Bosh sahifa Blog Sahifa 160

Toshkent metropolitenida savdo maydonchalari qaytariladi

0

Toshkent metropolitenida savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalari qaytariladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, o‘tgan yillar davomida Toshkent metropoliten harakat tarkibini yangilash maqsadida 9 ta yangi to‘rt vagonli metro poyezdlari xarid qilingan hamda 23 ta to‘rt vagondan iborat metro poyezdlari kapital ta’mirlangan.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent metropolitenida savdo maydonchalari qaytariladi. Bu kabi savdo maydonchalari faoliyati tajriba tariqasida “Novza” metro stansiyasining piyodalar o‘tish yo‘llarida tashkil etiladi. Yerosti va yerusti metro bekatlaridagi savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalari tadbirkorlarga elektron ausion shartlarida ijaraga beriladi.

Aholiga quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun subsidiya beriladi

0

“2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–57-son, 16.02.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, 2023-yilda umumiy quvvati 4 300 MVt boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari ishga tushiriladi.

Jumladan:

  • 2 100 MVt – yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari;
  • 1 200 MVt – ijtimoiy soha obyektlari, xoʻjalik subyektlarining bino va inshootlari hamda xonadonlarda oʻrnatiladigan quyosh panellari;
  • 550 MVt – tadbirkorlar tomonidan barpo etiladigan kichik fotoelektr stansiyalari.

Shuningdek, 2023-yilda:

  • davlat-xususiy sheriklik asosida 27 ta yirik quvvatli quyosh va shamol elektr stansiyalari quriladi;
  • 20 mingta ijtimoiy soha obyektlari va davlat idoralarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari oʻrnatiladi;
  • jami 11 ming nafar tadbirkorning bino va inshootlarida quyosh panellari oʻrnatiladi hamda kichik fotoelektr stansiyalari quriladi;
  • 37 ming aholi xonadonlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari oʻrnatiladi;
  • foydalanishga topshiriladigan 765 ta koʻp qavatli uylar qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan taʼminlanadi;
  • hududlarda 103 ta kichik va mikro gidroelektrstansiyalar barpo etiladi;
    5 407 ta ijtimoiy soha obyektlari koʻmir bilan isitiladi.

2023-yil 1-apreldan respublika hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli (umumiy quvvati 50 kVt gacha) quyosh panellarini oʻrnatishni ragʻbatlantirish boʻyicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshiriladi.

Dastur doirasida aholi tomonidan quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan ortiqcha elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga 1 000 soʻmdan subsidiya ajratiladi.

Qarorga koʻra shuningdek, ijtimoiy soha obyektlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning bino va inshootlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Yashil energiya” kompaniyasi tashkil etildi.

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Majidxon Islomov

0

Majidxon Islomov — “Urgut sanoat servis” korxonasi rahbari bo‘lib, “URGUTINI” brendi ostida erkaklar va o‘smirlar ko‘ylagi ishlab chiqarib aholiga yetkazish va o‘zbek brendi ostida ishlab chiqarilgan tovarlarni eksport qilish faoliyati bilan shug‘ullanadi.

Tadbirkor 1989-yilda Samarqand viloyatining Urgut tumanida tavallud topgan. O‘rta maxsus ta‘limni tugatgach, o‘zini bir nechta sohalarda sinab ko‘rgan va o‘z faoliyatini tadbirkorlik sohasida boshlashga qaror qilgan. 2012–2016-yillarda savdo, ishlab chiqarish yo‘nalishlarida ishlab kerakli tajriba to‘plagan Majidxon 2016-yilda o‘z korxonasiga asos solgan.

Faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida tekstil sohasida yetakchi bo‘lgan Xitoy, Turkiya davlatlarida bo‘lib tajriba orttirgan Majidxon Islomov faoliyatida Yaponiya tajribasini qo‘llab keladi. Yoshlarni tadbirkorlikka, tekstil sohasiga o‘qitish maqsadida xorijlik malakali mutaxassislarni jalb qilib, bepul o‘quv kusrlarni tashkil qilgan.

Majidxon islomov 2021-yilda o‘tkazilgan “Tashabbus-2021” ko‘rik-tanlovi Respublika bosqichining “Eng yaxshi yosh tadbirkor” nominatsiyasi sohibi, 2021-yilda Prezident farmoniga ko‘ra, «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.

Apple yangi iPhone modelini yaratmoqchi

0

Taniqli insayder Mark Gurmannin aytishicha, Apple hozirda iPhone’ning butun liniyasini boshqaradigan yangi modelni chiqarishni ko‘rib chiqmoqda.

Bunday qurilma 2024-yilda yoki undan keyin chiqarilishi mumkin, ya’ni bu model iPhone 16 liniyasining bir qismi sifatida paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Ushbu model oldingi smartfonlarga qaraganda yanada qimmatroq bo‘ladi.

Manba: (https://xabardor.uz/uz/post/apple-yangi-iphone-modelini-yaratmoqchi)

O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi indeksda yuqoriladi

0

Transparency International xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan Korrupsiyani qabul qilish indeksi 2022-yil natijalari e’lon qilindi.

180 ta davlat orasida O‘zbekiston 31 ball bilan 126-o‘rinni egalladi. Mamlakat ballarini 3 taga oshirib, o‘rnini 14 pog‘onaga yaxshilashga (2021-yilda 140 o‘rin) muvaffaq bo‘ldi.

O‘zbekiston mazkur indeksda so‘nggi 6 yil davomida o‘sish suratlarini qayd etayotgan davlat sifatida Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasining aksilkorrupsiya islohotlarini tizimli ravishda amalga oshirayotgan davlatlar qatorida qayd etildi.

Zargarlik buyumlarini O‘zbekistondan olib chiqish bo‘yicha yengillik berildi

0

Jismoniy shaxslar qiymati 100 mln so‘mgacha bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan, 100 mln so‘m va undan ortiq bo‘lganlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishlari mumkin.

Prezidentning 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-452-son qarorida belgilangan tartibga ko‘ra, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda, ma’lumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritmasdan O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga tijorat maqsadlarida olib chiqishi mumkin.

Bundan tashqari, 2023-yil 1-fevraldan boshlab, affinaj korxonalari va zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar:

– qimmatbaho metallarni va tarkibida qimmatbaho metallar mavjud bo‘lgan xomashyoni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirishda;
– bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan qimmatbaho metallarni va tarkibida qimmatbaho metallari mavjud bo‘lgan xomashyoni qayta ishlash mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishda maxsus turdagi tovarlarni eksport va import qilish uchun litsenziya olish majburiyatidan ozod etildi.

2026-yil 1-yanvarga qadar marvarid, olmos, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarga import bojxona bojlari 0 foiz etib belgilandi.