O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 27-yanvar kuni “Yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” o‘tkazilgan 5-sonli yig‘ilish bayoni (№02-PA 1-2272, 02.02.2021-yil) 11-bandida “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi zimmasiga talab yuqori bo‘lgan 15 ta kasb-hunar bo‘yicha onlayn platformani ishga tushirish hamda joriy yilda kamida 20 ming nafar yoshlarni ushbu platformada o‘qitish vazifasi belgilangan.
Jamg‘arma tomonidan “XT-XARID TEXNOLOGIYALARI” MChJ QK Davlat xaridlari maxsus axborot portali orqali tijorat takliflariga asosan 920,0 mln.so‘mga onlayn platformani ishga tushirish uchun tanlov e’lon qilindi edi.
Tanlovda narx qismini ko‘rib chiqish va baholash natijalariga ko‘ra onlayn platformani ishga tushirish uchun “UNICON.UZ-FAN-TEXNIKA VA MARKETING TADQIQOTLARI MARKAZI” Davlat unitar korxonasi 862,8 mln.so‘m taklif bilan g‘olib bo‘ldi.
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Shayhontoxur tumani, Navoiy ko‘chasi, 11-uy.
Tel.: +998 99 001-71-73, +998 93 379-87-19. Mas’ul kotib: Gʻ.Jo‘rayev
Motivatsion treninglar, biznes va muvaffaqiyat sirlari: Namangan viloyatida «Biznes marafon» loyihasi bo’lib o’tdi
? Namangan shahridagi yoshlar ziyo maskanida o’tkazilgan tadbirda taniqli tadbirkorlar – Hasan va Husan Mamasaidovlar, Firuz Allaev, Jahongir Po’latov yosh tadbirkorlar va soha qiziquvchilariga o’z tajribalari asosida nutq so’zladi.
? Uchrashuvda 500 dan ortiq yigit-qizlarning ishtirok etgani, yurtimizda tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlar safi kengayib borayotganidan dalolatdir.
? Namanganlik yoshlar uchun loyiha kelajakda yangi marralarni zabt etishlarida turtki bo’lishiga ishonamiz.
“Biznes marafon” tadbirkorlikka qiziquvchi Sirdaryolik yoshlarni o’z atrofida jamladi
Guliston shahridagi viloyat musiqali drama teatri hamda Xovos tumani Temiryo‘lchilar madaniyat saroyida o’tkazilgan tadbirda Hasan, Husan Mamasaidov, Laziz Adhamov, Firuz Allaev, Temurbek Adhamov, Jahongir Po’latov kabi muvaffaqiyatli tadbirkorlar o’z tajribalarini ishtirokchilar bilan bo’lishdilar.
Shuningdek, qatnashchilarni qiziqtirgan tadbirkorlikka oid savollariga javob berib, ularga o’z tavsiyalari bilan berdilar.
Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish maqsadida qulay shart-sharoitlar yaratish O‘zbekiston hukumati uchun ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Buni hayotga tadbiq etish esa o‘z biznesini boshlash niyatida bo‘lgan yoshlar uchun imtiyozlar, kichik biznes subyektlariga maqsadli subsidiyalar yoki har bir mintaqada kafolat mablag‘lari joriy etish kabi tizimli strategiyalar orqali amalga oshadi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yoshlar biznesini rivojlantirish uchun ko‘plab dasturlarni yaratish nafaqat idoraviy darajadagi hokimiyatning sa’y-harakatlarini birlashtirishi, balki mintaqaviy tuzilmalarni ham qamrab olishi talab etiladi. Binobarin, ushbu strategiya mamlakatda barqaror ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga ko‘maklashib, davlat rivoji hamda ravnaqi uchun zarur omil sifatida xizmat qiladi.
Zero, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabr kuni parlamentga murojaat bilan chiqish qilib, o‘z nutqida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash dolzarb ekanligi to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tgani va 2021-yilni “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilishni taklif qilgani, shuningdek, O‘zbekiston yoshlari forumida so‘zlagan nutqida davomida ham yoshlarni “O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi” deb ta’riflagani bejiz emas. Yoshlar mamlakatdagi biznes muhitini shakllantirishda, shuningdek, raqobatbardoshlik ko‘rsatkichini oshirishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Ular jamiyatning eng faol qismi sifatida yuqori tadbirkorlik salohiyatiga ega va innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish hamda yangi kichik biznes kompaniyalarini yaratish, qo’shimcha ish o‘rinlarini tashkil etish orqali mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishiga o‘z hissalarini qo‘shadi.
Bugungi kunda respublikamizda 230 mingga yaqin yosh tadbirkor va fermerlar, mohir hunarmandlar faoliyat olib bormoqda. Ularning safi yanada kengayishi uchun davlat tomonidan zarur shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Faqatgina “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi doirasida yosh avlod vakillarining 8 000 ga yaqin biznes loyihasiga 1 trillion 630 milliard so‘mdan ziyod imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi, natijada 40 mingga yaqin yangi ish o‘rni tashkil etildi. Davlat dasturi doirasida ishlab chiqarish sohasida 841,8 mlrd. so‘mlik 3 987 ta, xizmat ko‘rsatish sohasida 658,8 mlrd. so‘mlik 3 123 ta, qishloq xo‘jaligi sohasida 329,4 mlrd. so‘mlik 1 521 ta loyiha realizatsiya qilindi. Kredit olib o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan yosh tadbirkorlar tomonidan 4 mln. 630 ming AQSh dollari miqdoridagi mahsulotlar eksport qilinishiga erishildi hamda ushbu yosh tadbirkorlar tomonidan davlat budjetiga yiliga o‘rtacha 100 mlrd. so‘mga yaqin soliqlar ko‘rinishidagi tushumlar amalga oshirildi. Shuningdek, Davlat dasturi doirasida yoshlarning jami 28,8 mlrd. so‘mlik 56 ta loyihalariga Jamg‘arma kafilligi taqdim etilib, ularning tadbirkorlik faoliyatini boshlashlariga ko‘maklashildi.
Oxirgi 2 yilda ichida hududlarda jami 19 ta “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazlari hamda 202 ta “Yoshlar mehnat guzari” komplekslari foydalanishga topshirilgan va ularda jami 2 380 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Qishloq joylarida esa “Har bir yoshga – bir gektar” loyihasining amalga oshirilishi natijasida 65 mingga yaqin yosh dehqonlarga 54 ming gektardan ziyod yer ajratib berildi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, yoshlar tadbirkorligi zamonaviy jamiyat manfaatlarining markazida bo‘lib, butun aholining hayotiga ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlari yosh tadbirkorlar ishtirok etadigan mahsulotlar va xizmatlarning cheksiz oqimisiz qanotidan ayrilgan qush kabi yanada yuksak cho‘qqilarni zabt etishdan mosuvo bo‘ladi. Bundan tashqari, yoshlar tadbirkorligi ixtirochilik va innovatsion faoliyatni rivojlantiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, asosiy g‘oyalar va ixtirolar aksariyat hollarda yirik korxonalar va o‘z biznesini muvaffaqiyatli olib borayotgan hamda mustahkam o‘ringa ega bo‘lgan tadbirkorlarga qaraganda yoshlar faoliyatidan kelib chiqadi. Innovatsion muhitda tarbiyalanayotgan yoshlarning keng ma’nodagi ijodkorligi kelajakda iste’molchilar uchun yangi mahsulotlar, shuningdek, xizmatlar taklif etilishiga zamin yaratadi.
“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi yuqoridagi kabi kelajak yaratish uchun o‘z hissasini qo‘shib, yoshlarga har tomonlama ko‘mak berishda davom etadi.
Bugun Yoshlar ishlari agentligi Press klubida Yoshlar ishlari agentligi, Biznes-ombudsman, O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi kabi tashkilotlar o‘rtasida, yosh tadbirkorlarning moliyaviy savodxonligini oshirish, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida hamkorlik kelishuvlarii bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov, O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi Tadbirkorlik subyektlari, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil Dilmurod Qosimov va “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi ijrochi direktori Xayrulla Sattarovlar o‘z chiqishlari orqali ishtirok etishdi.
Me’yoriy hujjatlar imzolanib bo‘lingach, savol-javob shakliga o‘tildi. Unda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.