Spikerimiz – «Cambridge learning center» o‘quv markazlari tarmog‘i asoschisi, 25 yoshdagi muvaffaqiyatli tadbirkor Jahongir Po‘latov «Karantin davrida o‘z ustida ishlash mavzusida ma’lumot beradi.
Webinar’да https://www.youtube.com/channel/UCPAQFzayXV2tF_Ox7… манзили орқали иштирок этишингиз мумкин.
2020 yil 1 oktabrdan boshlab tadbirkorlarga ularning faoliyati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini o‘rganish va tahlillar natijalariga asosan “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi”ni berish amaliyoti joriy qilinadi.
Belgi Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan uch xil turdagi – “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar bo‘yicha 12 oy muddatgacha beriladi.
“Yashil” toifadagi belgiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati Sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tomonidan o‘rganilishi va tekshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (ommaviy zaharlanish va guruhli kasalliklar qayd etilgan holatlar bundan mustasno).
Belgi tadbirkorlik sub’ektlarining tashabbusi bilan (ixtiyoriy) yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda davlat organlari tashabbusi bilan (majburiy) beriladi.
“YOSHLAR – KELAJAGIMIZ” JAMG‘ARMASI JIZZAX VILOYATI KO’P TARMOQLI TEXNOLOGIK PARKLARI YAGONA DIREKSIYASI” masʼuliyati cheklangan jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 noyabrdagi “Jizzax viloyatining tadbirkorlik va investitsiya salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 936-sonli qarori ijrosi yuzasidan Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumani, Togʼchilik MFY hudidida, Do‘stlik tumani, А.Navoiy MFY hududida, Zomin tumani, Qo‘rg‘on MFY hududida ko‘p tarmoqli texnologik parklarni qurish uchun qurilish tashkilotlariga qurilishning boshlang‘ich narxini pasaytirib borish tartibida tanlov eʼlon qiladi (tanlov hujjatlarini oxirgi qabul kuni, eʼlon qilingan kundan 10 kalendar kuni mobaynida, o‘ninchi kun ham kiradi).
Sh.Rashidov tumanidagi obʼekt qurilishining boshlang‘ich bahosi 17 747 547 729 (o‘n yetti milliard yetti yuz qirq yetti million besh yuz qirq yetti ming yetti yuz yigirma to‘qqiz) so‘m 00 tiyin.
Do‘stlik tumanidagi obʼekt qurilishining boshlang‘ich bahosi 13 910 855 800 (o‘n uch milliard to‘qqiz yuz o‘n million sakkiz yuz ellik besh ming sakkiz yuz) so‘m 00 tiyin.
Zomin tumanidagi obʼekt qurilishining boshlang‘ich bahosi 18 361 656 381 (o‘n sakkiz milliard uch yuz oltmish bir million olti yuz ellik olti ming uch yuz sakson bir) so‘m 00 tiyin.
Tanlovda ishtirok etish uchun murojaat xati bilan quyidagi hujjatlar konvertda yopiq holda, imzo va muxr bilan tasdiqlangan holatda taqdim etilishi lozim:
– tashkilot guvohnomasi va nizomi (ustavi);
– oxirgi 3 yillik balans hisoboti (barcha ilovalari va soliqdan hisobot qabul qilinganligi to‘g‘risidagi elektron maʼlumotnoma bilan);
– muddati 90 kundan o‘tgan debetor va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida maʼlumot;
– asosiy vositalari yoyilmasi;
– qurilish bo‘yicha mutaxassislarning shtat birligi va ushbu shtatlardagi xodimlar to‘g‘risida ma’lumot;
– So‘ngi bir yilda amalga oshirilgan qurilish ishlari bo‘yicha buyurtmachi tavsifnomasi;
Manzil – Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Qatartol ko‘chasi, 60B-uy, 3-qavat, 310-xona. Murojaat uchun telefonlar: 99 001-71-73, 97 770-56-29.
Joriy yilning, 22 iyun kuni «Yoshlar oyligi» doirasida mazkur «Yoshlar mehnat guzar»ning ochilish marosimi boʼlib oʼtdi.
Qayd etish joizki, u yerda yosh tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda binolar, ofis texnikasi va jihozlari ijaraga beriladi, internet bilan taʼminlanadi, shuningdek, yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, gʼoyalari va loyihalarini amalga oshirishga zarur koʼmak beriladi. Biznes-rejalar ishlab chiqish, maslahat, yuridik, buxgalteriya va boshqa xizmat turlarini koʼrsatish, forumlar, master-klasslar va seminarlar tashkil etish uchun «Yosh tadbirkorlar» kovorking-markazlari quriladi.
Oʼzbeksiton Respublikasi Prezidentining Navoiy viloyatiga tashrifi davomida berilgan topishirqlar ijrosini taʼminlash maqsadida bugun Navoiy viloyatining olis choʼl hududlaridan biri Tomdi tumanida ham “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan barpo etilgan “Yoshlar mehnat guzari”ning ochlish marosimi boʼlib oʼtdi.
“Iyun oyi – Yoshlar oyligi» doirasida qurilib, tomdilik yoshlarga bayram sovgʼasi sifatida topshirilgan yangi, zamonaviy va koʼrkam binoning ochilish marosimida «Yoshlar – kelajagimiz» jamgʼarmasi makaziy apparat xodimlari, tuman hokimligi xodimlari va boshqa hamkor tashkilot vakillari ishtirok etdilar.