Bosh sahifa Blog Sahifa 55

O‘zbekistondagi eng qimmat o‘simlik biznesi – BMB Za’faron

0

5 ming dollar bilan boshlangan biznes milliardlab investitsiya kiritilgan katta kompaniyaga aylandi. Va bu IT sohasida emas, qishloq xo‘jaligida ro‘y berdi. Sarmoya xorijniki, mahsulot ham xorijga sotiladi. Ziravorning bir kilosiga avtomobil xarid qilish mumkin.

Taekvondochilarimiz yana shohsupa to‘rida

0

Xitoyning Tayyan shahrida taekvondo WT bo‘yicha G3 klassifikatsiyasidagi «Butunjahon taekvondo federatsiyasi Prezidenti kubogi»ning Osiyo mintaqasi uchun mo‘ljallangan musobaqasi ikkinchi kunida 8 ta vaznda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Quvonarlisi, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 ta oltin va 1 ta bronza, jami 3 ta medalga ega chiqdi. Jumladan, Jahongir Xudoyberdiyev (-54kg) va Ozoda Sobirjonova (-67 kg) oltin, Svetlana Osipova (+73 kg) esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot o‘rnida: mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 1 kumush va 3 bronza, jami 8 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistondagi islohotlar kursini ijobiy baholadi

0

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) O‘zbekistonning iqtisodiy islohotlar sohasidagi yutuqlarini yuqori baholadi hamda mamlakatning makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, tarkibiy o‘zgarishlar va barqaror o‘sish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi.

XVJ O‘zbekistonning 2024 yildagi iqtisodiy faoliyati natijalari bo‘yicha so‘nggi hisobotida islohotlarni izchil amalga oshirish muhimligini ta’kidlab, ayniqsa, fiskal barqarorlik, tashqi savdo va davlat siyosatini modernizatsiya qilish sohalarida erishilgan yutuqlarni qayd etdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda barqaror ichki talab iqtisodiyotining yuqori o‘sish (2024 yilda YAIM +6,5 foizga o‘sdi) templarining asosiy omili bo‘lib qolmoqda. XVJ inflyatsiyaning pasayishini kutmoqda va iqtisodiy o‘sish 6 foiz darajasida saqlanib qolishi kutilyapti. Energetikada subsidiyalarini qisqartirish va ijtimoiy xarajatlarning maqsadliligini takomillashtirish kelgusi islohotlarning asosi bo‘lib qolishi lozimligi takidlangan.

XVJ kuchli byudjet intizomi natijasida taqchillikning YAIMning 3 foizi darajasida ushlab turish va tashqi qarz chegaralariga amal qilinayotganini ijobiy baholaydi. Shuningdek, 2025-2030 yillarga mo‘ljallangan Davlat moliyasini boshqarish strategiyasini joriy etish bo‘yicha qadamlar kelgusida ijobiy natija berishi kutilmoqda. Kelgusida daromadlarni oshirish maqsadida soliq-bojxona imtiyozlarini optimallashtirish, yashirin iqtisodiyot bilan kurash, pensiya tizimini isloh qilish va davlat qo‘llab-quvvatlashini unifikatsiyalash kabi islohotlarga ustuvorlik berilishi aytib o‘tilgan.

XVJ O‘zbekiston Markaziy bankining inflyatsiya bosimiga javoban asosiy stavkani oshirish va monetar siyosat bo‘yicha aloqalarini yaxshilashga qaratilgan harakatlarini yuqori baholadi. Inflyatsiya belgilangan darajaga (5 foiz) yetguncha qat’iy pul-kredit siyosatini davom ettirish, bosqichma-bosqich moslashuvchan almashinuv kursiga o‘tish va davlat banklarining xususiylashtirish dasturini davom ettirish qo‘llab quvvatlanadi.

Yutuqlar qatoriga 2023-2024 yillarda kredit o‘sishini sekinlashtirgan makroprudensial choralar va moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish tashabbuslari kiradi.

XVJ O‘zbekistonning iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi muvaffaqiyati, jumladan, JSTga kirish yo‘lidagi yutuqlarni, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mintaqalari bilan hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish va Korrupsiyaga qarshi virtual akademiyaning tashkil etilishini yuqori baholadi.

Institutsional o‘zgarishlarning tezlashishi, mehnat bozoridagi islohotlar (shu jumladan, ayollar bandligini oshirish), norasmiy sektor ulushini kamaytirish va inson kapitalini oshirish bo‘yicha islohotlarni izchil davom ettirish kutilmoqda. Shuningdek, energiya tariflarini isloh qilishni yakunlash, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq xo‘jaligini diversifikatsiyalash, o‘rmonlarni tiklash va statistika tizimini takomillashtirish davlat boshqaruvi organlari faoliyatining shaffofligi va barqarorligini mustahkamlaydi.

Xulosa qilib aytganda, XVJ maslahatlashuvlari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy sur’atlarini tasdiqlab, soliq-byudjet va pul-kredit siyosatida intizomni saqlash, tarkibiy islohotlarni kuchaytirish bo‘yicha xarakatlarni davom ettirishni qo‘llab quvvatlaydi. Ushbu harakatlar iqtisodiyotning tashqi ta’sirlarga chidamliligini mustahkamlaydi va barqaror o‘sishni ta’minlashda muhim qadamlar bo‘ladi.

 

Kompaniyalar 2026-yilda virtual sun’iy intellekt xodimlarini ishga olishni boshlaydi

0

Anthropic kompaniyasi top-menejeri Jeyson Klintonning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyalar ular uchun alohida lavozimlar, korporativ hisoblar va parollar yaratadi.

Sun’iy intellekt (SI) tomonidan yaratilgan virtual xodimlar 2026-yildayoq yirik korporatsiyalarda to‘laqonli ish o‘rniga ega bo‘ladi Bu haqda Anthropic texnologiya kompaniyasi top-menejeri Jeyson Klintonga tayanib Axios nashri xabar berdi.

Klintonning so‘zlariga ko‘ra, ularda alohida lavozimlar, korporativ hisoblar va parollar bo‘ladi. Ish joylarida virtual xodimlarning paydo bo‘lishi sun’iy intellekt rivojlanishida yangi bosqich bo‘ladi.

Shu bilan birga, u kompaniyalar uchun bu xavfsizlikka qo‘shimcha xavf tug‘dirishi haqida ogohlantirdi. “Bu dunyoda biz hali xavfsizlik nuqtai nazaridan hal qilmagan, ammo hal qilishimiz kerak bo‘lgan juda ko‘p muammolar bor,” — dedi Klinton Axios nashriga.

Anthropic top-menejerining tushuntirishicha, sun’iy intellektga asoslangan xodimlar nazoratdan chiqib ketishi va kompaniyaning ichki tizimlarini buzishi mumkin

Bundan tashqari, korporativ boshqaruv masalalarida ham muammolar yuzaga keladi. Jeyson Klintonning aniqlik kiritishicha, kompaniyada turli hisoblar uchun qancha ma’lumot mavjudligini kuzatish qiyin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi hollarda bu korporativ ma’lumotlarning sizib chiqishiga olib keladi.

Biznes tarixi: Adidas’ning “tikanli” butsilari qanday paydo bo‘lgan?

0

Gebrüder Dassler Schuhfabrik fabrikasi aka-ukalar o‘rtasidagi nizo sabab parchalanadi, uning o‘rniga esa ikki yirik kompaniya — Puma va Adidas paydo bo‘ladi. Spot ulardan biri, sambo poyabzallari orqali tanilgan Adidas brendi haqida hikoya qiladi.

1898-yil Dasslerlar oilasida chaqaloq dunyoga kelib, unga Rudolf deb ism qo‘yishadi. Ikki yil o‘tib katta oilada yana bir chaqaloq Adolf ovozi eshtila boshlaydi. Ularning bolalik yillari “poyabzalchilar shahri”, deb nom olgan Bavariyaning Gerzogenaurax shahrida o‘tib borardi.

Katta oilaning qozonini tebratish oson emasdi. Aka-ukalar otasiga poyabzal tikishda dastyor bo‘lishar, onalariga toza kiyimlarni yetkazib berishda ko‘maklashishardi.

Barchasi bir zayilda ketayotganda, birinchi jahon urushining sovuq shamoli esa boshladi. Urush Dasslerlarni ham chetlab o‘tmadi — Rudolfni armiyaga chaqirishdi. Adolfning yoshi armiyaga to‘g‘ri kelmagani sabab, oilasini tebratish uchun qattiq mehnat qilishiga to‘g‘ri kelgandi.

Urush tinchib Rudolf uyiga qaytdi. Aynan o‘sha paytda Dasslerlarning Gebrüder Dassler Schuhfabrik poyabzal fabrikasi ochildi. Hammasi yaxshi ketayotgan damda aka-ukalar o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘la boshladi. Kichik nizo oilaviy fabrikaning parchalanishiga olib keldi. Aka-ukalar esa ota kasbidan uzoqqa ketishmadi — Rudolf Puma’ga, Adolf esa Adidas brendiga asos solishdi.

Maqolda fabrika tarixi, nizoga qanday omillar sabab bo‘lgani hamda Adidas’ning paydo bo‘lishi haqida ma’lumotlar jamlangan.

Biznes tarixi: eski shinalardan tikilgan poyabzal

1920-yilning boshida Dasslerlar onalari ishlaydigan kir yuvish xonasida kichik ustaxona ochib, shippak tikib sotishni boshlashadi. Undan keyin esa birinchi jahon urushining yarador faxriylari — nogiron sportchilar mashg‘ulotlari uchun maxsus ortopedik poyabzalni yaratishadi.

Urushdan so‘ng oyoq kiyimlar tikish uchun xomashyo topish muammo bo‘lgan bir zamonda fabrika egalari shinalar va yaroqsiz harbiy kiyimlardan foydalangan holda bu sport oyoq kiyimlarini faxriylarga taqdim etishgandi.

Foto: Dzen. Surat tahriri ChatGPT

Uch yil o‘tgach kichik jamoa 12 kishiga yetib, kuniga 50 juft poyabzal ishlab chiqara boshlashdi. Armiyadan qaytib kelgach 1923-yilda oilaviy ishga Rudolf ham qo‘shildi. Uning muloqotchanligi odamlarning ishonchini tez qozonishga imkon bergandi.

Ishlar shunchalik yaxshi ketayotgan ediki, Adolf va Rudolf o‘zlarining Gebrüder Dassler Schuhfabrik kompaniyasini ochishga qaror qildilar. Aka-ukalarning kichigi Adolf poyabzal loyihalashtirish bilan shug‘ullansa, kattasi Rudolf targ‘ibot va sotish ishlarini o‘z zimmasiga olgandi.

“Tikanli” butsidagi g‘alaba

1926-yilga kelib, Gebrüder Dassler Schuhfabrik kuniga 100 juftdan ortiq sport poyabzali ishlab chiqara boshladi. Dasslerlar ishlab chiqarishni kengaytirib, jamoani 25 nafar xodimgacha ko‘paytirdi.

O‘sha kezlarda ularning asosiy maqsadi 1928-yilgi Amsterdam Olimpiadasiga sport anjomlarini tayyorlash edi. Shu sabab, aka-ukalar “tikanli” sport poyabzali sportchilar uchun qanchalik qulay ekanligini anglagan holda uni keng miqyosda ishlab chiqarishni boshlashdi. “Tikonli” butsilar yuzaga a’lo darajada yopishib, jarohatlanish xavfini sezilarli darajada kamaytirib, masofalarni tezroq bosib o‘tishga imkon berardi. Unga ambasador sifatida nemis sportchisi Yozef Vaytser tanlandi. U qisqa va uzoq masofalarga yugurish uchun “tikanli” butsilarni sinab ko‘rgandi.

Shuningdek, aka-ukalarning poyabzalida 800 metrga yugurishda yengil atletikachi Karolina Radke esa Germaniya uchun birinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi. 1944-yilgacha uning jahon rekordini hech kim yangilay olmadi, bu esa sportchi uchun jihozlarning qanchalik muhimligini yana bir bor tasdiqlagandi.

Brend sportchilarning qo‘llab-quvvatlashiga erishgach, 1929-yilda fabrika futbol butsilarini ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

adidas, adolf dassler, puma, rudolf dasslerFoto: Yandex. Surat tahriri ChatGPT

Fabrika 1931-yilga kelib esa tennischilar uchun birinchi krossovkalarni taqdim etdi. Fabrika gullab-yashnay boshladi — uch qavatli yangi fabrika qurishga ham kirishishdi.

Adolf mavjud ishlanmalar raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish uchun yetarli emasligini angladi. Shu bois, 1930-yillarda u poyabzal ishlab chiqarishning eng zamonaviy texnologiyalarini o‘rganish uchun Pirmazensga yo‘l oladi.

1932-yilda esa navbatdagi Olimpiada o‘yinlari boshlandi: Dassler ishlab chiqargan poyabzalda yugurgan sprinter Artur Yonat 100 metrga yugurishda bronza medalini qo‘lga kiritdi. 1936-yilga kelib, Dassler aka-ukalarning sport poyabzali Germaniya terma jamoasining rasmiy jihoziga aylandi.

Ikkinchi jahon urushi: kompaniya qanday qiyin davrlarni boshdan kechirdi?

Urush arafasida Dassler kompaniyasi 11 sport turi uchun 30 seriyali sport poyabzallarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. 1938-yilda ishga ikkinchi fabrika qo‘shildi, bu ishlab chiqarish quvvatini 1000 juftgacha ko‘tarish imkonini berdi. Manufaktura yiliga 400 ming markadaromad haqida hisobot berdi.

1939-yil. Dunyoni Ikkinchi jahon urushi qamrab oldi. Dasslerlar biznesi natsistlar tomonidan musodara qilindi.

Ular fabrikada tankga qarshi qo‘l granatalarini ishlab chiqarishga urinishdi. Bir qator muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng, zavod faqat nemis askarlari uchun poyabzal ishlab chiqarishni davom ettiradi.

Bu orada frontga chaqirilgan Rudolfning qo‘lga tushgani haqidagi xabar oilasiga yetib keladi. Butun biznes Adolfga o‘tdi. O‘shanda zavod Amerika tomonidan bosib olingan hududga tushib qolgandi — kontributsiya shartnomasi qoidalariga ko‘ra, u AQShga 100 juft muz konkisi jo‘natishi kerak bo‘lgan.

Adidas vs Puma: aka-ukalarning dushmanga aylanishi

Jahon urushi tugab, butun dunyo g‘alabani nishonlayotgan bir paytda Adolf va Rudolf bir-biriga qarama-qarshi bo‘lib qolishdi. Urush ikki aka-uka o‘rtasiga sovuqchilik ham tushirgandi. “Nima bo‘ldi o‘zi?”, degan o‘rinli savol tug‘iladi. Bu savolga hali hamon aniq javob yo‘q: ba’zi manbalar bularning barchasiga Adolfning rafiqasi Kete aybdor deb aytishsa, ikkinchi tomondan, urushdan oldingi davrdan beri davom etib kelayotgan eski tushunmovchiliklar, degan qarashlar mavjud.

Mojaro shu qadar jiddiy tus oldiki, aka-ukalar 1948-yilda hamkorlikni butunlay to‘xtatganliklarini e’lon qilishdi. Har biri o‘ziga bittadan zavod ochib, sobiq oilaviy korxona ramzlaridan hech qachon foydalanmaslikka kelishib olishdi.

Foto: O‘ng tomonda Adolf Dassler, chap tomonda — Rudolf Dessler. Dzen. Surat tahriri ChatGPT

Shundan so‘ng Rudolf 1948-yilda Sportschuhfabrik Rudolf Dassler (RUDA) ga asos solgan (Spot izohi — keyinchalik PUMA’ga o‘zgargan). Adolf esa 1949-yil Addas kompaniyasiga asos soladi. Firma ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda Addas kompaniyasi mavjud bo‘lgani bois keyinchalik nomiga i harfi qo‘shilib, Adidas’ga o‘zgartiriladi.

Adidas: logotipdagi o‘sha mashhur “uch chiziq»ning paydo bo‘lishi

Bir necha avlodlar “uch chiziq” belgisi orqali tanib kelayotgan Adidas kompaniyasidagi bu belgi sport g‘alabalari hamda yuqori sifat ramzi hisoblanadi. Adolf Dassler firmasi bu logotipdan 1952-yildan beri foydalanib kelmoqda.

Dasslerlar fabrikalari bo‘linishidan oldin krossovkalarida ikkita chiziq ishlatganlar. Aka-ukalar bir-birlariga umumiy ramzlardan foydalanmaslikka va’da berishgan bo‘lsa-da, Adolf kelishuvni buzadi.

U avvaldan bu chiziqlarni o‘zi o‘ylab topgani haqida gapiradi. Tadbirkor o‘zi ishlab chiqargan poyabzallardan ajralib turishi uchun oq rangli qo‘shimchalar qo‘shishga qaror qilgan. Bundan tashqari, Rudolf bilan kelishuvga rasman amal qilish uchun chiziqlar sonini uchtagacha ko‘paytirgan.

adidas, adolf dassler, puma, rudolf dassler

Foto: Element

1952-yilgi Xelsinkidagi Olimpiada mezbon mamlakat 15 ta oltin medal qozongan va sportchilarining ko‘pchiligi allaqachon uch chiziqli krossovkalar ishlab chiqarayotgan mahalliy Karhu brendining poyabzalida musobaqalashgan. Adolf o‘z g‘oyasi boshqalarnikini takrorlayotganini va undan foydalanish qonunga zid ekanligini tushunardi.

U tezda Finlyandiyalik hamkasblarini Frankfurtdagi sport ko‘rgazmasiga taklif qilib u yerda o‘sha uchta chiziqdan foydalanish huquqini sotib olishga ko‘ndiradi. Bitimning narxi 2 shisha viski va taxminan hozirgi €1600 ga teng bo‘lgan naqd puldan iborat bo‘lgan.

“Pele pakti»ning buzilishi

Oilaviy janjal 1970-yilgi Mundialga e’tiborsizlik sabab keskinlashdi. Katta musobaqa oldidan aka-ukalar na Puma va na Adidas afsonaviy Peleni o‘z ambasadori qilmaslikka kelishib olishdi. Hatto “Pele pakti” deb atalgan yozma bitim ham tuzishadi.

Pakt sabab Adolf Adidas uchun FIFA bilan shartnoma imzolash yo‘liga o‘tadi. Rudolf esa “Pele pakti»ni buzib, Pele bilan hamkorlik qiladi.

Birinchi o‘yindayoq braziliyalik Pele taniqli PUMA butsalarida maydonga tushdi. Brendning tashabbusi bilan yoki tasodif tufayli futbolchi hakamdan poyabzalining bog‘ichini qayta bog‘lashni so‘raydi. O‘shanda butun dunyo tomoshabinlari krossovkalarga qaratilgan kameralardan Puma yozuvini ko‘rishgan.

Foto: Pelening Puma butsalarida jahon chempionatida ishtirok etgan jarayoni. Vuspex. Surat tahriri ChatGPT

Adidas brendining madhiyasi

1960−1980- yillarda Adidas brendi avlodlar abadiy klassika deb ataydigan o‘nlab Superstar, Campus, Gazelle, Torsion, Spezial, ZX500 singari sport poyabzallarining modellarini ishlab chiqardi. 1965-yilda brend tennischi Robet Xaye uchun maxsus Sten Smit nomli oq tennis krossovkalarini ishlab chiqqan va u omma orasida tez mashhurlikka erishgan.

Bu poyabzal 1988-yilda insoniyat tarixidagi eng ko‘p sotilgan poyabzal sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirishga ham ulgurgan.

Adidasning keyingi amerikalik yulduzi Run-DMC musiqiy guruhi bo‘lib, ular Superstar krossovkalarini o‘z uslublarining ajralmas qismiga aylantiradilar. Biroq musiqachilar bu bilan to‘xtab qolmaydilar. 1986-yilda ular “My adidas” qo‘shig‘ini ijro etishadi. Bu qo‘shiq hozirgacha barcha uch chiziq muxlislarining norasmiy madhiyasi bo‘lib kelmoqda.

Adidas’ning qutqaruvchisi

1970-yilda Adolf vafot etadi. Kompaniya o‘g‘li Xorstga o‘tadi. 1987-yilda merosxo‘r Xorst Dassler ham vafot etib, biznes uning singillariga qoladi. Ro‘y berayotgan voqealarga mutlaqo tayyor bo‘lmagan qizlarning ishlari juda yomonlashadi: brend tez orada ham foyda, ham obro‘sini yo‘qota boshlaydi.

Shu bois, oilaviy kengashda Adidas aksiyalarining 80%ini sotishga qaror qilinadi. Xaridor sifatida fransiyalik biznesmen Bernar Tapi maydonga chiqadi. Biroq u ham bir paytlar mashhur bo‘lgan korporatsiyani oyoqqa turg‘iza olmaydi. Oxir-oqibat firma tadbirkor Robert Lui-Dreyfusga sotiladi.

Lui-Dreyfus Garvardda o‘qigan, oilaviy biznesda zarur tajribaga ega bo‘lgan. Aynan u Adidas’ning qutqaruvchisiga aylandi. Kompaniyani o‘z qo‘liga olganidan so‘ng, u raqobatchi firmalarning eng muvaffaqiyatli menejerlarini jalb qilish orqali ishni “orzular jamoasi»ni shakllantirishdan boshladi. Ikkinchi oqilona qadam mahsulot ishlab chiqarishni Osiyo mamlakatlariga olib kirish bo‘ldi.

2006-yilda dunyo yangi shov-shuvli bitimdan larzaga keldi: Adidas asosiy raqobatchilardan biri Reebok’ni sotib oldi. Shu paytda Porsche Design Group bilan ulkan hamkorlik ham yo‘lga qo‘yilgan. 2010-yillar davrini Adidas tarixidagi eng kuchli davr deb atashadi.

Foto: Yandex

Hozirgi kunda uning CEO direktori Bjorn Gulden bo‘lib, kompaniyasining 2025-yil mart oyidagi bozor qiymati $43,17 mlrdni tashkil etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich Adidas kompaniyasini dunyo bo‘yicha bozor qiymati jihatidan 476-o‘ringa qo‘yadi.

Zargarlik biznesi: Ramziddin Azizov qanday qilib o‘z sevimli mashg‘ulotini doimiy biznesga aylantirdi?

0

Ramz Jewel asoschisi Ramziddin Azizov qanday qilib zargarlik do‘koniga asos solgani, ishni nimadan boshlagani, qimmatbaho taqinchoqlarni yasash jarayoni va ularning haqiqiyligini aniqlash yo‘llari, shuningdek, zargarlikda uchraydigan qiyinchiliklar haqida Spot’ga so‘zlab berdi.

Ramziddin Azizov yoshligidan milliy uslubdagi taqinchoqlarning yasalish usuli, ularning o‘ziga xosligiga katta qiziqish bilan qaragan. Oilasida zargarlar yo‘qligiga qaramasdan otasi doim uni qo‘llab-quvvatlardi. Kunlarning birida tayyor bo‘lishiga bir qadam qolgan taqinchoq noto‘g‘ri sayqallanishi oqibatida yaroqsiz holga keladi. Voqeadan tushkunlikka tushib qolgan Ramziddin o‘sha paytda otasining tasallisi ostida sohaga yanada mas’uliyat, tirishqoqlik bilan qaray boshlaydi.

Nafaqat amaliy balki nazariy jihatdan ham bilimlarini kengaytirib borishga qaror qilib ta’limini Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida davom ettiradi. Oliygohning o‘zidayoq u yasagan taqinchoqlar kursdoshlari orasida tezda ommalashib, o‘z xaridorlarini topa boshlaydi. Shundan so‘ng unga zargarlik markazlarining birida yasagan buyumlarini sotib, ijod qilish imkoniyati beriladi. Markazdagi faoliyati davomida o‘z auditoriyasiga ega bo‘lgan yosh zargarda esa do‘kon ochish g‘oyasi paydo bo‘ladi.

2015-yil “Moviy gumbazlar xiyoboni»da “Ramz jewel” do‘koni o‘z faoliyatini boshlaydi. Bugungi kunga kelib brend milliy uslubdagi taqinchoqlarning ixlosmandlari orasida mashhur bo‘lib, xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etib kelmoqda.

Brend asoschisi “Spot” bilan suhbatda qanday qilib zargarlik biznesiga asos solgani, ishni nimadan boshlash kerakligi, qimmatbaho taqinchoqlarni yasash jarayoni, ularning haqiqiyligini qanday aniqlash hamda zargarlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar qanday qiyinchiliklarga duch kelishi mumkinligi haqida so‘zlab beradi.

Tavakkalchilik bilan boshlangan biznes

Oliygohda o‘qib yurgan paytlarim qilgan ishlarimizni ko‘rgazmalarga qo‘yib borishardi. Ana shunday ko‘rgazmalarning birida yasagan zargarlik buyumlarimni ko‘rib, meni Toshkentdagi “International” mehmonxonasi yonginasidagi “Art Center Tashkent Plaza»ga ishga chaqirishgandi. Bu markazda turli zargarlar ishlab, o‘zlarining qo‘l mehnatlarini sotib borishgan. Aynan shu yerda yasagan buyumlarimni sotib, ijod qilishni taklif etishgan, u yerda ijara puli to‘lamasdik, sotgan zargarlik buyumlarimizga haq olardik. Shu tariqa faoliyatim boshlangan.

Markazda ish yaxshi ketayotgan, biroq men yanada ko‘proq insonlarni qamrab olishni, qilgan ishlarimni yanada ommalashtirishni istardim. Bu maqsad meni do‘kon ochib, faoliyatimni kengaytirishga undardi.

2015-yilga kelib zargarlik do‘koni ochishga qaror qildim va joy izlashga tushdim. Men uchun eng yaxshi lokatsiya “Buyuk ipak yo‘li” metrosi atrofi edi — u yerda avvaldan zararlarlik do‘konlari ko‘p va savdo yaxshi bo‘lardi. Bir kuni yaqinlarim boshqa joydagi “Moviy gumbazlar xiyoboni” yonida joylashgan do‘konlarning biri bo‘shagani hamda ijarachi qidirilayotgani haqida xabar berib qolishdi.

biznes, qimmatbaho metallar, ramz jewel, ramziddin azizov, zargarlik

Foto: Iskandar Mirzahmedov / Spot

U paytlar xiyobon eski holatda bo‘lib, odamlar qatnovi kam bo‘lardi. Ikkilandim, lekin tavakkal qilib, aynan mana shu yerdan do‘kon ochishga qaror qildim.

Boshida ijara uchun oyiga $450−500 atrofida to‘lardik, hozirgi kunga kelib joyni sotib olganmiz. Do‘kon ochayotganimda eng ko‘p o‘ylantirgan narsa javonlarni qanday qilib zargarlik buyumlari bilan to‘ldirish bo‘lgan. Chunki, ukam bilan ikkimizga butun boshli do‘konni qo‘l mehnatimiz bilan boyitish mushkul jarayon edi.

Tushunganingizdek, boshida ikki kishi ishlaganmiz — men va ukam, faqat hisobchini qo‘shimcha ishga olganmiz. Hozirgi kunga kelib esa 10 nafar ishchimiz bor.

Do‘konni endi ochgan paytimizda javonlarning faqat 40%idagina o‘zimizning, qolgan 60%ida esa boshqa zargarlarning ishlari bo‘lardi. Hozir esi buning aksi — taqinchoqlarimizni joylashga joy topa olmaymiz.

Xiyobondagi muvaffaqiyatli qadamdan so‘ng “Navro‘z” bog‘idan ham joy olindi. U yerda test rejimida ish boshladik. Lekin savdo kutganimizdek chiqmadi. Shunda bir xulosaga keldim: markaz degani doim ham odam keladi degani emas, muhimi odamlar oqimi.

Pandemiyadagi savdo

Faoliyatdagi yana bir burilish COVID-19 pandemiyasi paytiga to‘g‘ri keldi. Odamlarning birlamchi ehtiyoji oziq-ovqat, dori-darmon mahsulotlariga qaratilgan bo‘lsa, zargarlik buyumlari savdosi 10-darajaga tushib ketdi.

COVID-19 paytida, ertalab soat 10:00 gacha do‘konga kelib olardim, 17:00 gacha isharni tugatib uyga qaytardim. Umuman odam bo‘lmasdi — 3−4 kunda bir mijoz kelib nimadir xarid qilishi mumkin edi, xolos.

Lekin qanday qilib bo‘lsa ham savdoni muvozanatda ushlab turishga harakat qilardik. Marketingga ko‘proq urg‘u berdik: ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar ochib, onlayn savdoni rivojlantirdik. Natija yomon bo‘lmadi. Foyda ko‘p qolmagan bo‘lsa ham pandemiya paytida savdoni ushlab turushga erishdik. Bugungi kunga kelib esa marketingga $300 atrofida sarflaymiz.

Taqinchoqlarning aslligini qanday farqlash mumkin?

Pandemiya tugagandan so‘ng, bir xaridorimiz bilan qiziq voqea sodir bo‘ldi. Talaba bo‘lgan xaridor do‘kondan yurakcha shaklidagi enli kumush kulon sotib oldi. Ertasi kuni do‘konimizga qaytib kelib, xarid qilgan kuloni kumush emasligini iddao qildi: “Sotgan kumush kuloningiz magnitni o‘zida ushlayapti. Haqiqiy kumush bo‘lsa magnit ushlamasligi kerak”, — dedi.

biznes, qimmatbaho metallar, ramz jewel, ramziddin azizov, zargarlik

Foto: Jaloliddin Rajabov / Spot

Uning so‘zlarida jon bor, haqiqiy kumush magnit ushlamaydi. Qo‘lidan kumush kulonni olib, uni tekshirishga tushdim. Enli kulonni kavsharlash jarayonida issiqlik chiqib ketishi uchun bir qismi teshib qo‘yiladi.

Galtovkalash uskunasi ichida mayda metall simlar bo‘lib, kulon kavsharlangandan so‘ng unga solinadi. Aynan shu jarayonda teshik orqali bir nechta simlar kulon ichiga kirib qolib, metallni o‘ziga tortayotganini tushunib yetdim.

Kulonni ochib, mijozga ko‘rsatdim. Ichidan mayda simlarni olganimizdan so‘ng magnit kulonni tortmay qo‘ydi.

Shu o‘rinda yana bir narsaga alohida e’tibor berish lozim, ko‘pchilik xorijdan taqinchoqlar sotib oladi. Hindiston, Xitoy, Turkiya va Tailand kabi mamlakatlardan olib kelinadigan taqinchoqlarda asllik darajasi bo‘ladi.

Bunda kumushning haqiqiy yoki haqiqiy emasligini aniqlashning bir yo‘li bor. Qaychi, egov yoki uy sharoitida pichoq bilan qimmatbaho buyumning ko‘rinmaydigan joyini qirib ko‘rish kerak. Agar uning ichida sariq, qizil rang bo‘lsa, bu uning kumush emasligini anglatadi. Ustiga kumush yugurtirgan bo‘lishadi, ya’ni uning asllik darajasi kam, ichida esa mis, latun yoki boshqa qandaydir qotishma bo‘lishi mumkin. Avvallari mijozlarimiz taqinchoqlarning aslligini tekshirish uchun ularni ko‘p olib kelishardi, hozir esa ularning soni kamaygan.

Yo‘qolib borayotgan feruza

Hozirgi kunga kelib feruza toshlari kamayib, uni topish muammo bo‘lib bormoqda. Men ishlatayotgan feruza toshlari ustalardan qolgan yoki eski taqinchoqlardan olingan. Xitoydan ham O‘zbekistonga feruzalar kirib kelmoqda, biroq uning ko‘rinishigina tabiiyga o‘xshaydi, xolos.

biznes, qimmatbaho metallar, ramz jewel, ramziddin azizov, zargarlik

Foto: Iskandar Mirzahmedov / Spot

Avvalroq feruza toshlarining donasini 5 ming 10 ming so‘mdan sotib olardik. Hozir uning narxida ham o‘sish bo‘lishi mumkin.

Yana bir kamayib ketayotgan toshlar qatoriga karal ham kiradi. Bu tosh dengiz atroflarida bo‘lib, uni qazib olish marjonqoyalar, dengizlarga zarar keltirgani sabab kamaygan. Ishlatayotgan karallarimiz esa eski, taqinchoqlardan olingan yoki bo‘ylagan karallar.

Eksportda kuzatiladigan masalalar

Zargarlik mahsulotlarini xorijga ekspert qilish qiyin masala. Lekin hozirgi kunda pochta orqali kumush zargarlik buyumlarini Rossiya, Qozog‘iston va Yevropa mamlakatlariga jo‘natishni boshlaganmiz. Unda ham ko‘p miqdorda emas.

Yevropa, Amerika va Rossiya bozori zargarlik mahsulotlarimizga ko‘proq qiziqish bildirishmoqda.

Bu jarayonning nozik jihati shundaki, uni pochtadan jo‘natayotganimizda yo‘qolib qolish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari, zargarlik mahsulotini yuborayotgan davlatimizga chiqarish mumkin yoki mumkin emasligi aniqlanadi. Shundan so‘ng davlatga qarab narxlar belgilanadi, bu ham oz summa emas.

Masalan, xaridor $100 lik taqinchoq olayotgan bo‘lsa, unga belgilanadigan pochta xizmati narxi $20−30 ni tashkil etadi. Bu ham mijoz uchun noqulaylik tug‘diradi. Ba’zi davlatlarga esa pochta narxi bundan ham yuqori bo‘ladi.

Zargarlar uchun Top-5 maslahat

Birinchi navbatda, ko‘pchilik zargarlikni endi boshlayotganlarda qo‘l mehnatlari kam bo‘lib do‘kon ochishga ikkilanishlari mumkin. Lekin vaqt o‘tgani sari mehnat qilib qo‘l ishlari soni ko‘payadi.

Ikkinchidan, xorijdan qimmat narxga uskuna sotib olib, uni ishlata olmasangiz bu biznesingizga foyda keltirmaydi. Bugungi kunda O‘zbekistonda zargarlar ishlatishi mumkin bo‘lgan uskunalarning turli xil variantlarini topish va ulardan bemalol foydalanish mumkin.

biznes, qimmatbaho metallar, ramz jewel, ramziddin azizov, zargarlik

Foto: Iskandar Mirzahmedov / Spot

Shuningdek, zargarlik buyumlarini yasash jarayoni sabr-toqat talab qiladi. Ba’zida bir taqinchoqqa uzoq vaqt tikilib tursangiz ko‘zingiz tiniqib ketishi ham mumkin. Lekin sabr bilan davom etilsa, natija quvonarli bo‘ladi.

To‘rtinchi muhim narsa — bu joy tanlashda e’tiborli bo‘lish. Yuqorida aytib o‘tganimdek, markaz degani odam ko‘p keladi, degani emas.

Yana bir jihati, milliy uslubdagi taqinchoqlarni sotib oluvchilar auditoriyasi unchalik katta emas. Shunday ekan, xaridorlarning siz ishlab chiqargan mahsulotingizni sotib olmasliklariga tayyor turishingiz lozim.