Bosh sahifa Blog Sahifa 192

Oʼzbekistonda «Biznes ayollar» dasturi qabul qilinadi

0
Rearview shot of a young businesswomen using a computer at her desk in a modern office

Tadbirkor ayollar ulushini hozirgi 25 foizdan 40 foizga yetkazish boʼyicha 2022-2024 yillar uchun “Biznes ayollar” dasturi qabul qilinadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoev 1 mart kuni boʼlib oʼtgan yigʼilishda maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda 400 dan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti ayollarni kasbga oʼqitish, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, ijtimoiy yordam koʼrsatish boʼyicha yaxshi tajriba yaratgan.

Shu bois, qishloq joylarida bunday loyihalarni amalga oshirish uchun nodavlat tashkilotlarga 2 milliard soʼmgacha grantlar ajratiladi.

Oʼzi yoki qaramogʼida nogironligi bor yaqini boʼlgan xotin-qizlarga ijtimoiy xizmatlar koʼrsatish, ularni kasbga oʼqitish borasida, nodavlat notijorat tashkilotlariga berilayotgan grantlar miqdori 5 baravarga oshirilib, 200 million soʼmgacha yetkaziladi (amalda 40 million soʼm).

«Аyollar bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish uchun, qoʼshimcha shart-sharoitlar yaratamiz», dedi prezident.

Buning uchun tadbirkor ayollar ulushini hozirgi 25 foizdan 40 foizga yetkazish boʼyicha 2022-2024 yillar uchun “Biznes ayollar” dasturi qabul qilinadi.

Ushbu dastur ijrosiga jami 8 trillion soʼm mablagʼ yoʼnaltiriladi.

Toshkent mahallalaridagi turar joy binolarida rasm va murallar paydo bo‘ladi

0
Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent shahar hokimligida “Mahallada duv-duv gap: Mahallalar devorlaridagi rasmlar” loyihasining taqdimoti bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.

Yangi loyiha Toshkentning 12 ta tumanidagi mahallalarda joylashgan turar joy binolari, ijtimoiy obektlar, zinapoyalar va boshqa binolarda vizual timsollarni (rasmlar, murallar, grafika va hk.) yaratishga bag‘ishlangan. 

Qayd etilishicha, matbuot anjumanining maqsadi – nafaqat savollarga javob berish, balki ishtirokchilardan mos keladigan manzillar, rasmlarning syujyeti va mavzulari, ishtirok etish qoidalari, reglament va loyihaning boshqa muhim jihatlari yuzasidan maslahat olish. 

Ma’lumot uchun, prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Yangihayot tumanida joylashgan Do‘stlik mahallasiga tashrifi davomida ko‘p qavatli uyning devoriga chizilgan “Do‘stlik ramzi” muraliga e’tibor qaratgandi.

“Nega hammayoqqa shunday qilmaysizlar? Bu mural ham odamning kayfiyatiga ijobiy ta’sir qiladi”, — degan Shavkat Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyev mas’ullardan bu kabi murallar qachondan boshlanganini so‘ragan. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bu turdagi devoriy murallar 2021 yilning bahoridan chizila boshlanganini ta’kidlagan.

TENDER SAVDOLARI O‘TKAZILIShI TO‘G‘RISIDA E’LON

0

Tender nomi: Onlayn platformaga axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida videodarsliklarni tasvirga oluvchi tashkilotni tanlab olish.

“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan Davlat xaridlari maxsus axborot portali (https://etender.uzex.uz) Onlayn platformaga axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida videodarsliklarni tasvirga oluvchi tashkilotni tanlab olish uchun tanlov e’lon qiladi.

Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Shayhontoxur tumani, Navoiy ko‘chasi, 11-uy.

Tel.: +998 99 001-71-73, +998 99 001-70-34 Mas’ul kotib: A.Xolmatov

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi kamaydi

0

1-fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekiston oltin zaxirasi 34,4 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Ya’ni yil boshiga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 0,7 mlrd. dollarga qisqargan. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ayni kunda mamlakat oltin zaxirasi 20,7 mlrd. dollarga, xorijiy valyutadagi jamg‘armamiz esa 12,5 mlrd. dollarga baholanmoqda. Yana 1,1 mlrd dollar xalqaro zaxira aktividir (Xalqaro valyuta jamg‘armasi).

Yalpi xalqaro zaxiralar yil boshidan 2 foizga kamaydi. Mazkur o‘zgarish oltin narxining yil boshidagi 1799,25 dollardan 1790,6 dollargacha tushishi (-100,4 mln dollar), banklarining Markaziy bankdagi hisobvaraqlarida qoldiq miqdorining kamayishi (-526 mln dollar) hamda Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan valyuta intervensiyalari bilan izohlanadi.

Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga parvarishlash nafaqasi joriy etiladi

0

Joriy yilning 17-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilingan edi.

Mazkur farmonga muvofiq, 1-apreldan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayniqsa, doimiy parvarishga muhtoj bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy yordamning zamonaviy mexanizmlarini amalga oshirishda yangicha yondashuvlar joriy etiladi.

Xususan, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi hamda ish staji to‘liq bo‘lmagan nogironlik pensiyasining eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda 440 ming so‘mdan 622 ming so‘mga yetkaziladi.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalari va odamning immunitet tanqisligi virusini keltirib chiqaradigan kasallikka chalingan 18 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga har oyda 500 ming so‘m miqdorida yangi turdagi parvarishlash nafaqasi joriy etiladi.

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi boshqarma boshlig‘i Farruh Pardayevning ta’kidlashicha, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda o‘zgalar parvarishiga muhtojligini belgilash va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron shaklda taqdim etib borish tizimini yo‘lga qo‘yiladi.

Ilon Mask 27 yoshli aktrisa Natasha Bassett bilan uchrashmoqda

0

Dunyoning eng badavlat odami – 50 yoshli tadbirkor Ilon Mask avstraliyalik aktrisa Natasha Bassett bilan uchrashmoqda. Qiz Maskdan 23 yoshga kichik.

Maskning yosh aktrisa bilan uchrashayotgani paparatstsilar tomonidan ham tasdiqlangan. Juftlikning milliarderga tegishli boʻlgan shaxsiy samolyotdan tushib kelayotgani suratlarga muhrlangan.

Ilon Maskning yuragini zabt etgan aktrisa Sidney shahrida dunyoga kelgan va 19 yoshida Nyu-Yorkka koʻchib oʻtgan. U rejissyor Baz Lurman tomonidan suratga olingan “Elvis” filmidagi roli bilan mashhurlikka erishgan. Aktrisa mazkur filmda Elvis Preslining sevgan qizi rolini ijro etgan.

Eslatib oʻtamiz, Ilon Mask 2021-yilning sentyabr oyida xonanda Grayms bilan munosabatlariga nuqta qoʻyganini rasman maʼlum qilgandi.