Bosh sahifa Blog Sahifa 189

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan rossiyalik tadbirkor Fatyuxina Yana

0

Bolaligidan o‘z qo‘llari bilan turli liboslar tikkan Yana dastlab tikuvchilik borasidagi bilimlarni “YouTube”dagi onlayn darslardan olgan, keyin esa professional ustozlarga shogird tushga.

“Tikuvchilik maktabini ochaman deb hecham o‘ylamagandim. Bu biznesni bir oy ichida yo‘lga qo‘yganman. Shunchaki, qaror qabul qilib, ishga kirishganman. Hozirda ‘Selftailor’ nomli tikuvchilik korxonasiga egalik qilaman. Uni ochganimda 21 yoshda edim”, — deydi Yana.

Tadbirkorning aytishicha, ushbu biznes katta investitsiyalarni talab qilmaydi. Bu uchun faqat jihozlar va tajribali yana bitta tikuvchi kerak bo‘ladi.

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Sabina Temiraliyeva

0

Beshinchi sinfda shirinlik pishirish mashg‘ulotini yaxshi ko‘rib qolgan Sabina qiziqishini keyinchalik tadbirkorlik darajasigacha ko‘tara olgan.

Bundan oldin esa 15 yoshida pul topishning turli yo‘llarini sinab ko‘rgan: maktabda ovqat pishirib sotgan, buyurtma bo‘yicha kiyim tikkan, ofitsiant, bufetchi, kassachi bo‘lib ham ishlagan.

Uning pazanda ekanini yaxshi bilgan barcha yaqinlari Sabinaga qandolatchilik do‘koni ochishni maslahat bergan. Bo‘lajak tadbirkor esa ushbu maslahatga quloq solishga qaror qilgan. Moskvaga borib, qandolatchilik kurslariga qatnashgan.

“2019-yil 28 avgust kuni qandolatchilik do‘konimning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Biz buyurtma uchun har qanday murakkablikdagi shirinliklar va tortlar tayyorlay olamiz”, — deydi Sabina.

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Salomat Baktibekqizi

0

Bolalar uyida voyaga yetgan Salomat, nogiron ham hisoblanadi. Ammo bu unga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishda to‘siq bo‘la olmagan.

2019-yilda ishidan ayrilgach, qanday qilib pul topish haqida o‘ylay boshlagan. Ijtimoiy tarmoqlardagi do‘stining sahifasiga joylangan qog‘ozdan yasalgan guldasta fotosuratini ko‘rib, ularni qanday qilish va buning uchun qancha mablag‘ sarflanishini bilgan. Shundan so‘ng biznes-reja tuzib, investorlar izlay boshlagan.

“Ko‘p rad javoblari bo‘ldi, lekin 13 kun ichida pul topa oldim. Mablag‘ paydo bo‘lishi bilan barcha kerakli xomashyoni sotib olib, ishga kirishdim. Gullardan iborat sovg‘a to‘plamlarini tayyorlab, sota boshladim”, — deydi Salomat.

Ishining ilk davrida Salomatning Instagram sahifasida 86 kishi bo‘lgan, hozirda esa kuzatuvchilar soni 6000 ga yaqinlashgan.

“O‘zbekiston YAIM $100 milliardga, yillik eksport hajmini esa $30 milliardga yetkazamiz” — Prezident

0

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida nutq so‘zladi. Bugun, 24-mart kuni poytaxt Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini boshladi.

Toshkent xalqaro investitsiya forumida nutq so‘zlagan Shavkat Mirziyoyev investitsiyalarni jalb qilish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha muhim chora-tadbirlarni belgilab berdi.

Qayd etilishicha, mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirish, biznes muhitini yanada yaxshilash yo‘nalishida amaliy takliflarni ishlab chiqish maqsadida 2022-yildan e’tiboran prezident huzuridagi Xorijiy investorlar Kengashi yig‘ilishlarini muntazam o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yiladi.

“Shuningdek, “kraud-sorsing” platformasi va zamonaviy raqamli yechimlardan foydalangan holda, barcha tarmoqlar va hududlardagi investorlar va tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazish amaliyotini davom ettiramiz», – dedi prezident.

Umuman olganda, amalga oshiriladigan islohotlarimiz natijasida keyingi 5 yil ichida yalpi ichki mahsulotimizni 100 milliard dollarga, yillik eksport hajmlarini esa 30 milliard dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 80 foizga yetkaziladi.

“Biz O‘zbekistonning 2030-yilga borib aholisi o‘rtadan yuqori daromad oladigan davlatlar qatoridan joy olishiga erishishni maqsad qilib qo‘yganmiz», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Diyor Mirzaahmedovdan yoshlar uchun maslahatlar

0

Qimmatga Tushgan Xatolar koʻrsatuvining navbatdagi soni mehmoni: Diyor Mirzaahmedov – O’zbekiston marketing uyushmasi boshqaruv raisi, Siymo reklama agentligini asoschisi.

Koʻrsatuv davomida: Diyor Mirzaahmedovnaning hayoti davomida muvaffaqiyatsizlikka uchragan bizneslari, qimmatga tushgan xatolari, mana shu mag’lubiyatning sabablari va bu sinovlardan olgan darslari haqida bilib olishingiz mumkin.

 

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Jahongir Po‘latov

0

O‘rtahol oilada tug‘ilib o‘sgan Po‘latov yoshligidan o‘z oldiga maqsad qo‘yib, unga erishishga intilgan. Ishlashni 9 yoshidan, Toshkentdagi «Farhod» bozorida choy sotishdan boshlagan, keyinchalik 3 yil davomida mashina yuvishni o‘ziga kasb qilgan. Avtohalokatga uchrab, o‘mrov suyagi singanidan so‘ng boshqa ishga o‘tishga majbur bo‘lgan.

4 marotaba davlat OTMlariga kirish uchun imtihon topshirgan, lekin kira olmagan. So‘ng Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universitetiga topshirib, birinchi urinishdayoq talaba bo‘lgan.

Turli joylarda o‘zini sinab ko‘rgan Po‘latov oxir-oqibat ingliz tilini o‘rganib, 17 yoshidan dars bera boshlagan. Avvaliga uyma-uy yurib dars bergan Po‘latov keyinchalik o‘z o‘quv markazini ochishga qaror qilgan. Shunday qilib, u 2014-yilda «Cambridge learning center» o‘quv markaziga asos solgan.