Bosh sahifa Blog Sahifa 185

“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasining asosiy faoliyat yo‘nalishlari

0

Davlatimiz raxbari tomonidan yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish sohasida belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi 530 ming nafar yoshlarni qamrab olishga qaratilgan quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi.

      1. Yoshlarning innovasion, amaliy va istiqbolli startap loyihalariga grant mablag‘lari ajratish orqali 700 nafar yoshlar qamrab olinadi.
      2. Xalqaro miqyosdagi yuqori nufuzga ega notiqlar jalb qilingan holda motivasion tadbirlar o‘tkazilib u orqali 20 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
      3. 300 nafar yosh tadbirkorlarning xalqaro forum va yarmarkalardagi ishtiroki bevosita ta’minlanadi.
      4. Oliy ta’lim muassasalari bazasida talabalarga biznes akseleratorlar tashkil etish orqali 95 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
      5. 80 ming nafar yoshlar uchun joylarda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tashkilotlariga yoshlarning biznes sayohatlarini tashkil etish yo‘lga qo‘yiladi.
      6. 60 ming nafar Yosh tadbirkorlarga huquqiy, buxgalteriya, marketing, brending, bank, sug‘urta, mehnat va boshqa sohalarda konsalting xizmatlari ko‘rsatiladi.
      7. Yosh tadbirkorlar mahsulotlarining ko‘rgazmali savdo yarmarkalarini tashkil etish orqali 75 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
      8. Biznesni o‘rgatishga qaratilgan masofaviy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish, qo‘llanmalar yaratish va onlayn o‘quvlar tashkil etish orqali 75 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
      9. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan yiliga 5 ta hududda ko‘p tarmoqli “Yosh tadbirkorlar” texnologik parklarini tashkil etish orqali 2 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
      10. Yurtimizda xalqaro yosh tadbirkorlar biznes forumlarini tashkil etish orqali 25 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
      11. Yosh tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarnining “elektron bozori” – portalini yaratish orqali 11 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
      12. 20 ming nafar yoshlarni talabgorlik yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga onlayn platforma orqali o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
      13. Tadbirkorlik uyushmalari, vazirliklar hamda tijorat banklari bilan hamkorlikda 5 ming nafar yosh tadbirkorlar loyihalarini moliyalashtirish choralari ko‘riladi.
      14. Xalqaro moliyaviy muassasalardan mablag‘lar jalb qilish orqali loyihalarni amaliyotga tatbiq etish natijasida 7 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
      15. Jamg‘arma tomonidan yoshlarning biznes loyihalarini tadbirkolrlik dasturlari orqali moliyalashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish natijasida 2 ming nafar yoshlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi.
      16. “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari faoliyatini uslubiy jihatdan tashkil etish orqali 4 ming ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
      17. Hayotda o‘z o‘rnini topa olmayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “My Business” realiti shousini tashkil etish orqali 3 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
      18. Yosh tadbirkorlar tomonidan shogird tayyorlash amaliyotini joriy etish orqali 11 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
      19. “Yoshlar biznes markazi” faoliyatini tashkil qilish orqali 4 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.
      20. Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash sohasida rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish va tadbiq etish orqali 15 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.

 

Ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarni tadbirkorlikka faol jalb qilishga qaratilgan loyihalar

0

Yoshlarga tadbirkorlik va biznes yuritish ko‘nikmalarini masofadan o‘rgatish maqsadida bizneskurs.uz onlayn platformasi tashkil etildi. Ushbu platforma orqali yoshlar yurtimizdagi xalqaro biznes trenerlarning tadbirkorlik kurslarini bepul ravishda o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
“Tomorqa daromad manbai” mavzusida meva va sabzavotlar, poliz ekinlari, uy xo‘jaligi hayvonlarini yetishtirish va bu orqali daromad olishga o‘rgatuvchi ma’lumotlar bazasi Telegram orqali foydalanish uchun qulay formatda yoshlarga taqdim etildi

(https://telegra.ph/TOMORQA-DAROMAD-MANBAI-04-14).
Yoshlarda biznes reja ishlab chiqish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida Telegram tarmog‘i orqali kichik biznesning ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida jami 32 yo‘nalishdagi biznes reja namunalari taqdim etildi

(https://teletype.in/@yoshlar-kelajagimiz/93b0QRTJs).
Jamg‘armaning YouTube tarmog‘idagi rasmiy kanalida yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan tajribali biznes trenerlar ishtirokidagi vebinarlar seriyasi tashkil etilib kelinmoqda. Tashkil etilgan vebinarlarda 12 ming nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi.
Farg‘ona shahridagi O‘zbekiston – Koreya xalqaro universiteti va Buxoro davlat universitetida tajriba-sinov tariqasida “Biznes akselerator” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur faoliyatni muvofiqlashtirib borish maqsadida www.accelerators.uz sayti ishlab chiqilib ushbu sayt faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Yoshlarga o‘zining turmushini yaxshilash, kasb-hunar va biznes bilan shug‘ullanish orqali daromad topish hamda ularga bunday faoliyatni yo‘lga qo‘yishning amaliy jihatlarini o‘rgatishga qaratilgan video materiallar va darsliklar, motivasion roliklar, elektron biznes kitoblar, audio kitoblar, tadbirkorlik sohasidagi imtiyozlar katalogi, biznes reja namunalarini o‘z ichiga olgan @biznesga_qadambot Telegram bot faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi yoshlarni biznes seminarlar, ko‘rgazma-savdo yarmarkalari va biznes sayohatlarda jamlamoqda

0

Joylarda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlarning bilimlarini oshirish maqsadida malakali mutaxassislar tomonidan 3 180 ta biznes seminarlar o‘tkazildi. Tashkil qilingan seminarlar o‘z ichiga 182,6 ming nafar yoshlarni qamrab oldi.


Davlat dasturi doirasida barcha tuman (shahar)larda imtiyozli kredit olib, o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan yosh tadbirkorlar o‘z mahsulotlarining savdo yarmarkalarini tashkil qildi. Savdo yarmarkalarida 36,5 ming nafarga yaqin tadbirkorlik faoliyatiga qiziqqan yoshlar jalb qilindi.


O‘z oldiga tadbirkorlik faoliyatini boshlashni maqsad qilgan
43 ming nafar yoshlarni hududlardagi yirik ishlab chiqarish korxonalariga bosqichma bosqich 1 402 marta biznes sayohatlarni amalga oshirdi. Bu orqali yoshlarda tadbirkorlikka qiziqishlarini orttirish, dastlabki ko‘nikmalarning hosil bo‘lishi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga samarali yechim topish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Kovorking markazlari va mehnat guzarlari haqida

0

Xabaringiz bor, shu kunlarda “Yoshlar-kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida mansabdor shaxslar tomonidan mablag‘larning o‘zlashtirilishi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamg‘arma imidjiga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmadi.
Vaziyatga xolis ko‘z bilan qaraydigan bo‘lsak, noqonuniy xatti-harakat sodir etilgan har qanday holatda, huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs, albatta jazosini oladi. Shu o‘rinda yana bir savol tug‘iladi. Davlat dasturi doirasida berilgan imtiyozlar qanchalik suiiste’mol qilingan yoki ajratilgan mablag‘larning hammasi talon-taroj qilinganmi?
Mazkur savolga javob topish maqsadida, Davlat dasturi doirasida qurib foydalanishga topshirilgan kovorking-markazlari va mehnat-guzarlari to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarga e’tiboringizni havola etamiz.
“Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazlari hamda “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish uchun tadbirkorlik sub’ektlariga Davlat dasturi doirasida yer ajratishdir. Yer ajratishining asosiy shartlaridan biri, yosh tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda binolar, ofis texnikasi va sarflash materiallarini ijaraga berishdan iborat. Uning doirasida chakana savdo va maishiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish orqali tadbirkorlik sub’ektlariga imtiyozli shartlarda ijaraga joy ajratish va yoshlarni ish bilan ta’minlashdir.
Ma’lumot o‘rnida, hozirgi kunda Davlat dasturi doirasida hududlarda 19 ta “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazlari hamda 212 ta “Yoshlar mehnat guzari” komplekslari foydalanishga topshirilgan. Ularda 2,5 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Mazkur komplekslarda qariyb 700 ga yaqin kichik savdo va xizmat ko‘rsatish obektlari o‘z faoliyatini olib bormoqda.
Yuqoridagi raqamlarda keltirib o‘tilgan barcha tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar o‘z vaqtida va halol ravishda to‘lab borilayotganligi to‘g‘risida asosli ma’lumot taqdim qila olmasligimiz mumkin (tadbirkorlik subektlarining xo‘jalik faoliyatini o‘rganish Jamg‘arma vakolatiga kirmaydi). Biroq mazkur komplekslarda Davlat dasturi doirasida ko‘zlangan maqsadlarga erishib kelinayotganligini aytish lozim. Zero, imtiyozli shartlar asosida faoliyatini boshlagan tadbirkor oldidagi ijtimoiy majburiyat hissi so‘zimizning isboti bo‘la oladi.

O‘zbekistonda Startap loyihalarini moliyalashtirish mumkinmi!? Аlbatta endi buni imkoni bor

0

Yurtimizda StartUp loyihalarni qo‘llab-quvvatlash tizimi tobora rivojlanib borayotganligidan xabaringiz bor va bu o‘z navbatida yoshlarga oid davlat siyosatining muxim vazivalaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan Аndijon viloyatidagi yoshlarning bir qator StartUp loyihalarini amaliyotga joriy etish uchun 2 mlrd. so‘m miqdoridagi “Unicorns” grant loyihasi amalga oshirildi.
“Unicorns” loyihasi doirasida, startap jamoalari tomonidan 466 ta onlayn ariza kelib tushgan bo‘lib , bu loyihalarning 215 tasi dastlabki saralash bosqichidan o‘tib intervyu bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
“Unicorns” loyihasining intervyu bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan 69 ta startap loyihalar jamoasi akseleratsiya dasturiga taklif etildi. Tajribali mentorlar va trekkerlarni jalb qilgan holda 69 ta startap loyihalar jamoasi bilan akseleratsiya dasturi tashkil etildi. “Unicorns” loyihasining final bosqichi (Demo day) joriy yilning 23 noyabr sanasida Аndijon shahridagi “Digital city” texnoparkida tashkil etilib, akseleratsiya dasturidan muvaffaqiyatli o‘tgan 25 ta jamoa o‘z loyihalarini yig‘ilganlar e’tiboriga namoyish qildi.
Tajribali biznes ekspertlar guruxidan tashkil topgan hakamlar hayʼati qaroriga ko‘ra loyihada g‘olib deb topilgan 15 ta istiqbolli startap loyihaga 1,8 mlrd.so‘m maqsadli grant mablag‘i ajratildi.
Xususan o‘tgan yili “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi xamda BMTning Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda Koronavirus pandemiyasining oqibatlarini barqarorlashtirishga qaratilgan innovatsion vositalar va yechimlar onlayn tanlovi – “Covid-19 Challenge 2020” o‘tkazildi.
“Covid-19 Challenge 2020” tanlovida g‘olib bo‘lgan startap loyihalarga jami 475 mln. so‘m beg‘araz, maqsadli grant mablag‘lari ajratildi.
Shuningdek jamg‘arma tomonidan yoshlarning startap g‘oyalari va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, istiqbolli startap loyihalarni moliyalashtirish maqsadida “Startap tashabbuslar” dasturi amalga oshirilyapti.
Ushbu dastur doirasida ishtirok etgan 1 972 nafar yoshlar (shundan 559 nafari qizlar)dan iborat bo‘lgan 905 ta startap jamoalari ishtirok etdi.
Loyihaning intervyu bosiqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan 273 ta jamoa akseleratsiya dasturiga taklif etildi. Ushbu loyihalardan
30 tasi amaliyotga joriy qilingan va o‘zining dastlabki mijozlariga ega, 121 ta loyihaning prototiplari yaratilgan, 122 ta loyiha esa g‘oya bosqichida.
Dastur yakunida g‘olib bo‘lgan 40 ta startap loyihalarga
50 mln. soʼmdan jami 2 mlrd. soʼm grant mablagʼi ajratilishi rejalashtirilgan. Shundan, 1 mlrd. so‘m “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi, 1 mlrd. so‘m BMTning Taraqqiyot Dasturi mablag‘lari hisobidan ajratiladi.

Yoshlarni kasb-hunarga oʻqitishga qaratilgan onlayn platformani keng miqyosda ommalashtirish maqsadida targʻibot videroligi yaratish

0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 27-yanvar kuni “Yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” o‘tkazilgan 5-sonli yig‘ilish bayoni (№02-PA 1-2272, 02.02.2021 yil) 11-bandida “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi zimmasiga talab yuqori bo‘lgan 15 ta kasb-hunar bo‘yicha onlayn platformani ishga tushirish hamda joriy yilda kamida 20 ming nafar yoshlarni ushbu platformada o‘qitish vazifasi belgilangan.

Jamg‘arma tomonidan Davlat xaridlari maxsus axborot portali (https://d-xarid.uz) orqali onlayn platformani ishga tushirish uchun tanlov e’lon qiladi.

Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Shayhontoxur tumani, Navoiy ko‘chasi, 11-uy.

Tel.: +998 99 001-71-73, +998 93 379-87-19. Mas’ul kotib: Gʻ.Jo‘rayev