Bosh sahifa Blog Sahifa 185

1-sentabrdan o‘quvchilar uchun yagona maktab formasi to‘liq joriy etiladi

0

2022/23 o‘quv yilidan davlat maktablarida o‘quvchilar uchun maktab formasi to‘liq joriy etiladi. Avvalroq 2024/2025 o‘quv yilidan deb belgilangan mazkur tartibning amal qilish muddati hukumatning kecha, 19-may kungi qarori bilan oldinroqqa surildi.

2022 yil 10-avgustdan har bir tuman-shaharda maktab formasi ishlab chiquvchilarning savdo shoxobchalari tashkil etiladi.

Kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun forma sotib olishda yordam beriladi (mahalliy budjet hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan).

Eslatib o‘tamiz, maktablarda standart forma joriy qilish tashabbusini 2017-yilda prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan edi. “Bizning jamiyatdagi eng katta masala — boy bilan kambag‘al orasidagi munosabat. Oddiy oilaning oddiy kiyingan bolasi yaxshi kiyingan boladan g‘ashi keladi. Aynan mana shu narsani yo‘q qilishimiz kerak”, degandi davlat rahbari.

Shundan so‘ng 2018-yilda hukumatning yagona maktab formasiga oid 666-son qarori qabul qilindi. Qarorda yagona forma 2018/19 o‘quv yilidan ixtiyoriy, 2019/20 o‘quv yilidan boshlab majburiy bo‘lishi belgilangan edi. Biroq bu jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo‘lgach, muddat 2024/25 o‘quv yiligacha kechiktirilgandi.

O‘zbekistonda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan migrantlar uchun «50×50» dasturi joriy etiladi

0

Prezidentning “Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirib O‘zbekistonga qaytib kelgan fuqarolarni ish bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

2022-yil 1-iyuldan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish natijasida orttirgan mablag‘lari hisobidan O‘zbekistonda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan mehnat migrantlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun “50×50” tamoyili asosida dastur joriy etiladi. Bunda:

loyiha umumiy qiymatining 50 foizi miqdorida, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan subsidiya ajratiladi;
ajratiladigan subsidiyalar har bir ishga qabul qilingan fuqaro uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravaridan oshmasligi kerak;
subsidiya ajratishda Yagona milliy mehnat tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilgan mehnat shartnomasi asos hisoblanadi.
Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yoki qaytib kelgan mehnat migrantlar uchun “O‘z kelajagimga o‘zim investor” loyihasi joriy etiladi. Bunda:

dastur doirasida TIF “Milliy bank”, AT “Xalq bank” va AT “Sanoatqurilishbank” tomonidan kamida 1 ming nafar mehnat migrantiga ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi har bir loyiha uchun bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravarigacha kredit ajratiladi;
kredit olmoqchi bo‘lgan fuqaroning mehnat migratsiyasidan qaytganligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining “labor-migration” dasturiy majmuasida qayd etilgan ma’lumotlar asosida taqdim etiladigan tasdiqnoma bilan tasdiqlanadi;
dasturni amalga oshirish uchun Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘laridan mazkur kichik bandda ko‘rsatilgan banklarga 30 milliard so‘m miqdorida resurs ajratiladi;
kredit resurslari Reintegratsiya markazi rahbari va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallari tomonidan taqdim etiladigan manzilli ro‘yxat asosida moliyalashtiriladi;
dastur doirasida 33 million so‘mgacha ajratilayotgan kredit mablag‘lari mahallalardagi hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan garov ta’minotisiz ajratiladi.

Alisher Rustamov: «Muammoga yechim bergan yutadi!»

0

Qimmatga Tushgan Xatolar koʻrsatuvining navbatdagi mehmoni Alisher Rustamov – servis bo’yicha mutaxassis.

Koʻrsatuv davomida: Alisher Rustamovning hayoti davomida, qimmatga tushgan xatolari, mana shu mag’lubiyatning sabablari va bu sinovlardan olgan darslari haqida bilib olishingiz mumkin.

 

Ingliz tilini to‘g‘ri o‘rganish bo‘yicha 12ta ko‘nikma

0
learning english concept. book on a wooden background

Xorijda ta’lim olish istagida bo‘lgan yoshlar tomonidan eng ko‘p o‘rganiladigan til, shubhasiz, ingliz tilidir. U sizga Oksford, Harvard kabi mashhur ilm dargohlarining eshigini ochadi. Xo‘sh, ingliz tilini o‘rganish qay darajada oson? Ushbu tilni qanday qilib tezroq va samaraliroq o‘rganish mumkin? Buning uchun quyidagi ko‘nikmalar ustida ishlashingiz lozim.

O‘QISH

O‘qish mahoratini rivojlantirish, grammatika va til qurilishini anglash, so‘zlarni yodda saqlash, ularning ifoda hamda talaffuzini o‘rganish muhim ahmiyatga ega. Bu ko‘nikmani egallash uchun quyidagi usullardan foydalanishingiz mumkin.

1) Inglizcha kitob, jurnal, gazeta o‘qing

Xorijiy til o‘rganishning oltin qoidasi – ko‘p o‘qishdir. Unutmang: bu ko‘nikmaga ega bo‘lmay turib, og‘zaki va yozma sinovlarda yetarli darajada muvaffaqiyatga erisha olmaysiz. Modomiki, til o‘rganish masalasida qat’iy fikrda ekansiz, internetdan o‘zingizni qiziqtirgan mavzudagi biron kitob, jurnal, gazetani topib, muntazam o‘qib boring. 

Sizga yordamchi:

onlinenewspapers.com
gutenberg.org

2) Qo‘l telefoningiz va kompyuteringizning tilini inglizchaga o‘tkazing

Telefoningiz, kompyuteringiz dasturini inglizchaga o‘zgartirish, bajaradigan amalingizni ma’lum bir so‘z bilan bog‘lash va buni har kuni bajarish so‘z boyligingizni orttiradi. Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlar tilini ham o‘zgartirish yangi bilimlar o‘rganishingizda yordam beradi.

3) Mobil ilovalardan foydalaning

Mobil jihozlar va ilovalar ingliz tilini o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun cheksiz imkondir. Texnika taraqqiyoti yashin tezligida ildamlab borayotgan bir vaqtda bu imkondan foydalanish tamoman sizning ixtiyoringizda. O‘qishdan yoki ishdan uyga qaytar ekansiz, telefonga yuklangan bir qancha bepul ilovalar yordamida so‘z yodlashingiz o‘qish va anglash ko‘nikmangizni orttiradi.

Sizga yordamchi:

learnenglishbritishcouncil.org
duolingo.com
busuu.com

YOZISH

Inglizcha yozish o‘zlashtirilishi eng qiyin malakalardan biridir. Odatda, xorijiy oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlardan esse, motivatsion maktub yozish talab qilinadi. Yozish davomida qisqa ifodalar o‘rniga bog‘lovchilar va yordamchi jumlalarni qo‘llash, fikrni kengaytirilgan holda ifodalay olish juda muhimdir.

4) Blog yozing

Bugungi kunda blog yozish, fikrlar, qiziqishlar, biror mavzu yuzasidan mulohazalarni bildirish keng tarqalgan. O‘zingiz uchun inglizcha bir blog oching. Boshida qiynalishingiz tabiiy, ammo xotirangizdagi so‘zlarni «uyg‘otish» uchun bu usul juda katta yordam beradi.

 5) Yangi so‘zlarni e’tiborda tuting

Bu sizga anchayin tanish usul. Yangi so‘zlarni yozilgan qog‘oz parchalarini tez-tez ko‘zingiz tushadigan yerga yopishtiring va ularni har kuni o‘qib boring. Buning natijasini esa bir necha kunda o‘zingiz ko‘rasiz!

 6) Forumlardagi bahslarda ishtirok eting

Tasviriy san’at, musiqa, teatr, adabiyot kabi san’at turlari, shuningdek, siyosat, texnologiya, moda olami, pazandachilik kabi mavzularga qiziqishingiz bo‘lsa, demakki, forumlar aynan siz uchun. Qiziqishlari sizga yaqin bo‘lgan insonlar bilan bu mavzular haqida fikr almashish, bahslashish yangi so‘zlar va iboralarni qo‘llashingizga turtki beradi.

TINGLASH

Bu ko‘nikmani rivojlantirib borish muhim hamiyatga ega. Ayniqsa, xorijda ta’lim olish istagida bo‘lgan yoshlar borgan mamlakatlarida qiynalmasliklari, darslar, seminarlar yoki bahslarda faol qatnashishlari uchun bu ko‘nikmani rivojlantirishlari lozim.

7) Inglizcha qo‘shiq tinglang

Xorijiy tilini rivojlantirmoqchi bo‘lganlarga ilk tavsiyalardan biri o‘rganayotgan tillarida ko‘p qo‘shiq eshitishdir. Bu esa ham so‘zlarni, ham ularning talaffuzini o‘rganishingizda, shuningdek, qulog‘ingiz notanish so‘zlarga moslashishida asqotadi. Qo‘shiqni tinglar ekansiz, uning turiga, oson tushunilishiga, qo‘shiq matnining qancha qismini qog‘ozga tushira olishingizga ham diqqat qilib boring.   

8) Inglizcha TV-kanallarini tomosha qiling

Amerika va Angliya TV kanallarida efirga uzatiladigan seriallarni, shoularni, xabarlarni, filmlarni ko‘rish eng foydali usullardan biridir. Dastlabki bosqichda subtitr bilan tomosha qilib, keyin yozuvsiz holda anglashga urinib ko‘ring.

9) Musobaqalarda qatnashing

Turli millatga mansub nomzodlar qatnashuvchi simpozium va musobaqalarda ishtirok etib, tajriba orttiring. Talaffuzingiz tozalanib borishiga e’tibor qarating.

10) Podkast tinglang

Podkastlar muayyan bir mavzudagi ovozli yoki tasvirli materiallardir. Internet – podkastlariga osonlik bilan yetishishda asosiy vosita. Sevgan mavzularingizdagi efirlarni tinglash asta-sekin bu boradagi mahoratingizni oshiradi, sizga motivatsiya beradi.

Sizga yordamchi:

librivox.org
audible.com

MULOQOT

«Tushunaman, ammo gapira olmayman» degan gaplar bot-bot qulog‘imizga chalinadi. Xorijdagi ish beruvchi tashkilotlar ham TOYeFL yoki IYeLTS kabi sinovlardan olgan sertifikatlaringizga emas, nutq mahoratini qay darajada egallaganingizga e’tibor qaratadi. Demak, bu muhim.

11) O‘zingiz gaplashing va yozing

Muloqot qilish mahoratini rivojlantirish uchun eng samarali usullardan biri so‘nggi paytlarda mashhur bo‘lgan onlayn va bepul ovoz yozish dasturlaridir. Nutqingizni yozib olib, ona tili inglizcha bo‘lgan do‘stingizga tinglatishingiz, xatolaringiz bo‘lsa, ulardan yordam so‘rashingiz mumkin.

Sizga yordamchi:

Online Voice Recorder
Voice Spice Recorder

12) Inglizzabon do‘stlar orttiring 

Muloqot qila olish mahoratingizni rivojlantirish uchun inglizzabon do‘stlar orttiring. Internetdagi ko‘plab saytlar madaniyatlar bilan tanishuv, xorijiy til o‘rganish, dunyoning turli mamlakatlaridan do‘st orttirish uchun mo‘ljallangan platformalardir. Shuningdek, Telegram, WhatsApp, Skype kabi ilovalar yordamida o‘rtoqlaringiz bilan jonli suhbat qurish imkoningiz bor.

IT sohasini qanday qilib oson o‘rganish mumkin?

0

IT’dan umuman yiroqda bo‘lgan insonlar uchun sohaga kirib kelish va mutaxassis bo‘lish uchun tavsiyalar.

Aniq yo‘lni tanlang

Nima sababdan IT’ni tanlayotganingiz va haqiqatdan ham shu yo‘nalishda faoliyat olib borish niyatidamisiz, saytlar, dasturlar yaratishga qiziqasizmi? Shularni birinchi navbatda aniqlab oling. Tanlovingizga ko‘ra rejangizni ham tuzib chiqing.

Maqsad aniqlangach nimalarni o‘rganish talab etiladi?

Ingliz tili

Ishni til o‘rganishdan boshlashning bir qator afzalliklari mavjud. Bular, til sizga faqatgina IT uchun emas muloqot uchun ham kerak bo‘ladi, ma’lumot qidirib topishingizda ham asqatadi. Sababi bu yo‘nalishda ingliz tilida ma’lumotlarni oson topa olasiz. Shu bilan bir qatorda kodlarning barchasi aynan shu tilda ekanligi ham hech birimizga sir emas. Til sizga nafaqat sohaga kirib kelishga, balki yangi muvaffaqiyatlarga ham eshiklarni keng ochib beradi. Xorijiy til o‘rganishning oltin qoidasi – ko‘p o‘qishdir. Unutmang: bu ko‘nikmaga ega bo‘lmay turib, og‘zaki va yozma sinovlarda yetarli darajada muvaffaqiyatga erisha olmaysiz. Modomiki, til o‘rganish masalasida qat’iy fikrda ekansiz, internetdan o‘zingizni qiziqtirgan mavzudagi biron kitob, jurnal, gazetani topib, muntazam o‘qib boring. 

Google’ni o‘rganing

Bu tildan keyingi o‘rinda o‘rganish talab etiladigan keyingi muhim asos. Ma’lumotlarni topishni, topilgan ma’lumotlarni filtrlashni va Google imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishni o‘rganing. «Asosiysi — foydalanuvchiga diqqat qaratish, qolgani moslashadi» —bu Google kompaniyasining bosh falsafasidir. 

Asosiy tushunchalarni o‘zlashtiring

Boshlanishiga bit va baytning farqini o‘rganing, informatikadagi asosiy tushunchalar nimalarni anglatishini bilib oling. Har bir uskuna nima vazifani bajarishi, nima deb nomlanishi haqida tushunchaga ega bo‘lishingiz kerak.

Ma’lumotlar tuzilmalari va algoritmlar

Asosiy tushunchalardan so‘ng siz qaysi dasturlash tilini o‘rganmoqchi ekanligingizni ham aniqlashtirib oling. Uning imkoniyatlari qanday ekanligini, sizning qiziqishlaringizga to‘g‘ri kelish kelmasligiga aniqlik kiritib, u haqida ma’lumotlarga ega bo‘ling.

Tilni o‘rgandingiz, boshlang‘ich ma’lumotlarga ega bo‘ldingiz endi siz endi internetdagi sahifalardan o‘rganishni boshlashingiz mumkin. Yoki mustaqil o‘rganish siz uchun bo‘lmasa, kurslar orqali tanlagan dasturlash tilingizni o‘rganishni boshlay olasiz. Albatta kurs va platforma tanlashda diqqatli bo‘ling.

Aytishingiz mumkin agarda kurslar orqali o‘rgansam, yuqoridagilarni o‘rganish uchun nega vaqt sarflashim kerak? Bu sizning o‘rganish jarayoningizni tezlashtirishga xizmat qiladi.

Qanday qilib IT mutaxassisi bo‘lish mumkin?

Siz istalgan joyda va istalgan yoshingizda kasbingizni o‘zgartirishingizni va IT’ni tanlash ham hech kimga, hech qachon kech emasligini unutmang. Lekin bu biroz murakkab va vaqt talab qiladigan jarayon ekanligini ham yodingizda saqlang. Texnologik taraqqiyot bir joyda turmaydi: bugungi kunda biron bir yirik korxona axborot texnologiyalari ITsohasidagi mutaxassislarisiz qila olmaydi. 

Baxtiyor Hojixonov: «Hamkorlik qilishda ishonchning oʻzi yetarli emas»

0

Qimmatga Tushgan Xatolar koʻrsatuvining navbatdagi soni «Hamkorlik qilishda ishonchning oʻzi yetarli emas» degan mavzuda boʻlib oʻtadi.

Aynan mana shu koʻrsatuvda hamkorlik qilishda andisha qilmaslik kerakligi va nima uchun aynan ishonchning oʻzi yetarli emasligi haqida bilib olishingiz mumkin.