Bosh sahifa Blog Sahifa 167

Til o‘rganish diqqatni jamlashga yordam beradi

0

Mutaxassislar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bir nechta tillarni bilish keksalikda kognitiv pasayishning oldini oladi. 

York universitetining falsafa professori Ellen Bialystok 104 nafar o‘rta yoshli va 50 nafar keksa kishi ishtirok etgan tadqiqot o‘tkazdi. Ishtirokchilar orasida bir tilda so’zlashadiganlar va bir nechta tilde so‘zlashuvchilar bor edi. 

Tadqiqotlar natijasida bir necha tilda so‘zlashuvchi odamlar yoshi katta bo‘lishiga qaramay, diqqatni jamlay olishi va o‘zgaruvchan vazifalarni tezroq bajarishi aniqlandi.

Ingliz tilini o‘rganish borasida qiyinchliklarga duch kelyapsizmi? O‘quv kurslari qimmat, buning ustiga ta’lim beruvchi maskan sizga uzoqlik qilmoqdami?

Tez kunda “e-kasb” onlayn platformasi sizga ingliz tilini tez, oson, qulay hamda mutlaqo bepul o‘rganish imkonini taqdim etadi.

Shoshiling! Platforma orqali ro‘yxatdan o‘tib, maqsadlaringizga oson erishing!

? Android uchun yuklash 
? IOS uchun 

O‘zbekiston Global ochlik reytingida sezilarli darajada ko‘tarildi

0

O‘zbekiston Globach ochlik indeksi (“Global Hunger Index”) reytingida 21-o‘rinni egalladi.

Qayd etish mumkin, 2022-yilgi GHI hisoboti ma’lumotlarda 136 mamlakatdagi vaziyat baholangan (taqqoslash uchun, 2021-yilgi hisobotda 116 mamlakat o‘rin olgan).

Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari orasida O‘zbekiston 1-o‘rinni egallagan va o‘tgan yilgiga nisbatan reytingda ko‘tarilishga erishgan. Solishtirish uchun, mamlakatimizda ochlik indeksi 2000-yilda 24,2; 2007-yilda 15,4; 2014-yilda 8,3 va 2022-yilda 5,6 ko‘rsatkichni tashkil etgan.

Bu yilgi reytingda 15 ta davlat uchun ma’lumotlar to‘liq bo‘lmagani sababli individual ballarni hisoblab bo‘lmagan va darajalar aniqlanmagan. Mumkin bo‘lgan hollarda, bu mamlakatlar vaqtincha jiddiylik darajasiga ko‘ra belgilangan: 4 ta jiddiy va 4 ta xavotirli. 7 ta davlat uchun vaqtinchalik belgilarni qayd etish mumkin emas.

Ba’zi mamlakatlar ushbu yil yoki ma’lumot davrida o‘zlarining hozirgi chegaralarida mavjud bo‘lmagan.

Qayd etish mumkin, 2022-yilgi GHI hisobotida reyting ballari 5 dan kam bo‘lgan 17 ta davlatga individual darajalar berilmagan, ular orasidagi farq minimaldir.

Netflix Amir Temur haqida film suratga oladi

0

Netflix striming kompaniyasi Amir Temurning hayoti haqida to‘liq metrajli loyiha tayyorlamoqda. Bu haqda yangi tarixiy film uchun kaskadyorlarni sahnalashtiradigan mahalliy kaskadyorlar jamoasi Nomad Stunts o‘zining Instagram’ida ma’lum qildi.

E’lon qilingan videoda jamoa asoschisi Jaydarbek Qo‘ng‘ujinov boshchiligidagi kaskadyorlar yangi xalqaro loyiha uchun bir qator xavfli kaskadyorlarni tayyorlamoqda. Amir Temurning hayotiga bagʻishlangan badiiy filmning suratga olish ishlari Qozogʻiston va Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadi.

Ushbu kaskadyorlar jamoasi ilk bor Netflix’ning Amir Temur haqidagi filmida jangovar sahnalar uchun javobgar bo‘lishadi. “Kazinform” sayti xabariga ko‘ra, tayyorgarlik davri kelasi yilning yanvar-mart oylariga, suratga olish ishlari esa aprel-may oylariga mo‘ljallangan.

2023-yilda qaysi davlat idorasi byudjetdan qancha mablag‘ oladi?

0

O‘zbekistonda 2023-yilda qaysi davlat idorasi byudjetdan qancha mablag‘ oladi? Byudjet loyihasiga ko‘ra (Joriy xarajatlar, obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun qo‘yilmalar):

1.  Xalq ta’limi vazirligi — 26,7 trln (25,8 trln);
2.  Maktabgacha ta’lim vazirligi — 8 trln (6,5 trln);
3.  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi — 6 trln (4,1 trln);
4.  Sog‘liqni saqlash vazirligi — 3,66 trln (3 trln);
5.  Madaniyat vazirligi — 746 mlrd (728 mlrd);
6.  Sportni rivojlantirish vazirligi — 1,219 trln (qayta tashkil etildi);
7.  Innovasion rivojlanish vazirligi — 1 trln (843,3 mlrd);
8.  Uy-jon kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi — 1,273 trln (1,324 trln);
9.  Qishloq xo‘jaligi vazirligi — 657 mlrd (615,8 mlrd);
10.  Suv xo‘jaligi vazirligi  — 3,382 trln (3,440 trln);
11.  Energetika vazirligi — 70,5 mlrd (55 mlrd);
12.  Transport vazirligi — 5,195 trln (5,877 trln);
13.  Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish davlat qo‘mitasi — 278,4 mlrd (38,4 mlrd);
14.  Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi — 1,117 trln (1,1 trln);
15.  Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi — 176,8 mlrd (186,6 mlrd);
16.  Turizm va madaniy meros vazirligi — 340 mlrd (qayta tashkil etildi);
17.  Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi — 14,142 mlrd (14,3 mlrd);
18.  O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi — 203,6 mlrd (136,8 mlrd);
19.  Veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi — 665,6 mlrd (246,8 mlrd);
20.  Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi — 10 mlrd (8,9 mlrd);
21.  Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — 11 mlrd (10,7 mlrd);
22.  Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — 478 mlrd (1,254 trln);
23.  Davlat statistika qo‘mitasi — 197,6 mlrd (264,6 mlrd);
24.  Qurilish vazirligi — 232 mlrd (358,9 mlrd);
25.  Tashqi ishlar vazirligi — 765,4 mlrd (577,1 mlrd);
26.  Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi — 931 mlrd (415,8 mlrd);
27.  AT va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi— 183,6 mlrd (160 mlrd);
28.  Adliya vazirligi — 214,8 mlrd (164,9 mlrd);
29.  Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi — 16,2 trln (769,2 mlrd)*;
30.  Moliya vazirligi — 73,4 trln (73,5 trln)*;
31.  Davlat soliq qo‘mitasi — 1,5 trln (1,5 trln);
32.  Hukumat — 1,949 trln (1,6 trln);
33.  Prezident Adminstrasiyasi — 1,241 trln (795,1 mlrd);
34.  Senat — 92,8 mlrd (148,2 mlrd);
35.  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi — 394,5 mlrd (237,9 mlrd);
36.  Ombudsman — 16,4 mlrd (8,3 mlrd);
37.  Bosh prokuratura — 1,494 trln (1,357 trln);
38.  Oliy sud — 1,185 trln (1 trln);
39.  Konstitusiyaviy sud — 8,8 mlrd (12,2 mlrd);
40.  Sudyalar oliy kengashi — 35 mlrd (33,1 mlrd);
41. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi — 23,6 mlrd (20 mlrd);
42.  Markaziy saylov komissiyasi — 16,5 mlrd (11 mlrd);
43. MTRK — 521,9 mlrd (561,4 mlrd);
44. O‘zA — 33,7 mlrd (20,6 mlrd);
45.  “O‘zarxiv” — 13,6 mlrd (10,4 mlrd);
46.  Ma’naviyat va ma’rifat markazi — 65,7 mlrd (62,3 mlrd);
47.  O‘zgidromet — 166 mlrd (180,7 mlrd);
48.  Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz — 13,4 mlrd (11,4 mlrd);
49. Yoshlar ishlari agentligi — 375 mlrd (212,8 mlrd);
50. Mahalla va nuroniylar vazirligi — 87,6 mlrd (57,4 mlrd);
51.  Kasaba uyushmalari federasiyasi — 150 mlrd (o‘tgan yili olmagan);
52.  O‘zFA — 364,8 mlrd (328,2 mlrd);
53. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi — 267 mlrd (230 mlrd);
54. Hisob palatasi — 69 mlrd (60,4 mlrd);
55. Prezident ta’lim muassasalari agentligi — 665,2 mlrd (430,5 mlrd);
56. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi — 276,3 mlrd (90 mlrd);
57. Kinematografiya agentligi — 125,8 mlrd (233 mlrd);
58. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi — 102,3 mlrd (87,4 mlrd);
59. Strategik islohotlar agentligi — 35,8 mlrd (7,5 mlrd so‘m);
60. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi — 92,8 mlrd 
61.  Boshqa tashkilotlar — 36 trln (29 trln).

Izoh*: Moliya vazirligi xarajatlari kesimida juda ko‘plab ijtimoiy xarajatlar, tashqi qarzlarga xizmat ko‘rsatish va boshqa xarajatlar o‘rin olgan.

Izoh: o‘tgan yilgi xarajatlar.

*Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining kelgusi yilda xarajatlari keskin oshishiga ichki bozorda tabiiy gazni ulgurji sotib olish va sotish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kompaniya zararlarini qoplash va joriy faoliyatini moliyalashtirish xarajatlariga 14,2 trln so‘m ajratilgani bilan bog‘liq.

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top-10 davlatlar ma’lum qilindi

0

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasidagi top -10 davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

2022-yil yanvar-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida Xitoy birinchi o‘rinni egallab turibdi – 7,5 mlrd dollar, eksport – 2,2 mlrd dollar, import 5,3 mlrd dollar.

Undan keyingi o‘rinlardan tashqi savdo aylanmasi mos ravishda 7,4 mlrd hamda 3,7 mlrd dollarni tashkil etgan Rossiya (7,4 mlrd, eksport – 2,5 mlrd, import 4,9 mlrd dollar) va Qozog‘iston (3,7 mlrd, eksport – 1,1 mlrd, import 2,6 mlrd dollar) joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

  • Turkiya – 2,7 mlrd, eksport – 1,3  mlrd, import 1,4 mlrd dollar;
  • Koreya – 1,9 mlrd, eksport – 42 mln, import 1,9 mlrd dollar;
  • Qirg‘iziston – 990 mln, eksport – 773 mln, import 217 mln dollar;
  • Germaniya – 870,4 mln, eksport – 81 mln, import 789,4 mln dollar;
  • Turkmaniston – 614 mln, eksport – 170,6 mln, import 443,5 mln dollar;
  • Afg‘oniston – 586,5 mln, eksport – 579,2 mln, import 7,3 mln dollar;
  • Hindiston – 559,3 mln, eksport – 29,3 mln, import 530 mln dollar.

1-dekabrdan subsidiya olish uchun ariza hokimlik tomonidan ko‘rib chiqilishi bekor qilinadi

0

2022-yil 1-dekabrdan subsidiya olish uchun arizaning tuman (shahar) hokimligi tomonidan ko‘rib chiqilishi bekor qilinadi.

Subsidiyaga talabgorlarni tanlab olish komissiyalari tarkibidan Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i va aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktorlari chiqariladi.

Subsidiya olish uchun arizani aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentligi bo‘limlari va tuman (shahar) hokimligi tomonidan ko‘rib chiqish tartibi bekor qilinadi.

Bunda, mazkur tashkilotlar ma’lumotlari subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Subsidiya ajratish maqsadida uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlash ijtimoiy mezonlari doirasida quyidagilar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim shaxslar toifasiga kiritiladi: 

  • yosh oilalar, 30 yoshdan oshmagan fuqarolar; 
  • olis va chekka hududlardagi budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan ishlash uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassislar va tibbiyot xodimlari.