Bosh sahifa Blog Sahifa 211

Olimlar koʻp uxlashning zararli ekanligini isbotladi

0

Sutkasiga 6,5 soatdan koʻp uxlash miyaning maʼlumotlarni qabul qilish qobiliyatini pasaytirib yuboradi. Jorj Vashington universiteti Tibbiyot maktabi olimlari oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasida aynan mana shunday xulosaga keldilar.

Tadqiqot 5 yil davom etgan va unda 75 yoshdan 80 yoshgacha boʻlgan 100 nafar koʻngilli qatnashgan. Tadqiqot avvalida ularning 88 nafarida demensiya belgilari boʻlmagan, qolganlari esa turli kognitiv buzilishlardan aziyat chekishgan.

Uyqu davomiyligi va sifatini tekshirish uchun olimlar elektroentsefalografiya yordamidan foydalanganlar. Jarayon davomida tadqiqot ishtirokchilarining yoshi va Alsgeymer kasalligiga bogʻliq irsiy omillar ham hisobga olingan.

Tadqiqot natijasida miyaning maʼlumotlarni qabul qilish funksiyasi sutka davomida 4,5 soatdan kam va 6,5 soatdan koʻp uxlash holatida salbiy taʼsirga duchor boʻlishini aniqlangan.

XX asrda uzoq uxlash salomatlikka foydali, deb hisoblangan bo‘lsa, bugun xorijlik mutaxassislar buning aksini aytishmoqda. Tadqiqotlarga ko‘ra kam uxlash ham insonda qandli diabet(1), yurak qon tomir kasalliklari(2) va semizlikning(3) yuzaga kelishiga sharoit yaratar ekan.

Chunonchi, ko‘p uxlash alohida bir xastalikning belgisi ham bo‘lishi mumkin. Haddan tashqari ko‘p yoki kam uxlash nafaqat yurak qon tomiri tizimi faoliyatini izdan chiqaradi balki, asab tizimida ham parishonxotirlik(4), kayfiyatning o‘zgarib turishi(5), chuqur ruhiy zo‘riqish(6) va surunkali charchoq(7) kabi salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.

Smartfon quvvatini tejashga yordam beruvchi usullar sanab oʻtildi

0

Zamonaviy smartfonlardagi bir qator funksiyalar qurilmaning quvvatini tejashga yordam berishi mumkin. Mutaxassislar ushbu usullarni birin-ketin sanab oʻtdilar.

Buning uchun eng avvalo “WakeLocks” rejimini yoqib qoʻyish lozim. Mazkur funksiya quvvat sarfini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi. Zamonaviy smartfonlarning deyarli hammasida mavjud boʻlgan “Aqlli rejim”dan ham aynan shu maqsadda foydalanish mumkin. U faollashtirilgan vaqtda qurilmadagi adaptik format yoqiladi. “Apple” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarda esa quvvat sarfini kamaytiruvchi rejim yoqib qoʻyilsa yetarli boʻladi. Bu qurilmaning yana bir necha soatga koʻproq ishlashini taʼminlab beradi.

Gadjet uchun toʻq rangli fon tanlash ham uning ishlash vaqti davomiyligini 40 foizga oshirib bera oladi. Ya’ni ko‘pchilikning smartfonidagi ekran foniga e’tibor bersak yorqin ranglardan foydalanadi, bu xato. Agar smartfon tizimdagi nosozlik tufayli oʻchib qolgan boʻlsa, akkumulyatorni kalibrlash kerak. Buning uchun smartfonda *#9900# kombinatsiyasi terilsa kifoya.

Smartfonlarda  hozirgi kunda juda mashhur bo‘lgan PUBG kabi katta quvvat talab qiladigan ilovalar paydo bo‘lgandan beri, foydalanuvchilar batareya quvvatini uzoqroq saqlab qolish imkoniyatini qidirishmoqda.

London universiteti qoshidagi kollej injener-kimyogari Pol Shiringning ma’lumot berishicha, bu muammoni bartaraf etishning oddiy usullari mavjud ekan. Marhamat, ular bilan tanishing!

1.Keraksiz ilovalarni yopish
Smartfonlar foydalanilayotgan bir necha ilovalarni ta’minlash maqsadida juda katta quvvat yo‘qotadi, bu haqda smartfon egasiga aksariyat operatsiya tizimlari ham qancha quvvat sarflayotgani haqida ma’lumot berishi mumkin. Quvvatni ortiqcha sarflamaslik uchun  ayni paytda foydalanayotgan ilovanigina ochiq qoldirib, qolganlarini yopib qo‘ying.

2. GPSni o‘chirish
Turgan joyni ko‘rsatuvchi, manzilni aniqlovchi xizmat ham juda katta quvvat talab qiladigan “ochko‘z” xizmatlardan biridir. Agar undan foydalanmayotgan bo‘lsangiz, o‘chirib qo‘yganingiz ma’qul.

3. Rush xabarlarini ham o‘chirib qo‘ying
Batareya quvvatini tejab-tergab ishlatishni istasangiz, ijtimoiy tarmoqlarga kelgan yangi xatlar haqidagi xabarlar xizmatini ham o‘chirib qo‘ying.

4. Dastur ta’minotini yangilash
Aksariyat telefonlarda quvvatni tejovchi turli dasturlar o‘rnatilgan. Ularning eng oxirgi versiyagacha yangilash kerak.

5. Bluetooth ni o‘chirish
Agar boshqa gadjetga simsiz ulanish zarurati bo‘lmasa, bu xizmatning sifatiga putur yetkazmaslik, telefonni  yana biror soat ortiqcha ishlatish uchun uni o‘chirib qo‘ying.

6. Ekran yorqinligini kamaytirish
Ekranni yorqinlashtiruvchi avtomatik sozlovchi qurilmani ishlating. Agar ko‘proq quvvatni iqtisod qilmoqchi bo‘lsangiz, xona ichi yorug‘ bo‘lsa, ekran yorqinligini qo‘lda kamaytiring.

7. Yaxshisi Wi-Fi dan foydalaning
Wi-Fi orqali ma’lumotlar bazasiga kirilganda, mobil tarmoq orqali kirgandan ko‘ra kamroq quvvat sarflanadi. Ijtimoiy tarmoqqa simsiz kirish asosiy sozlash menyusi orqali amalga oshiriladi.

8. Telefonning qizib ketmasligiga e’tibor berish
Smartfon – cho‘ntak kompyuteri vazifasini o‘tagani bilan statsionar kompyuter qarindoshlaridan tubdan farq qiladi, chunki uning sovitish tizimi mavjud emas. Smartfonning harorat diapazoni  0 dan 35 °S gacha bo‘lishi lozim.  Gadjet havo haroratida o‘zini yaxshi his qiladi, uni issiq havoda quvvatlantirish mumkin emas. Bu batareyaning ishdan chiqishiga olib keladi.

9. G‘ilofini yechish
Telefonni quvvatlantirayotganda akkumulyatori qizib ketmasligi uchun ustidan g‘ilofini olib qo‘yganingiz ma’qul. Aslida esa aksariyat telefonlar ustida g‘ilof tursa ham qizimasligi lozim.

10. Ortiqcha quvvatlantirish
Zamonaviy, litiy-ionli batareyalar uchun uni qancha quvvatlantirishning ahamiyati yo‘q.  Chunki telefon keragicha quvvatga ega bo‘lgandan  keyin quvvatlantiruvchi qurilma avtomatik tarzda o‘chadi. Smartfoningiz barcha xavfdan xoli bo‘ladi. Lekin, baribir smartfoningizni ertalabgacha quvvatlash kabeliga ulab qo‘ymang!

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasiga boshliq tayinlandi

0

Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Farg‘ona viloyati bo‘yicha vakolatli ofisi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Rahmonov Abrorjon Qahhorovich O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasiga boshliq tayinlandi

Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Farg‘ona viloyati bo‘yicha vakolatli ofisi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Rahmonov Abrorjon Qahhorovich O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U 1982-yilda Bag‘dod tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2007-yilda Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini Bag‘dod paxta tozalash zavodida boshlagan. 2008-2021 yillarda Ko‘chmas mulk va sarmoyalar agentligi Farg‘ona viloyati bo‘limi, Davlat mulkini ijaraga berish markazi Farg‘ona viloyati davlat unitar korxonasida mutaxassis, bosh mutaxassis, direktor o‘rinbosari, direktor, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Bo‘sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2021 yilning aprel oyidan tayinlovga qadar Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Farg‘ona viloyati bo‘yicha vakolatli ofisi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Yoshlarni qanday ishlar quvontiradi?

0

Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi va amaliy ko‘magi bilan mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash mutlaqo yangicha tizim asosida yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, o‘tgan yili yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 47 ta normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ushbu hujjatlar asosida 44 ta imtiyoz va qulayliklar «Yoshlar portali»ga kiritilib, bir qator amaliy natijalarga erishildi.

Jumladan, yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha yil boshida Davlat xavfsizlik xizmati, mutasaddi vazirliklar va hokimliklar bilan hamkorlikda «mahallabay» shakllantirilgan «Yoshlar balansi» asosida 621 ming 709 nafar yoshlar «Yoshlar daftari»ga kiritildi.

Kasb-hunar o‘rgatish, imtiyozli kreditlar, yer maydonlari, subsidiyalar ajratish va ijtimoiy-moddiy qo‘llab-quvvatlash natijasida 595 ming 970 nafar yoshlar bandligi ta’minlandi va 25 ming 739 nafar imkoniyati cheklangan, tibbiy yordamga muhtoj yoshlar doimiy nazoratga olindi.

Tuman (shahar)larda moliyaviy manbalari aniq belgilangan «Yoshlar daftari» jamg‘armalari tashkil etilib, mahalliy byudjetning orttirilgan qismi 15 foiz va ijro hujjatlariga oid undiruvlar hisobidan 382,8 milliard so‘m mablag‘ shakllantirildi.

Jamg‘armalar hisobidan ishsiz yoshlarga asbob-uskuna, mehnat qurollari, urug‘lik va ko‘chat xarid qilish uchun subsidiyalar ajratish, noturarjoylar ijarasi va boshqa yo‘nalishlarda 137 ming nafar yoshlarga 290 milliard so‘m miqdorda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Ilk marotaba 424 ming nafar yoshlarga 127 ming gektar ekin maydonlari ajratilib, 681 mingga yaqin ish o‘rinlari yaratildi.

«El-yurt umidi» jamg‘armasi orqali 371 nafar yoshlarning xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalariga tahsil olish va stajirovka o‘tashlari uchun 140 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.

«Talabaga madad» loyihasidan to‘lov-kontrakt mablag‘ini to‘lab berishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan talaba yoshlar soni 20 760 nafarni tashkil etadi. Shundan, 3 017 nafariga to‘lov-kontrakt mablag‘lari to‘lab berildi. Bundan tashqari, «Yoshlar daftari» tizimi orqali 8 259 nafar yoshlarga 30 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ to‘lab berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «2021 yil davomida yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar» mavzuida matbuot anjumani tashkil etildi. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan anjumanda yuqorida qayd etilgan yoshlarga oid amaliy ishlar yuzasidan agentlik axborot xizmati rahbari Nodirjon Abduqodirov alohida urg‘u berdi.

O‘qituvchilar Kembrijdan keltirilgan darsliklar asosida malaka oshiradi

0

Xalq ta’limi vazirligining Amerika Qo‘shma Shtatlari Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan “O‘zbekiston Barkamollik uchun Ta’lim dasturi” loyihasi doirasida Kembrij nashriyoti tomonidan ishlab chiqilgan 1-11 sinflar uchun ingliz tili hamda 5-11 sinflar uchun informatika va axborot texnologiyalari fan darsliklari mamlakatimizga keltirildi.

 Abdulla Avloniy nomidagi ilmiy tadqiqot instituti bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu darsliklar o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Endilikda 6,5 milliondan ortiq o‘quvchi yuqori sifatli darsliklardan, o‘n minglab o‘qituvchilar esa yuqori sifatli qo‘llanmalardan foydalanish imkoniyatiga ega. Xo‘sh, xorijdan keltirilgan darsliklardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha o‘qituvchilar yetarli malakaga egami?

 Bu masalada A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti AQSHning Research Triangle Institute (RTI International) xalqaro tadqiqot instituti bilan hamkorlikda malaka oshirish kurslarini tashkil etishni rejalashtirgan.

Xalq ta’limi vazirligining Amerika Qo‘shma Shtatlari Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan “O‘zbekiston Barkamollik uchun Ta’lim dasturi” loyihasi doirasida Kembrij nashriyoti tomonidan ishlab chiqilgan 1-11 sinflar uchun ingliz tili hamda 5-11 sinflar uchun informatika va axborot texnologiyalari fan darsliklari mamlakatimizga keltirildi.

 Abdulla Avloniy nomidagi ilmiy tadqiqot instituti bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu darsliklar o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Endilikda 6,5 milliondan ortiq o‘quvchi yuqori sifatli darsliklardan, o‘n minglab o‘qituvchilar esa yuqori sifatli qo‘llanmalardan foydalanish imkoniyatiga ega. Xo‘sh, xorijdan keltirilgan darsliklardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha o‘qituvchilar yetarli malakaga egami?

 Bu masalada A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti AQSHning Research Triangle Institute (RTI International) xalqaro tadqiqot instituti bilan hamkorlikda malaka oshirish kurslarini tashkil etishni rejalashtirgan.

Uchrashuv yakunida, joriy yilning sentyabr oyidan boshlab, maktablarda qo‘llanilishi kutilayotgan yangi darsliklar bo‘yicha malaka oshirish kurslariga tizimdagi barcha ingliz tili, informatika va axborot texnologiyalari fanlari o‘qituvchilarini jalb etish belgilandi. Tizimdagi islohotlar davom etmoqda.  

Odamlarning gadjetlar uchun bir kunda qancha vaqt sarflayotganlari hisoblab chiqildi

0

“App Annie” kompaniyasi zamonaviy odamlarning kundalik odatlarini chuqur tadqiq etib, smartfon egalari orasida kunning maʼlum qismini gadjetlar bilan oʻtkazish vaqti oʻtgan yili keskin uzayganini qayd etdi.

Maʼlum boʻlishicha, odamlar bir kunda oʻrtacha 4,8 soat vaqtni gadjetlar uchun sarf etmoqdalar. Ular boʻsh vaqtlarining uchdan bir qismini smartfonda vaqt oʻtkazish uchun sarflashga odatlanib qolishgan. Mobil ilovalarni yuklab olish koʻrsatkichlari esa oʻtgan yilgiga nisbatan 5 foizga oshgan.

Ekspertlarning aytishlaricha, joriy yilda internet foydalanuvchilari orasida reklama xarajatlari koʻrsatkichi ham keskin oshishi kutilmoqda.

Maʼlumot uchun, “App Annie” kompaniyasi mobil texnologiyalar bozorini oʻrganish bilan shugʻullanadi. Tadqiqot oʻnta yirik bozordagi Android-smartfonlari sohiblari orasida oʻtkazilgan.