Bosh sahifa Blog Sahifa 143

Biznes g‘oya: O‘zbekistonda dezinfeksiya biznesini qanday ochish va undan qancha daromad olish mumkin?

0

Dezinfeksiya xizmatlari kompaniyasi hammuassisi E’zozbek A’zamxo‘jayev Spot’ga bunday biznesni qanday boshlash, litsenziya olish jarayoni va mijozlar bilan qanday ishlash kerakligi haqida so‘zlab berdi.

Maqolada keltirilgan barcha ma’lumotlar faqat tanishish uchun berilgan. Raqamlar taxminiydir va individual holatga qarab farq qilishi mumkin.

Hammasi qanday boshlandi?

2020-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari sifatida “Marketing” fanidan loyiha ishlarini bajarayotgan edik. Bizni uch kishilik guruhlarga bo‘linib, istalgan yo‘nalish bo‘yicha biznes-reja tuzish topshirig‘i berildi. Guruhimiz dezinfeksiya kompaniyasini ochish loyihasini tanladi.

Keyin esa koronavirus avj oldi va hamma yerda — jamoat joylarida, idoralarda va hatto uylarga kirish joylarida ham dezinfeksiya qilindi. Shu sababli, bu biz uchun istiqbolli bo‘lib tuyuldi: biz bunday xizmatlarga talab ortib boraverishiga ishondik.

Biz mavzuga shu qadar jiddiy yondashdikki, oxir-oqibat dezinfeksiya stansiyasini ochdik. Loyiha ustida ish olib borar ekanmiz, bozordagi talabni o‘rgandik. Masalan, “OLX»da reklama joylashtirardik. Natijada biz har kuni potensial mijozlardan o‘nlab qo‘ng‘iroqlarni qabul qildik.

Shuningdek, faoliyat yuritayotgan dezinfeksiya kompaniyalariga mijoz sifatida qo‘ng‘iroq qilib, ma’lumotlar bazasidagi xizmatlar narxlarini o‘rgandik. Natijada, bizning tadqiqotimiz shuni ko‘rsatdiki, raqobatchilarning ko‘pligiga qaramay, bozor juda keng va bunday kompaniyaning ochilishi muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin.

biznes boshlash, biznes g'oya, dezinfeksiya

Shunday qilib, 2021-yil noyabr oyida biz “ARZON DEZ” kompaniyasini ochishga qaror qildik. Har qanday dezinfeksiya stansiyasi singari, biz ham uchta yo‘nalishda xizmat ko‘rsata boshladik:

  • dezinfeksiya (zararsizlantirish, patogen mikroblarni maxsus vositalar yordamida yo‘q qilish);
  • dezinseksiya (yuqumli kasalliklar tashuvchisi bo‘lgan hasharotlarni yo‘q qilish yoki kamaytirish);
  • deratizatsiya (kemiruvchilarni yo‘q qilish).

Ro‘yxatdan o‘tish

Kompaniyani ochishdan oldin biz kadrlar tuzilmasi va marketing strategiyasini ishlab chiqdik va ularning ish haqi bilan bog‘liq muammolarini oldini olish maqsadida xodimlar uchun standartlarni ishlab chiqdik. Va faqat shundan keyingina biznesni ro‘yxatdan o‘tkazishni boshladik.

Ushbu sohada ishlash uchun sizga Sog‘liqni saqlash vazirligining litsenziyasi kerak. Biz kompaniyani mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) shaklida ro‘yxatdan o‘tkazdik, chunki yuridik shaxslarning boshqa shakllari litsenziya olish imkoniyatiga ega emas yoki kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ko‘proq harakat talab qiladi.

Litsenziya olish uchun bizda sanitariya me’yorlariga javob beradigan binolar, shuningdek, shtatda malakali xodimlar bo‘lishi kerak edi.

Bizning faoliyatimiz zaharli moddalar bilan ishlashni o‘z ichiga olganligi sababli, mos keladigan joy topish qiyin bo‘ldi. Sanitariya talablariga muvofiq, dezinfeksiya korxonalari binolari turar-joy binolari, shuningdek, ta’lim muassasalaridan uzoqda joylashgan bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, to‘rtta muhrlangan saqlash kamerasi kerak, bu yerda dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya va inventarizatsiya uchun preparatlar alohida saqlanadi.

Shuningdek, xodimlar uchun dam olish xonasi (har bir kishi uchun kamida 6 kv.m) va preparatlarni tayyorlash uchun aniq normalarga ega va tabiiy tarzda yaxshi yoritilgan laboratoriya xonasi ham bo‘lishi kerak. Xodimlarga qulaylik bo‘lishi uchun binolarda hammom, ishlab chiqarish xodimlari uchun kiyinish xonasi va ma’muriy xodimlar uchun ofis bo‘lishi kerak.

Uzoq izlanishlardan so‘ng Sergeli tumanidan barcha shartlarga javob beradigan joy topdik. Ijara uchun oyiga $450 to‘lanadi. Binoni taʼmirlash va jihozlash uchun $6000 sarflandi. Xarajatlarning katta qismi ventilyatsiya tizimi va mebel o‘rnatishga to‘g‘ri keldi.

Ta’mirlash jarayonida biz kadrlarni qidirishni boshladik. Avvalo, bosh shifokor lavozimiga katta tajribaga ega dezinfeksiya mutaxassisi taklif etildi. Direktor lavozimini muassislardan biri vaqtinchalik egalladi.

Keyin biz xodimlarning funksional vazifalari va xodimlarga javob beradigan zonalarni shakllantirdik va shundan so‘ng qolgan xodimlarni — buxgalter, savdo bo‘yicha menejer, dezinfeksiyachilarni ishga olishni boshladik.

Mos keladigan binoni topish va jihozlash hamda xodimlarni yollash uchun bir oydan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi. Shundan keyingina biz litsenziya olish uchun ariza topshirishimiz mumkin edi. Buni onlayn tarzda, my.gov.uz orqali amalga oshirdik.

Agar kompaniya, bino va xodimlar normativ talablarga javob bersa, Sog‘liqni saqlash vazirligi arizani tasdiqlaydi. Litsenziya olish uchun yana ikki hafta vaqt ketdi.

Boshlang‘ich investitsiya

Dezinfeksiya korxonasini ishga tushirish uchun dastlab $8500 mablag‘ ajratdik, oylik xarajatlar amortizatsiyasiz $5100, amortizatsiyaning o‘zi $205 ni, soliqlar $800 ni tashkil etdi.

Hozir shunga o‘xshash biznesni ochish uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:

Obyekt Mablag‘ (dollarda)
MChJ ochish hamda muhr va shtamplarga ega bo‘lish 50
Binoni sanitariya me’yorlari va talablariga mos keladigan tarzda ta’mirlash va jihozlash 6 000
Ish uchun uskunalarni sotib olish 2 500 har 2 yilda
Bino ijarasi oyiga 450
Shaxsiy himoya vositalari va xo‘jalik jihozlarini sotib olish oyiga 150
Professional dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya uchun kimyoviy moddalarni sotib olish oyiga 1 200
Maosh jamg‘armasi oyiga 2 800
Soliq xarajatlari oyiga 800
Reklama oyiga 500

Import qilingan uskunalar va kimyoviy moddalarni mahalliy yetkazib beruvchilardan xarid qilamiz. Kimyoviy moddalar juda xavfli bo‘lgani uchun siz ishlab chiqaruvchining ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilishingiz, shuningdek, sanitariya talablariga rioya qilishingiz kerak.

Buning uchun korxonaga bosh shifokor kerak. Joriy yilda o‘z kuchimiz bilan kimyoviy moddalarni import qilishni yo‘lga qo‘ymoqchimiz.

Bozor hajmi

Bozorni uchta segmentga bo‘lish mumkin: xususiy va davlat kompaniyalari, shuningdek, oddiy odamlar. Biz barcha segmentlarda ishlaymiz. Va ularning har biri uchun marketing strategiyasi va narx siyosati sezilarli darajada farq qiladi. Buning sababi shundaki, talablar va ish hajmi turlicha.

Ijtimoiy tarmoqlar — “Instagram” va “Facebook»dagi sahifalarda reklama, shuningdek, “OLX»dagi reklamalar mijozlarning barqaror oqimini beradi (mavsumga qarab), asosan mijozlarimiz o‘z uylarida suvaraklar, taxtakana, burgalar va hokazolardan xalos bo‘lishni xohlaydigan oddiy odamlardir.

Mijozlarimizning qo‘shnilariga chegirma kuponlarini taqdim etdik, chunki dezinfeksiya faqat bitta xonadonda amalga oshirilsa, qo‘shni kvartiralarda buning qaytarilishi xavfi mavjud. Bu biz uchun qo‘shimcha reklama bo‘ldi, bu qo‘shnilarni butun uy yoki podyezd uchun katta buyurtma berishga undashi mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar va e’lonlar taxtalarida reklama uchun oyiga $500 sarflaymiz, bu jalb qilingan har bir mijoz uchun taxminan $4 ga tushadi. Yaxshi tomoni shundaki, ba’zida bunday reklama boshqa segmentdan — xususiy kompaniyalardan ham buyurtmalar olib keladi.

Xususiy kompaniyalarni jalb qilishning asosiy usullari — bu potensial mijozlarning elektron pochtasiga tijorat taklifi bilan chiqish va qo‘ng‘iroqlardir. Kontaktlarni goldenpages.uz va yellowpages.uz kabi kataloglar orqali qidirganmiz.

Bunday reklama faqat sizning korxonangizda dezinfeksiya kompaniyalari ishining o‘ziga xos xususiyatlarini tushunadigan, potensial mijozlar bilan ishonchli tarzda gaplasha oladigan savdo menejerlari bo‘lsagina samarali bo‘ladi.

Agar davlat korxonalari dezinfeksiya xizmatlariga muhtoj bo‘lsa, ular elektron davlat xaridlari portalida (etender.uzex.uz) tender o‘tkazadi yoki shu portaldagi (xarid.uzex.uz) elektron do‘konda allaqachon ochiq bo‘lgan xizmatni tanlaydi.

Ikkala holatda ham tanlov o‘tkaziladi, unda mijozning talablariga javob beradigan va arzonroq narxlarni taklif qiladigan kompaniya g‘olib bo‘ladi.

Kompaniyamiz bozorda yangi bo‘lganligi sababli biz tanlov jarayonidan o‘tishda muammolarga duch keldik. Mijozlar ish tajribasi yo‘qligi sababli bizni diskvalifikatsiya qilishlari mumkin.
Shunga qaramay, o‘tgan yili Toshkent, Navoiy va Buxoro viloyatlari, Qoraqalpog‘istondagi davlat korxonalari uchun 20 dan ortiq tenderda g‘olib chiqib, ularga xizmat ko‘rsatdik. Bundan tashqari, biz hozirda etender.uzex.uz portalida dezinfeksiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi yirik provayderlardan birimiz.

Daromad

Kompaniyaning oylik daromadi mavsumga qarab o‘rtacha $7,5−10 mingni tashkil qiladi. Yozda, zararkunandalar ko‘payish davrining eng yuqori cho‘qqisida buyurtmalar ko‘payadi va daromad $10 mingdan oshishi mumkin.

Buyurtmalarning eng kichik ulushi oddiy iste’molchilarga to‘g‘ri keladi — bu taxminan 20%ni tashkil qiladi. Bu bozorda litsenziya bilan ham, litsenziyasiz ham ishlaydigan raqobatchilarning ko‘pligi bilan bog‘liq. Bozorning ushbu segmentini tartibga solish qiyin bo‘lganligi sababli, ko‘plab iste’molchilar xizmatlarning yuqori sifatiga nisbatan past narxni afzal ko‘rishadi.

Davlat dezinfeksiya xizmatlarining eng yirik mijozi bo‘lib qolmoqda, shuning uchun elektron davlat xaridlari orqali savdo qilish katta imkoniyatlar beradi. Ammo kompaniyamiz daromadining atigi 30%ini (oyiga $2000−3000) davlat buyurtmalari tashkil etadi.

Biz yosh kompaniya bo‘lganimiz sababli, davlat mijozlari ko‘pincha kamida uch yillik tajribaga ega kompaniyalarni tanlashadi. Lekin xizmatlar sifati va arzon narxlarga ko‘proq e’tibor qaratadigan davlat idoralari ham bor.

Xususiy kompaniyalar daromadlarning yarmini tashkil qiladi — bu dezinfeksiya xizmatlarini sotish bozorining eng katta segmentidir. Xususiy sektordagi eng ko‘p mijozlar mehmonxona va restoran biznesi, shuningdek, oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilariga to‘g‘ri keladi, chunki ular ishlab chiqarish liniyalari va omborlarni zararkunandalardan himoya qilishlari kerak.

Bozorni uchta segmentga bo‘lish orqali biz narxlar ro‘yxatini optimallashtirishga va ularni har bir segmentdagi mijozlar uchun qulay qilishga muvaffaq bo‘ldik. Bundan tashqari, ushbu bo‘linish har bir segmentdagi mijozlar bilan o‘zaro munosabatlar modellarini ishlab chiqishga yordam berdi. Mijozlar o‘rtasidagi aniq chegaralar yanada samarali marketing strategiyalarini ishlab chiqishni ancha osonlashtiradi.

Biz kompaniyaga o‘z mablag‘imizni kiritdik va dastlabki sarmoyani chiqarib olish haqida o‘ylamadik. Foydani qayta investitsiyalashga va faoliyat doirasini kengaytirishga yo‘naltirishga harakat qildik. Bozordagi yuqori talab va yuqori raqobat tufayli reklamaga sarmoya kiritishga to‘g‘ri keladi, ammo bu o‘zini oqlaydi.

Ayni paytda kompaniyaning sof foydasi oyiga $1,5−3 mingni tashkil etadi. Biz uni xodimlar uchun bonuslar, qayta investitsiyalar va dividendlarga yo‘naltiramiz. Shuni ham hisobga olish kerakki, bunday kompaniyalarning mijozlar bazasi yillar davomida o‘sib boradi va vaqt o‘tishi bilan mutlaq ko‘rsatkichlarda foyda sezilarli darajada oshishi mumkin.

Maslahatlar

Davlat kompaniyalari bilan ishlashda:

  • barcha soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash muhim, chunki hatto 1 so‘mni ham to‘lamaslik yuzlab million so‘mlik shartnomaning bekor qilinishiga olib kelishi mumkin;
  • obyektlarni muntazam ravishda dezinfeksiya qilishda, xizmatlar ko‘rsatish faktini tasdiqlovchi hujjatlarga mas’ul shaxslarning imzolarini o‘z vaqtida qo‘ydirish kerak. Aks holda, buxgalteriya bo‘limi sizning kompaniyangizga pul to‘lab berish uchun yetarli asos yo‘q deb topishi mumkin, shuning uchun xizmatlar ko‘rsatishni yozma ravishda hujjatlashtirish lozim.

Xususiy kompaniyalar bilan ishlashda:

  • bir xil faoliyat sohasidagi tashkilotlar bilan yagona narxlar ro‘yxati bo‘yicha ishlash kerak. Xizmatlar narxlarining o‘zgaruvchanligi mijozlar tomonidan kamsitilish sifatida ko‘rilishi mumkin va agar o‘xshash obyektlar uchun xizmatlarning narxlari turli bo‘lgani aniqlansa, bu ishonchni susaytiradi;
  • obyektlar soni uchun ishlamaslik va asosiy e’tiborni mavjud mijozlarni saqlab qolish hamda mijozlarning favqulodda qo‘ng‘iroqlariga tayyor turishga qarating, xizmatlar sifatiga ko‘proq e’tibor bering.

Jismoniy shaxslar bilan ishlashda:

  • broshyuralar qoldiring va xonadonga ishlov berilgandan keyin xavfsizlik bo‘yicha kichik instruktaj o‘tkazing. Bu xavfsizlik tartib-qoidalariga rioya qilmaslik tufayli mijozlarning sog‘lig‘iga zarar yetkazilishining oldini oladi.

Energetika tizimini rivojlantirishning yangi bosqichi — nimalar belgilanmoqda?

0

Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda energiya ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish holati yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unga ko’ra, davlat rahbari tomonidan muhim vazifalar va topshiriqlar berildi. Xususan,

9 ta tuman va shahar hokimlariga hayfsan beriladi

Energetika vazirligi va “O‘zbekneftgaz»ga joriy yilda 2 ming megavatt quvvatli quyosh va shamol elektr stansiyalarini ishga tushirish, gaz ishlab chiqarish va zaxiralarni shakllantirish bo‘yicha rejalashtirilgan ko‘rsatkichlarga erishish topshirildi.

Tadbirkorlar, aholi xonadonlari va ijtimoiy obyektlarda kichik quyosh panellari o‘rnatish bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarishda joylardagi mutasaddilar tomonidan oqsoqlikka yo‘l qo‘yilayotgani tanqid qilindi.

Jumladan, elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida ijtimoiy soha va davlat idoralarida quyosh panellari o‘rnatish bo‘yicha Samarqand, Jizzax, Buxoro viloyatlari yaxshi natija ko‘rsatayotgan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy viloyatlari ancha orqada.

Tumanlar kesimida Sergeli, Chilonzor, Uchtepa, Nukus, Beruniy, Bekobod, Parkent, Piskent, Qiziltepa, Guliston, Sirdaryo, Arnasoy, Bag‘dod, Furqat, Termiz, Oltinko‘lda ishlar ahvoli qoniqarli emas.

Tadbirkorlar bilan ishlash ahvoli ham birorta hududda talab darajasida emasligi ta’kidlandi. Ular tomonidan 790 megavatt quvvat yaratish reja qilingan bo‘lsa-da, bugungi kunga qadar bor-yo‘g‘i 50 megavattli quvvatlar ishga tushgan.

Tumanlar kesimida Sayxunobod, Kogon, Jondor, Mirzaobod, Sharof Rashidov, Paxtakor, Yangiariq tumanlari, Yangiyer, Urganch shaharlari hokimlari masalaning ichiga kirmagan. Ushbu tuman va shahar hokimlariga hayfsan berilishi, ikki oyda o‘zgarish qilmasa, ishdan ketishi belgilandi.

Ayrim hokimlar oson yo‘lni tanlab, qo‘yilgan vazifani tayyor budjet mablag‘lari hisobidan bajarishga o‘rganib qolgani ko‘rsatib o‘tildi.

Quyoshli xonadon dasturi qamrovi oshiriladi

Aholi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 1 kilovatti uchun 1000 so‘mdan to‘lanishi e’lon qilingandi. Ular “Quyoshli xonadon” tizimiga ulanib, tegishli to‘lovlarni olishlari mumkin.

Mazkur dastur qamrovini oshirish va keng joriy qilish uchun Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan savdo va servis korxonalariga quyosh panellari uchun kredit to‘lovlarining 4%i qoplab beriladi.

Shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlaridan $100 mln jalb qilinib, so‘mda, maqbul shartlarda aholi va kichik tadbirkorlar uchun “yashil” kredit mahsulotlari yaratiladi.

Aholiga ajratilgan kredit foizlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun 100 mlrd so‘m ajratiladi.

Yashil energiya sertifikatlari tizimi joriy qilinadi

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga aholi va tadbirkorlarga berilgan “yashil” kreditlar foizlarining bir qismini qoplash tizimini joriy qilish topshirildi. Shuningdek, “yashil energiya” sertifikatlari tizimi joriy qilinadi. 1-iyuldan boshlab gidroelektr stansiyalariga “yashil” sertifikat beriladi.

Ushbu tizim 1-oktabrdan boshlab barcha qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun joriy qilinadi.

Avgustga qadar joriy yilgi tarmoq va transformatorlarni ta’mirlash ishlari yakunlanadi

Past kuchlanishli 30 ming kilometr elektr tarmog‘i va 10 mingta transformatorni mukammal ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish topshirildi.

Bu borada mart oyida Toshkent shahrida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha alohida dastur qabul qilinib, bunga 4,2 trln so‘m ajratildi.

Unga muvofiq 900 kilometr elektr tarmoqlari, 230 ta transformatorni yangilash va rekonstruksiya qilish, 5 ta yangi podstansiya qurish reja qilingan.

Viloyatlar hokimlariga elektr uskunalari va materiallari zaxirasi uchun ehtiyojlarni hisob-kitob qilib, har bir viloyatda 10 mlrd so‘mdan mablag‘ ajratish topshirildi.

1-avgustga qadar 2023-yil uchun reja qilingan tarmoq va transformatorlarni ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Buning uchun viloyat, shahar va tumanlarda 400 ga yaqin brigada tashkil qilinadi.

Shuningdek, mutasaddilarga issiqlik energiya stansiyalariga bugungi kunga nisbatan 6 mln kub metrga ko‘p gaz yetkazib berishni ta’minlash, 1-iyulga qadar 200 ming tonna mazut zaxirasini yaratish topshirildi.

Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazoratini kuchaytirish, elektr energiyasi va gazning noqonuniy iste’moliga barham berish bo‘yicha ham vazifalar belgilab berildi.

Ko‘mir qazib chiqarish hajmi 6,5 mln tonnaga oshiriladi

Davlat rahbari hududlarda energiyani tejash masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Misol uchun, Qarshi tumanidagi tadbirkor 10 gektar issiqxonani ko‘mirda isitish loyihasini boshlagan.

Loyiha doirasida ko‘mirni sintez qilish orqali yiliga 2,8 mln kub metr gaz iqtisod qilinib, 8 mln kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Qolgan viloyatlarda ham shunday loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dasturlar qabul qilish zarurligi ta’kidlandi.

Ko‘mirga talab shu yilning o‘zida 1,5 baravarga oshishi kutilayotganini hisobga olib, joriy yilda ko‘mir qazib chiqarishni 5,3 mln tonnadan 6,5 mln tonnaga olib chiqish zarurligi qayd etildi.

Buning uchun “Angren” ko‘mir koniga $80 mln kredit ajratiladi, “Sharg‘un ko‘mir»ning birinchi liniyasi ishga tushiriladi hamda 14 ta ko‘mir koniga tadbirkorlar jalb qilinadi.

Joriy yilda hududlarda 900 ta elektromobillarni quvvatlash qurilmalari o‘rnatiladi

O‘zbekistonga benzin va dizel yoqilg‘isini olib kelishga barcha cheklovlar olib tashlangan. Mutasaddilar oldiga hozirdan benzin va dizel zaxirasini shakllantirish vazifasi qo‘yildi.

Yoqilg‘i olib keluvchi tadbirkorlarga aylanma mablag‘ uchun kreditlar ajratilishi belgilandi.

Yaratilgan sharoitlar tufayli mamlakatga shu yilning o‘zida 5 mingta elektromobillar olib kelingani, ular uchun hududlarda yetarli infratuzilma yaratish lozimligi ta’kidlandi.

Bu borada kelgusi uch yilda 3,5 mingta quvvatlash qurilmalarini o‘rnatish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinib, imtiyozlar berilgan.

Viloyat hokimlariga joriy yilning o‘zida 900 ta quvvatlash qurilmalari o‘rnatilishini ta’minlash topshirildi.

Umuman, tarmoq mutasaddilari oldiga energetika sohasida ish sifatini ta’minlash, tartib va intizomni kuchaytirish vazifasi qo‘yildi.

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Farruh Abdullayev

0

Farruh Abdullayev 29 yoshda. U 7-sinfdaligidanoq ingliz tilini o‘rganishni boshlagan.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi litseyda o‘qib yurgan kezlari IELTS sertifikatini qo‘lga kiritib, 2011-yil yanvar oyida Amerikaga o‘qishga ketgan. U yerda 4 yil tahsil olgach, bir yil “PWC” audit kompaniyasida ishlagan.

Tadbirkor Amerikaga ketishdan oldin O‘zbekistonga qaytib, olgan bilimlarini qo‘llashni maqsad qilgan. Shu sababli 2015-yil O‘zbekistonga qaytib, “Bellissimo” pitsaxonasiga asos solgan.

Sakkiz yil ichida ushbu biznes 39 ta filialga yetgan bo‘lib, hozirda 40-chisini ochish ishlari ketmoqda.

IT bo‘yicha 5 ta kitob: Apache Tomcat

0

Ushbu to‘plam Apache Tomcatni o‘rganishni boshlayotganlar va turli darajaga ega bo‘lgan mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi.

“Tomcat: Aniq qo‘llanma”, Jeyson Brittain, Ian F. Darvin

Apache Tomcat, mashhur ochiq manba Servlet va JSP konteyneri va yuqori unumdorlikdagi veb-serverni qamrab olish uchun u o‘z mavzusi kabi ko‘p qirrali kitobni talab qiladi.

Bu kitob ma’murlar va veb-ustalar uchun qimmatli ma’lumotnoma, ishlab chiqish yoki ishlab chiqarish jarayonida Tomcat-dan veb-ilovalar serveri sifatida foydalanishni xohlaydigan dasturchilar uchun foydali qo‘llanma hisoblanadi.


“Apache Tomcat 7 Essentials”, Tanuj Khare

Ushbu kitob Apache Tomcat 7 ni noldan o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun bosqichma-bosqich qo‘llanma.

Sizni yangi boshlovchidan minimal zo’riqish bilan mutaxassisga ko‘tarish uchun ko‘plab misollar va misollar mavjud.

Agar siz J2EE ma’muri, migratsiya ma’muri, texnik arxitektor yoki veb-xosting domenining loyiha menejeri bo‘lsangiz va Apache Tomcat 7 bilan qiziqsangiz, bu kitob siz uchun.

Agar siz Tomcat 7-ni o‘rnatish, sozlash va boshqarish uchun mas’ul bo‘lsangiz, bu kitob sizga yordam beradi.

apache tomcat, kitoblar tavsiyasi


“Professionallar uchun Apache Tomcat”, Bakor A

Bu kitob Tomcat haqida, JavaServer sahifalari va Java servletlari bilan ishlaydigan ochiq manbali veb-server.

Shuningdek, mazkur kitobda Tomcat’ni qanday o‘rnatish va sozlashni tushuntiradi.

Siz Tomcat va Apache’ni qanday integratsiya qilishni (qachon kerak va qachon qilish kerak emas), JDBC ma’lumotlar bazasi ulanishlarini qanday o‘rnatishni va ilovalaringiz xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilishni o‘rganasiz.

Tomcat bilan birlashtirilishi mumkin bo‘lgan ba’zi vositalar, masalan, Ant (veb-ilovalarni avtomatik joylashtirish uchun) va Log4J (professional jurnallar uchun) muhokama qilinadi.

Kitob Java veb-ilovalari bilan ishlaydigan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.


“Pro Apache Tomcat 6”, Metyu Mudi

Pro Apache Tomcat 6 Tomcat ma’murlari va Tomcat’ni sozlashni istagan boshqalar uchun foydali kitob hisoblanadi.

U faqat Tomcat 6’ni qamrab oladi va serverning har bir eski versiyasidagi vazifalarni ortiqcha tushuntirishga urinib ko‘rmaydi.

Kitob butun o‘rnatishni, jumladan, fayl tizimi, ma’lumotlar bazasi va veb-serverni ko‘rib chiqadi va xavfsizlik hamda ishlash bo‘yicha maslahatlar beradi.

apache tomcat, kitoblar tavsiyasi


“Apache Jakarta-Tomcat”, Jeyms Gudvill

Apache Jakarta-Tomcat, Java servlet va JavaServer Pages texnologiyalari uchun rasmiy ma’lumotnoma ilovasi uzoq vaqtdan beri kuchli veb-ilovalarni ishlab chiqish va joylashtirish uchun ajoyib platforma sifatida e’lon qilingan.

Versiya 4.0 nafaqat moslashuvchanlik va barqarorlikning ko‘plab yaxshilanishlarini, balki Tomcat ishlab chiquvchisining allaqachon boy bo‘lgan asboblar to‘plamini kengaytiradigan bir qator xususiyatlarni ham taklif etadi.

Aprel oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $230 mlnga kamaydi

0

Markaziy bank 1-may holatiga O‘zbekistonning xalqaro zaxiralariga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

O‘tgan bir oy mobaynida mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari $35,2 mlrdni tashkil etdi. Natijada ko‘rsatkich mart oyiga nisbatan $230 mln.ga qisqardi.

Martda mamlakat yalpi xalqaro zaxiralari $1,4 mlrd.ga oshgandi va zaxiralar 2022-yilning dekabriga nisbatan ko‘rsatkichini deyarli tiklagandi.

Aprel oyi davomida oltinning fizik hajmi 12,3 mln troyadan 12,2 mln troyaga kamaydi. Shuningdek, qiymati bir oyda $50 mln.ga kamayib, jami $24 204 mln.ni tashkil etgan.

Shuningdek, zaxira aktivlari tarkibidagi xorijiy valyuta zaxiralari mart oyiga nisbatan $181 mln.ga kamayib, $9,9 mlrdni tashkil etdi.

Fevral oyida O‘zbekiston Markaziy banki oltinning asosiy xaridorlaridan biriga aylandi. Jahon oltin kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, bu davrda mamlakat 8 tonna oltin xaridi bilan regulyatorlar orasida uchinchi o‘rinni egallagan.

Shuningdek, OTB tahlillariga ko‘ra, oltin zaxiralarining ko‘payishi hisobiga 2023 va 2024-yillarda yalpi valyuta zaxiralari $37 mlrdgacha oshishi mumkin.

Avvalroq O‘zbekiston oltin qazib olish hajmini 1,4 barobar — 150 tonnagacha

Meta kompaniyasi O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchi xorijiy kompaniya bo‘lib qolmoqda

0

2023-yilning birinchi choragida Oʻzbekistonda xorijiy kompaniyalar tomonidan 32,4 mlrd so‘m soliq to‘langan, deya xabar bermoqda Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati.

Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobar ko‘p.

1-aprel holatiga, O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 42 ta xorijiy kompaniya ro‘yxatga olingan.

Bunda, toʻlangan soliqlarning 95%i elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga toʻgʻri keladi.

Unga ko‘ra, “Meta”, “Google” va “Apple” kompaniyalari mamlakatda eng ko‘p soliq to‘lovchi xorij kompaniyalari ro‘yxatida kuchli uchlikni egallagan. To’liq ro’yxat esa quyidagicha:

🔹Meta – 12,1 mlrd so’m;
🔹Google – 9,3 mlrd so’m;
🔹Apple – 6 mlrd so’m;
🔹Вooking.соm – 1,1 mlrd so’m;
🔹Netflix – 1,1 mlrd so’m;
🔹Xsolla – 632,9 mln so’m;
🔹Yandex – 363 mln so’m;
🔹Paddle.соm – 321 mln so’m;
🔹Linkedin – 275,6 mln so’m;
🔹Adobe Systems – 221 mln so’m.