarga kamayib, 3,3 mln nafar kishini tashkil etdi.

Hududlar bo‘yicha eng yuqori pasayish Buxoroda 11,8%dan 8,7%ga, Samarqandda — 10,5% dan 7,5% ga, Namanganda — 10,4% dan 7,6% ga hamda Qoraqalpog‘istonda 13,6% dan 10,8% gacha qayd etildi. Toshkent shahrida kambag‘allik darajasi deyarli o‘zgarishsiz qoldi — 7,9% dan 7,3% gacha.

Kambag‘allik darajasini pasaytirishga aholi bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, tomorqa va dehqonchilik uchun ajratilgan yerlardan foydalanishni oshirish choralari ta’sir qilgani ta’kidlandi.

2024-yilda aholining real daromadi 10,7% ga o‘sib, jon boshiga oyiga o‘rtacha 2,1 mln so‘mdan to‘g‘ri keldi. Yil boshida bu 1,7 mln so‘m bo‘lgan.

Aholi daromadlari tarkibida:

  • ish haqi — 42,6% (2023-yilda — 41,9%);
  • tadbirkorlikdan daromadlar — 22,9% (21,4%);
  • pensiya, ijtimoiy yordam va subsidiyalar — 18,2% (18,9%);
  • qishloq xo‘jaligi va tomorqadan daromadlar — 10,7% (9,8%);
  • xorijdan pul o‘tkazmalar — 2% (3,1%);
  • boshqa daromadlar — 3,6% (4,9%)ni tashkil etdi.

Aholining ish haqidan daromadlari esa 2023-yilga nisbatan 12,9%ga ko‘paydi.

Kelgusi uch yilda mamlakatda kambag‘allik darajasini 7% gacha qisqartirish rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda qaysi kasb egalari eng ko‘p ish haqi olmoqda?

0

Statistika agentligi respublikadagi sohalar kesimida o‘rtacha ish haqi miqdorlarini maʼlum qildi.

2024-yilda O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 5 million 357 ming so‘mni tashkil etgan. Ayrim sohalarga mazkur ko‘rsatkichdan ancha yuqori oylik to‘langan. Jumladan, kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish va boshqa yordamchi xizmatlar sohasi vakillari respublika miqdyosida eng yuqori darajadagi o‘rtacha ish haqi — 18,3 million so‘m olgan. Shu bilan birga, quyidagi tarmoqlarda o‘rtacha oyliklar eng ko‘p miqdorlar to‘langan:

  • Qayta sug‘urtalash va nafaqa jamg‘armalari — 17,8 million so‘m;
  • Axborot xizmati ko‘rsatish — 16,9 million so‘m;
  • Moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish va sug‘urtalash bo‘yicha yordamchi — 16,8 million so‘m;
  • Aloqa sohasi —10,9 million so‘m;
  • Ombor xo‘jaligi va yordamchi transport faoliyati — 9,6 million so‘m;
  • Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash — 9,1 million so‘m;
  • Oliy taʼlim — 8,5 million so‘m;
  • Avtomobil va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi hamda ularni taʼmirlash—7,8 million so‘m.

Eng kam o‘rtacha oylik ish haqi maktab, maktabgacha hamda texnik va professional taʼlim sohalarida (3,6 million so‘m) to‘langanyu Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (3,4 million) sohasi vakillari eng kam o‘rtacha ish haqi olgan. Bu miqdorlar umumiy o‘rtacha oylik ish haqidan sezilarli kam.

Qayd etilishicha, 2024-yilda hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri kuzatilgan — 9,1 mln so‘m. Keyingi o‘rinlarda Navoiy (6,7 mln so‘m), Toshkent (5,1 mln so‘m), Andijon (4,6 mln so‘m) hamda Buxoro (4, 3 mln so‘m) viloyatlari qayd etilgan.

Eng kam o‘rtacha ish haqi Qashqadaryo (3,8 mln so‘m), Surxondaryo (3,8 mln so‘m) va Namangan (3,9 mln so‘m) viloyatlarida kuzatilgan.

Bill Geytsdan qishki ta’tilda o‘qish uchun 4ta kitob va to’rtinchisi

0

Microsoft asoschisi o‘z blogida yangi yil bayramida mutolaa qilish uchun o‘zi o‘qigan kitoblari ro‘yxatini taqdim etdi.

“Yaqinlashayotgan to‘lqin”, Mustafo Sulaymon

Mustafo ilm-fan tarixini chuqur tushunadi va sun’iy intellekt — genlarni tahrirlash kabi boshqa ilmiy yutuqlar bilan birgalikda — jamiyatning har bir jihatini qayta shakllantirishga qodir ekanligini men ko‘rgan eng yaxshi tarzda tushuntiradi. U biz tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak bo‘lgan xavf-xatarlarni va ushbu texnologiyalarning afzalliklaridan bexatar foydalanishimiz uchun yengishimiz lozim bo‘lgan qiyinchiliklarni bayon etadi. Agar siz sun’iy intellektning yuksalishini anglamoqchi bo‘lsangiz, bu o‘qishingiz kerak bo‘lgan eng yaxshi kitobdir.

bill geyts, kitoblar, kitoblar tavsiyasi

1-fevraldan Tashabbusli budjetning birinchi mavsumi boshlanadi

0

Joriy yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1,5 mlrd so‘mni tashkil etib, mavsum uchun tuman va shahar budjetlari hisobidan 2,6 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.

“Tashabbusli budjet” jarayonining 2025-yilgi ilk mavsumiga 1-fevraldan start beriladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bunda loyihalarni kiritish 1−20-fevral kunlari amalga oshiriladi. Undan keyin, 21-fevraldan 7-martgacha loyihalarni saralash o‘tkaziladi.

Keyingi bosqich — targ‘ibot — 8−10 mart kunlari. Ovoz berish jarayoni esa 11−20-mart kunlari davomida o‘tkaziladi.

Joriy yildagi birinchi mavsum g‘oliblari 21-mart kuni e’lon qilinadi.

Mazkur mavsum uchun tuman va shahar budjetlari hisobidan 2,6 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi. Joriy yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1,5 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Shunga ko‘ra, tuman va shahar budjetidan ajratiladigan mablag‘larning eng kam miqdori 15 mlrd so‘m, eng yuqori miqdori esa — 45 mlrd so‘m.

2023-yilgi oxirgi mavsum jarayonida “Tashabbusli budjet” doirasida xodimlarni majburiy ovoz yig‘ish ishlariga jalb qilganlik uchun qanday jazo mavjudligi haqida ma’lumot berilgandi.

Qanday kasblarga vaucher asosida bepul o‘qish mumkin? Ro‘yxat

0

O‘qish to‘lovlari yosh chegarasi va o‘qish davomiyligidan qat’i nazar, to‘liq qoplab beriladi. Fuqarolar 35 ta til va kasblarga bepul o‘qishlari mumkin.

Avvalroq kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha vaucher tizimi joriy etilishi haqida xabar berilgand i.

Ushbu tizim 1-fevraldan Samarqand viloyati va Toshkent shahrida sinovdan o‘tkaziladi, 1-maydan esa barcha hududlarda joriy qilinadi.

Tizim doirasida ishsiz aholi davlat va nodavlat o‘quv markazlarida vaucher asosida bepul o‘qishlari mumkin bo‘ladi. Bunda kambag‘al oilalar a’zolariga ustuvorlik beriladi. O‘qish to‘lovlari yosh chegarasi va o‘qish davomiyligidan qat’i nazar, to‘liq qoplab beriladi. Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi tomonidan to‘lovning dastlabki 50%i o‘qish boshlanganida, qolgan yarmi esa o‘qish tugagach — fuqaro sertifikat olganidan so‘ng, o‘quv markaziga yo‘naltiriladi.

Vaucherni olish uchun fuqaro tuman yoki shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga murojaat qilishi kerak. Fuqaro telefoniga havola yuboriladi, u orqali vaucherni yuklab olish va uni o‘quv markaziga olib borish mumkin bo‘ladi.

Hisob-kitob ishlari o‘quv markazi va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi o‘rtasida amalga oshiriladi. Vaucher qaysi viloyatdan olingan bo‘lsa, o‘sha hududdagi o‘quv markazlari uchun amal qiladi.

Vaucher asosida quyidagi 35 ta til va kasblarga bepul o‘qitiladi:

  1. Kompyuter grafikasi mutaxassisi;
  2. Kompyuter texnikasi montajchisi;
  3. Interer dizayner;
  4. Marketing bo‘yicha mutaxassis;
  5. Merchendayzer (reklama qiluvchi);
  6. Kontent-menejer;
  7. AutoCad dasturi;
  8. Logistika markazlari texnik-operatori;
  9. Call-center operatori;
  10. Videomontaj;
  11. Buxgalteriya (o‘rta malakali);
  12. Kadrlar va maxsus ishlar bo‘yicha inspektor;
  13. Ayollar sartaroshi;
  14. Erkaklar sartaroshi;
  15. Fotograf;
  16. Kinooperator;
  17. Gid-sayohatchi;
  18. Surdotarjimon;
  19. Ofitsiant;
  20. Karving san’ati ustasi;
  21. Zargar (modeler);
  22. Vizajist (stilist-kosmetolog);
  23. Massajchi;
  24. Navbatchi mexanik;
  25. Kran mashinisti;
  26. Konditsiyalash va shamollatish sistemasini ta’mirlash va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha chilangar;
  27. Qozonxona ishchisi;
  28. Maishiy texnikalar chilangar-yig‘uvchisi;
  29. Payvandlovchi (3-MT bo‘yicha barcha turdagilar);
  30. Chilangar-santexnik;
  31. Tokar;
  32. Elektromontyor;
  33. Betonchi;
  34. Avtomobillarni ta’mirlovchi chilangar;
  35. Nemis tili.
  36. Bunda ayrim kasblarga ish beruvchi tomonidan buyurtma berilganida o‘qitiladi. Bundan tashqari, nodavlat o‘quv markazlari vaucher tizimida o‘qitish uchun havola orqali ariza jo‘natishlari mumkin.

Endi quruvchi tashkilotlar 12 oygacha yer solig‘idan ozod etiladi

0

Fuqarolarga qurilishi bitmagan uylar uchun ham ipoteka va subsidiya olish imkoni beriladi, shu bilan birga, ular uy bitmasdan turib ham boshqaga sotishi mumkin bo‘ladi.

“Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda 23-yanvar kuni davlat rahbari raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.

2024-yilda 100 mingdan ziyod xonadonga ega 2 044 ta ko‘p qavatli uy barpo etildi. Jon boshiga uy-joy hajmi 19 kv.metrdan oshdi (2020-yilda 16 kv.metr bo‘lgan). O‘tgan yili 21,4 mln kv metr turar joy va 19,1 mln kv.metr noturar obyektlar, jami 40,5 mln kv.metr bino-inshoot qurildi. Qurilgan 100 ming xonadon hisobiga mebel, elektrotexnika, to‘qimachilik, qurilish materiallari sohalarida qo‘shimcha 11 trillion so‘mlik bozor paydo bo‘ldi. 2024-yilda 17 trln so‘m ipoteka krediti ajratildi, quruvchi va developerlarga aylanma uchun jami 3 trln so‘m berildi.

Yig‘ilishda hamma hokimlar ham qurilishning iqtisodiyot va aholi farovonligi uchun muhimligini tushunib yetmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. O‘tgan yili uy-joy qurilishida Toshkent shahri, Navoiy, Buxoro, Xorazm va Samarqandda ishlar yaxshi tashkil qilingan. Lekin “Yangi O‘zbekiston” massivlaridagi ishlarning borishi qoniqarsiz ekani qayd etildi.

Qoraqalpog‘iston, Jizzax va Sirdaryoda esa infratuzilma va quruvchilar bilan ishlash o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. Xorazmda 98 ta, Buxoroda 65 ta, Jizzaxda 19 ta, Navoiyda 12 ta auksionda sotib olingan yerda qurilish boshlanmagan. Ba’zi xonadonlar aholi va infratuzilmadan uzoq, talab bo‘lmagan joyda qurilgani uchun bir yildan beri sotilmayapti. Endi mazkur massivlarga berilgan yer bo‘yicha loyihalashni 2 oydan, qurilishni boshlashni 3 oydan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu talab buzilsa, yer qaytarib olinib, qayta auksionga chiqariladi. Loyiha ekspertizasini 15 kundan o‘tkazib yuborgan tashkilotlar litsenziyasi to‘xtatiladi.

Qurilishda “eskrou” tizimi joriy qilinmoqda. Bu tizim developerlarga pastroq stavkada mablag‘ jalb qilish imkonini beradi. Moliyalashtirish uy qurish bilan birga boshlanadi. Fuqarolar qurilish boshidan ipoteka va subsidiya olish hamda uy bitmasdan turib ham boshqaga sotishi mumkin bo‘ladi. Uy sotib oluvchilar kafolatli himoyalanadi.

Endi developerlar tomonidan obyektning 50%i qurilganda, fuqarolar kredit va subsidiya olishi mumkin bo‘ladi. Bu tartib imtiyozli kredit bilan birga tijorat ipotekasi uchun ham tatbiq etiladi. Quruvchi tashkilotlar qurilishni boshlaganidan yakunlagunicha, ko‘pi bilan 12 oy davomida yer solig‘i to‘lashdan ozod etiladi. Biroq obyekt muddatida topshirilmasa, yer solig‘i 2 baravar ko‘p to‘laydi.

“Yangi O‘zbekiston” massivi uchun berilgan yerlarning 10%i developerlarga tijorat binolarini qurishi uchun yagona lot sifatida savdoga chiqariladi. Bu uylarni pastki qavatida xususiy bog‘cha tashkil qilishga ruxsat berilishi, ular mulk solig‘idan ham ozod qilinishi ta’kidlandi.

Hokimlarga bu massivlarga ko‘chib keladigan aholining talabini hisobga olib pastki qavatlarda bog‘cha tashkil qilishni boshlash topshirildi.