Matbuot xizmatiYangiliklarEnergetika tizimini rivojlantirishning yangi bosqichi — nimalar belgilanmoqda?

Energetika tizimini rivojlantirishning yangi bosqichi — nimalar belgilanmoqda?

Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda energiya ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish holati yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unga ko’ra, davlat rahbari tomonidan muhim vazifalar va topshiriqlar berildi. Xususan,

9 ta tuman va shahar hokimlariga hayfsan beriladi

Energetika vazirligi va “O‘zbekneftgaz»ga joriy yilda 2 ming megavatt quvvatli quyosh va shamol elektr stansiyalarini ishga tushirish, gaz ishlab chiqarish va zaxiralarni shakllantirish bo‘yicha rejalashtirilgan ko‘rsatkichlarga erishish topshirildi.

Tadbirkorlar, aholi xonadonlari va ijtimoiy obyektlarda kichik quyosh panellari o‘rnatish bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarishda joylardagi mutasaddilar tomonidan oqsoqlikka yo‘l qo‘yilayotgani tanqid qilindi.

Jumladan, elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida ijtimoiy soha va davlat idoralarida quyosh panellari o‘rnatish bo‘yicha Samarqand, Jizzax, Buxoro viloyatlari yaxshi natija ko‘rsatayotgan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy viloyatlari ancha orqada.

Tumanlar kesimida Sergeli, Chilonzor, Uchtepa, Nukus, Beruniy, Bekobod, Parkent, Piskent, Qiziltepa, Guliston, Sirdaryo, Arnasoy, Bag‘dod, Furqat, Termiz, Oltinko‘lda ishlar ahvoli qoniqarli emas.

Tadbirkorlar bilan ishlash ahvoli ham birorta hududda talab darajasida emasligi ta’kidlandi. Ular tomonidan 790 megavatt quvvat yaratish reja qilingan bo‘lsa-da, bugungi kunga qadar bor-yo‘g‘i 50 megavattli quvvatlar ishga tushgan.

Tumanlar kesimida Sayxunobod, Kogon, Jondor, Mirzaobod, Sharof Rashidov, Paxtakor, Yangiariq tumanlari, Yangiyer, Urganch shaharlari hokimlari masalaning ichiga kirmagan. Ushbu tuman va shahar hokimlariga hayfsan berilishi, ikki oyda o‘zgarish qilmasa, ishdan ketishi belgilandi.

Ayrim hokimlar oson yo‘lni tanlab, qo‘yilgan vazifani tayyor budjet mablag‘lari hisobidan bajarishga o‘rganib qolgani ko‘rsatib o‘tildi.

Quyoshli xonadon dasturi qamrovi oshiriladi

Aholi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 1 kilovatti uchun 1000 so‘mdan to‘lanishi e’lon qilingandi. Ular “Quyoshli xonadon” tizimiga ulanib, tegishli to‘lovlarni olishlari mumkin.

Mazkur dastur qamrovini oshirish va keng joriy qilish uchun Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan savdo va servis korxonalariga quyosh panellari uchun kredit to‘lovlarining 4%i qoplab beriladi.

Shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlaridan $100 mln jalb qilinib, so‘mda, maqbul shartlarda aholi va kichik tadbirkorlar uchun “yashil” kredit mahsulotlari yaratiladi.

Aholiga ajratilgan kredit foizlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun 100 mlrd so‘m ajratiladi.

Yashil energiya sertifikatlari tizimi joriy qilinadi

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga aholi va tadbirkorlarga berilgan “yashil” kreditlar foizlarining bir qismini qoplash tizimini joriy qilish topshirildi. Shuningdek, “yashil energiya” sertifikatlari tizimi joriy qilinadi. 1-iyuldan boshlab gidroelektr stansiyalariga “yashil” sertifikat beriladi.

Ushbu tizim 1-oktabrdan boshlab barcha qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun joriy qilinadi.

Avgustga qadar joriy yilgi tarmoq va transformatorlarni ta’mirlash ishlari yakunlanadi

Past kuchlanishli 30 ming kilometr elektr tarmog‘i va 10 mingta transformatorni mukammal ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish topshirildi.

Bu borada mart oyida Toshkent shahrida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha alohida dastur qabul qilinib, bunga 4,2 trln so‘m ajratildi.

Unga muvofiq 900 kilometr elektr tarmoqlari, 230 ta transformatorni yangilash va rekonstruksiya qilish, 5 ta yangi podstansiya qurish reja qilingan.

Viloyatlar hokimlariga elektr uskunalari va materiallari zaxirasi uchun ehtiyojlarni hisob-kitob qilib, har bir viloyatda 10 mlrd so‘mdan mablag‘ ajratish topshirildi.

1-avgustga qadar 2023-yil uchun reja qilingan tarmoq va transformatorlarni ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Buning uchun viloyat, shahar va tumanlarda 400 ga yaqin brigada tashkil qilinadi.

Shuningdek, mutasaddilarga issiqlik energiya stansiyalariga bugungi kunga nisbatan 6 mln kub metrga ko‘p gaz yetkazib berishni ta’minlash, 1-iyulga qadar 200 ming tonna mazut zaxirasini yaratish topshirildi.

Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazoratini kuchaytirish, elektr energiyasi va gazning noqonuniy iste’moliga barham berish bo‘yicha ham vazifalar belgilab berildi.

Ko‘mir qazib chiqarish hajmi 6,5 mln tonnaga oshiriladi

Davlat rahbari hududlarda energiyani tejash masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Misol uchun, Qarshi tumanidagi tadbirkor 10 gektar issiqxonani ko‘mirda isitish loyihasini boshlagan.

Loyiha doirasida ko‘mirni sintez qilish orqali yiliga 2,8 mln kub metr gaz iqtisod qilinib, 8 mln kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Qolgan viloyatlarda ham shunday loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dasturlar qabul qilish zarurligi ta’kidlandi.

Ko‘mirga talab shu yilning o‘zida 1,5 baravarga oshishi kutilayotganini hisobga olib, joriy yilda ko‘mir qazib chiqarishni 5,3 mln tonnadan 6,5 mln tonnaga olib chiqish zarurligi qayd etildi.

Buning uchun “Angren” ko‘mir koniga $80 mln kredit ajratiladi, “Sharg‘un ko‘mir»ning birinchi liniyasi ishga tushiriladi hamda 14 ta ko‘mir koniga tadbirkorlar jalb qilinadi.

Joriy yilda hududlarda 900 ta elektromobillarni quvvatlash qurilmalari o‘rnatiladi

O‘zbekistonga benzin va dizel yoqilg‘isini olib kelishga barcha cheklovlar olib tashlangan. Mutasaddilar oldiga hozirdan benzin va dizel zaxirasini shakllantirish vazifasi qo‘yildi.

Yoqilg‘i olib keluvchi tadbirkorlarga aylanma mablag‘ uchun kreditlar ajratilishi belgilandi.

Yaratilgan sharoitlar tufayli mamlakatga shu yilning o‘zida 5 mingta elektromobillar olib kelingani, ular uchun hududlarda yetarli infratuzilma yaratish lozimligi ta’kidlandi.

Bu borada kelgusi uch yilda 3,5 mingta quvvatlash qurilmalarini o‘rnatish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinib, imtiyozlar berilgan.

Viloyat hokimlariga joriy yilning o‘zida 900 ta quvvatlash qurilmalari o‘rnatilishini ta’minlash topshirildi.

Umuman, tarmoq mutasaddilari oldiga energetika sohasida ish sifatini ta’minlash, tartib va intizomni kuchaytirish vazifasi qo‘yildi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Endi quruvchi tashkilotlar 12 oygacha yer solig‘idan ozod etiladi

Fuqarolarga qurilishi bitmagan uylar uchun ham ipoteka va subsidiya olish imkoni beriladi, shu bilan birga, ular uy bitmasdan turib ham boshqaga sotishi mumkin bo‘ladi. “Yangi O‘zbekiston” massivlarini...

Yangi uy xarid qilgan fuqarolarga to‘lagan pullarining bir qismi keshbek qilib qaytarilishi mumkin

Shuningdek, daromadi yuqori bo‘lmagan oilalarga ipoteka kreditining boshlang‘ich badali uchun budjetdan subsidiya to‘lanishi rejalashtirilmoqda. Shavkat Mirziyoyev yangi uy-joy oladigan fuqarolarga o‘zi to‘lagan mablag‘ining bir qismini...

O‘zbekistonda “Cyber university” davlat universiteti tashkil etiladi

Unda robototexnika va boshqa turdosh sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. O‘zbekistonda “Cyber university” davlat universiteti tashkil etiladi. Bu bo‘yicha 20-yanvar kuni prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar...

2024-yilda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $66 mlrdga yetdi

Eksport hajmi 8,4% ga, Rossiya bilan savdo hajmi 14,5% ga oshdi. Dekabr oyida O‘zbekiston $854 mlnlik oltin sotdi. 2024-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $65,93...

1-fevraldan kasbiy ta’limda “vaucher tizimi” joriy etiladi — Bandlik vaziri

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari bilan tanishgani haqida xabar berilgandi. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zohidov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida 2025-yil...

O‘zbekiston 2035-yilgacha bo‘lgan milliy kosmik dasturni ishlab chiqadi

Buning uchun “O‘zbekkosmos” agentligi 4−5 ta konsalting kompaniyasini jalb qildi. Hujjat yil o‘rtalarida taqdim etilishi kutilmoqda “O‘zbekkosmos” agentligi 2035-yilga qadar mo‘ljallangan milliy kosmik dasturni ishlab chiqadi....