Matbuot xizmatiYangiliklarHissiy intellektingiz pastligini ko‘rsatuvchi 5 belgi

Hissiy intellektingiz pastligini ko‘rsatuvchi 5 belgi

Hissiy intellekt tushunchasi psixolog Piter Salovey va Jon Mayer’lar sa’y-harakatlari tufali paydo bo‘lgan. Ushbu termin negizida, o‘zgalarga hamdardlik qila olish, oldinga maqsadlar qo‘yish va ularga erishish borasida his-tuyg‘ulardan foydalanish kabi ko‘nikmalar yotadi. Insonning hissiy intellekti qanchalar baland bo‘lsa, omadli hayot qurish imkoni shunchalik ko‘p bo‘ladi. Shunday ekan, quyida atrofingizdagilar bilan munosabatlar o‘rnatishga va muvaffaqiyatli bo‘lishingizga halaqit beruvchi past hissiy intellektning 5 belgilari haqida so‘z boradi.

1.  Oson stressga tushib qolasiz
Salbiy tuyg‘ularni yenga olmaslik, albatta hayotiy muvaffaqiyatga erishisha olmaslikka bevosita ta’sir qiladi. Agar bezovtalik odamni uzoq vaqt davomida tark etmasa, u holda boshqarilmaydigan his-tuyg‘ular aniq fikrlashga va bir vazifadan boshqasiga o‘tishga imkon bermasdan, ong hamda tanani egallashni boshlaydi.

Yechim: bu vaziyatda yaqin insoningiz yoki psixolog bilan hayotingizda sodir bo‘layotgan oxirgi voqealarni muhokama qilib oling. Voqeaga obyektiv baho berishga harakat qiling va stressni boshqarishning samarali usulalri bilan shug‘ullaning: bouling o‘ynang yoki meditatsiya bilan shug‘ullaning.

2.  O‘z nuqtai nazaringizni qattiq himoya qilasiz
Hissiy intellekti past bo‘lgan insonlar o‘z xatolarini tan olishmaydi, chunki ular har qanday mag‘lubiyatni fojia sifatida qabul qilishadi. Vaziyat qanday bo‘lishidan qat’iy nazar ular o‘z pozitsiyalarida qolishadi va suhbatdoshini ayamaydilar. Shuningdek, ular boshqalarning fikrlarini tinglashdan  bosh tortib, ularni rad etishadi.

Yechim: bunday holat siz bilan hech kim gaplashmay qo‘yishiga olib keladi. Yaxshisi, o‘zgalarni eshitishni va ularning fikrini to‘g‘ri qabul qilishni o‘rganing. 

3.  O‘z xatolaringizda o‘zgalarni ayblaysiz
Hissiy intellekti past insonlar o‘z ayblarini tan olishni bilmaydilar. O‘zlari bilan bo‘lib o‘tgan barcha voqealar va muvaffaqiyatsizliklarda boshqalarni ayblaydi. Ma’suliyatni bo‘yniga olishni xohlamaydi, aksincha uni boshqalarga yuklaydi.

Yechim: bunday hollarda inson o‘zida ma’suliyat, o‘z ishlari uchun javob berish tuyg‘ularini rivojlantirishi kerak. Shundagina “kim aybdor?” degan savolga o‘rin qolmaydi.

4.  Do‘stlikni qiyinchilik bilan saqlab qolasiz
Hissiy intellekti past insonlar boshqalarning qoidalariga bo‘ysunishni xohlashmaydi. Shu sababli ham ularning yaqin insonlari va hamkasblari bilan kelishib ketishi qiyin bo‘ladi. Haqiqiy do‘stlik o‘zaro munosabatlar, ishonch, yaqinlarini tushunish va yaxshi-yomon kunlarida birga bo‘lishlik ustiga quriladi. Hissiy intellekti past insonlar esa bularga qodir emas.

Yechim: siz uchun qadrli insonlaringiz bo‘lsa, ularni yo‘qotib qo‘ymang. Ular bilan nimalar sodir bo‘layotgani va hayotidagi voqealar bilan qiziqib turing. Sizning e’tiboringiz albatta qadrlanadi.

5.  Tuyg‘ularni muhim hisoblamaysiz
O‘z his-tuyg‘ulari va axloqining ahamiyatini sezmaydigan insonlarni ham hissiy intellekti past insonlar sirasiga kiritsa bo‘ladi. Ular uchun tuyg‘ularning muhimligi ahamiyatga ega emas, ular hatto muhim va qadrli so‘zlarni ham “havoga uchirish”lari mumkin.

Yechim: hislar muloqotning asosiy qismi hisoblanadi. Ular hayot ssenariysi uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Ularning ahamiyatini anglab yeting va o‘z axloqingizning insonlarga ta’sirini kuzating. Ularni ahamiyatsiz hisoblagan holda siz yaqinlaringizning diliga ozor berishingiz, ularni xafa qilishingiz, kun kelib esa yolg‘iz qolishingiz mumkin.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Toshkentda Botir Zokirov memorial muzeyi barpo etiladi

Toshkent shahrida milliy estrada san’ati asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochildi. Tadbirda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, san’at muxlislarini qizg‘in tabrikladi. – Bugun o‘ziga xos...

O‘zbekistonda oltin narxi yana bir gramm uchun 1 mln so‘mdan oshdi

Qimmatbaho metall narxi bir kunda 1,8 foizga, joriy yil boshidan esa deyarli 19 foizga oshdi. Oltin quyma va esdalik tangalar narxi 16 may, payshanba kuni...

Toshkentdagi chorraha va ko‘chalar ta’mirlanadi

Ta’mirlash va rekonstruksiya ishlarining asosiy qismi joriy yilning sentabrigacha amalga oshiriladi. Toshkent shahridagi qator chorraha va ko‘chalarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlanadi. Bu haqda poytaxt...

O‘zbekistonda top-20 yirik soliq to‘lovchilar ma’lum qilindi

2024 yil yanvar-aprel oylarida 2187 ta yirik soliq to‘lovchi tomonidan 32,9 trillion so‘mdan ortiq soliq tushumlari amalga oshirildi. O‘zbekistonda top-20 yirik soliq to‘lovchilar to‘g‘risida ma’lumot...

8ta kommunal xizmatlar uchun yagona to‘lov platformasi ishlab chiqilmoqda

IT-ta'lim va dasturiy mahsulot yo‘nalishidagi loyihalar bo‘yicha 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan startaplar tanlovi IT Park tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Avvalroq Shavkat Mirziyoyev mamlakatda IT-sohasini rivojlantirish, yoshlar va loyihalarni...

O‘zbekistonda tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik qilganlarning reyestri yuritiladi

O‘zbekistonda tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarning reyestri yuritiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Prezident qarori bilan, tazyiqdan jabrlangan shaxslarga ruhiy inqiroz holatida birlamchi...